Oyoqning uzun-kalta bo’lishi — sabablari, oqibatlari, tashxislash va davolash

Bolalarda oyoq suyaklarining katta-kichikligi, ya’ni biri uzun, biri esa kalta bo’lishini ota-onalar bolani cho’miltirish, kiyintirish yoki chaqaloq bilan o’ynash vaqtida sezib qolishadi. Darhol bir oyoqning kalta ekanligi shubhasi uyg’onadi. Bunday vaziyatlar — kamyob emas. Ular chin va soxta kaltalikdan guvohlik berishi mumkin.

Oyoq suyaklarining katta kichikligi

Bir oyoqning ikkinchisidan kalta bo’lishi sabablari

Patologiya tashxisini faqatgina oyoqlar uzunligi farqi ½ santimetrdan ko’p bo’lgandagina qo’yish mumkin. Bir oyoqning suyagi ikkinchisinikidan kalta bo’lsa — chin kaltalik haqida gapiriladi. Buning sababi suyak to’qimalarining rivojlanmaganligida, ya’ni rivojlanish anomaliyalarida. chanoq-son bo’g’imining yiringli-yallig’lanishli kasalliklari oqibati hisoblanadi.

8 oygacha bo’lgan bolalarda patologiya langetlar, massaj va bosqichma-bosqichli gipsli bog’lamlar yordamida tuzatiladi. Bundan keyingi yoshda terapiya tashxisga bog’liq, ammo aksariyat hollarda operatsiya o’tkazish talab etiladi.

Displaziya

Bunday holda, oyoq suyaklar uzunligi bir xil bo’ladi, ammo oyoqning bittasi yuqoriga tortiladi va bu soxta kalta oyoqlik deb ataladi.

Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda bu holat ko’pincha chanoq-son bo’g’imi displaziyasi, qisman / to’liq sublyuksatsiya, son chiqishi tufayli yuzaga keladi. Shifokor patologiyani vizual tarzda aniqlaydi. Tashxis qo’yish qiyinchiligi bola hayotining dastlabki 2 oyligida kuzatiladi. 3-4 oyligida bir tomonlama chiqishni aniqlash osonroq.

9 oylikkacha bo’lgan bolalarda oyoq katta-kichikligini davolash chanoq suyaklarini tuzatish uchun manual massajlar qilishni o’z ichiga oladi. Bu yoshdan oshgan bolalar uzoqroq muddat davolanadi,  bunda maxsus shinalar taqish kerak bo’lishi mumkin. Displaziya fizioterapiya, massaj va terapevtik mashqlar yordamida davolanadi.

Agar u davolanmasa, patologiya yanada rivojlanadi.

Ota-onalar chaqaloqni mahkam yo’rgaklamasligi, oyoq-qo’llarini majburiy ravishda to’g’irlamasligi, muddatidan oldin oyoqqa qo’ymasligi, vertikal ravishda tushadigan yuklarni bartaraf etishlari kerak, chunki bu holda deformatsiyaning kuchayishi ehtimoli mavjud mumkin.

Sonning chiqishi

Tug’ma patologiya asta-sekin qayta joyiga solish, gipsli bog’lamlar va shinalar bilan tuzatiladi. Davolashning davomiyligi bir necha oydan bir yilgacha bo’lishi mumkin. Davolash kompleksi manual terapiyani ham o’z ichiga oladi: selektiv, nuqtali massaj, maxsus mashqlar. Homiladorlik taqvimi chaqaloqning qanday rivojlanishi kerakligini aniqlashga imkon beradi, bunda bo’lajak ona UTT davomida tug’ma nuqson mavjudligini aniqlashi va chaqaloqni tug’ilganidanoq davolashga kirishishi mumkin.

Manual terapiyaga suyakni joyiga kiritishdan keyin biroz vaqt o’tib murojaat qilinadi. Manual terapevt zaiflashgan mushak tizimini kuchaytirishi, bo’g’im to’qimalarda distrofik o’zgarishlar bo’lishini oldini olishi kerak.

