Gaymorit — burun yon (yuqori jag’ bo’shlig’i) sinus shilliq qavatining yallig’lanishi bilan ifodalanadigan kasallik, sinusitning bir turi sanaladi va eng keng tarqalgan LOR kasallik hisoblanadi. Kasallik kechish og’irligiga qarab, o’tkir yoki surunkali bo’lishi mumkin. Kasallik erta tashxislansa va jiddiy shakllarga o’tmagan bo’lsa, ko’p hollarda gaymoritni uyda davolash usuli ham samarali hisoblanadi.
Gaymorit qanday kasallik?
Yuqori jag’ yoxud burun yon sinuslari — havoli bo’shliqlar bo’lib, ularning vazifasi atmosfera va kalla ichi bosimini tenglashtirish, rezonator funktsiyalarni bajarish va havoni tozalash, namlash sanaladi. Burun yon bo’shliqlarining yo’llari burun bo’shlig’iga chiqadi, ichida esa suyakka birikib turgan shilliq qavat bilan qoplangan bo’ladi. O’sha shilliq qavatning yallig’lanishi gaymorit kasalligi sanaladi.
Gaymorit rivojlanishi sabablari
Ko’pincha gaymorit kasalligining asosiy sababi yuqori nafas yo’llari infektsiyasi yoki allergiya bo’ladi, shu sababli kuz-qish mavsumida bu kasallik rivojlanishi avj oladi.
Bundan tashqari, ba’zi bir kasalliklarni davolamaslik, zararli tashqi omillar ham gaymoritni keltirib chiqarishi mumkin, jumladan:
- Yuqori jag’ tishlari kariesi;
- Immun tizimining zaiflashuvi;
- Burun yon sinuslarini o’rab turuvchi shilliq qavat jarohatlari;
- Havosi haddan tashqari quruq yoki yelvizak bo’lgan xonada uzoq vaqt bo’lish;
- Og’iz bo’shlig’i gigienasiga rioya qilmaslik;
- Shilliq qavatning zamburug’li kasalliklari;
- Bekteriyalar (stafillokokklar);
- Sil kasalligi;
- Zararli ishlab chiqarishda ishlash;
- Burun-halqum rivojlanishi anomaliyalari va uning shikastlanishlari;
- O’smalar mavjudligi;
- Burun bitishiga qarshi tomchilarni tez-tez ishlatish;
- Rinit bilan kechuvchi allergik reaktsiyalar;
- Burun to’sig’ining deformatsiyasi (qiyshayishi) va natijada sinusda havo aylanishining buzilishi;
- Surunkali infektsiyalar — faringit, tonzillit va h.k.
Gaymorit alomatlari va belgilari
Gaymoritning dastlabki belgilari tana haroratining ko’tarilishi, isitma, kuchsizlik, tumov va burun bitishi, yuz sohasida og’riqlar bilan namoyon bo’ladi. Og’riq peshona, tishlar va chakkaga tarqalish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, qovoqlarning qizarishi va shishi qayd qilinishi mumkin. Bolalarda gaymorit bolganda ularning injiqlik qilishi va charchaganligi ham seziladi. Shu bilan birga, gaymorit qanday rivojlanishiga qarab, kasallik alomatlari ham farqlanishi mumkin.
O’tkir gaymorit O’RVI belgilari fonida rivojlanadi va quyidagi alomatlar bilan ifodalanadi:
- Isitma;
- Bo’g’imlardagi og’riqlar;
- Yuqori jag’ va burun sohasidagi og’riq;
- Kuchli tumov;
- Bosh og’rig’i, ko’z sohasidagi og’riqlar.
Surunkali gaymorit esa asta-sekin rivojlanadi, uning belgilari:
- Surunkasiga kechayotgan rinit;
- Ko’z sohasidagi og’riqlar;
- Konyuktivit;
- Ko’pincha bosh og’rig’i.
