Bachadon miomasi — sabablari, tashxislash, konservativ va operativ davolash, asoratlari

Bachadon miomasi har qanday ayolni qo’rqidatigan tashxis. Ultratovush diagnostikasi shifokorining bunday qarori hatto eng bardoshli ayollarni ham vahimaga tushiradi. Biroq, birdan mioma xavfidan xavotir olmaslik kerak. Birinchidan, navbatdagi menstrual siklda boshqa mutaxassisga murojaat qilish va ultratovush tekshiruvni (UZI) takrorlash kerak. Bachadon miomasi nima, u nima uchun paydo bo’ladi, miomani konservativ va jarrohlik usullari bilan davolash va uning qanday alomatlari mavjud? Bu haqida batafsil to’xtalib o’tamiz.

Bachadon miomasi

Bachadon miomasi nima?

Bachadon miomasi — bachadon yoki bachadon bo’yni devoridagi yaxshi sifatli neoplazmadir (o’sma). Bundan tashqari, bu kasallik ba’zan fibromioma, leyomioma deb ham ataladi. Ko’pgina hollarda miomaning bachadondagi ko’p o’choqlari mavjud, ularning har birining o’lchamlari bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha o’zgarib turadi. Mioma o’lchamlarini ifodalash uchun, ginekologlar homiladorlikning turli davrlaridagi (haftalarda) ayollar bachadonning kattaligi bilan qiyosiy o’lchovdan foydalanadilar.

Miomaning joylashishiga qarab kasallikning quyidagi turlarini ajratish mumkin:

Mioma turi O’sma joylashuvi
Subseroz mioma Mioma bachadonni boshqa kichik tos a’zolaridan ajratib turuvchi seroz qobiq ostida, bachadonning tashqi tomonida joylashgan bo’ladi.
Interstitsial (mushak ichi) mioma O’sma bachadon mushak qavatining o’rtasida joylashgan.
Submukoz (shilliq osti) mioma Neoplazma bachadonning shilliq yuzasi ostida joylashgan bo’lib, uning bo’shlig’iga chiqib turadi.
Intraligmentar (boylamlararo) mioma O’sma bachadon tanasi tashqarisidan chiqib, maxsus anatomik tuzilmalar — ayol jinsiy organlarni kichik tosda ushlab turuvchi boylamlar orasiga kirib boradi.
Bachadon bo’yni miomasi Bachadon silliq mushak to’qimalarining tashqi qavati va biriktiruvchi to’qima tolalarida shakllanadi.

Bachadon miomasi paydo bo’lishining sabablari

Ko’pincha bachadon miomasi rivojlanishi ayollarda gormonal buzilishlar bilan bog’liq, ayniqsa estrogen konsentratsiyasi ortishi bilan. Ushbu gormonal buzilish ko’proq reproduktiv davrdagi yosh ayollar uchun xos hisoblanadi. Menopauza vaqtida estrogen gormonlarining tabiiy kamayishi tufayli bachadon miomasi o’z-o’zidan, davolashdan qat’iy nazar, yo’qolib ketishi mumkin. Bundan tashqari, bachadon miomasining sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • Irsiy moyillik;
  • Gormonal buzilishlar;
  • Adenomioz;
  • Jinsiy a’zolarda yallig’lanish jarayoni;
  • Modda almashinuvi kasalliklari (qandli diabet, shu jumladan);
  • Surunkali tizimli kasalliklar;
  • Kamharakat hayot tarzi, ortiqcha vazn;
  • Surunkali stress holati;
  • Abortning ta’siri, intrauterin (bachadon ichi) kontratseptivlarni qo’llash;
  • Jinsiy hayot bilan bog’liq norozilik (jinsiy aloqada anorgazmiya).

Bachadon miomasi paydo bo’lishining ayrim sabablari batafsil tushuntirilishi kerak.

Gormonal kasalliklar

Mioma — gormonga bog’liq bo’lgan kasallikdir. Organizmda ayol gormonlari darajasi past bo’lganda, ya’ni jinsiy balog’atga yetishdan oldin va klimaks davriga kirgach, bachadon miomasi rivojlanishi ehtimoli juda kamdir. Estrogen gormonlar konsentratsiyasining me’yoridan ortiqligi mioma rivojlanishiga olib keladi.