Tug’ma chiqishni davolash hayotning dastlabki 3 oyligida eng samarali hisoblanadi. Agar bolaning yoshi ancha kattaroq bo’lsa, operatsiya qilish talab etiladi.

Mushaklar gipertonusi

Oyoqlardan birining soxta kaltaligi sababi uning tonusi oshganligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu olti oylikdan keyin ko’zga yaqqol tashlanadi.

O’z navbatida, gipertonus kalla ichi bosimi oshishi, homilaning gipoksiyasi va miya kamqonligi tomonidan chaqirilishi mumkin. Ushbu holat ko’pincha jarohatli tug’ruq va asfiksiyada tug’ilgan chaqaloqlarda kuzatiladi.

Patologiyani chaqaloq hayotining birinchi oylarida u embrion holatida yotganda, qo’llari barcha bo’g’imlarda bukilgan, gavdaga tortilgan, oyoqlari ham bukilgan, biroz chetga olingan, boshi ortga tashlanganligidan aniqlab olish mumkin.

Ota-ona bolaning oyoq-qo’llarini bir necha marta yozib ko’rishlari mumkin, agar qarshilik bo’lmasa, mushaklar tonusi me’yorda bo’ladi.

Bola tayanch bilan oyoq uchlariga tursa, barmoqlarini qisib olsa, nevropatolog konsultatsiyasi kerak bo’lishi mumkin. Bolaga gimnastika va, ehtimol, dori-darmonlar tayinlanadi.

Irsiyat

Bu xususiyat avloddan avlodga uzatilishi mumkin. Agar bunday patologiya ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar orasida kuzatilgan bo’lsa, u holda bolada bu o’zgarish irsiyat tufayli deb taxmin qilish mumkin. Bu holda mustaqil o’lchovni amalga oshirsa bo’ladi, o’lchov tasmasi kerak bo’lmaydi. Shunchaki qattiq tekis yuzaga yotib, oyoqlarni birlashtirish va to’piq, tovon bir darajada ekanligiga e’tibor berish kerak.

Oyoq suyuklarining katta-kichikligi: me’yoriy ko’rsatkichlar

Kichik o’zgarishlar odatda patologiya haqida gapirmaydi. Oyoqlarning fiziologik qisqaligi kabi tushuncha mavjud. Masalan, chapaqay bolalarda o’ng oyoqning kaltaligi va aksincha, o’ng qolda yozuvchilarda chap oyoqning qisqaligi kuzatiladi.

Bola yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun u jismonan faol bo’lishi kerak. Yugurish, sakrash, harakatlanish bir oyoqning yetakchi bo’lishiga, ya’ni boshqasidan ko’ra ko’proq yuk ko’tarishiga olib keladi. Shuning uchun kuchli oyoq biroz kalta bo’ladi. Keyinchalik bu farq yo’qolib ketadi.

Qanday qilib oyoqning kalta-uzunligini aniqlash mumkin?

Ko’p tajribaga ega bo’lmay turib ham uy sharoitida o’zgarishlarni aniqlash imkoni mavjud. Ota-onalar o’zlar sinov o’tkazishlari mumkin.

  1. Nazoratdan oldin bolani to’g’ri yotqizish kerak. Optimal variant — stol yuzasiga. Stolning ustiga choyshab yoki boshqa mato to’shash mumkin, faqat u qalin va yumshoq bo’lmasligi, ya’ni bolaning bir qismi qismi unga «cho’kmasligi» kerak.
  2. To’g’ri vaqtni tanlash kerak. Bolalarni ko’pincha injiqliksiz yotqizish qiyin, chunki bolalar ulardan nimani xohlashlarini tushunishmaydi.
  3. Chaqaloqni avval qornini pastga qilib yotqizish kerak. Mushaklarini bo’shashtirish uchun uni orqa tomonini uqalash mumkin. So’ng u chalqancha qilib yotqiziladi. Bu holatda unga yotish qulaymi yoki yo’qligini e’tiborga olish kerak. So’ng, unga barmoqlaringizni ushlab olishga bering. Agar bola faol ravishda ushlasa, cho’zilishga harakat qilsa, ritmik tarzda harakatlansa, oyoq qo’llari bilan avtomatik tarzda simmetrik harakatlantirsa, bu bolaning sog’lom ekanligini anglatadi. Mushak tonusining yuqoriligida uning oyoqlari chalkashib ketadi.
  4. Shundan so’ng oyoqlarni yonga ochishning cheklanishini e’tiborga olish kerak bo’ladi: bolaning oyog’ini tizzalari va sonida bukib, keyin ehtiyotkorlik bilan yon tomonlarga ochish kerak. Displaziya mavjud bo’lganda, buni amalga oshirib bo’lmaydi.
  5. Agar chaqaloq olti oylikdan katta bo’lsa, unda assimetriya mvjudligi predmetiga tanasini tekshirib ko’rish, shuningdek, bo’g’imlarning simmetriyasini o’rganish kerak.
  6. Bir yoshdan oshgan bolalarda oyoqlar mushaklari simmetriyasi tekshiriladi. Agar ulardan biri (son va kichik boldirda) ingichkaroq bo’lsa, bu holda unga kamroq yuk tushishi ma’lum bo’ladi.

Agar shubha qiladigan bo’lsangiz, albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak, masalan, bolalar jarrohi, ortoped yoki nevrolog bilan kerak. Patologiyaning sababiga qarab, u davolash usulini tanlaydi.

Oyoqning katta-kichkina bo’lishi oqibatlari

Ko’pgina ota-onalar oyoqning turli xil uzunlikda bo’lishi albatta oqsoqlikka olib keladi deb o’ylashadi. Bu har doim ham to’g’ri emas. Patologiya davolanmasa, bola organizmida metamorfoz yuzaga keladi: mavjud nuqson chanoqning kalta oyoq tomonga egilishi bilan kompensatsiyalanadi.

Kelajakda bu holat umurtqa pog’oniasining qiyshayishi, bo’g’imlarda degenerativ o’zgarishlarga olib keladi. Oxir-oqibat umurtqa «S» yoki «C» harfi shaklida qiyshayadi, yelkalar balandligi ham ikki xil bo’lib qoladi.

Bolaning oyog’i uzun va kalta bolsa nima qilish kerak?

Agar bunday o’zgarish o’z vaqtida, ya’ni organizmning faol o’sishi davrida aniqlansa, uni samarali tuzatish ehtimoli juda yuqori bo’ladi. Davolash kompleksiga yuqorida aytib o’tilganidek, manual terapiya kiritilgan. Shu bilan birga, trofik massaj va maxsus mashqlar nafaqat mutaxassis, balki ota-onalar tomonidan ham amalga oshirilishi kerak. Natijada, kalta oyoq tezroq o’sadi.

Bola o’zi mustaqil yura boshlaganda (odatda, bir yoshdan keyin), uning bir poyabzaliga yana bitta taglik qo’yish kerak.

Ammo bunday choralar faqat oyoqlar uzunligi orasidagi farq ½ santimetrdan ortiq bo’lgan hollarda talab qilinadi. Bolaning poyabzali poshnali va qattiq bo’lishi kerak. Bu poyabzal oyoqqa emas, balki  oyoq poyabzalga «moslashishi» uchun kerak. Bu yondashuv yassioyoqlikni oldini olish uchun ham muhimdir.

Shu bois, barcha poyabzallar shaklini yo’qotmaslik va to’piqni yaxshi qoplashi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, tekstildan tayyorlangan poyabzal bu holda to’g’ri kelmaydi.

Ota-onalar muntazam ravishda ortoped va manual terapevtga murojaat qilib turishlari kerak. Agar buzilish konservativ terapiya yordamida tuzalmasa, unda jarrohlik amaliyotini o’tkazish kerak bo’ladi.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 1 ta baho berilgan
Загрузка...
Matnda xatolik aniqladingizmi? Uni ajratib, Ctrl+Enter tugmasini bosing.
Загрузка...

Izoh qoldirish

E-mail manzilingiz oshkor etilmaydi. To'ldirish majburiy bo'lgan maydonlar * bilan belgilangan

yuklanmoqda...