Tasnifi
Gaymorit — turi ko’p bo’lgan kasallik. Bugungi kunda shifokorlar kasallikning quyidagi turlarini ajratishadi:
- Kataral gaymorit. Kasallik shilliq qavatning yallig’lanishi, burun bo’shlig’ining shishishi va qizarishi bilan tavsiflanadi. Kataral gaymorit bolalar orasida ko’proq tarqalgan. Sabablari virusli infektsiya, allergik tumov va burun shilliq qavatining jarohatlari hisoblanadi. Xarakterli alomatlari ishtaha yo’qolishi, isitma va umumiy intoksikatsiya belgilari sanaladi.
- Ikki tomonlama gaymorit. Yuqori jag’ sinuslarining yallig’lanishi asoratlanishida ko’proq uchraydi. Uning yorqin belgilaridan shish, burundan ko’p ajralma kelishi, burun bitishi, tana haroratining ko’tarilishi, umumiy intoksikatsiya, shuningdek ko’zlarning yoshlanishi va apatik holatlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Kasallikning ushbu turi rivojlanishiga infektsion va yallig’lanish jarayonlari sabab bo’lishi mumkin. Ikki tomonlama gaymoritga shubha qilganda otolaringolog kompleks davolash — dori vositalari va fizioterapiya muolajalarini buyuradi.
- Polipoz gaymorit. Kasallikning bu turi dorilar bilan davolanmaydi. Qoida tariqasida, polipoz gaymorit rivojlanishi allergiyalar, burun komponentlarining anatomik tuzilishi buzilishlari va yallig’lanishlari bilan bog’liq. Asosiy alomatlari og’izdan nafas olish va burundan shilliq ko’rinishida tez-tez ajralmalar kelishi hisoblanadi. Bundan tashqari, ta’m bilish qobiliyatining buzilishi va ishtahaning pasayishi kuzatiladi. Davolash jarroh tomonidan amalga oshiriladi. Agar poliplar o’lchami kichik bo’lsa, medikamentoz davo usullari qo’llanilishi ham mumkin, ammo bunda doimo ham natija sezilmaydi.
- Allergik gaymorit. Buning sababi burun sinuslarining ta’sirlanishi hisoblanadi. Uning alomatlari ko’z yoshlanishi, shishganlik, tana harorati ko’tarilishi, bosh og’riqlari va umumiy holsizlikdir. Kasallik asosan kuz va bahor oylarida kuzatiladi. Allergik gaymoritni davolash uchun dastavval allergenni aniqlash va u bilan bemorning aloqa qilishini cheklash kerak. Davolovchi shifokor to’liq tekshiruv o’tkazish natijasida antiallergen terapiya, so’ng umumiy qo’llab-quvvatlovchi preparatlar buyuradi.
- Yiringli gaymorit. Ko’pincha yuqori nafas yo’llarining davolanmagan yoki o’tkazib yuborilgan infektsion kasalliklari oqibati hisoblanadi. Ushbu turdagi gaymorit sababchilari patogen mikroorganizmlar va ularning hayotiy faoliyati mahsulotlari sanaladi. Agar kasallikning yiringli turiga yetarli e’tibor qaratilmasa va uni davolash ortga surilsa, u suyaklar va yaqin atrofdagi to’qima va a’zolarga tarqalishi mumkin.
- Odontogen gaymorit. Qo’zg’atuvchining kasallangan yuqori jag’ tishlari va og’iz bo’shlig’idan burun yon bo’shliqlariga o’tishi oqibatida rivojlanadi. Qo’zg’atuvchilari ichak tayoqchasi, stafilokokklar, streptokokklar va ularning kombinatsiyasi sanaladi. Odontogen gaymoritning perforativ va noperforativ shakllari ham farqlanadi. Birinchisi yuqori jag’ tishini sug’urish natijasida og’iz bo’shlig’i va yuqori jag’ sinuslari orasida fissura hosil bo’lishida kuzatiladi. Aynan shu fissura orqali patogenlar sinuslarga yetib boradi.
Bundan tashqari, gaymorit infektsion, vazomotor, ekssudativ, produktiv, nekrotik va atrofik bolishi mumkin.
- Infektsion gaymorit virusli, bakterial yoki zamburug’li tabiatga ega bo’ladi.
- Burun yon bo’shlig’ining vazomotor yallig’lanishi qon tomirlari faoliyatining buzilishi bilan bog’liq.
- Ekssudativ turi sinuslarda yiring mavjudligiga ishora qiladi.
