Soch uchun vitaminlar: qay birlari eng muhim va ularni qo’llash usullari

Soch to’kilishi, qazg’oqlanishi, mo’rtligi, xiraligi — bu va boshqa sochlar bilan bog’liq muammolarni tanadagi vitamin yetishmasligi keltirib chiqarishi mumkin. Qay birlari, ushbu maqoladan bilib oling.

Soch uchun vitaminlar

Ko’pchilik kishilar soch bilan bog’liq muammolarni tashqi sabablarga yozib qo’ya qolishadi. Quruq va mo’rtmi? Aybdor quruq havo va sochlarini fen bilan o’ta qurutib yuborish. Qazg’oq? Ehtimol, shampun mos kelmayotgandir. Soch taroq va yostiqda qoladimi? Nima ham qilib bo’lardi, mavsumiy hodisa.

Biroq sochlar tananing umumiy holatining ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, ular bilan muammolar ko’pincha ichki holat bilan bog’liq. Ushbu muammolarni kosmetika bartaraf eta olmaganda, o’ylab ko’rish kerak, soch uchun vitaminlar yetarli miqdordami?

Nima uchun sochlarga vitamin kerak?

Soch — epidermisning unumidir, ularning tashqi qobig’i zich keratin tangachalari bilan qoplangan. Har bir soch novda va ildizdan iborat. Biz taraydigan, yuvadigan va kesadiganimimiz sochning tashqi qismidir. Teri ostidagi joylashgan narsa soch ildizi deb ataladi. Ildizlar soch xaltachalari — follikullar bilan o’ralgan.

Follikulalarda sochlarning o’sishi va sog’lomligi uchun zarur bo’lgan biokimyoviy jarayonlar kechadi va ularning oziqlanishi sodir bo’ladi. Foydali moddalar va kislorod qon oqimi bilan birinchi bo’lib sochlar follikulalariga keladi, so’ngra ildizlardan soch uchlariga tarqaladi.

Agar sochlarni oziq moddalar bilan ta’minoti yaxshi bo’lsa, sochlar ajoyib ko’rinadi. Xiraligi, tezda kir bo’lishi va sochlar to’kilishi follikulalardagi biokimyoviy jarayonlar noto’g’ri kechayotganidan dalolat beradi. Soch tolasi ozuqa moddalarini yetarli miqdorda olmasa «och» qoladi. Buning sababi vitaminlar yetishmasligi bo’lishi mumkin, chunki aynan ular hujayralardagi modda almashinuvini faollashtiradigan elementlardir.

Sochlarimiz uchun muhim vitaminlar:

  • A vitamini — sochni mustahkamlash va qazg’oqqa qarshi kurashish uchun (jigar, tuxum, sariyog’).
  • B guruhi vitaminlari — soch o’sishi, qalinligi va jilvakorligi uchun (jigar, tuxum sarig’i, yong’oqlar).
  • E vitamini — yaltirashi va silliqligi uchun (ko’katlar, yong’oq, o’simlik moyi).
  • S vitamini — oziqlanish va o’sishi uchun (sitrus, kivi, chakanda moyi).

Vitamin A

Ko’pchilik vitamin A ni ko’rish qobiliyatini himoya qiluvchi sifatida tanishadi. Darhaqiqat, agar vitamin A yetishmasa, shox parda namlanishi buziladi va ko’rish o’tkirligi pasayadi. Shuningdek bu vitamin yetishmasligi immunitetning zaiflashishiga va teri bilan bog’liq muammolarga olib keladi, shu jumladan bosh terisini ham.

Gipovitaminoz A da bosh terisi quruqlashadi — qazg’oq paydo bo’ladi, sochlar nozik, mo’rt, gullaydigan bo’lib qoladi. Ularning elastikligini tiklash uchun, quruqligi va soch to’kilishiga qarshi kurashish uchun taomnomangizga A vitaminini o’z ichiga olgan qo’shimcha ovqatlar kiritishingiz kerak. Masalan, jigar, tuxum, sariyog’, baliq yog’i, sut. Shuningdek sabzi, qovoq, bulg’or qalampiri va boshqa to’q sariq rangdagi meva va sabzavotlarni iste’mol qilishingiz mumkin. Ular tarkibida beta-karotin moddasi mavjud bo’lib, u organizmda A vitaminiga aylanadi.

