Buqoq kasalligi yoki zob — davolash, rivojlanish sabablari, oldini olish

Buqoq (Zob) qalqonsimon bezning kattalashishidir. Bu kasallik ko’pincha yod yetishmasligi kuzatiladigan mamlakatlarda keng tarqalgan, biroq, yod preparatlaridan ortiqcha foydalanish fonida yodning oshib ketishi natijasida ham rivojlanishi mumkin. Ayollarda ushbu kasallik erkaklarga qaraganda 5 marta ko’proq uchraydi. Paydo bo’lgan tugunlar qalqonsimon bez to’qimalarida shakllanadigan juda ko’p fibroz chandiqlardan iborat.

Qalqonsimon bez inson tanasida modda almashinuvini nazorat qilish markazi hisoblanadi. Uni ko’pincha sog’liq qo’riqchisi deb atashadi, chunki u biron qanday muammo yuz berishi bilan o’zini ham shunday tutadi: bezovtalanish, kayfiyatning yo’qligi, charchoq va uyquchanlik. Qalqonsimon bez bilan bog’liq muammolar ayollarda ko’proq uchrashi mumkin bo’lsada, erkaklarda ham bunday xastalik tez-tez qayd qilinadi.

Qalqonsimon bez bizning tanamizning eng muhim organlaridan biridir. Kichik hajmi va vazniga qaramasdan (taxminan 20 gramm), bu haqiqatan ham hayotiy energiya ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Qalqonsimon bez tiroksin, triyodotironin ishlab chiqaradi, bularsiz tanada energiyani ishlab chiqaraish amalga oshmaydi. Bu energiya insonning barcha tizimlari va organlarning ishiga qaratilgan.

Buqoq kasalligida qalqonsimon bezning kattalashuvi
Buqoq kasalligida qalqonsimon bezning kattalashuvi

Qalqonsimon bez shuningdek, yurak faoliyatini, miya faoliyatini, yurak mushaklarning tonusini ham boshqaradi. Yosh o’tishi bilan ayollarda gormonal o’zgarishlar yuz beradi — klimaks davridan oldin va keyin. Shuning uchun bunday davrda qalqonsimon bez juda sezuvchan bo’lib, immun tizimining zaiflashuvi, yuqumli kasalliklar, yod yetishmasligi yoki ortiqchaligi, stresslarga tezda javob qaytaradi. Sog’lom hujayralarga qarshi kurashadigan antitanalarning patologik faollashuvi natijasida yosh o’tgani sayin ayollar autoimmun kasalliklarga ko’proq moyil bo’lib qolishadi. Ushbu antitanalar qalqonsimon bez faoliyatini ham sustlashtiradi. Natijada zaiflik, xotiraning pasayishi, shishlar, tana vaznining ortishi, terining quruqlashishi, sochlarning mo’rtligi, mushak og’riqlari va spazmlar, ich qotishlari kuzatiladi.

Etiologiya

UShbu kasallikning dunyo bo’ylab eng keng tarqalgan shakli endemik buqoq hisoblanadi. Bunga yod tanqisligi sabab bo’ladi. Yodlangan tuz ishlatiladigan mamlakatlarda odatda Xasimoto buqoqi shakllanadi, uning muqobil nomi autoimmun tireoidit.

Boshqa sabablarni ikkita shartli guruhga bo’lish mumkin:

1. Gipotireoz:

  • Endokrin bezi gormonlarini qayta ishlashining genetik kasalliklari (masalan, kretinizm);
  • Strumogenik mahsulotlarni iste’mol qilish;
  • Dori vositasidan foydalanilgandan keyingi nojo’ya ta’sirlar.

Gipotireozning alomatlari — soch to’kilishi, terining quruq va oqimtir bo’lishi, tirnoqlarning mo’rtligi, qoshlarning ingichkalashi, ishtahani buzilishi, vazn ortishi. Qalqonsimon bez kasalliklarida nutq sekinlashadi, xotira yomonlashadi, deyarli doimiy uyquchanlik mavjud, hayz sikli buziladi. Bunday holatda, ushbu barcha belgilar mavjud bo’lishi kuzatilmasligi mumkin, 2-3 ta belgilar mavjud, biroq ular yanada aniqroq seziladi.

2. Gipertireoz:

  • Greyvs kasalligi deb ataladigan diffuz (tarqoq) tipdagi toksik bo’qoq;
  • Tireoidit (faol yallig’lanish jarayonlari);
  • Qalqonsimon bez onkologiyasi.