- Produktiv gaymoritda sinusning o’zida turli xil o’smalar shakllanadi, masalan polipoz o’smalar.
- Sinuslarda nekroz qayd qilinsa, bu holda kasallikning nekrotik turi haqida gapiriladi.
- Sinus va burun bo’shlig’i to’qimalarining oziqlanishi buzilganda, atrofik gaymorit tashxislanadi.
Asoratlari
Agar gaymoritni davolashda kechikishlar bo’lsa, bu kasallik meningit va ensefalit kabi jiddiy kasalliklarga olib kelishi, ko’z va quloqning yallig’lanishli kasalliklarini chaqirishi mumkin.
Kasallik rivojlanishda davom etsa, bemor buyrak, yurak, ko’z, bo’g’imlar va hatto bosh miya bilan bog’liq muoammolarga duch kelishi mumkin.
O’tkir sinusitni rentgenografiya yordamida tashxislash juda oson. Surunkali shaklini aniqlashda shifokor malakasi, kompyuter tomografiyasi yordam beradi. Aniq tashxis qo’yilsa, boshqa kasalliklarni istisno qilish mumkin.
Gaymoritni davolash
Ayni paytda gaymoritni davolashning ko’p usullari mavjud, lekin qay darajada samaraliligi savol tug’diradi. Va yana ko’p kishini qiziqtirgan savol, gaymoritni teshmasdan (punkisyasiz) davolash mumkinmi?
Amaldagi tibbiyot usullari
Sinusit O’RVI asorati sifatida o’tkir shaklda namoyon bo’lsa, shifokor tomonidan burun tomchilari qo’llash, mukolitik preparatlar qabul qilish va sinuslarni sho’r suv bilan chayish tavsiya etilishi mumkin. Ko’pincha antibiotiklar va antigistaminlar buyuriladi. Ammo burun tomchilarini haddan ziyod qo’llash foyda o’rniga ziyon keltirishi mumkin, chunki ular burun shilliq qavatini quritib yuboradi va kasallikni yanada avj olishiga zamin yaratib beradi.
Antibiotiklar sinuslarni chayish yo’li bilan mahalliy qo’llanilishi, bundan tashqari tabletkalar yoki in’yektsiyalar shaklida belgilanishi mumkin. Qay turdagi antibiotik qo’llanilishi faqat shifokor tomonidan tanlanadi.
Punktsion usul
Bunday holda sinusga bosim ositda antiseptik eritma yuboriladi va yiringli ekssudat yuvib chiqariladi. Bu usul shifokor nazorati ostida olib boriladi. Lekin jarayon og’riqli va yoqimsiz bo’lganligi sababli, hozirgi vaqtda faqat og’ir hollarda qo’llaniladi.
Bundan tashqari, teshmasdan davolash usullari ham mavjud. Ularga misol «kukushka» usuli. Uning boshqa nomi — Proets bo’yicha sinuslarni yuvish. Ushbu usulning mohiyati suyuqlikning aylanishida. Jarayon deyarli og’riqsiz va anesteziya talab qilmaydi. «Kukushka» yengil gaymorit shakllarida qo’llaniladi. Muolaja boshida bemor chalqancha qilib yotqiziladi, burun yo’llariga esa bittadan kateter kiritiladi: birinchisi burun bo’shlig’iga maxsus eritma kiritsa, ikkinchisi uni tortib oladi. Davolash kursi taxminan 7 ta muolajadan iborat bo’ladi.
Jarrohlik amaliyoti
Gaymorotomiya — og’ir hollarda gaymor bo’shlig’ini sanatsiya qilish va yiringli massadan, poliplardan, zamburug’ va boshqa infeksiyalardan tozalash uchun qo’llaniladi. Bu amaliyot o’ta samarali, murakkab emas va ortiqcha asoratlar qoldirmaydi.