Biroq, inson organizmida barcha gormonlar o’zaro bog’liqligini ham inobatga olish kerak va ko’pincha bachadon miomasi nafaqat estrogen konsentratsiyasining yuqoriligi, balki ayol jinsiy tizimining barcha gormonlari nozik muvozanatning buzilishi sabab paydo bo’lishi mumkin. Inson organizmida endogen estrogenga o’xshash moddalar aniqlangan va bachadon miomasi ularga huddi estrogenlarga kabi sezuvchanlikka egadir. Ushbu moddalar ksenoestrogenlar deyiladi va ularning mavjudligi, shuningdek, o’sma shakllanishiga turki bo’lishi mumkin.

Homiladorlik, tug’ish, abortlar soni

Mioma shakllanishi sababchisi sifatida gormonal o’zgarishlarning differentsial tashxisida ko’plab omillar hisobga olinadi, masalan, ayol menstrual davrining boshlanishi, menstrual siklning o’rtacha davomiyligi, homiladorliklar, tug’ruqlar soni, emizish muddati va umuman uning mavjudligi. Statistikaga ko’ra, kamida bitta farzand tuqqan ayollarda anamnezida tug’uqlar bo’lmagan ayollarga nisbatan miomaning paydo bo’lishi ehtimoli ancha past bo’ladi.

Oziqlanish ratsioni

Taomnoma kaloriyaligining yuqoriligi, to’yingan yog’ kislotalari va yuqori darajali qayta ishlangan mahsulotlarni iste’mol qilish, shuningdek, o’simlik tolalarini yetarli qabul qilmaslik kabi noto’g’ri ovqatlanish semizlikka olib keladi, bu esa bachadon miomasi xavfini oshiradi. Organizmda yog’ foizining ortiqchaligi gormonal muvozanatning buzilishi, xususan, androgenlarning kamayishi, estestrogenlarning esa oshishiga olib keladi. Bunday gormonal kasalliklar sezilarli darajada ham yaxshi sifatli (endometrioz, bachadon miomasi), ham reproduktiv tizimning yomon sifatli o’smalari va hatto ko’krak bezi saratoni rivojlanishi xavfini oshiradi.

Hayvonlar manbalaridan olingan oziq-ovqat iste’mol qilmaydigan ayollar bachadon miomasidan kamroq aziyat chekishadi. Bachadon miomasi shakllanishi xavfini kamaytirish uchun asosan murakkab uglevodlar, kamroq to’yingan yog’li oqsillar bilan oziqlanish, shuningdek, taomonomaga ko’proq sabzavot, meva, kam yog’li sut mahsulotlari kiritish tavsya etiladi. Tana vaznining 10 kg oshishi ayollarda bachadon miomasi rivojlanish xavfini 20 foizga oshiradi.

Qandli diabet va gipertoniya

Erta yoshda (35 yoshgacha) gipertoniya yoki modda almashinuvi kasalliklari bo’lgan ayollarda mioma rivojlanishi xavfi yuqori bo’ladi.

Og’zaki kontraseptivlardan foydalanish, jinsiy a’zolar jarohatlari (shu jumladan tug’ish va abort natijasida), ayol jinsiy tizimining surunkali yallig’lanishlari gormonal tizim buzilishiga hissa qo’shadi va mioma rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Bachadon miomasi alomatlari va belgilari

Ko’pincha, ayollar mioma borligiga shubha qilishmaydi, hech qanday tashqi alomatlar namoyon bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ko’p hollarda ayol butunlay boshqa sabablarga ko’ra ginekologga tashrif buyurganida yoki tibbiy ko’rikdan o’tishi vaqtidagina o’zida mioma borligini aniqlaydilar. Bachadon miomalari kattagina o’lchamlarda bo’lsa, alomatlar deyarli doimo qayd qilinadi, boshqa holatlarda hech qanday alomat va belgilar kuzatilmaydi.