Gipertireoz — qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan gormonlarning ko’payib ketishidir. Ushbu kasallikda uyqusizlik, umumiy zaiflik, bezovtalik, yurak urishining tezlashishi, ortiqcha terlash kuzatiladi. Ushbu kasallik bilan xastalangan bemor ishtahasi yaxshi bo’lishi mumkin, ammo vazn yo’qota boshlaydi. Bundan tashqari yuqori qon bosimi, ko’zlarning bo’rtib chiqishi, qo’llarda qaltirash (titroq) ham kuzatiladi.

Qalqonsimon bez kasalliklarini tasniflash

Qalqonsimon bez kasalligini turli sabablarga ko’ra tasniflash mumkin, ularning birinchisi etiopatogenetik xususiyatga ega. U kasallikning shakllanish omillari va mexanizmlari aniqlaydi. Shu asosda endemik (faqat ma’lum bir hudud uchun xos) va sporadik buqoq farqlanadi. Birinchisi geografik mintaqalarda endemik buqoqqa, ikkinchisiga esa boshqa barcha mamlakatlardagi buqoqqa sabab bo’ladi.

Morfologiyasiga ko’ra diffuz, tugunli va aralash (diffuz-tugunli) buqoq farqlanadi. Joylashishi bo’yicha:

  • Standart joylashgan;
  • Ko’krak qafasining qisman orqasida;
  • Halqasimon;
  • Distopiriv.

Bundan tashqari, kasallik bezning kattalashishi darajasiga qarab ham farqlanadi. JSST (Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) tasnifiga ko’ra, uni uch turga ajratish mumkin:

  • Nolli daraja;
  • Birinchi daraja;
  • Ikkinchi daraja.

Birinchi bosqichda bez kattalashmagan, ikkinchi bosqichda u kattalashgan, biroq faqat paypaslab ko’rilganda seziladi, uchinchi bosqichda — u shu darajada kattalashganki, hatto qurollanmagan ko’z bilan ko’rinadigan holatda bo’ladi.

Kattalashtirish darajasi bo’yicha batafsil tasnifni O.V. Nikolaev keltirgan, uning ta’rifiga ko’ra, kerakli davolashsiz kasallik quyidagi bosqichlardan o’tadi:

  • Birinchi darajali — qalqonsimon bez sezilmaydi;
  • Ikkinchi — qalqonsimon bez ko’rinadi;
  • Uchinchisi — bo’ynining sezilarli qalinlashuvi;
  • To’rtinchisi — bo’yin shaklining o’zgarishi;
  • Beshinchisi — jiddiy kattalashgan buqoq.

Qalqonsimon bezning joylashuvi

Buqoq belgilari va alomatlari

Dastlabki bosqichlarda bemorlarda kasallikning hatto eng kichik belgilari ham sezilmaydi. Kasallikning shakllanib borishi sayin bo’yin old qismining bo’rtib chiqishi sezila boshlaydi. Kattalashgan endokrin bez atrofidagi traxeyani, asab oxirlari va qon tomirlarni eza boshlaydi. Diffuziv buqoq qalqonsimon bezning bir xil kattalashgani bilan tashxislanadi. Agar tugunli shakli haqida gapiradigan bo’lsak, ko’pincha bo’yinning bir tomonida kattalashgani seziladi. Ya’ni u nafaqat bir xilda, balki notekis kattalashishi ham mumkin.

Yaqinda joylashgan a’zolarga ta’siri quyidagi belgilar orqali namoyon bo’lishi mumkin:

  • Nafas qisilishi;
  • Ovozning birdaniga o’zgarishi va xirillab qolishi;
  • Bo’g’ilishlar, ayniqsa kechasi kuzatiladi;
  • Holdan toydiradigan yo’tal;
  • Yutunishdagi qiyinchiliklar;
  • Bosh aylanishi, og’irlik.

Gipotireoz bilan birga kechadigan o’simtalar mavjud bo’lganda, pnevmoniya, bronxit yoki O’RVI ning atipik shakli yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, ko’pincha ayollarda gipotoniya (past qon bosimi) kuzatiliadi, yurak sohasidagi yengil qisilish va umuman yoqimsiz hislar seziladi. Kasallik rivojlanib borishi bilan nafas qisilishi, har qanday taomga ishtahaning yo’qolishi, oshqozonning damlanishi, ko’ngil aynishi va uyquchanlik kabi alomatlar qo’shiladi. Yakuniy bosqichlarida xotiraning yomonlashuvi va oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq barcha muammolarga qaramay, vazn ortishi rivojlanadi.

