Yurak kasalliklari — tasnifi, turlari, alomtlari, davolash va oldini olish

Yurak kasalliklari (yurak xastaliklari) — yurakning normal faoliyti buzilishi bilan namoyon bo’ladigan yurak-tomir tizimiga oid patologiyalar guruhi. Bunday kasalliklar epikard, perikard, miokard, endokard, yurakning klapan apparati va qon tomirlari shikastlanishlari tufayli yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.

yurak kasalliklari

Yurak kasalliklari uzoq vaqt davomida yashirin shaklda, klinik tasvirsiz kechishi mumkin. Turli xil o’smalar bilan bir qatorda, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda erta o’limning asosiy sababchilaridan biri hisoblanadi.

Nasos rolini bajaradigan yurakdan va qon tomirlardan iborat bo’lgan qon aylanish tizimining uzluksiz ishlashi organizmning normal faoliyat ko’rsatishi uchun zarur shartdir.

Framingem yurak, o’pka va qon Milliy instituti (AQSh) tadqiqotlariga ko’ra, odamlarda yurak-tomir kasalliklari rivojlanishida eng muhim omillar semizlik, kamharakat turmush tarzi va chekish sanaladi.

Tasnifi

Yurak kasalliklarini shartli ravishda shikastlanish o’chog’iga ko’ra uch katta guruhga ajratish mumkin:

  1. Yurakning klapan apparatiga ta’sir qiluvchi kasalliklar. Turli xil orttirilgan va tug’ma yurak nuqsonlarini o’z ichiga oladi.
  2. Yurakning qon tomirlariga ta’sir qiladigan kasalliklri va ularning oqibatlari. Bunga yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, stenokardiya va boshqalar kiradi.
  3. Bevosita yurak qobig’i to’qimalariga ta’sir qiladigan kasalliklar, ularga perikardit, endokardit, miokardit kiradi.

Bunday kasalliklarning sabablari turmush tarzidan tortib, irsiy nuqsonlargacha bo’lgan keng doiradagi omillarni o’z ichiga oladi.

Turlari

Ritm va o’tkazuvchanlik buzilishi

  • Yurak aritmiyasi;
  • Taxikardiya;
  • Miokard o’tkazuvchanligi buzilishi
    • Atrioventrikulyar blokada
    • Gis bog’lami oyoqchalari blokadasi
  • Fibrillyatsiya;
  • Ekstrasistoliya.

Yurakning yallig’lanishli kasalliklari

  • Endokardit;
  • Miokardit;
  • Perikardit.

Klapan nuqsonlari

Orttirilgan yurak nuqsonlari

Eng keng tarqalganlari orasida yurak klapani nuqsoni sanaladi. Yurak klapanlarining disfunktsiyasi mohiyati shundaki, ular qonni qayta ortga o’tkazadi yoki yetarlicha ochilmaydi. Ko’pincha yurak klapani kasalliklari infektsion shikastlanish yoki autoimmun reaktsiyalar natijasi hisoblanadi.

Tug’ma yurak poroklari

Tug’ma yurak poroklari turli xil irsiy kasalliklar yoki disembriogenez paytida homilaning shikastlanishi tufayli yuzaga keladi.

Fallo tetradasi

Ularning orasida eng jiddiy shakli Fallo tetradasi sanaladi. Bunda gemodinamikaning buzilishi, o‘pkaga qon tushishining kamayishi va venoz qonni o‘ng qorinchadan aortaga o‘tishi kuzatiladi. Uning rivojlanishida to’rt omil rol o’ynaydi:

  • Ventrikuloseptal nuqson — qorinchalararo to’siq nuqsoni (QATN) — yurakning o’ng va chap bo’limlarini birlashtiradi. Fallo tetradasida QATN doimo katta va norestriktiv bo’ladi. Qoida tariqasida, bu perimembranoz QATN, mushakli QATN yoki yukstaarterial QATN bo’ladi.
  • O’ng qorincha chiquvchi bo’limining obstruktsiyasi — quyida keltirilgan anatomik komponentlarning biri yoki kombinatsiyasi hisobiga sodir bo’ladi. Bularga o’ng qorincha chiquvchi bo’limining infundibulyar (klapan osti) stenozi, o’pka arteriyasi stenozi, o’ng qorinchaning gipertrofiyalangan miokardi hisobiga obstruktsiya, o’pka arteriyasi o’zagi va/yoki shoxlarining gipoplaziyasi kiradi.
  • Aorta dekstrapozitsiyasi — aorta o’ng qorinchadan qisman siljiydi yoki undagi qon oqimi chap qorincha faoliyati hisobiga dominant saqlanib turadi.
  • Yurak o’ng qorinchasi gipertrofiyasi — o’ng qorincha mushak komponentining gipertrofiyasi yosh o’tgan sari rivojlanadi.
Yurakning boshqa tug’ma nuqsonlari

Qorinchalararo va bo’lmachalararo to’siq nuqsonlari, klapanlarning torayishi (stenozi), ochiq arterial kanal (qon o’pkani aylanib o’tadi) va hokazo. Ushbu holatlarning aksariyatini jarrohlik usullari yordamida bartaraf qilish mumkin. Jarrohlik o’tkazish vaqti nuqsonning tabiati, alomatlari va holatning og’irligiga bog’liq.

  • Mitral stenoz;
  • Mitral klapan yetishmovchiligi;
  • Mitral klapan prolapsi;
  • Aortal stenoz;
  • Aortal klapan yetishmovchiligi;
  • Klapanlarning birlashgan nuqsonlari.

Arterial gipertenziya

Aretial gipertenziya yoxud qon bosimining ortishi bu yurak xuruji va qon quyilishlar xavfini oshiradigan jiddiy kasallik sanaladi. Yurak qisqarishi paytida katta yoshli odamning arteriyalarida bosim 120-140 mm. sim. ust.ni tashkil qiladi, kengayish paytida esa 80-90 mm. sim. ust.ga tushadi. Agar ushbu ko’rsatkichlar oshadigan bo’lsa, bu qon bosimining yuqori ekanligidan dalolat beradi va juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Rivojlangan mamlakatlarda gipertenziyadan aziyat chekadigan odamlar soni ancha yuqori. 90% hollarda ushbu kasallik osonlikcha bartaraf etiladigan sabab tufayli yuzaga kelmaydi, shu tufayli davolashda kompleks yondashuv zarur.

Ishemik shikastlanishlar

Miokard infarkti

O’tkir holat, yurak ishemik kasalligining klinik shakli, to’liq yoki qisman qon yetishmovchiligi natijasida yurak mushak to’qimasining (miokard) nekrozi tufayli yuzaga keladi. Bu butun yurak-tomir tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi va bemor hayotini xavf ostiga qo’yadi.

Miokard infarktining asosiy va eng keng tarqalgan sababi — yurak mushagini qon va shunga mos ravishda kislorod bilan ta’minlaydigan toj (koronar) arteriyalarda qon oqimining buzilishidir. Ko’pincha bunday buzilish arteriyalar aterosklerozi fonida yuzaga keladi va unda tomirlar devorida aterosklerotik pilakchalar (blyashkalar) paydo bo’ladi.

Yurakning ishemik kasalligi

Ushbu kasallik yurak mushaklariga qon oqimining kamayishi bilan ifodalanadi. Yurak intensiv tarzda ishlaydi va qon yetishmasligi darhol uning holatiga ta’sir qiladi. Yurakning oziqlanishi uchun uning mushaklarini o’rab turgan koronar arteriyalar javobgardir. Bunday kasallik belgilari nafas qisilishi va yurak xuruji bo’lishi mumkin.

Deyarli 90% hollarda koronar tomirlar kasalligi arteriyalar devorlari shikastlanishi — ateroskleroz oqibatidir. Ilgari bu jarayon organizmning tabiiy qarishi bilan bog’liq deb hisoblangan edi, ammo hozir hatto bolalar ham aterosklerozdan aziyat chekishi mumkinligi ma’lum bo’ldi.

Yurak qon tomirlarining shikastlanishi

Patologik o’zgarishlar

  • Yurak astmasi;
  • Yurak yetishmovchiligi;
  • Miokard gipertrofiyasi:
    • Chap bo’lmacha gipertrofiyasi;
    • Chap qorincha gipertrofiyasi;
    • O’ng bo’lmacha gipertrofiyasi;
    • O’ng qorincha gipertrofiyasi.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.