Stress — alomatlari, turlari, sabablari, davolash va oldini olish

Stress — inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga undaydi, stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yo’qotadi.

Stress

Ushbu muammoga bir qancha ilmiy tadiqotlar bag’ishlangan. Stressning paydo bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bog’liq.

Shuni ta’kidlash kerakki, og’ir stresslar sog’liqqa ta’sir qiladi. Stress immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura olish va hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi.

Stress alomatlari

Amaliy nuqtai nazardan stress nima? Buni tushunish uchun stressning asosiy alomatlarini ko’rib chiqamiz:

  • Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga keladi.
  • Yomon, notinch uyqu.
  • Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh og’rig’i, charchoq, biron narsa qilish yoqmasligi.
  • Diqqatni kamayishi, bu o’qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi.
  • Dam olish, ish va muammolarni bir chetga chetga surib qo’ya olmaslik.
  • Boshqalarga, hatto eng yaxshi do’stlarga, oila va yaqin kishilarga qiziqishning yo’qligi.
  • Doimiy paydo bo’ladigan yig’lash, ko’z yosh to’kish, xafagarchilik, umidsizlik, o’z-o’ziga achinish hissi.
  • Ishtahaning pasayishi — ba’zida esa aksincha: oziq-ovqatni ortiqcha yeb yuborish.
  • Ko’pincha asabiy odatlar rivojlanadi: kishi labini tishlaydi, tirnoqlarini tishlaydi va hokazo. Kishida befarqlik, odamlarga ishonchsizlik paydo bo’ladi.

Agar siz stress holatda bo’lsangiz, bu bir narsa demakdir: sizning organizmingiz qandaydir tashqi ta’sirga javob reaktsiyasini qaytardi.

Stress turlari

Ba’zi holatlarda «stress» ning ta’rifi qo’zg’atuvchining o’ziga tegishlidir. Masalan, jismoniy — bu kuchli sovuq yoki chidab bo’lmaydigan issiqlik, atmosfera bosimining pasayishi yoki oshishi.

Kimyoviy stress tushunchasi ostida barcha toksik moddalarning ta’siri tushuniladi.

Ruhiy stress o’ta salbiy yoki ijobiy his-tuyg’ular natijasi bo’lishi mumkin.

Jarohatlar, virusli kasalliklar, mushaklarning ortiqcha yuklanishi — biologik stressdir.

Natijasiga qarab psixologiyada quyidagi turdagi stresslar ajratiladi:

Eustresslar («foydali» stresslar). Muvaffaqiyatli yashash uchun har birimiz stressning biroz miqdoriga muhtojmiz. Bu bizning rivojlanishimizning asosiy omili. Bu holatni «uyg’onish reaktsiyasi» deb atash mumkin. Bu uyqudan uyg’onish kabidir. Ertalab ishlashga borish uchun avvalo yotoqdan turish va uyg’onishingiz kerak. Ish faolligiga erishish uchun sizga turtki — kichik dozada adrenalin kerak. Eustress aynan shu vazifalarni bajaradi.

Distresslar (zararli stresslar) keskin zo’riqishlarda yuzaga keladi. Stressning aynan shu turi barcha tushunadigan stressni ifodalaydi. Stress oqibatlari:

Subyektiv Bezovtalik va aybdorlik hissi
 Tez charchash
Hatti-harakatlardagi  «Yomon» so’zlashuv
 Janjal chiqarish ehtimoli
 Fiziologik  Qon bosimining ko’tarilishi
 Yarali kasalliklar va hokazo
 Kognitiv  Oldiga qo’yilgan masalalarni yecha olmaslik
 Tarqoqlik
 Ijtimoiy  Dars va ish qoldirishlar
 Mehnat ununmining pasayishi

Stress sabablari

Stressning sababi aslida insonni ta’sirlaydigan, bezovta qiladigan har qanday narsa bo’lishi mumkin. Misol uchun, tashqi sabablarga biron nima tufayli payo bo’lgan bezovtalikni kiritsa bo’ladi (ish joyini o’zgartirish, qarindoshning o’limi).

Stressning ichki sabablari hayotiy qadriyatlar va e’tiqodlarni o’z ichiga oladi. Bunga shaxsiy baholashi ham kiradi

Stress va depressiya ayol va erkaklarda taxminan teng darajada uchrashi mumkin. Biroq, har bir organizm o’z xususiyatlariga ega. Agar siz o’zingizda stress haqida so’zlashi mumkin bo’lgan alomatlarni sezsangiz, birinchi navbatda holat sababchilarini aniqlash kerak. Stressning oqibatlaridan ko’ra sabablarini bartaraf etish ancha osonroq. «Barcha kasalliklar asabdan» degani yolg’on emas.