Erkaklarda qonda yod darajasi past bo’lganida jinsiy qiziqishning pasayishi, jinsiy funktsiyalarning beqarorligi kuzatiladi. Ayollarda esa bunday o’zgarishlar natijasida hayz siklining buzilishi shakllanadi, bu esa o’z navbatida bepushtlik va homila tushishining katalizatori hisoblanadi.

Bazedov kasalligi yoki giperplaziya kabi shakllarida quyidagi belgilar mavjud:

  • Tana haroratining uzoq vaqt davomida yengil ko’tarilganligi;
  • Tana vaznining kamayishi;
  • Ko’zlarning bo’rtib qolishi (chaqchaygan ko’zlar);
  • Darhol och qolish;
  • Holdan toydiruvchi uyqusizlik;
  • Vaqti-vaqti bilan bezovtalik;
  • Qo’llarda progressiv qaltirash.

Buqoq (zob) rivojlanishi sabablari

Buqoq shakllanishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar batafsil ko’rib chiqilishi kerak. Chunki endokrin bezining zararlanishi, ularning sabablari kabi, turlicha bo’lishi mumkin.

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, endemik toksik buqoq rivojlanishining asosiy sababi tanadagi yod tanqisligidir. Uning yetishmasligi ma’lum hududlarda (aholi turar joylarida) uning kerakli birikmalari yo’qligi bilan izohlanadi. Bu bezning sekretor faoliyat darajasini pasayishiga olib keladi.

Bundan tashqari, qalqonsimon bezning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatish atrof-muhit ekologiyasining yomonligi bilan ham bog’liq. Tashqi zaharli birikmalar inson tanasiga tushgach, endokrin tizimi faoliyatini sekinlashtiradi.

Endemik buqoq shuningdek, tarkibida yod bo’lgan mahsulotlarni nisbatan kamroq iste’mol qilinishi bilan shakllanishi mumkin. Gap baliq, mevalar va sut haqida bormoqda.

Bazedov kasalligi yoki diffuz tabiatli toksik buqoq bo’lgan holda esa bez o’ziga xos antitanalar ta’siri ostida bo’ladi. Ular inson organizmi tomonidan ishlab chiqariladi va o’zlarining to’qimalariga qarshi immunitetning ajralmas qismi hisoblanadi. Hozirgi holatda gap qalqonsimon bez tuzilishi haqida bormoqda.

Tugunli shakldagi buqoq rivojlanishining eng muhim omillarini e’tiborga oladigan bo’lsak, unda quyidagilarni ajratib ko’rsatish kerak:

  • Endokrin bezining adenomasi;
  • Onkologik kelib chiqishli o’simtalar.

Bunday shikastlanishlar natijasida hujayra bo’linish jarayonida progressiv buzilishlar va ularning farqlanishi yuz beradi. Bu radioaktiv ta’sir, xavfli toksik moddalar va genetik tabiatga ega bo’lishi mumkin.

Qalqonsimon bez anatomiyasi
Qalqonsimon bez anatomiyasi

Bolalardagi buqoq (zob) kasalligi

Bolalarda buqoq kasalligi haqida alohida to’xtalib o’tish kerak, chunki bu eng ko’p tarqalgan yod tanqisligi xastaligidir. Ko’pchilik hollarda bolalarda kasallikning diffuz (tarqoq) shakli rivojlanadi.

JSSTning tadqiqotlariga ko’ra, o’tgan 10 yil mobaynida  bolalarda buqoq shakllanishi 6% ga o’sdi va umumiy bolalar endokrin kasalliklarining chorak qismiga teng bo’ldi. Bunday yuqori ko’rsatkichlar noto’g’ri ovqatlanish, shuningdek, salbiy ekologik sharoit bilan bog’liq. 30% holatlarda buqoq 14 yoshdan keyin tashxislanadi.

Bolalarda kasallikning belgilari yaqqol namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, faqatgina bolalarda ushbu kasallik o’ziga xos endemik kretinizmning shakllanishi kabi asorat qoldirishi mumkin. Ushbu shakl nafaqat intellektual, balki jismoniy rivojlanishdan ortda qolish hamda markaziy asab tizimining buzilishi bilan kechadi.

Buqoq kasalligini tashxislash

Buqoqni tashxislash uchun laborator qon va siydik tahlillari qo’llaniladi. Kasallikning har qanday klinik belgisi bo’lgan odamning qoni TTG, T3, T4 va tireoglobulin kabi gormonlar nisbati uchun tekshiriladi. Tashxis, kasallikning turiga duch kelganlarda odatda tireoid gormonlar muvozanatining buzilishi va tireoglobulinning ko’payishi bilan bog’liq. Shu bilan birga, siydik orqali yodning ajralishi qisqargan bo’ladi.

Buqoqni tashxislashning instrumental usuli ultratovush tekshiruv (UTT, UZI) hisoblanadi. Uning yordamida, kasallikning shakli, masalan, diffuz yoki tugunli buqoqni farqlash mumkin. Radioizotop skanerlash yordamida endokrin bezining funktsional holati baholanadi.

Endemik buqoqning tugunli shaklida qo’shimcha tekshiruv usuli sifatida mutaxassislar bez biopsiyasiga murojaat qiladilar. Bu kasallikning xususiyatini aniqlashga imkon beradi. U yaxshi yoki yomon sifatli bo’lishi mumkin.

Agar palpatsiya natijasida qalqonsimon bez buqog’i gumon qilinsa, aniq tashxis qo’yish uchun va kasallikning etiologiyasi va rivojlanish bosqichini aniqlab olish uchun quyidagi majburiy tekshiruvlarni o’tkazish kerak:

  • Gormonlar nisbati va darajasini aniqlash uchuun qon tahlilini o’tkazish (tahlilni davolash boshlanishidan boshlab ikki-uch oy ichida qayta topshirish tavsiya etiladi);
  • Elektrokardiogramma (EKG);
  • Pay reflekslarni vaqtga sinab ko’rish;
  • Tiroid bezi UT tekshiruvi.

Buqoqni aniqlashda UT tekshiruv

Organizmdagi yod darajasini mustaqil aniqlash uchun testlar

Yodning tanadagi nisbatlarini aniqlash uchun eng aniq va osongina uchta sinovni ajratib ko’rsatish mumkin:

1-test. U quyidagicha amalga oshiriladi: oddiy 3 yoki 5% yod eritmasi olish kerak. Uning yordamida tanada katakchalar (panjara) chizish kerak, iloji bo’lsa bu kechki vaqt, jismoniy faollik tugaganidan keyin o’tkazilishi kerak. Qoringa va belga alohida e’tibor bering. Yodning mutlaq quriganidan so’ng, yotib uxlang. Shunday qilib, agar ertalab katakchalarning kamida yarimi «shimilib» ketgan bo’lsa, unda tanadagi yod miqdori yetarli emas. Agar u chiziqlar 12 soatdan ortiq, ayniqsa 24 soat davomida aniq saqlanib turgan bo’lsa, unda organizmda yod ortiqcha ekanligiga ishora qiladi, bu holat bilan ham kurashish kerak.

2- test. Ikkinchi test quyidagi qadamlardan iborat: yodning spirtli eritmasiga paxtali tayoqchani botirish kerak. Shundan so’ng, tananing har qanday sohasiga (qalqonsimon bez sohasidan tashqari) panjara shaklidagi chiziqlar chiziladi. Ertasi kuni bu joy diqqat bilan ko’rib chiqiladi. Agar yod izlari bo’lmasa, demak, u tanaga kerak, aksincha, bu chiziqlar saqlanib qolgan bo’lsa, u holda hech qanday tanqislik yo’q.

3-test. Va nihoyat, uchinchi va juda aniq sinov. Ushbu sinovni amalga oshirish uchun yotishdan avval bilak sohasi teriga uchta yodli chiziqlar tushuriladi. Buni ketma-ketlikda bajaring: oldin ingichka chiziq, keyin biroz qalin va uchinchisi eng qalin. Agar erta tongda birinchi chiziq yo’qolgan bo’lsa, demak, yod darajasi me’yorda. Agar dastlabki ikkita chiziqni ko’rmasangiz, unda o’zingizning sog’lig’ingizga e’tibor qarating. Xuddi shu holatda, agar biror chiziq qolmagan bo’lmasa, yod tanqisligi haqida gapirish mumkin.