Gaymoritni xalq tabobati yordamida davolash
Statistika gaymoritni xalq tabobati yordamida davolashda samaradorlik foizi yuqori ekanligini ko’rsatadi. Ko’p tomchilar, damlamalar va malhamlar retseptlari mavjud va ular gaymorit davosi hisoblanadi. Shu bilan birga, ular asosiy terapiya usuli emas va faqatgina kompleks terapiya sifatida qo’llanilishi mumkin. Bemorda allergiya chaqirishi mumkin bo’lgan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Yodda tuting!: Agar kasallik avj olib borayotgan va alomatlari kuchayib borayotgan bo’lsa, shifokorga tashrif buyurishni kechga qoldirmang, xalq tabobati faqat o’rta va yengil hollarda samara berishi mumkin.
Ingalyatsiyalar
- Propolis bilan. Idishda 2 litr suvni qaynating. Qaynagan suvga propolisni spirtli eritmasidan ikki choy qoshiq qo’shing (dorixonalarda shifokor retseptisiz beriladi). Idish ustiga egilib, boshingizni sochiq bilan idishni qo’shgan holda yoping va bug’dan nafas oling. Agar asalarichilik mahsulotlariga allergik reaktsiyangiz bo’lsa, u holda bu usuldan foydalanish tavsiya etilmaydi.
- Kartoshka bilan. Bu usulda yangi qaynatilgan kartoshkaning bug’lari bilan nafas olinadi. Davomiyligi 15 daqiqani tashkil etadi.
Asal asosida tomchi
Miqdori teng bo’lgan asal va aloe sharbatini aralashtiring. Biroz suv qo’shing va kuniga 2-3 marta 1-2 tomchidan burunga tomizing (ikki tomonlama). Qarshi ko’rsatmalar yuqoridagi kabi.
Chakanda (oblepixa) moyi
Bu o’simlik moyi shifobaxsh hususiyatlarga boy bo’lib, ham o’tkir, ham surunkali shakldagi gaymoritni davolashda qo’llaniladi. Burunga kuniga 3 mahal 3-4 tomchidan tomzilib, so’g boshni pastga qaratgan holda nafas olib turiladi, moy oqib ketmasligi va tomoqqa o’tib ketmasligi kerak. 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.
Lavr yaproqlari yordamida kompress
Lavr yaproqlariga qaynoq suv solib, biroz kuting. Sovigach, sochiq yoki biron matoni tayyor bo’lgan damlamaga botirib namlang va yonoq sohasiga qo’ying, kompressni sovigancha ushlab turing, muolajani bir necha bor takrorlang.
Issiq qo’yish
Kasallik davolanayotgan vaqt, sinuslar ichida ekssudat (yiringli yoki yiringsiz) yo’qligiga amin bo’lsangiz, bu usulni qo’llashingiz mumkin. Yanoq sohasiga vazelin surting, keyin o’sha joyga ko’k lampa, agar bo’lmasa sochiqqa o’ralgan qizdirilgan tuz qo’ying, muolajani kuniga 2-3 marta qo’llang. Agar sinusda ekssudat bo’lsa, issiq qo’lalsh tavsiya etilmaydi, chunki ekssudat kengayishi va boshqa sohalarga o’tib ketishi mumkin.
Bu usul faqatgina tuzalish bosqichida qo’llanilishi o’rinlidir. Boshlashdan oldin shifokor tavsiyasini olish shart.
Gaymoritni oldini olish
Har qanday kasallikni davolagandan ko’ra oldini olish afzalroq. Kasallikni oldini olish uchun o’z vaqitda stomatolog ko’rigidan o’tib turish, sovuq havoda ko’p yurmaslik, sovuqda bosh kiyimisiz ko’chaga chiqmaslik, shamollash va grippni o’z vaqtida davolash tavsiya etiladi. Sport bilan hech bo’lmaganda kuniga 10-20 daqiqa shug’ullanish immuntitetni mustahkamlash uchun foydalidir.
Menda gaymorit asorati boshlanayapti xozir moskvadaman uy sharoitida qanday davolansam buladi.
