Qon bosimi pastligi, arterial gipotenziya, gipotoniya (qad. yun. ὑπό — osti, past va lot. tensio — kuchlanish) — arterial bosimning boshlang’ich / normal ko’rsatkichlardan 20% dan ortiq yoki mutlaq raqamlarda — 90/60 mm sim. ust. dan tushishiga aytiladi. Qon bosimining pasayishi o’tkir va surunkali bo’lishi mumkin.
O’tkir arterial gipotenziya (kollaps, shok) qoida sifatida yurak faoliyatining buzilishi, ko’p miqdorda qon yo’qotish, suvsizlanishda yuzaga keladi va tezda miya va ichki a’zolarning gipoksiyasiga olib keladi. Shunday qilib, o’tkir gipotenziya — doimo ayrim kasalliklarning yoki tashqi ta’sirning asorati bo’lib, doimo davolanishda e’tiborga olinishi kerak bo’lgan aniq sabablari mavjuddir.
Surunkali arterial gipotenziya o’tkir shaklidan farqli o’laroq umuman boshqa sabablar tomonidan chaqirilgan bo’ladi. Qon bosimi past bo’lgan odamlarda odatda uning regulaytsiyasi buzilgan, haqiqiy sabablari esa turli tabiatga ega bo’ladi.
Qon bosimi pasaygan bemorlarda qon bosimi baland bo’lganlarda ehtimoli yuqori bo’lgan infarkt va insult xavfi bo’lmaydi, shu sababli, surunkali gipotenziyani davolash uchun standartlar va usullar hali yaxshi ishlab chiqilmagan. Shu bilan birga, gipotoniklarning (qon bosimi pastligidan aziyat chekuvchi bemor) hayot sifati doimiy zaiflik, bosh og’rig’i, faollikning kamayishi va boshqa alomatlar tufayli juda past bo’lishi mumkin.
Arterial gipotenziya (gipotoniya) tasnifi
Quyidagi arterial gipotenziya turlari ajratiladi:
- O’tkir gipotenziya;
- Surunkali arterial gipotenziya:
- Birlamchi surunkali arterial gipotenziya;
- Ikkilamchi surunkali arterial gipotenziya;
O’tkir simptomatik gipotoniya (qon bosimi to’satdan pasaysa). Masalan, o’tkir miokard infarkti, o’pka arteriyasi emboliyasi, og’ir aritmiyalar, intrakardial blokadalar, allergik reaktsiyalar, qon yo’qotish va boshqalarga juda past bosim hamrohlik qiladi. Bunday holat shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi.
Fiziologik (surunkali) gipotoniya yaxshi shug’ullangan sportchilarda va me’yor chegarasidan oshmaydigan qon bosimi pastligiga irsiy moyillik holatlarida kuzatiladi.
Birlamchi (idiopatik yoki essentsial) gipotoniya — bu mustaqil kasallikdir. Nazariyalardan biriga ko’ra, birlamchi gipotoniya bosh miya vazomotor markazlarining nevrozga o’xshash kasalligini maxsus shakli bo’lib, uning rivojlanishida juda katta rol uzoq muddatli psixoemotsional zo’riqish va stressga tegishli bo’lishi mumkin.
Ikkilamchi arterial giptoniya boshqa kasalliklarning (masalan, umurtqaning bo’yin sohasi osteoxondrozi, oshqozon yarasi, anemiya, gepatit, pankreatit, sistit, sil kasalligi, revmatizm), aritmiya, alkogolizm, qanli diabet, endokrin tizim yoki nafas olish tizimi kasalliklari, o’smalar, shok, miya jarohatlari, jigar sirrozi, psixik travma, qon aylanishi buzilishi, yurak yetishmovchiligi, intoksikatsiya, ba’zi dorilarning nojo’ya ta’siri (masalan, gipertenziyani davolashda ularning peridozirovkasi) va hokazolar.
Arterial gipotenziya rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
Qon bosimi tushishi och qolish va E, C, B vitaminlari va pantoten kislota (B5) yetishmasligi tufayli rivojlanishi mumkin.
Gipotoniya sog’lom odamlarda, masalan, doimiy jismoniy faoliyat bilan shug’ullanadigan sportchilarda ham kuzatiladi. Bu «shug’ullanganlik gipotoniyasi» deb ataladi. Ushbu holatda qon bosimi pasayishi tananing ximoya usuli bo’lib xizmat qiladi. Ko’rinib turibdiki, doimiy zo’riqishlar bo’lganda organizm «tejamkor» tartibda ishlay boshlaydi, yurak urishi ritmi kamroq bo’ladi va qon bosimi kamayadi.
Qon boimi pasayganda buning sababi kishi iqlim va ob-havo sharoitlarida keskin o’zgarishga moslashayotgani bo’lishi ham mumkin. Bundan tashqari, bosim darajasiga yuqori namlik, elektromagnit maydonlarning ta’siri, radiatsiya va boshqalar ta’sir ko’rsatadi.
Odatda past qon bosimi qon tomir tonusining buzilishi bilan bog’liq. Normada qon tomirlar kerak bo’lganda tezda torayishi va kengayishi kerak, ammo bu reaktsiya giptonik bemorlarda sekinlashgan bo’ladi. Shu sababli, qon a’zolar va to’qimalarga yetarlicha miqdorda borishdan to’satdan to’xtab qoladi. Natijada organizm tizimlari va a’zolari, xususan, miya va yurak kislorod ochligini boshdan kechiradi va optimal rejimda ishlashga qodir bo’lmaydi.