Buqoq kasalligini davolash usullari

Kasallik alomatlarini o’z vaqtida aniqlash muvaffaqiyatli davolanishning kalitidir, bu kasallik bilan imkon qadar tezroq kurashishga yordam beradi. Shunday qilib, agar qalqonsimon bezining kattalashishi sezilsa, endokrinolog shifokor bilan maslahatlashish kerak. Aynan endokrinologga murojaat qilish juda muhimdir, chunki boshqa mutaxassislar alomatlarni shunchaki charchoqqa yo’yishi mumkin.

Buqoqni davolashning asosiy usuli gormonlarni o’rnini bosish hisoblanadi. Buning uchun tirozinning turli xil faol unumlari ishlatiladi. Bunday preparatlar endokrin bezi tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlarning fiziologik parametrlari bilan tenglashadi. Nafaqat preparatning kerakli miqdorini, balki salbiy natijalarga olib kelmaydiganini ham tanlash juda muhimdir. Davolash, dori moddalarini muntazam iste’mol qilish ko’pincha hayotning oxirigacha davom etadi. Gormonlar nisbatini nazorat qilishni unutmaslik tavsiya etiladi.

Qalqonsimon bez gipofunktsiyasi ham gormonlar darajasini me’yorlashtirish bilan tuzatiladi. Biroq, giperfunktsiyasida hammasi ancha murakkabroq bo’ladi. Masalan, har qanday kelib chiqishli o’smalar shakllanishi xavfi mavjud bo’lsa, bezni jarrohlik yo’li bilan olib tashlash kerak bo’lishi mumkin. Bunday amaliyot mavjud holatni gipotireozga o’zgartiradi. O’z navbatida, bu holatni gormon terapiyasidan kelib chiqqan holda oson va qulayroq davolash imkoni mavjud.

Endokrin bez gipofunktsiyasining yanada og’ir shaklida kishi komatoz holatiga tushishi mumkin. Giperfunktsiyasi esa, toksik kriz natijasida halokatli oqibatlarga (o’lim) olib kelishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, qat’iy parhezga rioya qilish va organizmda yodning zarur nisbatini saqlash lozim. Shu bilan birga, doimiy ravishda mutaxassis ko’rigidan o’tib turish va tanadagi yod miqdori uchun tahlillarni topshirish kerak. Chunki yodning yetishmasligi ham, ortiqchaligi ham kasallikka sabab bo’lishi mumkinligi bir necha bor ta’kidlanib o’tildi.

Jarrohlik va radioaktiv yod

Qalqonsimon bezda jarrohlik aralashuvini o’tkazish juda qiyin, chunki u juda ko’p qon tomirlarni o’z ichiga oladi. Bu jarrohlikni yanada muammoli qiladi. Biroq, ayrim hollarda jarrohlik o’tkazmasdan boshqa iloj bo’lmaydi, shuning uchun buqoqda jarrohlik aralashuvi eng ko’p qo’llaniladigan davolash usullaridan biridir.

Jarrohlikda narkoz ostida bezning katta tugunlari yoki potentsial xavfli qismlari olib tashlanadi. Eng murakkab va e’tibordan chetda qolgan hollarda qalqonsimon bezning bir qsimini yoki uni butunlay olib tashlash talab qilinadi.  Shu bilan birga, hatto bir yoki bir nechta tugunlarni olib tashlashda ham dori-darmonlar bilan tiklanish zarurati mavjud.

Buqoq kasalligini davolashning muqobil usullaridan biri radioaktiv yoddan foydalanishdir. Bu eritma qalqonsimon bezning to’qimalarini yo’q qilish uchun ishlatiladi. Optimal dozani tanlash juda qiyin. Ushbu maqsad uchun qo’shimcha tahlillar amalga oshiriladi. Bunday amaliyot qo’llangach, birinchi yilda 25% odamlarda gipotireoz paydo bo’ladi. Ammo radioaktiv yod hozirgi vaqtda muqobil shakllari mavjud bo’lmagan yagona vositadir.

Buqoq (zob) ni oldini olish

Buqoq kasalligini oldini olish uchta shaklda amalga oshirilishi mumkin — ular ommaviy, guruh va individual bo’lishi mumkin. Eng samarali chora birinchisi hisoblanadi, u har bir shaxs iste’mol qiladigan mahsulotlarga kichik miqdorda yod qo’shish orqali amalga oshiriladi. Gap yodlangan tuz haqida bormoqda.

