Elevit tabletkasi — qo’llash bo’yicha yo’riqnoma, tarkibi, ta’siri, dozalash, saqlash shartlari

Elevit — kulrang-sarg’ish rangli qobiq bilan qoplangan, cho’zinchoq, ikki tomonidan bo’rtib turuvchi, bir tomonida sindirish uchun qoldirilgan chuqurchaga ega tabletka. Sindirilganda — deyarli oq va sariq rangli kiritmalarga ega kulrang yadro aniqlanadi, hidi yo’q yoki deyarli sezilmaydi.

Elevit tabletkasi haqida

Tarkibi

Modda nomi 1 tabletka
retinol palmitat (vit. A) 3600 ME
kolekalsiferol (vit. D 3) 500 ME
α-tokoferol atsetat (vit. E) 15 mg
askorbin kislotasi (vit. C) 100 mg
tiamin mononitrati (vit. B1) 1,6 mg
riboflavin (vit. B2) 1,8 mg
kaltsiy pantotenat (vit. B5) 10 mg
piridoksin gidroxloridi (vit. B6) 2,6 mg
foliy kislotasi (vit. Bc) 800 mkg
sianokobalamin (vit. B12) 4 mkg
nikotinamid (vit. PP) 19 mg
biotin (vit. N) 200 mkg
kaltsiy (kaltsiy gidrofosfati, kaltsiy pantotenat, kaltsiy askorbat shaklida) 125 mg
magniy (magniy oksidi, magniy gidrofosfat trigidrat, magniy stearati) 100 mg
fosfor (kaltsiy gidrofosfati, magniy gidrofosfat trigidrat shaklida) 125 mg
temir (temir fumarat shaklida) 60 mg
rux (rux sulfati monogidrat shaklida) 7,5 mg
mis (mis sulfat shaklida) 1 mg
marganets (marganets sulfat monogidrat shaklida) 1 mg

Qo’shimcha moddalar: gliseril distearat — 8,25 mg, jelatin — 1,71 mg, mikrokristallik sellyuloza — 66,12 mg, natriy karboksimetil kraxmal — 55 mg, povidon K90 — 32,2 mg, povidon K30 — 1,67 mg, laktoza monogidrat — 45,78 mg, mannitol — 58,9 mg, stearat — 15 mg, makrogol 400 — 10 mg, etilsellyuloza — 10 mg.

Qobiq tarkibi: gipromelloza — 9 mg, etilsellyuloza suvli dispersiyasi — 3 mg, makrogol 6000 — 2,5 mg, talk — 6 mg, titan dioksidi (E171) — 3 mg, temir bo’yoq sariq oksidi (E172) — 1,5 mg.

10 dona — PVX / PE / PVDX / Al (3) dan iborat blisterlar — karton qutida.
10 dona — PVX / PE / PVDX / Al (10) dan iborat blisterlar — karton qutida.
20 dona — PVX / PE / PVDX / Al dan iborat blisterlar, o’rtada perforatsiya bilan ikkita teng qismga ajratilgan karton qutilar.

  • Klinik-farmakologik guruh: Makro — va mikroelementlarga ega multivitaminlar
  • Farmakoterapevtik guruh: Multivitaminli vosita + minerallar

Farmakologik ta’siri

Elevit® Pronatal — bu 12 ta asosiy vitamin, 4 ta mineral va 3 ta mikroelementni o’z ichiga olgan preparatdir. Vitamin va minerallarning miqdoriy tarkibi homiladorlik va emizish paytida foydalanish uchun tavsiya etilgan dozalarga mos keladi.

  • A vitamini (retinol) turli xil moddalar (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) sintezida ishtirok etadi va teri, shilliq qavatlar, shuningdek ko’rish organlarining normal ishlashini ta’minlaydi.
  • B1 vitamini (tiamin) yurak faoliyatini normallashtiradi va asab tizimining normal ishlashiga hissa qo’shadi.
  • Vitamin B2 (riboflavin) to’qimalar, shu jumladan teri hujayralarining tiklanishida ishtirok etadi.
  • Vitamin B5 (kaltsiy pantotenat) yog’lar, oqsil va uglevodlarning metabolizmida ishtirok etadi.
  • B6 vitamini (piridoksin) suyaklar, tishlar, milklarning tuzilishi va funktsiyalarini saqlashga yordam beradi va eritropoezga ta’sir qiladi.
  • Vitamin B 9 (foliy kislotasi) eritropoezni rag’batlantiradi, homilada tug’ma nuqsonlar (asab naychasi nuqsoni) rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
  • B12 vitamini (sianokobalamin) eritropoezda qatnashadi, asab tizimining normal ishlashiga hissa qo’shadi.