Bachadon miomasi alomatlari

Bachadon miomasining alomatlari reproduktiv organlarning ko’plab boshqa kasalliklarining alomatlari bilan juda o’xshash. Shuning uchun, quyida keltirilgan alomatlarning birontasi aniqlangan bo’lsa, aniq tashxis qo’yish uchun ginekologga tashrifni kechga qoldirmaslik kerak.

Bachadon miomasining alomatlari quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • Nomuntazam menstruatsiya, siklning o’rtasida qonli ajralma ajralishi;
  • Kamdan kam hollarda bachadondan qon ketishi yuzaga keladi, ba’zan qon miqdori juda ko’p bo’ladi;
  • Hojat chiqarish muntazamliginining buzilishi, tez-tez siydik chiqarish (katta o’sma tufayli qorin bo’shlig’i bosimining oshishi bilan bog’liq);
  • Uzoq muddatli bepushtlik, ham birlamchi, ham ikkilamchi;
  • Qorin pastidagi og’riqlar, siqilish hissi;
  • Tana vaznining ortishi bilan bog’liq bo’lmagan qorin hajmining kattalashishi.

Bachadon miomasini operatsiyasiz davolash

Ba’zi hollarda bachadon miomasi jarrohlik amaliyotisiz davolanadi. Miomani davolashning bunday varianti quyidagi hollarda tavsiya etilishi mumkin:

  • Ayol klimaks davriga yaqinlashishi;
  • Mioma o’lchamlari 12 haftadan ko’p emas;
  • Miomaning sekin o’sishi;
  • Jiddiy alomatlar bo’lmasligi.

Bachadon miomasini konservativ davolash uchun bir qator dorilar ishlatiladi.

Dori vositalari guruhi Ko’rsatadigan ta’siri Dori namunalari
Kombinativ oral kontraseptivlar 15 mm gacha bo’lgan bachadon miomatoz sohalarini kichraytiradi. Og’riqni pasaytiradi. Dezogestrel+etinilestradiol (Mersilon, Marvelon, Novinet).
Etinilestradiol+Norgestrel (Ovidon, Rigevidon).
Gonadotropin-rilizing-gormon antogonistlari Bachadon miomatozi sohalari kattaligini 50% gacha qisqartirishi mumkin, biroq kasallikning qaytalanishi xavfi mavjud. Estorgen miqdori yetishmasligi tufayli uzoq muddat qabul qilish tavsiya etilmaydi. Davolanishning maksimal muddati — 6 oy. Ko’pincha jarrohlikdan oldin o’sma hajmini kichraytirish natijasida kamroq qon ketishni ko’zlab buyuriladi. Triptorelin  (Dekapeptil, Diferelin), buserelin, gozerelin (Zoladeks), leyprorelin (Lykrin depo).
Antiporgestagenlar Bachadon miomasini kichraytiradi, og’riqni kamaytiradi. Jarrohlikdan oldingi mioma terapiyasi sifatida tavsiya etilishi mumkin. Mifepriston (RU-486)
Antigonadotropin Ko’plab nojo’ya ta’sirga ega dori guruhi bo’lib, bachadon miomasini davolashda juda kam qo’llaniladi. Preparatni qabul qilish shunchaki miomaning nohush alomatlarini kamaytirishi mumkin. Danazol (Vero-Danazol, Danazol, Danoval, Danol, Danogen), gestrinon (Nemestran).
Gestagenlar Ushbu preparat guruhining bachadon miomasini davolash uchun ta’siri to’g’risida ko’plab fikrlar mavjud. Ushbu preparatlarni qo’llash ta’siri klinik isbotlanmagan. Biroq, ulardan foydalanish mioma va endometriy giperplaziyasi birgalikda qayd etilganda ta’siri oqlangan, chunki bunday holatda bachadon miomasi sababi ayolda gormonal muvozanatning buzilishidir. Nor-etisteron (Primolyut-Nor, Norkolut), medroksiprogesteron atsetat (Provera), linesterol (Esklyuton, Orgametril).

