Qorin, son va dumbadagi yog’larni ketkazish: yo’llari, mashqlar, parhez

Qanday qilib qorindagi yog’lardan qutulish va yumshoq yonlarni olib tashlash mumkin? Mashqlar, ozish uchun parhezlar va tavsiyalar, qorin mushaklarini yashirib turgan ortiqcha suvlarni chiqarib tashlash bo’yicha eng yaxshi strategiyani ko’rib chiqamiz.

Qorindagi yog'larni ketkazish

Qorindagi yog’larni yo’qotish va yonlardan qutilish

Inson tanasida bir necha yog’ turlari (teri osti, ichki organlar atrofida, qorin parda orti yog’lari) mavjud bo’lib, ozish uchun har biri maxsus strategiyani talab qiladi. Bundan tashqari, teri osti yog’i ham bir turda emas, shuning uchun qorindagi yog’larni eritish yoki oyoq va sonlarni ozg’in qilish juda qiyin.

Farq ikki narsada yotadi: Birinchidan, organizm tananing turli qismlarida turlicha yog’ saqlaydi — qorinda to’yingan yog’ kislotasi to’planadi, shuning uchun abdominal yog’ nisbatan qattiqroq. Ikkinchidan, turli teri osti yog’lari organizm tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlarga turli xil javob qaytaradi.

Muammoli sohalardagi yog’lar

Erkaklarda yonlarda, belning va qorinning pastki qismidagi yo’glar jismoniy va gormonal tuzilishi bo’yicha ayollardagi son va dumba yog’iga o’xshaydi. Ushbu «muammoli joylar» dagi yog’ to’planishi va undan xalos bo’lish strategiyasi bo’yicha tanada to’planadigan boshqa yog’lardan farq qiladi.

Agar ichki a’zolarning vistseral yog’i adrenalin oshishiga javob reaktsiyasi qaytarsa va insulinga deyarli qaytarmasa (boshqacha qilib aytganda, uni yo’qotish uchun parhezdan ko’ra kardio muhimroqdir), demak muammoli sohalardagi yog’lar avvalambor insulin darajasi va ratsionidagi uglevodlar glikemik indeksiga bog’liqdir.

Glikemik indeks va dumbadagi yog’lar

Yuqori glikemik indeksga ega oddiy (tez) uglevodlar iste’mol qilish qonda qand miqdorining keskin oshishiga sabab bo’ladi. Qandning yuqori darajasi xavfli va miyani zararlanishiga olib kelishi mumkinligi sababli, organizm uni iloji boricha tezroq pasaytirishga urinadi va ortiqchasini yog’ deposi zaxiralariga utilizatsiya qiladi.

Insulin ortiqcha miqdordagi glyukozani utilizatisya qilishga yordam beradigan asosiy gormondir. Darhaqiqat, gormon organizm hujayralarini energiya olish qobiliyatini ochadigan «kalit» dir. Qorinning pastki qismi, yon tomonlar va dumbadagi yog’lar ko’proq insulinga javob qaytaradi va ko’chmas ma’noda kaloriyalarni to’liq shimib oladi.

Qorindagi yog’lar va ovqatlanish

Sir emas, qorin shirin va yog’li mahsulotlar iste’mol qilish bilan tezroq kattalashib boradi. Shakar insulin darajasini oshiradi, hujayralarni energiya olish imkoniyatini ochadi va oziq-ovqatdan olingan yog’ tana yog’ zaxirasining shakllanishi uchun ideal qurilish materialiga aylanadi.

Agar siz qorinni yo’qotishni va yonlardan qutulish istagida bo’lsangiz, birinchi navbatda glikemik indeks nazariyasini o’rganish va oddiy uglevodlarni maskimal darajada kamytirib, sabzavot va boshqa kletchatka manbalari miqdorini oshirishingiz kerak — ilmiy tadqiqotlar bu organizmdagi insulin sekretsiyasini me’yorlashtirishini ko’rsatdi.

Yugurish qorindagi yog’larni yo’qotadimi?

