Ko’z kasalliklari — turlari, alomatlari va davolash usullari

Ko’z kasalliklari — inson ko’rish analizatorining organik va funktsional shikastlanishlari, shuningdek ko’zning yordamchi apparati (qovoqlar, kon’yuktiva va boshqalar) shikastlanishi bo’lib, kishining ko’rish qobiliyatini cheklaydi. Ko’z kasalliklari turfa xil bo’ladi, shu sababli ular odatda bir nechta bo’limlarga bo’linadi.

Ko'z kasalliklari haqida ma'lumot

Qovoq kasalliklari

  • Kriptoftalm — qovoq differensirovkasining to’liq yo’qotilishi.
  • Qovoq kolobomasi — qovoqning to’liq qatlamlik sementar nuqsoni.
  • Ankiloblefaron — ko’z qovoqlari chetlarining qisman yoki to’liq birlashib ketishi.
  • Yuqori qovoq ptozi — yuqori qovoqning anomal ravishda past joylashishi.
  • Gunn sindromi — yuqori qovoqning beixtiyor ko’tarilishi.
  • Qovoqning qatlanib qolishi — qovoqning cheti ko’z olmasi tomonga qatlanganligi.
  • Blefarit — ko’z qovoqlari chetlarining yallig’lanishi.
  • Trixiaz — ko’z olmasini qo’zg’atish xususiyati bilan kipriklarning anomal o’sishi.
  • Qovoq shishi — qovoq to’qimalarida anomal miqdorda suyuqlik to’planishi.
  • Preseptal sellyulit — qovoqning va ko’z atrofidagi terining yallig’lanishi va zararlanishi.
  • Qovoq abstsessi — ko’z qovoqlarining yiringli yallig’lanishi.
  • Gulmija — kiprikning sochli xaltachasi va Seys yog’ bezining o’tkir yiringli yallig’lanishi.
  • Lagoftalm — ko’z yorig’ining to’liq yopilmasligi.
  • Blefarospazm — qovoq mushaklarining beixtiyor qisqarishi.
  • Quruq keratokonyunktivit — quruq ko’z sindromi.

Ko’z yosh a’zolari kasalliklari

  • Ko’z yoshi ishlab chiqaruvchi apparatning nuqsonlari.
  • Ko’z yosh bezlari o’smalari.
  • Ko’z yoshini chiqaruv apparati patologiyasi.

Kon’yuktiva kasalliklari

  • Kon’yunktivit — kon’yunktivaning yallig’lanishi.
  • Traxoma — xlamidial kon’yunktivitning turi.
  • Quruq ko’z sindromi — kon’yuktivaning yetarlicha namlanmasligi.
  • Pingvekula — kon’yunktivaning distrofik shakllanishi.
  • Pterigium — kon’yunktivaning qatlanib qolishi.

Sklera kasalliklari

  • Episklerit — sklera sirt qatlamining yallig’lanishi.
  • Sklerit — sklera chuqur qatlamlarining yallig’lanishi.
  • Sklerokeratit — skleraning shox pardaga ham o’tuvchi yallig’lanishi.
  • Sklera rivojlanishi anomaliyalari.

Shox parda kasalliklari

  • Keratit — shox pardaning yallig’lanishi.
  • Keratokonus — shox pardaning yupqalashishi bilan kechadigan degenerativ yallig’lanishsiz ko’z kasalligi, bunda shox parda konussimon shaklga kiradi.
  • Shox parda distrofiyasi — ko’z shox pardasi shaffofligini kamaytiradigan ko’z kasalliklari guruhi.
  • Megalokornea — shox pardaning anomal kattalashib ketishi.

Ko’z gavhari kasalliklari

  • Ko’z gavhari rivojlanishi anomaliyalari.
  • Katarakta — ko’z gavharining xiralashishi;
  • Afakiya — ko’z gavharining yo’qligi.

Shishasimon tana kasalliklar

  • Shishasimon tana destruktsiyasi.
  • Shishasimon tana ko’chishi.

Rangdor parda kasalliklari

  • Polikoriya — rangdor pardada bir nechta qorachiqlar bo’lishi.
  • Aniridiya — ko’zda rangdor pardaning bo’lmasligi.
  • Iridosiklit — rangdor parda va siliar (kiprikli) tananing yallig’lanishi.
  • Irit — rangdor pardaning yallig’lanishi.
  • Rangdor parda kolobomasi — rangdor parda va ko’z qorachig’ining shakli noto’g’ri bo’lishi.

To’r parda kasalliklari

  • Retinit — to’r parda epiteliy qatlamining shikastlanishi.
  • To’r parda distrofiyasi
  • To’r pardaning ko’chishi — ko’zda to’r parda qobig’ining tomirli qobiqdan ajralishi.
  • Retinopatiya — har qanday kelib chiqishli to’r parda shikastlanishi.
  • To’r parda angiopatiyasi.

Optik asab kasalliklari

  • Nevrit — optik nervlarning yallig’lanishi.
  • Ko’rish asabining toksik shikastlanishi.
  • Neyropatiya.
  • Ko’rish nervlarning atrofiyasi.

Suvli namlik aylanishi buzilishi

  • Glaukoma — ko’z ichi bosimining ortishi.

Ko’zni harakatlantirish apparati kasalliklari

  • Oftalmoplegiya — ko’zni harakatlantiruvchi mushaklar falajligi.
  • G’ilaylik — ko’zni ko’rish o’qining fiksatsiya nuqtasidan og’ishi.
  • Nistagm — ko’zning yuqori chastotada ixtiyorsiz tebranishli harakatlanishi.

Ko’z kosasi kasalliklar

  • Ekzoftalm — ko’z olmasining oldinga siljishi.

Refraktsiya buzilishlari (ametropiya)

  • Miopiya — tasvir ko’z to’r pardasida emas, balki uning oldida shakllanishi, bemor yaqinni yaxshi ko’rib, uzoqni yaxshi ko’ra olmaydi.
  • Gipermetropiya — tasvir ko’z to’r pardasida emas, balki uning ortida shakllanishi bilan tavsiflanadigan kasallik. Bunday bemor ham uzoqni, ham yaqinni yaxshi ko’ra olmaydi.
  • Astigmatizm — ko’z olmasi, gavhari yoki shox pardasi shakli o’zgarishi tufayli ko’rishning buzilishi.
  • Anizometropiya — chap va o’ng ko’z refraktsiyalarining bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi.
    Ko’z nurining pasayishi sabablari haqida→
1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 1 ta baho berilgan
Загрузка...
Загрузка...
loading...

Izoh qoldirish

E-mail manzilingiz oshkor etilmaydi. To'ldirish majburiy bo'lgan maydonlar * bilan belgilangan