Parranda grippi — sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish

Parranda grippi — parrandalarning virusli infektsion kasalligi, virusning ba’zi shtammlari odamlar uchun patogen hisoblanadi va yuqori darajada o’limga olib keladigan og’ir kasallikdir. Parranda grippi isitma, ich ketishi, qusish, kataral sindrom, burun va milklarning qonashi, ko’krak qafasidagi og’riqlar, pnevmoniya, o’tkir nafas yetishmovchiligi, o’pka shishi bilan birga kechadi. Parranda grippi tashxisini tasdiqlash uchun IFA, PZR, virusologik tadqiqotlar, ko’krak qafasi rentgenogrammasi kabi tadqiqot usullari qo’llaniladi. Parranda grippini davolash bemorni kasalxonaga yotqizish, antivirus va simptomatik vositalarni tayinlashni o’z ichiga oladi.

Parranda grippi

Parranda grippi

Parranda grippi — o’tkir virusli kasallik bo’lib, insonlarda yuqumli-toksik, oshqozon-ichak va respirator sindrom bilan birga kechadi. Parranda grippi virusi bilan odamlarni kasallanishi birinchi marta 1997-yil Gonkongda epidemiya paytida ma’lum bo’ldi. Keyingi yillarda parranda grippi Osiyodan Evropaga va Afrikaga tarqalib, millionlab yovvoyi va xonaki parrandalarning  kasallanishi va yuzlab odamlar orasida kasalliklarni keltirib chiqardi. Parranda grippiga qarshi kurashning dolzarbligi parrandalarni majburiy nobud qilish, shuningdek, aholi o’rtasida kasallikning pandemik salohiyatiga ega ekanligi tufayli yuqori iqtisodiy zararlar ko’rish bilan bog’liq. Parranda grippi o’ta agressiv kechimga ega: o’pka asoratlari tufayli o’lim hollari 60-70% ga etadi.

Parranda grippining sabablari

Parranda grippini keltirib chiqaradigan RNK-virus A toifadagi gripp viruslari turiga, Ortomyxoviridae oilasiga mansub. Uning qobig’idagi oqsillar (gemagglutinin va neyraminidaz) turiga qarab, parranda grippining turli xil antigen turlari ajratiladi. Odamlar uchun eng xavflisi H5N1 va H7N7 shtammlari bo’lib, ular tezda mutatsiyaga uchraydi. Kasallikning og’ir shaklli yashin tezligida rivojalandi va ​​yuqori darajadagi o’limga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bu shtammlar mavsumiy va cho’chqa grippi viruslari bilan birgalikda xavfli. Shuningdek, past patogenli H7N9 virusi tufayli ham kelib chiqqan parranda grippi hollari uchragan, asosan boshqa kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda. Parranda grippi virusi past haroratlarda uzoq vaqt davomida saqlanib turishi mumkin, lekin qaynatilganda 2-3 daqiqadan so’ng nobud bo’ladi.

Infektsiya manbai parranda grippi virusini ichagida olib yuruvchi va tashqi muhitga axlat orqali chiqaruvchi yovvoyi suv qushlari (g’ozlar, o’rdaklar) va xonaki parrandalardir (tovuqlar, kurka). Mavsumiy migratsiya tufayli yovvoyi qushlar virusni katta masofalarga ko’chirishga qodir. Insonning kasallanishi infektsiyalangan yoki kasallikdan nobud bo’lgan qush bilan aloqa qilish orqali havodan va fekal-oral yo’li orqali kechadi. Virusni insondan insonga yuqishi hollari qayd qilinmagan. Parrandachilik fermalari, zootexniklar, veterinariya xodimlari ishchilarida parranda grippi bilan kasallanish xavfi yuqori bo’ladi.

Parranda grippi virusi bilan infektsiyalangan parrandalarda tormozlanish, yurishining buzilishi, tashnalik bilan suvi ichishi, patlari ho’ppayishi, turli tovushlarni chiqarishi kuzatiladi. Ko’zlari va shilliq pardalari qizarib ketgan, burun yo’llaridan ajralamalar ajraladi; diareya, tutqanoqlar mavjud. O’limidan oldin toji va sirg’alarida ko’karish kuzatiladi. O’lgan qush ochib ko’rilganda nafas olish shilliq qavatlarida, oshqozon-ichak trakti, buyrak va jigarda ko’p qon ketganligi aniqlanadi. Parrandalarning ko’p yo’qotilishi sababli, parranda grippi ko’pincha «tovuq vabosi» deb ham nomlanadi.

Parranda grippining alomatlari va belgilari

Biror kishi parranda grippi virusi bilan zararlangan bo’lsa, inkubatsiya davri 2-3 kun (kamdan kam 2 hafta) davom etadi. Qush grippining klinik ko’rinishlari bosqichida infektsion-toksik, oshqozon-ichak tizimi va nafas yo’llari sindromlari rivojlanadi. Yuqumli kasallikning namoyon bo’lishi — yuqori tana harorati (38-40 °C gacha), talvasali varaja qilish, mushaklar va bosh og’rig’idir. To’mov, konyunktivit, faringit, burun va milklardan qon ketishi kuzatilishi mumkin. Kasallik taxminan yarim holatlarida qorin og’rig’i, takroriy qusishlar va suvli diareyaga olib keladi. Bemorlarning uchdan birida buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi.

Parranda grippining namoyon bo’lishidan 2-3 kun o’tgach respirator sindrom qo’shiladi. Interstitsial virusli pnevmoniya rivojlanadi va shaffof balg’am ajralishi, qon yo’talish, nafas qisilishi, taxipnoe, sianoz bilan birga kechadi. O’pka ichidagi yallig’lanishning tez rivojlanishi o’tkir respirator distress sindromining rivojlanishiga olib keladi. Yordam ko’rsatilmaganda parranda grippi bilan og’rigan bemorlarning o’limi odatda kasallikning ikkinchi haftasida yuz beradi va ko’pincha o’pka shishi, o’tkir respirator yetishmovchilik, poliorgan yetishmovchiligi yoki ikkilamchi bakterial va zamburug’li infektsiyalar qo’shilishi sababli yuzaga keladi. Parranda grippi ayniqsa bolalikda og’ir kechadi. Bolalardagi kasallikning o’ziga xosligi meningoensefalitning rivojlanishi bilan ifodalanadi, bu kuchli bosh og’rig’i, qayt qilish, ongning buzilishi bilan namoyon bo’ladi.

Parranda grippini tashxislash va davolash

Kasallikning dastlabki davrida parranda grippining belgilari normal mavsumiy grippga o’xshaydi, bu esa tashxisni murakkablashtiradi. Bundan tashqari, parranda grippini paragripp, adenovirus, rinovirus, respirator sinditsial infektsiyadan farqlash talab etiladi. Parranda grippini tashxislashning asosiy mezonlari mintaqada epidemiyaning mavjudligi, kasallangan parranda bilan aloqa bo’lganligi, yuqori isitma, ich ketishi, progressiv pnevmoniyaning kuzatilishidir. Ko’krak qafasi rentgenografiyasida kasallikning erta davrlaridayoq o’pka to’qimasida birlashishi va tez tarqalishi mumkin bo’lgan ko’plab yallig’lanish infiltratlari aniqlanadi. Parranda grippini tasdiqlash immunologik (IFA), molekulyar-genetik (PZR), virusologik usullar bilan amalga oshiriladi.

Parranda grippi shubha qilingan yoki aniqlangan bemorlar infektsion statsionarlarga yotqiziladi. Virus replikatsiyani kamaytiradigan va omon qolish istiqbollarini yaxshilaydigan antivirus preparatlar yordamida kasallikni etiotrop usulda davolash amalga oshiriladi. Ularning orasida eng samaralilari Oseltamivir, Zanamivir, Rimantadin va Ufifenovir sananladi. Yuqori isitmada isitma tushiruvchi preparatlar (paratsetamol, ibuprofen) beriladi. Parranda grippini davolashda asetilsalitsil kislotasi (Aspirin) va metamizol natriyni qo’llash qat’iy ravishda taqiqlanadi. Bakterial asoratlar rivojlanganda antibakterial preparatlar beriladi.

Parranda grippini oldini olish va kasallik yakuni

Parranda grippidan keyin shakllangan immunitet qisqa muddatli va turga xos bo’ladi. Bu boshqa mavsumda yana kasallanish ehtimoli mavjudligini anglatadi. Parranda grippining eng patogen shtammlari oqibatida infektsion kasalliklar kelib chiqishi bilan o’lim darajasi 50-70% ni tashkil qiladi. Eng noxush taxminlarga ko’ra, A virusi (H5N1) butun dunyoda parranda grippi pandemiyasini keltirib chiqarishi va 150 million odamning o’limiga sababchi bo’lishi mumkin.

Parranda grippi virusi bilan kasallangan qushlar qirilib tashlanadi. Infektsiya epizootikasini nazorat qilish vositasi sifatida parrandalarni emlash qo’llaniladi. Insonlarda parranda grippining oldini olish immunitet tizimini mustahkamlashga, profilaktika tartibiga ko’ra antivirus preparatlarni qo’llashga qaratilgan. Iloji bo’lsa, mahalliy va yovvoyi qushlar bilan yaqin aloqa qilmaslik, parranda go’shti va tovuq tuxumlarini tayyorlashda ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Grippga qarshi vaktsina asoratlar xavfini, shuningdek, parranda grippi virusining yuzaga kelishi mumkin bo’lgan mutatsiyasini va kishidan kishiga yuqishi ehtimolini kamaytirishi mumkin.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 2 ta baho berilgan
Загрузка...
Загрузка...
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *