Qosh o’stirish: usullari, niqoblar, qoshlarni qalinlashtirish uchun moylar, tavsiyalar

Qalin qoshlar urfga kirmoqda. Qisqa vaqt ichida qosh o’stirish qiyin. Ammo bir oy ichida qanday qilib qoshlarni qalinlashtirish va o’stirish mumkin degan savolga javob beradigan bir necha usullar mavjud. Tavsiyalarga amal qilib, siz tezda chiroyli qoshlarning egasi bo’lasiz.

Qosh o'stirish va qalinlashtirish usullari

Qanday qilib uy sharoitida qosh o’stirish mumkin?

Ko’p yillik terishdan keyin, qalin qosh o’stirish uchun vaqt, kuch va sabr-toqat kerak bo’ladi. Tez-tez yulinishi sababli soch ildizi shikastlanadi, shuning uchun pinset bilan terishdan so’ng qoshlar bir tekisda o’sib chiqmaydi. Qosh o’sishini tiklash uchun pinsetdan voz keching. Olib tashlash kerak bo’lsa, uni yaxshisi yulib olmasdan, tagidan kesing.

Qoshlar bo’yash tufayli siyrak bo’lib qolishi, yomon o’sishi mumkin. Shuning uchun, kimyoviy bo’yoqlardan foydalanishni rad qiling — qoshni qalam, soyalar yoki maxsus tush bilan retush qiling.

Qosh o’sishini faollashtirish uchun taomnomaga oqsilli mahsulotlar — baliq, pishloq, oq go’sht kiriting. Jigar, tuxum, pishloq, yogurt kabi B vitaminiga boy mahsulotlari muntazam iste’mol qiling. Shuningdek, A vitamini va kaltsiy iste’mol qilishni ham unutmang. Ular sutda, sariyog’, sabzavotlarda ko’p bo’ladi.

Qoshlarni o’stirsh bo’yicha tavsiyalar:

  • Har oqshom pardozni tozalang. Qoshlarni tozalash uchun moy asosli kosmetik vositadan foydalaning. Paxtali diskka zaytun yog’i surting va u bilan qoshlarni arting. Shu tariqa, siz ham kosmetik qoldiqlarni butunlay tozalaysiz, ham qosh tuklarini mustahkamlaysiz.
  • Muntazam ravishda tuklarni ularning o’sishini rag’batlantirish uchun tarab turing.
  • Sochingizni yuvayotganda, sochlar uchun mo’ljallangan konditsionerni yoki balzamni qoshlarga ham qo’llang. Hosil bo’ladigan ko’rinmas parda qoshlarni tashqi atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qiladi (quyosh, namlik, chang va boshqalardan).
  • Ikki daqiqa davomida qoshlarni moy bilan massaj qiling (chakamug’, bodom, kanakunjut, shaftoli donaklari moyi). Bu usul tez ta’sir qiladi, natijani ikki hafta ichida ko’rasiz. Masaj qilish uchun qoshlar uchun cho’tkadan foydalaning.

Qosh o’sishini tezlashtirish uchun xalqona tibbiyot retseptlari ham mavjud. Kanakunjut moyidan qilingan applikatsiya — azaldan tanish bo’lgan mashhur retsept. Agar unga kamfora moyi (1: 3 nisbatda) qo’shilsa, unda bunday aralashmali applikatsiya qon aylanishini ham yaxshilaydi. Moylarni har kuni surting, yaxshisi uxlashdan bir soat oldin. Moyning ortiqchasini salfetka bilan artib oling. Shaftoli donaklari moyi qoshlarni mustahkamlashi bilan birga, ularning rangini biroz to’qroq qilishi mumkinligini inobatga oling.

Muntazam ravishda qoshlaringizni moychechak va yalpiz damlamasi bilan artib turing. Bu qoshlarni porloq va chiroyli qiladi. Sabzi sharbati (1 osh qoshiq) va bir-ikki tomchi vitamin A dan tayyirlangan niqob qosh o’sishini tezlashtiradi. Paxtali diskni bu niqobga botirib, qoshlarga qo’ying 20 daqiqa ushlab turing. Ehtiyot bo’ling: sabzi teriga rang berishi mumkin.
Soch to’kilishi sabablari→

Qosh terilganidan keyin yaxshi o’smasa, quyidagi niqoblar yordam beradi:

  • Moychechakni issiq sut bilan damlang. Yarim soatdan keyin aralashmani suzib oling. 1 choy qoshiq glitserin qo’shing. Tayyor niqobni haftada bir marta qo’llang.
  • Kungaboqar, kanakunjut va zaytun moyini teng miqdorda aralashtiring (yoki faqat bodom moyini), so’ng suv hammomida isitib oling. Moy aralashmasini muntazam ravishda 15 daqiqa davomida qo’llang.
  • Moychechakni (2 osh qoshiq) qaynatib oling, damlamaga asal qo’shing (1 choy qoshiq). Olingan aralashmani qoshga qo’llang.
  • Glitserin, 40%li spirt va suzib olingan bodring sharbatini aralashtiring. Shimgichni aralashma bilan to’yintirib, qoshlar ustiga qo’ying, 15 daqiqa davomida ushlab turing.

Tatuajdan keyin qoshlarni qanday o’stirish mumkin

Tatuaj ustasi ishni boshlashdan oldin qoshlarini butunlay terib tashlaydi. Lekin yakuniy natija (tuksiz va aniq bo’ylagan qoshlar) har kimga ham yoqmaydi. Qoshni tatuaj qilishdan keyin ularni qaytarish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

  1. Pinsetdan voz keching.
  2. Qon aylanishini va soch o’sishini rag’batlantirish uchun muntazam ravishda qoshni massajini qiling.
  3. Qoshlar uchun niqob qo’llang, ammo biling: aloe / jenshen moyi pigment intensivligini buzishi mumkin.
  4. Soch o’sishini rag’batlantirish uchun ezilgan sarimsoqpiyoz va piyoz aralashmasi yoki qizil qalampir damlamasi kabi achituvchi aralashmalar qo’llash mumkin. Mahsulot ko’zga tushmasligini nazorat qiling. Bunday muolajalarni kechqurun bajaring, chunki undan so’ng teri qizaradi. Muolajadan so’ng, qoshlaringizga oziqlantiruvchi krem ​​yoki moy surting.

Qosh o’stirish uchun moyli niqoblar:

  • Bodom yoki shaftoli moyiga bir necha tomchi limon sharbati qo’shilishi bilan;
  • Kanakunjut va qovoq moyi aralashmasiga (1:1 nisbatda) bir tomchi apelsin efir moyi qo’shilishi bilan.

Taomnomaga o’zgartirish kiritish, pinset va kimyoviy bo’yoqlardan voz kechish, massaj qilish va niqoblarni qo’llash bir oyda qalin va chiroyli qoshlarga ega bo’lishga yordam beradi.

Reklama

Ushbu mazvuda 2 ta fikr qoldirilgan

  1. Assalom alekum ismim surayyo 24 yoshdaman hali turmushga chiqmaganman. Qoshimga qosh gelidan surtgandim qoshim rosa tukilibti nima qilsam buladi maslaxat uchun oldindan raxmat

    1. Birinchidan, bu vositani qayta ishlatmang, agar qosh to’kilgan bo’lsa, uni faqatgina qayta o’sib chiqishini biroz tezlashtirish mumkin, maqolada keltirilgan tavsiyalarga amal qilishingiz mumkin. Agar qosh qayta o’sib chiqmayotgan bo’las yoki achishish, teri qipiqlanishi, qizarishi kuzatilayotgan bo’lsa, dermatologga murojaat qiling.

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.