FUT-ablyatsiya

FUT-ablyatsiya (fuz-ablyatsiya) yoki fokuslangan ultratovushli ablyatsiya — bachadon miomasini jarrohliksiz davolashning progressiv usulidir. Muolajaning tamoyili — bu fokuslangan ultratovush (FUT) impulslari yordamida bachadondagi miomatoz tugunlarini koagulyatsiya qilishdir. Yo’nalishi va darajasini nazorat qilish MRT yordamida real vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu amaliyot miomalarni olib tashlash operatsiyasidan ko’ra ancha xavfsizroq va qulayroqdir. Afsuski, FUT bilan davolash faqatgina muayyan turdagi miomalar uchun samarali bo’ladi, shu sababli har bir bemorni davolash uchun qaror qat’iy individual ravishda aniqlanadi. Ushbu uslubning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Jarohat, qon yo’qotish yo’qligi, muolaja yengil sedativ preparatlar ta’siri ostida bajariladi;
  • Bachadon yaxlitligini va natijada reproduktiv qobiliyatni saqlab qolish;
  • Yuqori samarali usul;
  • Nojo’ya ta’siri kamligi;
  • Qaytalanishni oldini olish;
  • Tiklanishning tezkor muddatlari (muolaja kasalxonaga yotqizilmasdan ham bajarilishi mumkin).

Bachadon miomasini konservativ davolash tamoyillari

Miomadan jarrohlik aralashuvisiz xalos bo’lish uchun to’g’ri ovqatlanish, gormonal va immunitet holatini tiklash tamoyillariga rioya qilish kerak. Bundan tashqari, fitopreparatlar va gomeopatik vositalarni qabul qilish tavsiya etiladi. Bachadon miomasini operatsiyasiz qanday davolash mumkin? Miomani bartaraf etish bo’yicha asosiy chora-tadbirlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Jinsiy yo’l orqali yuqadigan kasalliklarni (JYYK) va jinsiy a’zolar mikroflorasi buzilishlarini davolash va oldini olish;
  • Immunitetni tiklash va rag’batlantirish;
  • Metabolizmni me’yorlashtirishga qaratilgan taomnomani tuzatish;
  • Bemorning psixoemotsional holati bilan ishlash;
  • Menstrual siklni normallashtirish, bachadon qon ketishini bartaraf qilish, anemiyaga qarshi choralar.

Bachadon miomasini davolashda so’nggi kashfiyotlar

Belgiyalik olimlar miomaga qarshi kurashuvchi yangi dori yaratish ustida ish olib borishdi, u miomaning ahamiyatli progressiyasida bachadon gisterektomiyasidan qochishga yordam beradi. Tadqiqotlar natijasida yangi avlod tabletkalar — Esmya dorivor preparatlari ishlab chiqildi. Ushbu preparatning faol moddasi ulipristal asetatdir. Ushbu birikma ko’plab favqulotda kontratseptsiya vositalari asosi bo’lib, progesteron retseptorlariga tanlovchi modulyatsion ta’sir ko’rsatadi.

Miomaning shakllanishi va rivojlanishi nafaqat estrogen fonga, balki progesteron tarkibiga ham bog’liq ekanligi ma’lum bo’lgach, olimlar gestagenlarning organizmga ta’sirini bartaraf etadigan moddalarni topish masalasini o’rtaga tashlashdi. Shunday qilib Bryusseldagi universitetning Sent-Luki kasalxonasida biologlar guruhi konservativ davolashga javob bermayotgan mioma rivojlanishiga ulipristal asetat ta’sirini tekshirishga qaror qildi.

Dori ta’sirini o’rganish uchun mioma kasalligini davolash uchun jarrohlik talab qilinadigan 550 nafar ayol ko’ngillilar jalb qilindi. Tajriba 3 oy davom etdi. Olingan natijalarni ko’rib chiqqach, olimlar EsmyaTM preparati mioma o’lchamini kamaytirishga va kasallikning klinik belgilari jiddiyligini kamaytirishga sezilarli darajada hissa qo’shganini ta’kidlab o’tishdi.