Birinchi navbatda bosh sovqotmasligini ta’minlang, burun bitib qolmasligi uchun tomchilardan foydalaning, aks holda suyuqlik yuqori jag’ sinuslarida to’plana boshlaydi. Agar sinuslarda ekssudat to’plangan bo’lsa, uni chiqarib tashlamasdan kasallikni davolab bo’lmaydi, buning uchun eskicha usulda burunni punktsiya qilish yoki zamonaviy dorilar bilan chayib, qoqish kerak. Har qanday holda ham patogen aniqlanib, tegishli dori (antibiotiklar, boshqa vositalar) qabul qilish kerak, bu esa faqat shifokor ko’rsatmasi bo’yicha tanlanadi. Moskva sovuq shahar ekanligini inobatga olib, uyda davolanish ancha mushkulligini aytib o’tish kerak. Yaxshisi, yanada jiddiy asoratlarga o’tib ketmasidan, lor shifokorga uchrashib, o’z vaqtida davolanishni boshlang.
Assalomu alaykum Gaynoritni davolash uchun qaysi usul yaxshiroq? Andijon shaxrida qaysi shifokorga uchirasam bo`ladi? Iltimos telegram orqali javobini yo`llashni imkoni bo`lsa + 998 97 581 23 95
iltimos mengaham maslaxat berib yuboring. 6 oydirki gaymoritman. faqat endi kuchayib ketti. aksiga olib homiladorman. shifokorga 2 marta bordim uyda ancha tabiiy dorilani qilib quyganimgamii yiring halqa halqa bulib ko’p tushaverganidan kamayib ogriqlaram kamayib qolganiga shigojorla san ancha tuzatib qo’yibsan. keyin senga antibiyotij mumkin emas. uyda issiq tutib yur qattiq kuchaygan xollarda davolaymiz. bulmasa bolaga zarar dedi. lekin tuzalishi qiyin bulyaptida. harkuni asal bog’lab yotaman peshanamdan harkuni yiring tushadi. qachon oxiri bularkina juda qiynalib kettim???
Birinchidan, agar yiring kelayotgan bo’lsa, issiq qo’yish qat’iyan taqiqlanadi, aks holda issiqlik ta’sirida yiring kengayib, boshqa joylarga tarqalib ketishi mumkin. Issiqni (tuz qizdirib qo’yish, ko’k lampa) faqat yiring yo’qligi aniq bo’lganda qo’yish kerak, imkni bo’lsa yuqori jag’ sinuslari ustiga vazelin surtib, ustidan issiq qo’yish kerak. Eng avvalo sovuqqa chiqmang, chiqqan taqdirda ham bosh kiyim va sharf o’rab chiqing, issiq kunar ham yaqin qoldi. Ikkinchidan, burunni bittalab, inobatga oling, birdan ikkalasini ham emas, bittasini barmoq bilan yopib turib, ikkinchisini tez-tez qoqib turing, bu sinuslarga ekssudat to’planmasligi uchun kerak, keyin yumshoq ta’sir etuvchi burun uchun tomir toraytiruvchi vositalarni kechqurun uxlashdan oldin tomizib yoting, qay turdagisini tanlashni shifokor bilan maslahatlashing, chunki ular 5-6 kundan ortiq vaqt qo’llanilganda nojo’ya ta’sir beradi. Antibiotik ichish rostdan ham homilaga zarar keltirishi mumkin, lekin vaziyat qiyin bo’lsa, shifokor homilador ayollarga mos keladigan dori tayinlashi ham mumkin, demak sizning vaziyatingiz o’ta og’ir emas ekan. 6 oydan buyon davom etishi bu yomon alomat, ehtimol surunkali shaklga o’tgandir. Farzandingizni dunyoga keltirib olgach, keyingi kuz-qish mavsumida immunitetni mustahkamlovchi choralar ko’ring, grippga qarshi vaktsina oling, boshingizni sovuqdan asrang.
Akam, men ham sizga o’xwab safardamiz, menda ham endi boshlanayapti sheklli alomatlari, to’g’ri kelishni boshlayapti, siz nima qilyapsiz uy sharoitida?
Assalomu aleykum menda ham savol bor. 6 yil avval Gaymorit bo»lgan edim. va ku-ku degan muolajada torttirgandim. Endi esa 6 yil avval gaymorit bo»lganimdagi alomatlarni yana sezyapman, boshim qattiq og»riyapti dorilar tasir qilmayapti, Nervopotolog huzuriga borganimda shamollash va ko»p asabiylashishdan dedi, Gaymorit bo»lishi mumkinmi?
Assalomu alaykum, gaymaritda qatiq qatiq qadam bosganiza pazuxala loʻq loʻq qib ogʻridi. Yoki engashib boʻyin sohasiga sal sal ursezam loʻqilidi chakalariz. Manda shunqa bpgan. Yaxshisi shu alomatlani sezdizmi butun hamma pazuxani rengen qilib lorga borin.
Assalom mendaham gaymor bo’shlig’i yalig’langan jarrohlik amaliyotisiz davolashning samarali usullarini yozingla
Assalamu aleykum. Burnimning tepa sohasida og’riq, bosh og’rib, quloq osti (jag’) qismida bezlar og’rib ularni ketkazolmayapman.. nima maslahat berasiz. Bu qanday kasallik…
Mani boshim og’riydi, burnimadan sariq shilimshiq tushadi, nima qilsam bo’ladi?
Mavzuda va qoldirilgan fikrlarda gaymorit alomatlari qanday bo’lishi mumkinligi aytilgan, agar o’zingizda bosh og’rig’i va burundan ajralma kelishidan tashqari qolgan alomatlar ham mavjudligini sezsangiz, otorinolaringologga murojaat qilishingiz kerak bo’ladi, shifokor keyingi ko’rsatmalarni beradi.
Mening yoshim 13da gaymorit kassaligi bilan ogiryapman. Uy sharoyitida qanday davolansa boladi. Burnim bitadi suyiqlik oqadi Нафтимизин tomizaman buni xaddan ziyod foydalanish ziyon ekanini bilaman lekin nima qilay… uy sharoitida qnday davolansa boladi?! Iltimos yordam Bering
Sizga ham quyidagi kabi tavsiyalar, kasallikni antibiotiklarsiz davolash qiyin, agar ekssudat mavjud bo’lsa, qo’shimcha muolajalar talab etilishi mumkin. Shifokorga borishdan qo’rqish kerak emas, bu oddiy kasallik, burun yon sinuslarida ekssudat to’plangan bo’lsa, uni ko’pchilik aytadigan «burunga igna tiqish» orqali emas, maxsus eritmalar bilan chayish orqali chiqarsa ham bo’ladi. Antibiotiklar esa tabletka shaklida buyuriladi. Davolash kursi vaziyatga qarab 5-7 kun bo’lishi mumkin. Shundan so’ng uy sharoitida, shifokor tavsiyasiga ko’ra, burunga oblepixa moyi tomizish mumkin, bu tiklanish jarayonini tezlashtiradi.
Assalamu alaykum mani ayolimni burni bitib tamogi bugilibqoladi va xaftanibeshkuni boshi qattiq ogriydi qarabturolmadim doktirga olib bordim doktirga tamagirafya qildi va ungtarafingda gaymaret borekmandeb molajani boshlash 8 kun kasalxonada qolib davolaymandebkurdi afsuski imuman foydasi bulmadi uygakeldik yana boshlandi burni bitish tamoq achishi tugilib qolish va boshogrigi 300$ xavogaketdi ayolimga qarab achinibketayabman doktor maslaxatbering iltimos?
Assalomu aleykum yuqori tishimni yon milklari shishib yiringlay boshlagandi bugun shifokorga borgandim tishimni oldi va gaymarit boshlangan deb aytdi uy sharoitida nimalar qilsam bòladi shòr suv bilan yuvsa bòladimi
Avvalo shifokorga borib, bo’shliqlarda yiring mavjud yoki yo’qligini aniqlash kerak. Buning uchun shifokor rentgenografiyaga yo’llanma beradi, shundan so’ng, agar yiring mavjud bo’lsa, uni bartaraf etish usullari (punktsiya yoki maxsus eritmalar bilan chayish) va antibiotiklar yozib beradi. Davolash kursi yakuniga yetgachgina tiklanishni tezlashtirish uchun uy sharoitida mustaqil choralar ko’rishingiz mumkin. Bunga ko’k lampa, tuzni qizdirib qo’yishlar kiradi. Lekin hozirda mustaqil choralar tavsiya etilmaydi, bu ahvolingizni og’irlashtirib yuborishi mumkin.