B guruhi vitaminlari

Sochlarning go’zalligi va sog’lomligi uchun bu vitamin eng muhim qismdir. Ko’p miqdorda yormalar va don tarkibida mavjud bo’lgan vitamin B1 yoki tiamin sochlarga jilov bag’ishlaydi va ularning o’sishiga yordam beradi.

B2 follikulalarga qonning faol oqishini ta’minlaydi va hujayralar orasida modda almashinuvi jarayonlarni me’yorlashtiradi. Uning yetishmovchiligi tufayli soch ildizlar juda yog’li bo’lib, uchlari esa, aksincha, juda quruq bo’ladi. Riboflavin sut mahsulotlari, tuxum va jigarda ko’p miqdorda mavjud.

Nikotin kislotasi yoki vitamin B3 (PP) sochlarning tez o’sishi va ularning pigmentatsiyasi (rangi) uchun javob beradi. Organizm uni yetarli miqdorda qabul qilsa, sochlar porloq bo’ladi va ko’z oldida o’sa boshlaydi. Nikotinik kislota zahiralarini to’ldirish uchun javdar non, lavalgi, grechka, go’sht mahsulotlari (jigar, buyraklar), shuningdek ananas va mango iste’mol qilishingiz kerak.

Sochlarga, boshqa a’zolarga kabi, kislorod kerak. Buning uchun Vitamin B5 yoki pantotenik kislota javob beradi. U soch ilidiz ichiga to’g’ridan-to’g’ri kirib, ildizlarini mustahkam qiladi va soch to’kilishini oldini oladi. B5 ko’p miqdorda o’rmon yong’og’i, yashil bargli sabzavotlar, gulkaram, sarimsoq, grechka va suli yormalari, tuxum sarig’ida mavjud.

Agar bosh terisi quruq bo’lsa, doimiy qichisa va qazg’oqlansa, organizmga piridoksin — B6 vitamini yetishmayotgan bo’ladi. Agar ko’proq banan, baliq, tovuq va yong’oq iste’mol qilsangiz, vaziyatni o’zgartirishingiz mumkin.

Biotin (B7) ning sochga ta’siri afsonaviydir. U soch to’kilishi va qazg’oqqa qarshi kurashda yordam beradi. Biotin sut, yong’oq, so’ya va bananlarda ko’p miqdorda mavjud.

Foliy kislotasi (B9 vitamini) yangi hujayralar sintezini faollashtiradi, shu bilan birga sochlarning to’kilishini kamaytiradi va ularning o’sishini rag’batlantiradi. Bundan tashqari, B9 vitamini yetishmovchiligi sochlarning erta oqarishiga olib keladi deb hisoblashadi. Foliy kislotasini me’yorlashtirish uchun ko’proq ismaloq, karam va yong’oq iste’mol qiling, na’matakli choy iching.

B12 (sianokobalamin, «qizil vitamin») butun organizmga va ayniqsa soch uchun eng muhim vitaminlardan biridir. U hujayralarning yangilanishiga yordam beradi, shu tufayli sochlar tezda o’sib chiqadi, chiroyli va ipakdek ko’rinadi. U ko’p turdagi oziq-ovqatlarda, ayniqsa hayvonot manbalarida serob: tuxum, pishloq, tvorog, jigar, dengiz mahsulotlari.

Vitaminlar va ularning hususiyatlari Soch o’sishini tezlashtiradi Ildizlarini mustahkamlaydi va to’kilishini oldini oladi Jilov va yorqinlik bag’sh etadi Mo’rt va gullagan sochlarni tiklaydi Qazg’oq bilan kurashadi
В1 (tiamin) + + +
В2 (riboflavin) + +
В3 (РР, yoki nikotin kislota) + +
В5 (pantoten kislota) +
В6 (piridoksin) + +
В7 (Н, yoki biotin) + +
В9 (foliy kislotasi) + + +
В12 (sianokobalamin) + + +

E vitamini

Bu vitamin kuchli immunomodulyator va antioksidant bo’lib, organizmning himoya to’siqlarini kuchaytiradi. Bundan tashqari, qon aylanishini yaxshilaydi va hujayralardagi regenerativ jarayonlarni rag’batlantiradi.

E vitaminining tanqisligi sochlar jilvasining yo’qolishi, o’sishining sekinligi, sochlar tuzilishining yomonlashuvida aks etadi. Bundan tashqari, E vitamini sochni ultrabinafsha nurning salbiy ta’siridan himoya qiladi va sochlarning oqarishi jarayonini sekinlashtiradi. Uning yetishmasligi bilan sochlar xira va jonsiz ko’rinadi.

E vitamini o’simlik moyi, yong’oq, urug’lar, ko’katlar, dukkaklilar, brokkoli va ismaloqlarda ko’p miqdorda mavjud.

Vitamin C

Askorbin kislota inson ratsionidagi asosiy moddalardan biridir. Vitamin C biriktiruvchi va suyak to’qimalarining normal ishlashi uchun, immunitetni qo’llab turish uchun talab qilinadi.

C vitamini yetishmasligi teri, tirnoq va sochning holatiga ta’sir qiladi. Bunday holatda sochlar zaif bo’lib, to’kila boshlaydi va deyarli o’smaydi. Agarda sitrus mevalari, rezavor mevalar, kivi va olma ko’proq iste’mol qilsangiz, vaziyatni yaxshilashingiz mumkin.

Vitaminlarni to’g’ri qo’llash

Ommaviy tushunishda vitaminlar mutlaqo foyda keltiradi degan tushuncha mavjud. Agar siz ularni o’lchovsiz va aniq maqsadsiz qabul qilaversangiz, ular ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa, dorivor vitamin-mineral komplekslar.

Dorixonalarda sochlar uchun vitaminlar tanlovi juda keng. Odatda bu komplekslar, shuningdek, vitaminlarga qo’shimcha ravishda, sochlar uchun zarur bo’lgan oqsillarni (keratin, kollagen) va mikroelementlarini (o’sishini rag’batlantirish uchun magniy, jilavkorligi uchun rux va boshqalar) o’z ichiga oladi.

Bu albatta yaxshi. Ammo bunday vitamin kompleksni sizga trixologiyaga ixtisoslashgan shifokor tayinlasa undan ham yaxshiroqdir.

Bundan tashqari, hozirgi vaqtda sochlar uchun vitaminlarni tashqi qo’llash ham juda mashhur. Ko’pgina qizlar ularni ampulalarda sotib olib, o’zlarini shampunlariga qo’shib, turli niqoblar qilishadi, masalan soch to’kilishga qarshi niqoblar.
Biroq, bu yerda siz bilishingiz kerak bo’lgan ayrim nozik tomonlari bor.

  1. U yoki bu vitamin bilan niqob tayyorlashdan oldin, unga allergiyangiz yo’qligini aniqlang. Misol uchun, sochlarning to’kilishini oldini olish uchun aloe va nikotinik kislotasidan «zararsiz» niqob tayyorlasangiz, kontakt dermatit tufayli siz teskari ta’sir olishingiz mumkin — sochlar ko’proq to’kila boshlaydi.
  2. Vitaminlarning biokimyoviy ta’sirini o’rganing. Masalan, B6 va B12 ni B1 bilan bir niqobda birlashtirish kerak emas, chunki tiamin va askorbin kislota ularning ta’sirini bartaraf qiladi. A vitaminini esa zaytun yoki chakamug’ moyi bilan aralashtirish tavsiya etiladi, chunki tabiatiga ko’ra bu vitamin yog’da eriydi.
  3. Bir vaqtning o’zida sochlar bilan bo’g’liq barcha muammolaridan qutulishga urinmang. Soch uchun vitaminli niqoblar kurslar bo’yicha olib boriladi va darhol ta’sir qilmaydi. Misol uchun, dastavval B guruhi vitaminlari bilan sochlarni mustahkamlashga harakat qiling, biroz tanaffus qiling va E vitamini bilan niqob kurslarini qo’llang.

Xulosa qilib aytganda soch follikulalarining normal faoliyati uchun vitaminlar kerak. Ular sochlarning oziqlanish, nafas olish va o’sishi biokimyoviy jarayonlarini faollashtiradi (mikroelementlar bilan birga). Eng asosiysi, bizning sochlarimiz A vitaminiga, B vitaminiga, E va C vitaminlariga muhtoj. Ularning yetishmovchiligini vitamin komplekslarini qabul qilish yoki sochni parvarishlashda ampulalarda vitaminlar qo’shib to’ldirish mumkin. Odatda vitamin muvozanatini barqarorlashtirish uchun ovqatlanishga biroz o’zgartirishlar kiritish yetarli bo’ladi.

Reklama

Ushbu mazvuda 1 ta fikr qoldirilgan

  1. JUDA YAXSHI FACTLAR EKAN MENGA NAFAQAT MENGA BOSHQA YURTDOSHLARIMIZGA HAM KERAKLI FACT BOLA OLADI DEGAN UMIDDAMAN

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.