Bunday ma’lumotlar shifokorlar va ushbu kasallikdan aziyat chekadigan ko’plab bemorlar uchun dalda beradi. Ehtimol, yaqinda bachadon miomasini davolashi juda oson va tez o’ta boshlaydi.

Bachadon miomasini jarrohlik yo’li bilan davolashga ko’rsatmalar

Miomani davolash uchun tezkor jarrohlik aralashuviga ko’rsatma quyidagi holatlarda beriladi:

  • Ko’p tugunlar, mioma 12 haftadan ko’proq va kichik tos a’zolarini ezayotgan bo’lsa;
  • Bachadondan kuchli va tez-tez qon ketishi;
  • O’sish tezligi yiliga 4 haftadan ziyod;
  • Miomatoz tugun nekrozi;
  • Bachadon miomasining adenomioz bilan birgalikda qayd qilinishi;
  • Submukoz tugun shakllanishi;
  • Subseroz tugun oyoqlarining buralib qolishi;
  • Shilliq osti miomalari.

Miyoma turiga, kasallikning og’irligi, joylashuvi va boshqa individual xususiyatlariga qarab, jarroh tomonidan miomektomiya usuli aniqlanadi. Hozirgi vaqtda miomani jarrohlik usuli bilan davolash uchun 3 ta strategiya mavjud:

Operatsiya turi Jarrohlik aralashuvi strategiyasi
Laparaskopiya UTT va videokamera nazorati ostida qorindagi kichik tirqish orqali amalga oshiriladigan operatsiya turi
Gisteroskopiya Maxsus asboblar yordamida bachadondagi o’smalarni intravagina olib tashlash
Qo’rin orqali operatsiya Bachadon miomatozini olib tashlash qorinning pastki qismidagi tirqish orqali amalga oshiriladi, bugungi kunda juda kam qo’llaniladi
Gisterektomiya Bachadon tanasi butunlay olib tashlanadigan operatsiya, boshqa, kamroq radikal davolash usullari qo’llanilib bo’lmaydigan hollarda ko’rsatiladi

Aytib o’tish kerakki, agar ayolga miomani operatsiya qilish tavsiya etilsa, organizmni avaylovchi va reproduktiv salohiyatni saqlab qoluvchi usullar laparoskopiya yoki gisteroskopiya bo’ladi. Shunda organizmni tiklanish davri imkon qadar tez bo’ladi va ayolning bachadonini saqlab qolish va uni homilador bo’la olish qobiliyati saqlanib qoladi.

Bachadon arteriyalarning embolizatsiyasi

Embolizatsiya, ya’ni bachadon arteriyalarini to’sib qo’yish miomani davolashning ajoyib usuli bo’lib, u katta salohiyatga ega. Bunday muolajani amalga oshirish uchun bachadonga maxsus zond kiritish va bachadon miomatoz tugunini qon bilan ta’minlaydigan muayyan tomirni topish kerak bo’ladi. Keyin bu arteriyaga tomir emboliyasini keltirib chiqaradigan maxsus moddalar kiritiladi. O’smaning oziqlanishi to’xtaydi va asta-sekin o’simta so’rilib ketishi mumkin. Afsuski, bu operatsiya har qanday mioma uchun to’g’ri kelmaydi, shuningdek, bunday davolanishning oqibatlari va kasallik qaytalanishi xatarlari to’liq o’rganilmagan. Ammo, ko’pchilik shifokorlar ijobiy fikrda va hatto bunday muolajadan keyin ayol homilador bo’lishi va homila ko’tarishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Shuni yodda tutish kerakki, har bir bemorda reproduktiv vazifani saqlab qolish masalasi individualdir.