Менинг кизимда хам бурун битиши 4 йилдан буён давом этиб келаяпти.Нафтимизин ишлатиб юради.Бошида, кузида огрик бор, энди бурнидан сал сал кон келаяпти.Шифокорга учраб олган лечениеларимиз фойда бермаяпти.Гайморит асоратими бу ё бошка нарсами илтимос маслахат беринг.
Avvalo naftizinni uzoq vaqt davomida ishlatish foyda o’rniga ziyon yetkazishini ta’kidlab o’tish kerak. Agar burni tinimsiz bitayotgan bo’lsa, yaxshiroq LOR shifokorga uchrashib, burun to’sig’ining qiyshayganligi predmetiga tekshiruvdan o’ting, ehtimol, rentgen tasviri olish talab etilar. Chunki burun to’sig’i qiyshaygan bo’lsa, surunkali gaymorit rivojlanishi mumkin. Agar bu holat davriy bo’lsa, qizingizning hayot tarziga e’tibor bering, balki sovuq suvda ko’p o’ynar, balki salqin kunlarda yengil kiyinar. Terapevtga uchrashib, immunitetni kuchaytiruvchi terapiya bo’yicha maslahatlashib ko’ring.
Assalamu alaykum mani ayolimni burni bitib tamogi bugilibqoladi va xaftanibeshkuni boshi qattiq ogriydi qarabturolmadim doktirga olib bordim doktirga tamagirafya qildi va ungtarafingda gaymaret borekmandeb molajani boshlash 8 kun kasalxonada qolib davolaymandebkurdi afsuski imuman foydasi bulmadi uygakeldik yana boshlandi burni bitish tamoq achishi tugilib qolish va boshogrigi 300$ xavogaketdi ayolimga qarab achinibketayabman doktor maslaxatbering iltimos?
Bo’lar ish o’tdi-ketdi, boshqa malakaliroq shifokorga uchrashing, ayolingiz sovuq suvga qo’l urmasin, oyog’idan sovuq o’tmasin. Shifokorga uchrashib, masalani muhokama qiling, vaziyatning qay darajada jiddiy ekanligini so’rang. Sinuslardagi yiring yoki boshqa turdagi ekssudatni birinchi navbatda chiqarib tashlash kerak. 8 kun kasalxonada davolanganida antibiotiklar berilgan bo’sa va yana antibiotiklar kursi talab etiladigan bo’lsa, disbakteriozning profilaktikasi haqida unutmang. Shifokordan uyda davolanish mumkin-mumkinmasligini so’rang, agar mumkin bo’lsa, uyda davolansin (kasalxonada yetarli e’tibor qaratishmaydi deb o’ylasangiz). Davolash kursi tugagach, yana bir-ikki hafta sovuqqa yaqinlashmasligi kerak, butun vaqt davomida umumiy qo’llab-quvvatlovchi choralar ko’ring, xalqona vositalar (asalli choy, limon, sarimsoq) ortiqchalik qilmaydi. Ayolingizning ahvoli ancha yaxshilanganidan keyin, bu holat qaytalanmasligi uchun grippga qarshi emlash olish haqida o’ylab ko’ring. Ammo shifokorga uchrashish majburiy hisoblanadi, kasallikning jiddiy asoratlari haqida maqolada yozilgan.
Assalomu aleykum..kecha o’g’limni rentgin qildirgandim gaymorit dedi..ku ku qilib tozaladi..uyga kalganda 3-4 soatdan keyin boshim deb yig’ladi, og’riq qoldiruchi dori berdim..tozalagandan keyin shunaqqa og’riq beradimi?
Birinchi muolajadan keyin boshning o’g’rishi me’yoriy holat hisoblanadi. Bu muolajaning xususiyatlari tufaylidir. Bunda sinuslarda to’plangan ekssudatni chiqarib olish uchun burun bo’shlig’ida manfiy bosim hosil qilinadi, bunda nafaqat bosh og’rishi, balki burunning qonashi ham kuzatilishi mumkin. Lekin har qanday holda ham bu haqida shifokorga xabar berish kerak. Chunki bosh og’rig’i ortida boshqa kasallik yashiringan bo’lishi ham mumkin. Muolaja 3-4 marta o’tkazilayotgan bo’lsa, noqulayliklar deyarli sezilmasligi kerak.