B guruh vitaminlari organizmdagi turli xil metabolizmni tartibga soluvchi fermentlarni hosil bo’lishida ishtirok etadi.

  • C vitamini (askorbin kislotasi) bir qator biologik faol moddalarning oksidlanishida, biriktiruvchi to’qima metabolizmini tartibga solishda, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida va to’qimalar yangilanishida ishtirok etadi, steroid gormonlar hosil bo’lishini rag’batlantiradi va kapillyar o’tkazuvchanlikni normallashtiradi.
  • D3 vitamini (kolekalsiferol) homilador ayolning organizmida kaltsiy va fosfor muvozanatini saqlashda muhim rol o’ynaydi. Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi natijasida raxit kasalligi rivojlanadi.
  • E vitamini (tokoferol) tabiiy antioksidant sanaladi.
  • Biotin (H vitamini) metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, oqsilning so’rilishini ta’minlaydi.
  • Nikotinamid (PP vitamini) oksidlanish-qaytalanish reaktsiyalarida ishtirok etadi, vodorod va fosfat tashilishini ta’minlaydi.
  • Kaltsiy suyak to’qimasini shakllanishida, qon ivishida, nerv impulslarining uzatilishida, skelet va silliq mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.
  • Magniy mushak va suyak to’qimasi shakllanishida ishtirok etadi, shuningdek oqsil sintezida qatnashadi.
  • Temir gemoglobin molekulasining bir qismidir, organizmda kislorod almashinuvida ishtirok etadi va kamqonlik rivojlanishini oldini olishda qo’llaniladi, shu jumladan homiladorlik paytida ham.
  • Fosfor kaltsiy bilan bir qatorda, suyak va tishlar shakllanishida ishtirok etadi, energiya almashinuvida qatnashadi.
  • Marganets suyaklarning minerallanishiga yordam beradi.
  • Mis qizil qon tanachalarining normal ishlashi va temir metabolizmi uchun zarurdir.
  • Rux homila skeletining normal shakllanishi va to’qimalar tiklanishi uchun zarurdir, ba’zi gormonlar, shu jumladan insulin tarkibiga kiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning farmakokinetikasi to’g’risida ma’lumotlar keltirilmagan.

Elevit® Pronatal ko’rsatmalari

Gipovitaminozni oldini olish va davolash, homiladorlikni rejalashtirish bosqichida, homiladorlik paytida, tug’ruqdan keyin va emizishda mineral va mikroelementlarning yetishmasligini oldini olish maqsdida qo’llaniladi.

Dozalash tartibi

Homiladorlikning rejalashtirish bosqichida, homiladorlik paytida, tug’ruqdan keyin va emizish davrida bo’lgan ayollarga kuniga bitta tabletkadan oz miqdorda suv bilan ichish tavsiya etiladi.

Elevitni qo’llash muddati — homiladorlikdan 1 oy oldin (homiladorlikni rejalashtirish holatida), homiladorlikning butun davri va emizish davri.

Nojo’ya ta’sirlari

  • Allergik reaktsiyalar: eshakemi, yuz shishishi, teri giperemiyasi, toshma toshishi, anafilaktik shok. Agar allergik reaktsiyalar yuzaga kelsa, preparatni qabul qilishni to’xtatib, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
  • Ovqat hazm qilish tizimida: qorin og’rig’i, ich qotishi, diareya, ko’ngil aynishi, qusish.
  • Asab tizimida: bosh og’rig’i, bosh aylanishi, uyqusizlik, asabiylik.
  • Boshqalar: giperkaltsiuriya; siydikni yorqin sariq rangga bo’yalishi (preparatda riboflavin mavjudligi sababli), axlatning qora rangga bo’yalishi (preparatda temir moddasi mavjudligi tufayli) — bu ta’sirlar zararsiz va klinik ahamiyatga ega emas.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

  • Preparatning tarkibiy qismlariga individual sezgirlik oshishi;
  • A vitamini gipervitaminozi;
  • D vitamini gipervitaminozi;
  • Giperkaltsiemiya;
  • Giperkaltsiuriya;
  • Og’ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
  • Temir metabolizmining buzilishi;
  • Mis metabolizmining buzilishi (Vilson kasalligi);
  • Laktozaga intolerantlik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi (preparat tarkibida laktoza mavjud).

Ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak: jigar va buyrak kasalliklari, buyrak-tosh kasalligida.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo’llash

Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida kuniga 1 tabletka dozasida foydalanish uchun tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yubormaslik uchun qo’shimcha iste’mol qilinadigan A va D vitaminlari ham hisobga olinishi kerak.

Maxsus ko’rsatmalar

Preparatni tavsiya etilgan dozalarga muvofiq qabul qilish kerak.

D vitamini, A vitamini, sintetik izomerlar, izotretinoin va etretinat yoki beta-karotinni o’z ichiga olgan oziqaviy qo’shimchalar va / yoki boyitilgan ovqatlar / ichimliklarni o’z ichiga olgan boshqa vitaminlar yoki multivitamin-mineral komplekslaridan foydalanganda shifokor bilan maslahatlashish zarur, chunki oxirgi moddalar dozasining ko’payishi D va A vitaminlari gipervitaminozini keltirib chiqarishi mumkin.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Avtomobilni boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda preparatning psixomotor reaktsiyalar tezligiga ta’sir qilishi to’g’risida ma’lumotlar yo’q.

Dozani oshirib yuborish

Preparatning haddan tashqari dozasi A va D vitaminlari gipervitaminoziga, giperkaltsiemiyaga, shuningdek temir va misning peredozirovkasiga olib kelishi mumkin. C vitamini haddan tashqari dozasi (15 g dan ortiq) glyukoza-6-fosfat degidrogenaza yetishmovchiligi bo’lgan ba’zi bemorlarda gemolitik anemiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Dozaning oshirib yuborilishi belgilari: to’satdan bosh og’rig’i, ong chalkashishi, oshqozon-ichak tomonidan muammolar (ich qotishi, ich ketishi, ko’ngil aynishi, qusish).

Davolash: agar haddan tashqari doza belgilari yuzaga kelsa, bemor preparatni qabul qilishni to’xtatishi va shifokor bilan maslahatlashishi zarur. Bunda dori qabulini bekor qilish, oshqozonni yuvish, simptomatik davolash choralari ko’rib chiqiladi.

Dori vositalarining o’zaro ta’siri

C vitamini (askorbin kislotasi) sulfanilamidlar guruhiga kiruvchi mikroblarga qarshi vositalarning ta’siri va nojo’ya ta’sirlarini kuchaytiradi (shu jumladan kristalluriya).

Antatsidlar, ftorxinolonlar, bifosfonatlar, levodopa, levotiroksin, penitsillamin, tridentin yoki tetratsiklin antibiotiklarini bir vaqtda qabul qilish natijasida temirning so’rilishi buzilishi mumkin. Agar ushbu dorilarning birontasini qabul qilish zarur bo’lsa, vitamin va ular qabuli orsid 2-3 soatlik interval saqlanishi kerak.

Kaltsiy, magniy, temir, mis yoki ruxni o’z ichiga olgan preparatlar antatsidlar, antibiotiklar (tetratsiklin guruhlari, ftorxinolonlar), levodopa, bifosfonatlar, penitsillamin, tiroksin, trientin, digitalis o’simligi preparatlari, virusga qarshi preparatlar, tiazid diuretiklari, shuningdek nordonlik buzilishi bilan bog’liq kasalliklarni davolash uchun preparatlar bilan o’zaro ta’sirlashishi mumkin. Agar bunday dorilar bilan bir vaqtda qo’llash zarur bo’lsa, qabul orasida 2 soatlik intervalga amal qilinishi kerak.

Elevit® Pronatal preparatini saqlash shartlari

Preparat bolalar yeta olmaydigan joyda, +25 °C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlilik muddati — 2 yil.

Preparat shifokor retseptisiz chiqariladi.

Reklama

MYMEDIC.UZ Telegram kanaliga qo'shiling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!
A'zo bo'lish

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.