Til oqarishi yoxud oq karash hosil bo’lishi — sabablari, davolash usullari

Ko’pchilik erta tongda tilning ustida oq karash mavjudligini payqagan bo’lsa kerak. Uni yo’q qilish uchun ba’zi tish cho’tkalarining orqa tomoni maxsus plastinkalar bilan jihozlangan. Ushbu karash hech qanday noqulaylik tug’dirmaydi, hidsiz bo’ladi va osongina bartaraf qilinadi. Ammo u qalinlashsa, kremsimon quyuqlikda bo’lsa va yoqimsiz hidga ega bo’lsa, bu ko’plab kasalliklar, jumladan, oshqozon-ichak trakti kasalliklari alomati bo’lishi mumkin.

Til oqarishi

Tilning holati — oshqozon-ichak traktining holati aksi

Til, aniqrog’i uning tashqi ko’rinishi mutaxassisga oshqozon-ichak trakti qanday qilib faoliyat ko’rsatayotgani haqida ma’lumot berishi mumkin. Agar kishi sog’lom bo’lsa, til xira pushti rang va mayin, bir tekis bo’yalgangan sirtga ega bo’ladi.

Har bir kishi tibbiy ko’rikdan o’tish chog’ida shifokorlar tilni ko’rsatishni so’rashi bilan tanish. Bunda shifokor tilning hajmiga e’tibor beradi va uning yuzasida shish va tish izlarining mavjudligini tekshiradi.

Shunday qilib, shifokor milk shilliq qavatining yallig’lanishini (gingivit, stomatit, miksidema) va akromegaliya — gormonal muvozanatning buzilishini aniqlay oladi. Til sirtining quruqligi o’tkir yuqumli kasalliklar natijasida yuzaga kelishi ham mumkin: gripp, ich terlama yoki sepsis. Shuningdek, uni tinimsiz qusish, diareya, peritonit yoki poliuriya keltirib chiqarishga qodir.

Yuzaki so’rg’ichsimon qatlamning holati va tilning rangi shuningdek ichki kasalliklar alomati sifatida xizmat qiladi, bunda quyidagi kasalliklardan shubha qilinadi:

Ammo shifokorlar til oqarishiga — uning butun yuzasi yoki ma’lum qismlari oq yoki biroz sarg’ish, zich bo’lgan karash bilan qoplanganligiga alohida e’tibor berishadi — bu oshqozon-ichak traktida mumkin bo’lgan ko’plab kasalliklarga ishora qiladi.

Til oqarishi sabablari

Sog’lom odamlarda ertalab uyg’onganda tilda oq karash hosil bo’lishi — bu o’lgan epiteliy va vaqtincha harakatsiz bo’lgan bakteriyalar to’planmasi va ularning hayotiy faoliyati natijasi hisoblanadi. Uyg’oq holatda ular doimiy ravishda so’lak bilan yuvilib turiladi.

Bu foydali va patogen bakteriyalar har bir organizmda mavjud va ular ko’plab jarayonlarda qatnashadi.

Bunday turdagi tildagi karashni to’qimalarga zarar yetkazmaslikka harakat qilib, aylana harakatlar bilan tozalash kerak. Biroq, karash shakllanishining boshqa, jiddiyroq sabablari ham bor.

  • Uning qalinligi oshishi yoki biroz kulrang tusga kirishi immunitetning pasayishidan dalolat beradi, bu holda patogen bakteriyalar soni ortadi.
  • Karash tilning uchida yoki faqat chetlarida konsentratsiyalangan bo’lsa, nafas olish tizimining faoliyatiga e’tibor berish kerak. Ba’zan bunday holat chekuvchilarda ham kuzatiladi.
  • Tilning ildizida yoki uning asosi yonlarida alohida-alohida joylashgan oq karashlar paydo bo’lisa, bu rivojlanayotgan buyrak kasalliklaridan gapirishi mumkin.
  • Zamburug’li kasalliklar, xususan, kandidoz yoki molochnitsa karashning tvorogsimon bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Anginada esa butun til usti bo’ylab oqarish aniqlanadi, bunda isitma kuzatiladi, bodomsimon bezlar kattalashadi va yutinishda qiyinchiliklar seziladi.
  • Ertalab karashda tish izlari aniqlanadigan bo’lsa, bu ichaklarda oziq-ovqatning yomon hazm bo’lishi belgisi bo’lishi mumkin.
  • Tilning o’rta qismida zich oq rangli karash to’planib qolsa va unda yorilishlar aniqlansa, gastrit xavfi mavjud.

Ba’zi hollarda kishi mustaqil ravishda o’z taomnomasiga o’zgartirish kiritib, muammoni hal qilishi mumkin, lekin gastroenterologga murojaat qilish va uning tavsiyalariga amal qilish yaxshiroqdir.

Tildagi oq karashni yo’qotish

Tongda hech qanday hidsiz bo’lgan karashni shunchaki maxsus cho’tka yordamida tozalab tashlash mumkin. Biroq salomatlik buzilishining oqibati hisoblanadigan uning holati o’zgarishini inkor etib bo’lmaydi. Bu holda uning birlamchi sababini bartaraf etish kerak.

Til oqarishida birinchi murojaat qilish kerak bo’lgan shifokor — terapevt sanaladi. U tegishli ko’riklardan so’ng sizga to’g’ri yo’llanma beradi.

Muammo o’z vaqtida aniqlansa, ayniqsa chaqaloqlarda va bolalarda, uni davolash ancha osonroq bo’ladi.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.