Assalomalekum .Men shifokorga bordim rentgenga tushib ko’rdim pazuxalarda yallig’lanish bor ekan o’ng tomonimda koproq chap tomonda kamroq pedhonamda ham biroz bor ekan shifokor menga burunni teshib tozalash kereligini aytyapti burnimdan har harda qo’lansa hid keladi shamollab qolgan vaqtlarda. Juda kop tumov bolib qolaman . Lekin pazuxalarimda og’riq yoq pewonamda ham boshim ham og’rimaydi . Shuni teshmaddan turli eritmalar bilan yuvib tozalasa buladimi albatta shifokor huzurida . Lekin har harda burnimdan yiring kelib turadi shmollagan vaqtlarimda hozir ovozim ham biroz o’zgarib qolgan pazuxalarni yuvib tozaladh mumkinmi. Iltimos maslahat bering. Javobini kutaman.
Burunni teshmasdan (prokolsiz) davolash uchun oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Ba’zi shifokorlar kasallikni tezda va samarali bartaraf etish uchun ushbu usulni qo’llashni tavsiya etishadi. Ammo bu yagona usul degani emas. Rentgenogramma tasvirida to’plangan suyuqlik (ehtimol yiring) miqdoriga ahamiyat berish kerak, agar u o’rtacha miqdorda bo’lsa, maxsus suyuqliklar bilan har kuni 3 mahal burunni chayib, qoqish kerak bo’ladi. Ushbu uslubga tirik-o’lik (живая-мертвая вода) suv bilan chayish kabi muolajalarni misol qilib keltirsa bo’ladi. Ammo bunda juda ehtiyotkor bo’lish kerak. Burunni ikkalasini ham birdan emas, avval birini barmoq bilan qisib, yopib turib, ikkinchisini va aksincha, ikkinchisini yopib, birinchisini qoqish kerak. Qoqish me’yordan ortiq kuchli bo’lmasligi kerak. Har bir muolajadan keyin burun yo’llariga chakanda (oblepixa) moyini tomizish va shu bilan birga shifokor buyurgan antibiotiklarni (yuqori ehtimollik bilan in’yektsiyalar) qabul qilib borish kerak. Sinuslardagi ekssudat 2-3- kunga borib chiqib ketishi mumkin. Samarasi bir nechta bemorlar tomonidan tasdiqlangan, ammo bu sizga yordam berishini kafolatlamaydi. Bunday usullar asosan ota-onasi yoki yaqin qarindoshi shifokor bo’lgan bemorlar tomonidan ko’proq qo’llaniladi, chunki ularning ahvoli malakali kishi tomonidan nazorat qilib boriladi. O’zingiz uchun bunday usullarning afzallik va kamchiliklarini solishtirib, qaror qabul qilishingiz kerak bo’ladi. Albatta, har qanday holda ham shifokorga bu haqida xabar berish kerak, uning tavsiyasiga quloq tutish ancha xavfsiz va samaraliroqdir.
Assalomalekum. Men 3yil oldin gaymorit boʻlgandim oʻshanda burunni teshib yiringni chiqarish bilan davolangandim. Xozir yana osha gaymorit alomatlari sezilyabdi. Burun tomchilaridan foydalanyabman va antibiotik(цифтриаксон венага) qabul qilayabman lekin koʻzni tepa qismi qosh atrofida ogʻriq kuchayabdi. Nima maslahat berasiz teshib davolashni hoxlamayman. Oldin dan raxmat
Vaaleykum. Burun uchun tomchilar va antibiotiklar kursini shifokor tayinlagan bo’lishi kerak. Dori vositalarini qo’llash boshlangach, yengillik bir kunda kelmaydi. Ahvol yaxshilanishi uchun 4-5 kun kerak bo’ladi. Rentgenogramma burun yon bo’shliqlarida ekssudat (masalan yiring) yo’qligini ko’rsatgan bo’lsa, demak davolanishni shu tarzda davom ettirish lozim. Aks holda ekssudatni chiqarib tashlash uchun choralar ko’rish talab etiladi. Shifokor bilan bog’lanib, buni muhokama qiling.