Yugurish, tez yurish va boshqa shu kabi o’rtacha tempdagi harakatlar 30-45 daqiqa davomida yurak urishini daqiqasiga 130-145 tagacha chiqaradigan kardio hisoblanadi. Bu qonda insulin darajasini kamaytirish va adrenalinni oshirishga yordam beradi. Odatda bu yog’ to’qimalarida qon aylanishini yaxshilash va yog’ni yoqish mexanizmini ishga tushishi uchun yetarli bo’ladi.

Biroq, erkaklarda qorin yog’lar va ayollarda yon va dumba yog’lari retseptorlari boshqacha ishlaydi. Adrenalin ularga ta’sir qilishi natijasida qon aylanishini kamaytiradi, yog’ yoqilishini oldini oladi — shuning uchun kardio vaqtida qorin sovuq bo’lib qoladi. Qorindagi yog’ni yo’qotish uchun maxsus yondashuvlar kerak.

Yog’larni yo’qotish uchun mashqlar

Interval ochlik yoki davriy past uglevodli parhez (haftaning ma’lum kunlarida sutkalik uglevod miqdori 50-60 grammgacha bo’ladi) va kardio mashg’ulotlari yordamida yog’ yoqilishi faollashadi. Kardioni ertalab, och qoringa bajarish yaxshiroqdir.

Ushbu uslub gormon ishlab chiqarish mexanizmi o’zgartiradi va qorindagi yog’larni insulinga bo’lgan qarshiligini oshiradi. Organizm energiya yetishmasligi sharoitida faoliyat ko’rsatishga ko’nikadi va imkoni bo’lganda ortiqcha energiyani oson joylarda to’playdi, muammoli «uzoq» joylarda emas.

Yog’ to’qimasida suv ushlab turilishi

Odatda, teri osti qorin yog’i va sondagi yog’lar 90% triglitseridlar (yog’ kislotalari) va 10% suv va boshqa hujayralararo suyuqlikdan tashkil topgan. Biroq, vazn tashlashda yog’ to’qimasida suv ushlanib qolishi kuzatilishi mumkin — yoqiladigan triglitserid o’rniga yog’ hujayralari shimgich kabi suvni shimib ola boshlaydi.

Kishi ozishni boshlaydi va yog’lardan qutuladi, lekin tananing hajmlari va vazni o’zgarmaydi. Bunday holda tanadan ortiqcha suyuqlikni quritish va chiqarib tashlash uchun maxsus parhez kerak. Bundan tashqari, siydik haydovchi choy va sauna ham samarali bo’ladi — aynan shu tarzda ozish uchun hammomning foydalari haqida afsona paydo bo’lgan.

***

Erkaklarda qorin yo’qotish va ayollarda sondagi yog’larni yo’qotish strategiyasi — qonda glyukozani cho’qqi ko’rsatkichlarga chiqishiga yo’l qo’ymaslik uchun yuqori glikemik indeksli uglevodlardan voz kechish va insulinga qarshilikni oshirish uchun och qoringa kardio mashqlarni bajarishdir. Bundan tashqari, suvdan halos bo’lish uchun quritadigan parhez kerak.

Reklama

Ushbu mazvuda 4 ta fikr qoldirilgan

  1. Yoshim 30 da jismoniy mashqlar qilsam ham, yursam ham qornimdagi yog’lar erimayapti, zararsiz ozish ya’ni qorinni tez vaqt ichida yo’qotish uchun maslahat kerak. Javob uchun oldindan raxmst

  2. Qornimdagi yog’ni 10 metr bind bilan bog’lasam samarasi ijobiy bo’ladimi

    1. Tashqi tomondan yashirish uchun — ha. Muammoni hal etishda foyda bermaydi, qolaversa qon aylanishining buzilishiga olib kelib, boshqa muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Sport, sog’lom ovqatlanish — shu ikkisi samarali natija beradi.

  3. Semizlik turli xil sabablar oorqali kelib chiqadi. Xususan bunda ko’pchilik garmonlar boshqaruvini inobatga olishmaydi. Albatta endokrinolog ko’rigidan o’tish lozim

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.