Ba’zi shifokorlar venoz tomirlarning tonusi pasayishini organizmning gipotenziv reaktsiyalarga tug’ma moyilligi bilan tushuntirishadi.
Qon bosimi pasayishi sabablari
Shakliga qarab, qon bosimi tushishi sabablari quyidagicha bo’lishi mumkin:
- Tajribali sportchilarda (fiziologik gipotenziya);
- Yuqori balandlikdagi sharoitlarga (fiziologik gipotenziya), shuningdek issiq sexlar, tropik va subtropiklarga moslashishda (bu holatlarda qon bosimining pasayishi ortiqcha terlash bilan bog’liq bo’lishi mumkin);
- Qon aylanishi hajmining keskin pasayishi (qon ketishi, kuyishlar);
- Yurak yetishmovchiligi;
- Qon tomirlari tonusining kamayishi (anafilaktik shok, septik shok);
- Miya va orqa miya jarohatlari;
- Nevroz, psixologik travma, dam olish va ishlash soatlari nomutanosibligi tufayli surunkali uyqusizlik, stress, depressiya va boshqa apatiya va tushkunlik holatlaridagi surunkali charchoq;
- Ortostatik gipotoniya — odam uzoq vaqt yotgan yoki cho’kkalab o’tirgan holatdan birdan turganida yuzaga keladigan qon bosimining to’satdan pasayishi;
- Sepsis;
- Endokrin tizimning normal faoliyati buzilishi.
Tinch holatda qon bosimining hatto gipotenziya darajasiga qadar pasayishiga odatda yurak va yurak-tomir tizimi somatoform vegetativ disfunktsiyasining alohida gipotonik tipi deb qaraladi, lekin ayni paytda u panik buzilishlar va boshqa nevrozlar va psixik buzilishlarning namoyoni bo’lishi ham mumkin. Ikkilamchi surunkali arterial gipotenziya miya jarohati, qalqonsimon, buyrak usti bezi funktsiyasining pasayishi, kalla ichi bosimining ortishi kabi hollarda kuzatiladi. Homiladorlik davrida qon bosimining pasayishi ham kuzatilishi mumkin, bu qon tomirlar tonusining pasayishi bilan tavsiflanadi.
Qon bosimi pastligi belgilari va alomatlari
Qon bosimi tushishi alomatlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
- Zaiflik, uyquchanlik;
- Asabiylashish;
- Ob-havo o’zgarishiga sezgirlik;
- Hissiy beqarorlik, befarqlik;
- Tarqoqlik, xotira buzilishi;
- Erta tongda kuchsizlik;
- Ko’p terlash;
- Termoregulyatsiyaning buzilishi (qo’llar va oyoqlar yaxlashi);
- Iqlim sharoitlari o’zgarishiga sezgirlik;
- Nafas qisilishi va jismoniy mashqlar vaqtida kuchli yurak urishi;
- Bemor rangining oqarib ketishi;
- Peshona-chakka sohalarda odatda o’tmas, kengayuvchi yoki pulsatsiyalovchi tabiatli bosh og’rig’i;
- Bosh aylanishi;
- Harakat kasalligiga moyillik, ko’ngil aynishi.
Bundan tashqari, qon bosimi pasayganda hushdan ketish ham mumkin. Ko’pincha bu dimiq va issiq xonalarda, shuningdek, jamoat transportida, ayniqsa, gipotonik tik holatda bo’lganida yuz beradi.
Qon bosimi past bo’lsa, bu kunduzgi uyquchanlik va tungi uyqusizlikka olib keladi (uxlash va uyqu ritmining buzilishi), u o’z navbatida charchoqni va zaiflikni yanada yomonlashtiradi. Gipotoniklarga odatdagidan ko’proq uxlash talab etiladi: 6-8 emas, balki 8-12 soat. Ular ertalab qiyinchilik bilan uyg’onishadi, lekin hatto uzoq vaqt uxlashganda ham tetiklikni his etishmaydi.
Qon bosimi pasayganda nima qilish kerak?
Bemorning qon bosimi tushib ketsa, bosh aylanishi va hushidan ketish mumkinligini sezsa, u gorizontal holatni egallashi yoki o’tirib, boshini tizzalariga qo’yishi kerak. Bo’yinni massaj qilish miyaga qon kelishini yaxshilashi mumkin. Qon bosimini ko’tarish uchun alkogolli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi. Birinchi yordam ko’rsatish bemroni yotqizish, unga toza havo kelishini ta’minlash, yuziga sekin urish mumkin. Shundan so’ng darhol tez tibbiy yordam chaqirish kerak.
Gipotoniyani davolash va oldini olish
Sog’lom turmush tarzi — bu qon bosimi pasayishini oldini olishning eng yaxshi usuli. Bu ratsional ovqatlanish, jismoniy mashqlar qilish, dam olish va tomirlarni mustahkamlovchi muolajalar (massaj, kontrast dush, gidromassaj, suzish) olish demakdir.
Stresslardan qochish kerak. Hayotdan zavq olish, o’zini hayotda va oilada kerakli va ajralmas his qilish muhimdir. Gipotoniklar uchun salbiy his-tuyg’ular ko’pincha qon bosimining keskin va kuchli pasayishiga sabab bo’luvchi omilga aylanadi.
Qon bosimining darajasini mustaqil nazorat qilish va kardiolog huzurida muntazam profilaktik tekshiruvdan o’tish tavsiya etiladi. Shifokor qon bosimini ko’tarish uchun dorilar (adaptogenlar, alfa-adrenomimetiklar, analeptiklar) buyurishi mumkin.