Bachadon miomasini xalqona vositalar yordamida davolash

Bunday umidsizlikka duchor bo’lgach, ko’plab ayollar ushbu muammoni hal etishning muqobil usullarini qidirishga urinishadi. Qidiruvlardan so’ng, uy sharoitida miomadan qutulishning barcha xalq tabobati uslublari dorivor o’simliklar bilan qinni chayish va tamponlar kiritishga asloslanganligi ma’lum bo’ladi. Shifokorlar organizmda sinovlar o’tkazmaslik va mustaqil davolanishga qo’l urmasllikka chaqiradi. Chunki uy sharoitida kiritilgan dorivor preparatlar sog’liqning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bunday holatda xalq tabobati samarasizdir, o’simlik dori vositalari kasallik alomatlarini kamaytirishga yordam beradi, ammo bachadon miomasining rivojlanishini to’xtatmaydi. Biroq, bunday muolajani sinab ko’rish istagi mavjud bo’lsa, unda bu masalani boshlangunga qadar shifokor bilan muhokama qilish tavsiya etiladi.

Mioma asoratlari va oqibatlari

Mioma ko’pincha hech qanday alomatlar namoyon etmasa yoki namoyon bo’lsa-da, lekin noqulaylik tug’dirmasa, ayollar tashxis va davolashni ko’pincha bir chetga surib qo’yishadi. Organizmning bu qismini e’tibordan chetda qoldirish juda xavflidir. Kasallik yomon sifatli o’simta belgilarini olishi mumkin, bu esa nazoratsiz o’sishga va juda ancha yoqimsiz davolashga, shuningdek, boshqa ko’plab noxush oqibatlarga olib keladi.

O’smalarning malignizatsiyasi

Bachadon miomasining eng dahshatli asoratlaridan biri yaxshi sifatli o’smaning yomon sifatliga aylanishidir. Shifokorlar, o’tish ehtimoli yuqori emas, biroq mavjud degan fikrda. Shuning uchun, agar bachadonda mioma aniqlansa, reproduktiv tizimning holatini diqqat bilan kuzatish, ginekologga muntazam tashrif buyurish va o’smalar hajmini nazorat qilish uchun ultratovush tekshiruvidan o’tib turish kerak. Oxirgisi ayniqsa muhimdir, chunki aynan shishning tez o’sishi u onkologik patologiyaga o’tishning birinchi belgisidir.

Anemiya rivojlanishi

O’z salomatligiga e’tibor qilmaslik, mioma tufayli kelib chiqqan kuchli bo’lmagan, ammo muntazam bachadondan qon ketishlar oddiy qon yo’qotishlarga va anemiya sindromi rivojlanishiga olib keladi. Bu kasallikning yana bir xavfi, kamqonlikning asta-sekin rivojlanishi tanani bunday holatga moslashishiga imkon beradi, natijada bu holatdan chiqish uchun tashxis va davolash murakkablashadi.

Reproduktiv funktsiyaning yo’qotilishi

Ayollarning reproduktiv tizimi patologiyalarining erta tashxislash muammosi ortib borayotganligi sababli, kech bosqichda aniqlangan mioma tufayli gisterektomiyaga (bachadonni olib tashlashga) chalingan ayollar soni tobora ortib bormoqda. Ushbu jarrohlik aralashuvi juda ko’p noxush oqibatlarga olib keladi va ayolning tanasi uchun katta stressdir. Afsuski, bu holda reproduktiv funktsiyani amalga oshirish mumkin emas.

Agar jarrohlik yo’li bilan davolash tibbiy nuqtai nazardan eng maqbul bo’lsa, ayol birinchi navbatda o’zining sog’lig’i haqida o’ylashi kerak. Ayolning organizmida bachadon faqat farzand tug’ish uchun xizmat qiladi va bu a’zosiz ham ayol uzoq va to’liq hayot kechirishi mumkin.

Agar bemorning farzandlari bo’lsa, muammoning axloqiy tomoni oson hal bo’ladi. Shunga qaramay, agar ayolnig farzandi bo’lmasa ham, ushbu imkoniyatni saqlab qolish uchun o’z hayoti va sog’lig’ini xavf ostiga qo’yish kerak emas. Agar operatsiya o’tkazish tavsiya etilgan bo’lsa, demak, jararyonni boshqa usullar bilan to’xtatib bo’lmaydi va bu a’zoning yo’qotilishi muqarrardir. O’smaning yomon sifatli shishga aylanishi ehtimolini esdan chiqarmaslik kerak.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 4 ta baho berilgan
Загрузка...
Загрузка...
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *