Sochlarni qalinlashtirish: usullari, yo’llari, maslahatlar, niqoblar, soch siyrakligi sabablari

Har bir ayol qalin va ipakdek sochlarini orzu qiladi. Shampun ishlab chiqaruvchilar nozik jins vakillariga jilvakorlik va sochlari bilan hech qanday muammo bo’lmasligi haqida va’da qiladilar. Darhaqiqat, deyarli har bir ayol sochlar bilan bog’liq u yoki bu muammolarga duch kelishadi va shampunlar ularni samarali hal qila olmaydi. Sochni qalinlashtirish va chiroyli qilish uchun nima qilish kerak? Nega kosmetik mahsulotlar yordam bermaydi?

Sochlarni qalinlashtirish

Sochlarning siyrakligi sabablari

Siyrak sochlar muammosiga qarshi kurashishdan oldin, uning sababni bilib olish maqsadga muvofiqdir. Normal holatda sochlarning 80% o’sish bosqichida bo’ladi. O’sishning bu fazasi anagen deb ataladi va 6 yilgacha davom etadi. Katagen fazasi — tinchlik davridir, bunda soch o’smaydi va to’kilmaydi, davomiyligi — 2-3 hafta. Telogen faza — sochlarning to’kilishi. Sochning taxminan 15 foizi ushbu fazadadir.
Soch to’kilishi haqida batafsil→

Soch to’kilishi normal holatdir. Soch doimiy ravishda yangilanadi va bu to’kilmasdan imkonsizdir. Shunga qaramay, ba’zida sochlar juda tez to’kila boshlaydi va ular siyrak bo’lib qoladi. Bunday holatda sochlarni qalinlashtirish uchun nima qilish kerak?

Soch to’kilishining sabablari

1. Parhez

Juda ko’p qizlar parhezdan keyin soch qalinligini qanday tiklash mumkinligiga qiziqishadi. Qo’shimcha kilogrammlar bilan birga, qizlar sochning butun qalinligini ham yo’qotishadi. Yetarlicha oziqlanmaslik va zo’riqishlar nafaqat belga, balki sochga ham ta’sir qiladi. Agar vegetarian bo’lishga qaror qilsangiz, soch qalinligi yanada ko’proq aziyat chekadi. Sochga oqsil kerak va uning tanqisligi tufayli soch ildizi distrofiyasi sodir bo’ladi. Soch ingichkalashadi va o’sishdan to’xtaydi. Agar past kaloriyali parhezga amal qilayotgan bo’lsangiz, sochlarni qalinlashtirish uchun vitamin komplekslarini qabul qilishingiz mumkin.

2. Stress

Kuchli aqliy ish, uyqusizlik va asabiy taranglik siyrak sochlarning eng ko’p uchraydigan sababchilaridir. Sochlar darhol emas, balki bir necha oy davomida to’kilib boradi. Qanday qilib sochni qalinlashtirish kerak? Har qanday asabiylashishlardan qoching va bu nafaqat soch qalinligi, balki butun organizm bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkinligini yodda tuting.

3. Kasalliklar

Endokrin kasalliklar ham sochlarning siyraklashishiga sabab bo’ladi. Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi bilan, sochlar nafaqat quruq bo’lib qoladi, balki to’kila boshlaydi. Qalqonsimon bez faolligi ortishi esa sochlarning erta oqarishi va yo’qotilishga olib keladi. Bu holatda sochlarni qalin qilish uchun faqatgina gormon preparatlari bilan davolanish kerak.

4. Ba’zi dorilarni qabul qilish

Soch arterial bosim va artritga qarshi tabletkalarni qabul qilishdan yupqalashishi mumkin. Kontratseptivlar va antidepressantlar ham sochlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kimyoterapiya butunlay kal bo’lishga olib kelishi mumkin, ammo bir muncha vaqt o’tgach, bemorlarning sochlari o’sib boradi va ular ko’pincha ancha qalinroq bo’ladi. Dori-darmonlarni qo’llash davrida soch qalinligini saqlash mumkinmi? Afsuski, bunday holatda davolanish tugaguncha kutish kerak.

5. Irsiyat

Agar nozik sochlarning sababi irsiyat bo’lsa, bu holda hech narsa qilib bo’lmaydi. Kosmetik vositalar soch zichligi va uning tashqi holatini saqlab qolishi mumkin. Yupqa sochlar nasl-nasab tufayli bo’lsa, ularni qanday qilib qalinlashtirish mumkin? Soch holatini kosmetik va tibbiy vositalar bilan saqlab turishga harakat qiling.

6. Mavsumiy soch to’kilishi

Asosan qish va kuz faslida sodir bo’ladi. Sochni qalinligini mavsumiy yo’qotishda qanday saqlab qolish mumkin? Soch uchun niqoblar surtish va bosh kiyim kiyish.

7. Kosmetika mahsulotlari

Sochlar ba’zi kosmetik vositalardan foydalangandan keyin siyraklashishi mumkin. Eng muhimi, faqat yuqori sifatli kosmetikalardan foydalanish.

Sochni uy sharoitida qanday qilib qalinlashtirish mumkin?

Soch va uning tuzilishiga qaramay, har qanday ayol o’z sochlarini qalin va chiroyli qilishi mumkin. Buning uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  1. Ratsional ish rejimi. Ishlash nafaqat malakali martaba va mablag’ olish, balki sochlarning qalinligiga ham ta’sir ko’rsatadi. Charchab qolguncha ishlamang — faol dam olishga vaqt ajrating. Agar ishchi bo’lsangiz, soch qalinlashtirish qanday amalga oshiriladi? Bunday holda faqat yaxshi dam olish mumkin.
  2. Sochni muhofaza qilish. O’z vaqtida sochlarni himoya qilmasdan ularni  qalinroq qilish mumkin emas. Bosh kiyimi ham qishki, ham yoz oylarida kerak. Sovuq sochlar uchun zararli hisoblanadi — ular nafaqat siyraklashishi, balki to’kilishi mumkin. Quyosh nurlari ham sochning holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ular mo’rt va oralari ochiq bo’lib qoladi.
  3. Massaj. Sochlarni quyuq va qalinroq qilish uchun uyda amalga oshiriladigan massaj yordam beradi. Massaj qon aylanishini yaxshilaydi va sochlarning o’sishini rag’batlantiradi. Uni barmoqlaringiz yoki maxsus cho’tka bilan qilishingiz mumkin.
  4. Kosmetika mahsulotlari. Agar sochingiz siyrak bo’lsa, soch to’kilishini oldini olish uchun maxsus kosmetikadan foydalanishingiz kerak. Sochni qalin qilish uchun ushbu vositalarni ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga rioya qilish kerak.

Sochni uy sahroitida qanday qilib qalinlashtirish mumkin? Birinchidan va eng muhimi — stressdan yiroq bo’ling! Ikkinchidan, har kuni sochlaringizga e’tibor bering va iloji bo’lsa, foydali elementlar bilan ovqatlaning.
Soch o’stirish usullari→

Sochlarni qalinlashtirish uchun niqoblar

Sochlarni nqibolar bilan qanday qilib qalinlashtirish mumkin? Soch zichligi uchun maxsus ozuqaviy niqoblarini tayyorlash va qo’llash uchun vaqt ajratish kerak. Soch quyuqligi uchun eng samaralilari — piyoz, konyak va xantalli niqoblar.

Bunday vositalarning asosiy maqsadi soch ildizlarini mustahkamlash va o’sishini rag’batlantirishdir. Sochni qalin qilish uchun niqoblarni muntazam ravishda qo’llash va har safar yangi tarkibligini tayyorlash kerak. Soch zichligi uchun niqobni qo’llaganingizdan keyin sochingizni o’rab qo’ying. Soch to’kilishida shifobaxsh niqoblar samarali bo’ladi. Lekin ular faqat ma’lum bir vaqt va tegishli ko’rsatmalar bilan ishlatilishi mumkin.
Soch to’kilishiga qarshi niqoblar→

Sochni qalin va quyuq qilish uchun maslahatlar

  1. Oziq moddalar. Soch qalinlashtirish usullari orasida eng yaxshi vosita — to’g’ri ovqatlanishdir! Iste’mol qiladigan barcha narsalarimiz nafaqat teriga, balki sochga ham ta’sir qiladi. Soch qalin bo’lishi uchun sut mahsulotlari, yong’oq va go’shtga afzallik bering. Uzoq muddatli qat’iy parhezlarga amal qilish va oqsilli ovqatlardan voz kechish tavsiya etilmaydi.
  2. Soch uchun vositalarni to’g’ri tanlash. Barchamiz qalin va chiroyli soch istaymiz va buning uchun maxsus shampunlarni harid qilamiz. Silikon va polimerlarni o’z ichiga olgan kosmetika mahsulotlaridan voz keching. Ular sochingizni qalinlashtirishga yordam bermaydi, balki ularni faqatgina og’irroq qiladi. Kosmetika ko’rsatmalarini diqqat bilan o’rganib chiqing va esda tuting — sochlar keratin va oqsillarga muhtoj.
  3. To’g’ri turmak. Sochni turmak yordamida qalinroq ko’rsatish uchun nima qilish kerak? Ideal variant — chiroyli jingalaklardir, ularni nafaqat shiptsilar, balki bigudi yordamida ham qilish mumkin. Sochlarni vizual tarzda qalinroq ko’rsatish uchun o’rib chiqish ham mumkin.
  4. Tabiiy pigmentlar. Rang yordamida sochlarga mukammal hajm berilishi mumkin. Shu bilan birga, soch qalinligi uchun sochni sog’lomlashtiruvchi tabiiy bo’yoqlardan foydalanish kerak.
  5. Sochni tiklashning zamonaviy usullari. Qanday soch qalinlashtirish va qayta tiklash usullari mavjud? Har qanday go’zallik salonida sochni tiklash bo’yicha xizmatlar ro’yxati berilishi mumkin. Bularga mezoterapiya, ozonoterapiya, laminatsiya va o’stirish kiradi. Bosh terisini davolash yanada samarali natijalar beradi, ammo bu muolaja yetarlicha qimmat va qarshi ko’rsatmalar mavjud.

Sochni qalin qilish sirlari

Maslahat №1 — to’g’ri ovqatlanish

E’tibor qilishingiz kerak bo’lgan birinchi narsa A, B, C, E vitaminlari bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qilishdir. Biroq agar siz ma’lum dietalarga amal qilayotgan bo’lsangiz, maxsus vitamin yordamida sochlarni qalin qilishingiz mumkin.
Soch uchun vitaminlar→

Maslahat №2 — Sochingizni og’ir qilishni to’xtating

Sochlarni turmaklash uchun vositalar ularni og’irlashtiradi va parvarishlanmagan holatga keltiradi. Sochning holatiga albatta ta’sir ko’rsatadigan laklar, ko’piklar va musslarni ishlatmang. Agar siz bu vositasiz hayotingizni ifoda qilmasangiz — bu vosita sochingiz turiga mos kelishiga e’tibor bering.

Maslahat №3 — Bigudi

Bigudilar yordamida vizual ravishda har qanday soch qalin qilib ko’rsatish mumkin. Bigudilarni ishlatish juda oson — sochlarni o’rang va qurib qolguncha kuting. Termal bigudilarni tez-tez ishlatib turishdan saqlaning. Ular sochlarni tezda qalinlashtirishiga qaramay, tez-tez ishlatilishi sochlarning tuzilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Maslahat №4 — Boshingizni juda tez-tez yuvmang

Ayol sochlarini tez-tez yuvish shart emas. Hozirgi kunda siz kundalik foydalanish uchun ko’plab shampunlarni uchratasiz, ammo bu faqat sochlarni buzadi. Teri yog’ ishlab chiqarishni boshlaydi, shundan keyin sochlar yog’lanadi va parvarishlanmagan holga keladi. Ungacha yuvsangizm bu ularni shunchaki quritib yuboradi.

Maslahat №5 — Rang va o’rish

Sochlarni bo’yash nafaqat tashqi ko’rinishini butunlay o’zgartirishga, balki sochga qalinlik qo’shishga ham yordam beradi. Bo’yash vaqtida sochlarning ichki qatlamiga pigmentlar tushadi, bu ularning hajmini oshiradi. Siyrak sochlarga ko’proq melirlash, brondirlash va murakkab bo’yash to’g’ri keladi.

Har qanday rang berish (yorqinlashtirishdan tashqari) soch hajmiga hajm qo’shadi. Agar tabiiy rangni afzal ko’rsangiz — o’simliklar asosli bo’yoqlardan foydalaning.

Go’zal jingalak sochlar har doim hajmli ko’rinadi va romantik uslubni mukammal darajada to’ldiradi.

Soch — ayolning qadr-qimmati. Ular chiroyli va ipakdek bo’lishi uchun parvarish va g’ayrat talab etiladi. Har qanday sochlarni, qanday holatda bo’lmasin, tiklash mumkin. Soch to’kilishi — faqat vakolatli mutaxassis tomonidan sababi aniqlangach hal qilinishi mumkin bo’lgan muammodir.

Reklama

Ushbu mazvuda 2 ta fikr qoldirilgan

  1. Ajoyib maslahatlar ózim bilmagan ancha narsalarni bilib oldim rahmat ?

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.