Ushbu usulning afzalliklari shundaki, bunday mahsulot juda arzon, biroq ta’sir samarasi aniq. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, bunday profilaktik chora natijasida har yili buqoq kasalligining rivojlanishi 20%ga ​​kamaymoqda. Profilaktik ommaviy yodlash uchun boshqa mahsulotlar, masalan, non yoki suv ham ishlatiladi.

Buqoq kasalligini oldini olishda guruhli choralarni qo’llashda bu xastalikka chalinish xavfi yuqori bo’lgan shaxslar orasida yod preparatlarini ishlatish tushuniladi. Bu birinchi navbatda bolalar va o’smirlarni o’z ichiga oladi.

Fiziologik jihatidan eng yaqin shakl kaliy yodid bo’lib, u turli dozirovkalarda ishlab chiqariladi va muayyan algoritm bo’yicha ishlatiladi. Bunday oldini olish maqsadlari uchun yodga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish ham mumkin.

Buqoq shakllanishi uchun xavf guruhining alohida toifasi har qanday homiladorlik davrida bo’lgan ayollardir. Ularda ushbu komponentga eng yuqori talab mavjud bo’ladi —  kuniga 200 mkg. Shu munosabat bilan homilador ayollar uchun alohida profilaktik choralarni amalga oshirish kerak. Bundan tashqari, homiladorlikni rejalashtirish bosqichida ayollarga tireoid holatini aniqlash tavsiya etiladi.

Kasallikni oldini olishda individual choralar ham yod preparatlarini qo’llashni anglatadi. Kerakli doza shaxsiy xususiyalar asosida, shuningdek yosh guruhiga qarab belgilanadi. Endokrinolog tavsiyasisiz bunday profilaktik choralarni mustaqil qo’llash tavsiya etilmaydi.

Ko’pchilik, kuniga yodga bo’lgan ehtiyojni o’zida yod saqlagan ayrim mahsulotlar bilan parhez tutish orqali bilan qoplash mumkinligiga amin. Biroq, bu 100% to’g’ri emas, chunki mavjud bo’lgan tanqislikni bartaraf etish uchun ratsionga muhim o’zgartirishlar kiritsh talab etiladi. Ikkinchidan, bunday o’zgarishlar juda qimmatga tushadi. Bunga qo’shimcha ravishda, yoddan foydalanishda qat’iy ravishda miqdorga e’tibor berish kerak. Nima bo’lganda ham, har qanday o’zgarish: ko’payishdan tortib to yetishmasligi endokrin bez va umuman salomatlik bilan bog’liq muammolarga olib keladi.

Shunday qilib, qalqonsimon bezning buqoq kasalligi eng ko’p uchraydigan sog’liq muammolaridan biridir. Bu holatni deyarli mutlaq davolab bo’lmaydi, shuning uchun doimiy ravishda profilaktik choralarni qo’llash va yoddan to’g’ri foydalanish zarur. Bu odatiy hayotiy faoliyat va sog’lig’ingizni saqlashga yordam beradi.

Reklama

Ushbu mazvuda 17 ta fikr qoldirilgan

  1. Assalomu aleykum mandagi buqoq zahar ishlab chiqazarka 2yil bo’ladi merkazalil istemol qilmoqdaman bu zararli masmi uzoq muddat istemol qilish.Operasyani qaysi davlatda qilgan maqul.

    1. Merkazolilga qarshi ko’rsatmalar dori yo’riqnomasida qayd qilib o’tilgan. Operatsiyani qayerda o’tkazish bo’yicha shifokoringiz tavsiyasiga tayaning.

  2. Assalom alaykum. Gipoteriozda doimiy l-tiroksin qabul qilish vaqti kelib zararli ta’sir qilishi mumkinmi. Bu gormon semirishga olib keladimi. Davolanish paytida ham vazn ortishi davom etsa nma qilish kerak.

    1. Uzoq vaqt davomida qanday qabul qilishga bog’liq. Dorining qarshi ko’rsatmalarida uning nojo’ya ta’sirlari keltirib o’tilgan: allergik reaktsiya, katta dozalarda qabul qilishda gipertireoz, yetarlicha samarali bo’lmagan dozalarda qabul qilganda gipotireoz. Shifokorning ko’rsatmasiga amal qilinsa zararli ta’siri minimal bo’ladi. Semirish borasida ham shu, noto’g’ri dozalarda qabul qilinsa semirishga olib keladi. Hozirda vazningiz ortib borayotgan bo’lsa, buning boshqa sabablari haqida fikr yuritib ko’ring (sabablari haqida bu yerda o’qishingiz mumkin), o’rinli sabablarini aniqlay olmasangiz, endokrinolog shifokoringizga murojaat qilib, gormon darajasiga tahlil topshirib ko’ring.

  3. 4 oyli bolam bor yodamarin 200 ichaman. Lekin juda semirib ketvomman. yuzlarimga narsa towvoti. nima qiliw k/k

    1. Dorini shifokor ko’rsatmasiga binoan qabul qilayapsizmi yoki mustaqil ravishdami? Yodomarin semirib ketishni oldini olmaydi, bu holat gormonal o’zgarishlar yoki boshqa kasalliklar tufayli chaqirilgan bo’lishi mumkin, yuzdagi toshmalar ham shu jumladan. Muammo qalqonsimon bezdan deb shubha qilsangiz, endokrinologga uchrashib, tekshiruvlardan o’ting.

  4. Davlatimiz shu xududni bu muammoni xisobga olib jiddiy chora tadbirlar ishlab chiqishi to’g’ri bo’ladi. Bu eng muxim ishlardan biri deb oylayman

  5. Salom kechirasiz,menda zob bor,endokirinolog gormon yetishmasligini aytdi analiz topshirish kerak dedi. Analiz topshirmasdan gormonal tabletka qabul qilsa bo’ladimi?

    1. Yo’q, tahlillar natijasida gormon qay darajada yetishmasligi inobatga olininb, dorining dozirovkasi belgilanadi. Mustaqil davolanish tavsiya etilmaydi.

  6. Assalomu alaykum menda ham buqoq borligini aytgandi doctorga yo‘llanma bergandi homilador ekanligim uchun bormadim.Hozirda doctor tavsiyasi bilan vitamin D qa’bul qilyapman. Buni oldini olish kerakmi sog‘lik uchun havflimi?

    1. Vitamin D buyurgan bo’lsa, sizda ehtimol gipotireoz tashxisi qo’yilgandir. Hechdan ko’ra kech yaxshi — shifokorga borib, to’g’ri qilibsiz. Hozirda u buyurgan ko’rsatmalarga amal qiling va davolash kursi tugagach gormon miqdoriga tahlil topshirib ko’ring. Natijalarni shifokoringiz bilan muhokama qiling.

  7. Assalomaliykum, xayrli kech, bir savolim boridi zob nafas olishni qisganda nima qilish kerak? Iltimos zararsiz usullarini aytivorolmaysizmi

    1. Agar qalqonsimon bez nafas yo’llarini qisadigan darajada kattalashgan bo’lsa, tavsiyamiz bitta: zudlik bilan shifokorga murojaat qiling va buni bir soniya ham ortga qoldirmang.

  8. Assalom alekum. Men J. Koreyada tahsil olaman. Kelganimga 8 oy boldi. Sochim juda kop tokilyapti hattoki oq tushib ketdi. Ko’rish darajam ham pasayganini sezyapman. Holsizlanib kun davomida uyqu kelaveradi. Shunga qanday maslahat bera olasiz. Javob u.n oldindan tashakkur.

    1. Vaaleykum assalom. Agar o’qishga yaqinda ketgan bo’lsangiz, bu hodisalar iqlim o’zgarishiga moslashish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Tahsil oluvchilarning aksariyatidan tibbiy sug’urta olish talab etiladi, agar u sizda ham bo’lsa, sug’urta kompaniya menejeriga murojaat qiling. Ular sizga qaysi shifoxonaga murojaat qilishni aytishadi. Agar masofa uzoq bo’ladigan bo’lsa, yo’l kira haqi ham sug’urtaga kirish-kirmasligini aniqlashtiring. Shu holda siz bepul tarzda shifokor ko’rigidan o’tasiz va u tekshiruv natijasida sizga batafsil ko’rsatmalar beradi. Aks holda, pullik xizmatga murojaat qilishingiz kerak.

      Buqoq kasalligining vizual tarzda aniqlanadigan alomatlari esa maqolada keltirilgan.

  9. Sslom men yaqinda tabibga borib boʻqogʻimni oldirdim.Bu sogʻligimga ziyonmasmi

  10. Buqoqni jarrohlik yoli bilan yarmini olib tashlangandan song, farzandlik hola oladimi
    È

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.