Stress

Klinik kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, kichik stresslar tanaga zararli emas, hatto foydali. Ular odamni hozirgi ahvoldan chiqish yo’lini topish uchun  rag’batlantiradilar. Depressiya og’irroq, uzoq muddatli shaklga o’tmasligi uchun har birimiz o’zimizni tarbiyalashimiz, irodamizni rivojlantirishimiz kerak.

Ko’p odamlar stressga qarshi antidepressantlar, spirtli ichimliklar yordamida kurashishga odatlanishgan. Biroq bunday yo’lni tanlash ularga o’rganib qolish va mutaxxasis yordamsiz ulardan voz kecha olmaslikka olib keladi.

Stressni davolash va oldini olish

Barchaga ma’lumki, yaxshi uyqudan ko’ra yaxshiroq dori yo’q. Shunday ekan, siz qanday uxlashingiz haqida o’ylab ko’rishingiz kerak. Quyida uyquni yaxshilashga yordam beradigan ba’zi tavsiyalar keltirilgan.

  • Muntazam mashqlar normal uyqu uchun katta yordam beradi. Ularni yotishdan ikki soat oldin, ochiq havoda bajarish tavsiya etiladi.
  • Uxlashdan oldin issiq vanna qabul qilib, sokin musiqa tinglashingiz mumkin. Har kuni buni qilishga harakat qiling.
  • Uyqu normal va sog’lom bo’lishi uchun organizmga melatonin deb ataladigan gormon kerak. U gormon B guruhi vitaminlari qabulidan keyin ortadi, bu vitamin esa guruch, bug’doy, arpa, pista urug’i, quritilgan o’rikda ko’p bo’ladi.
  • Yotoqxona shovqinli va yorug’ bo’lmasligi kerak, bular tinch uxlashga xalaqit beradi.

Stressli vaziyatni yengishda bir tekis va soki nafas olish yordam beradi. Nafasni burun orqali chuqurroq olish kerak, chiqarishda esa sekin, og’iz orqali chiqarish kerak.

Stressda to’g’ri ovqatlanish ham muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat oson va yaxshi hazm bo’lishi kerak. Shoshmasdan, kam-kamdan ovqatlaning. Ovqatlangandan keyin bir oz dam olish kerak.

Stress bilan kurashishda xalq tabobati usullari bor. Moychechak yaxshi ta’sirga ega. Uning damlamasi bosh og’rig’i, uyqusizlik bilan kurashadi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Samarali yordam beruvchi xususiyatga shuningdek, oregano o’ti va mavrak moyi ega. Charchoqqa qarshi ajoyib vosita melissadir. Bu zo’riqishni, tashvishlarni yengillashtirish uchun ishlatiladi, hatto og’ir stressda ham yordam beradi. Melissadan tayyorlangan choy uyqusizlik va depressiya uchun yaxshidir.

Stressdan qutulish uchun

Stressga olib keluvchi omilga tog’ridan-tog’ri ta’sir o’tkazish:

  • Stressli vaziyatning asl sababi nimada ekanligini aniqlang;
  • Ushbu vaziyatni o’zgartira olishingizni baholang;
  • Oqibatlarini baholang.

Vaziyatga bo’lgan qarashingizni o’zgartirish:

  • Vaziyatni o’zgartirish sizning qo’lingizdan kelish-kelmasligini baholang;
  • Agar boshqalar hatti-harakatini o’zgartirib bo’lmasa, ularga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring.

Stressni oldini olish — erishilsa bo’ladigan maqsadlar qo’ying:

  • «Men ideal bo’lishim kerak», «Dunyo menga nisbatan doimo adolatli bo’lishi kerak» degan fikrlardan yiroq bo’ling;
  • «Agar reja tuzib chiqsam, men hammasini uddalayman», «Men buni bosqichma-bosqich amalga oshiraman», «Agar uddasidan chiqa olmasam, barchasini boshqatdan boshlayman» degan fikrga yaqinroq bo’ling.

Reklama

Ushbu mazvuda 1 ta fikr qoldirilgan

  1. Маърифат Нурметова:

    Ажойиб инсайт булди

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.