Homiladorlik kartasi — zarurati, ko’rinishi, qachon va qayerda beriladi

Homiladorlik — ayol e’tibor, g’amxo’rlik va maxsus tibbiy nazoratga muhtoj bo’ladigan alohida holat hisoblanadi. Tibbiy nazorat ona va homila salomatligini turli vaqtlarda baholash, hayotiy ko’rsatkichlarni yaxshilash uchun ta’sir etuvchi omillarni o’zgartirish imkonini beradi. Barcha ma’lumotlar maxsus noma — homiladorlik kartasiga kiritib boriladi.

Homiladorlik kartasi haqida

Ushbu hujjatni olish uchun ayol homiladorlikni nazorat qilib borishni ishonib topshiradigan tibbiy muassasani tanlashi kerak. Natijada ro’yxatga olish amalga oshiriladi, homiladorlik kartasi chiqariladi. Bu karta homilador ayolni tug’ruqqa qadar shifokorga tashrif buyurganida hamrohi bo’lib boradi.

Nima uchun kerak

Ayollar konsultatsiyasi yoki shaxsiy akusher-ginekologga rejalashtirilgan tashriflar paytida homilador ayol bir qator testlardan o’tadi, shifokor tana og’irligi va hajmidagi o’zgarishlarni qayd etib boradi. Ushbu ma’lumot shifokor tomonidan saqlanadigan shaxsiy kartaga kiritiladi va albatta bo’lajak onaning yonida bo’lishi kerak bo’lgan homiladorlik kartasiga ham ko’chirib o’tkaziladi.

Natijada, bu karta har qanday mutaxassisga homiladorlik jarayoni haqida to’liq ma’lumot beradi. Bu tug’ruqxonani tanlashda zarur sanaladi, tanolvni esa bo’lajak ona mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shuningdek, homiladorlik kartasining mavjudligi favqulodda holatlarda yoki homiladorlikning kutilmagan rivojlanishida mutaxassislarga holatni tushunishga yordam beradi.

Ushbu karta bemorning ambulatoriya kartasi analogidir, faqat u hayotning ma’lum bir  davrida zarur bo’lib, aynan homiladorlar uchun mo’ljallangan va bola tug’ilgunga qadar saqlanib turadi.

Har qanday mutaxassisning homilador ayol haqida tez va aniq ma’lumot olishi uchun u maxsus shaklda to’ldiriladi, xususan:

  • Asosiy shaxsiy ma’lumotlar;
  • Tug’ilgan sana;
  • Homiladorlikning hozirgi muddati;
  • Qon guruhi va rezus omili;
  • Surunkali kasallik va patologiyalar;
  • Salomatlikning hozirgi holati;
  • Kutilayotgan tug’ruq kuni;
  • Bolaning otasi haqida eng muhim ma’lumotlar;
  • Boshdan o’tkazilgan o’tkir kasalliklar tarixi.

Karta qanday ko’rinishga ega

Ko’pincha homiladorlik kartasi ma’lum ma’lumotlarni kiritish uchun mo’ljallangan broshyura ko’rinishida bo’ladi. Ayollar konsultatsiyasi yoki tibbiy markazda ushbu karta berilganda, unda odatda onalik, homiladorlik va yangi tug’ilgan chaqaloqni parvarish qilish mavzusidagi reklama joylashtirilgan bir nechta tashqi sahifalar mavjud bo’ladi.

Ushbu sahifalar homilador onaga u uchun qiziq bo’lgan tovarlarni sotish joylari haqida ma’lumot beradi, ba’zan chegirma kuponlari saqlashi mumkin. Ularni kerakli bo’lsa saqlab qo’yish yoki ajratib tashlash, kartaning faqat kerakli bo’lgan qismini qoldirish mumkin.

Homiladorlik kartasi qachon beriladi

Sog’liqni saqlash vazirligi homiladorlikning 22-23 haftasigacha homiladorlik kartalarini berish shartini qo’ygan, ana shu muddatdan boshlab homiladorlik tarixi har doim ayol bilan birga bo’ladi: muddatidan oldin tug’ruq, tug’ruqning boshqa shaharda boshlanib qolishi va boshqa holatlarda uning ahamiyati kattadir.

Tibbiy muassasalar esa bunda o’z ichki qoidalari va kartalarni berish shartlariga amal qilishadi, aniq muddatni ma’lum bir muassasani tanlashda bilib olish mumkin.

Kerakli hujjatlar

Homiladorlik kartasi fuqarolarning standart hujjatlar to’plamiga muvofiq beriladi:

  • Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat);
  • Tibbiy sug’urta polisi.

Tibbiy muassasaning ichki qonunlariga ko’ra boshqa turdagi hujjatlar ham talab etilishi mumkin.

Kartani yonda olib yurishning ahamiyati

Kartaga ega bo’lishning maqsadi nafaqat homiladorlikning to’liq tasvirini yaratishdir. Ba’zan hujjat rasmiyatchilik tufatyli rasmiylashtiriladi: u holatni, muddatni tasdiqlaydi, asosiy tahlillar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Asosiysi, homiladorlik shifokorlar tomonidan va tegishli testlar, ultratovushli tekshiruv orqali tasdiqlangan sanaladi.

Ushbu kartani homilador ayollar doimiy ravishda o’zlari bilan olib yurishlari tavsiya etiladi, ayniqsa homiladorlikning uchinchi trimestrida (pasport bilan birgalikda). Ushbu hujjatlarsiz uydan chiqmaslik odatini shakllantirish kerak.

Homiladorlik — bu alohida holat, to’lg’oq istalgan vaqtda, oldindan boshlanishi kutilgan sanaga mos bo’lmagan ravishda boshlanib qolishi mumkin. Ba’zan holat juda tezkor aralashuvni talab qiladi, hujjatlarsiz esa tez yordam mashinasi esa sizni o’zingiz tanlangan tug’ruqxonaga emas, navbatchi yoki eng yaqin (vaziyatga qarab) tug’ruqxonaga olib boradi.

Qaysi tibbiy muassasaga murojaat qilish kerak

Homiladorlikni nazorat qilib borish va bu turdagi kartani olish uchun har bir tumanlarda mavjud bo’lgan tug’ruqxonalarga tashrif buyurish kerak. Bu muassasalarda har bir bo’lajak onalarda homila rivojlanishini kuzatish uchun  kerakli sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, alohida holatlarda maxsus nodavlat tibbiy klinikalarga murojaat qilish mumkin.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.