Zamburug’li kasalliklar — tasnifi, alomatlari, tashxislash, davolash va oldini olish

Zamburug’li kasalliklar (mikozlar) — bu organizmning patologik holati bo’lib, inson va hayvon terisi va shilliq qavatlarida parazitlik qiluvchi mikroorganizmlarning (zamburug’larning) hayotiy faoliyati ta’sirida yuzaga keladi.

Zamburug' kasalliklari

Zamburug’li kasallik turlari

Tibbiyotda zamburug’li kasalliklarning tasnifi mavjud. Shunday qilib, bir nechta patologiya turi ajratiladi:

  • Keratomikoz (turli rangli lishay, cherepitsasimon mikoz, piedra);
  • Dermatofitiyalar (trixofitiya, mikrosporiya, favus, chov qatlamlarining epidermofitiyasi, oyoq mikozi);
  • Kandidozlar (yuzaki, teri va shilliq qavatlarga tarqaladi; generallashgan, Janubiy Amerikacha, Busse-Bushke, Djilkrayst kandidozi, keloid blastomikoz);
  • Chuqur (xromomikoz, sporomikoz, gistoplazmoz, koksidioz, mitsetoma);
  • Psevdomikozlar (eritrazma, aktinomikoz).

Biroq, dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida zamburug’li kasalliklarni patologik jarayonning lokalizatsiyasi bo’yicha tasniflash qabul qilingan, unga ko’ra:

  • Tinea pedis — oyoq mikozi;
  • Tinea corporis — tananing silliq terisi mikozi;
  • Tinea cruris — chov mikozi;
  • Tinea capitis — boshning sochli qismi mikozi;
  • Tinea unguim — onxiomikoz (tirnoq zamburug’i);
  • Tinea manum — bilak mikozi;
  • Tinea barbae — yuz mikozi.

Zamburug’li kasallik sabablari

Ko’pincha ipli tuzilmalar yoki dermatomitsetalar (trixofiton, mikrosporon, axorion) kuzatiladi. Zamburug’larning ikkinchi guruhi — Kandida avlodiga mansub achitqi zamburug’lari. Kasallik manbalari kasallangan hayvonlar yoki odamlar hisoblanadi.

Infektsiyalanish inson yoki hayvon tanasining nuqsonli qismi bilan yaqin kontakt qilish, shuningdek, bemorning ifloslangan buyumlari bilan aloqada bo’lish orqali sodir bo’ladi.

Zamburug’lar tashqi muhitda juda barqaror bo’lgan sporalar bilan ko’payganligi sababli ular kundalik buyumlarga, epidermis yoki shilliq qavatlarning boshqa joylariga tushadi va ularda uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. Go’zallik salonlari, sartaroshxonalar, basseynlar, hammomlar, manikyur salonlariga tashrif buyurish paytida zamburug’li kasalliklar bilan kasallanish xavfi mavjud. Ortqicha terlash (gipergidroz), immunitetning pasayishi, terida shilinish va yoriqlar mavjudligida, avitaminozlar va shaxsiy gigiena choralariga rioya qilmaslik bilan bog’liq patologiya paydo bo’lishi hollari mavjud.

Alomatlari

Odatda, barcha zamburug’li kasalliklar terining yengil va sezilmaydigan qipiqlanishidan boshlanadi. Biroq, har bir turi ma’lum bir alomatlar bilan tavsiflanadi:

  • Keratomikoz — bu epidermisga ta’sir etadi, yallig’lanishni keltirib chiqarmaydi, shikastlangan dermatomalarning qipiqlanishi, pigmentatsiyaning o’zgarishi xarakterlidir. Shikastlanish o’choqlari turli o’lcham va shakllarga ega.
  • Dermatofitiyalar — bunda epidermis va uning ortiqalari jalb etiladi, yallig’lanish jarayoni rivojlanishi ehtimoli mavjud. Oyoq, sochlar, chov qatlamlari haddan tashqari qipiqlanish yoki qizarish bilan tavsiflanadi, yoriqlar, namlanish shakllanadi. O’choqli alopetsiya, tirnoqlarning rangi va qalinligi o’zgarishi kuzatiladi.
  • Kandidozlar — oq rangli o’choqlar paydo bo’ladi, ularning ostida qizarishlar aniqlanadi. Og’riq yoki qichishish bilan birga kechishi mumkin.
  • Chuqur mikozlar — bu terining, ichki a’zolarning tizimli, massiv shikastlanishi bo’lib, zamburug’larning organizm bo’ylab disseminatsiyali tarqalishi bilan birga kechadi. Kechishi tabiati o’tkir yoki surunkali bo’lishi mumkin.

Agar bunday belgilar mavjud bo’lsa, dermatologga murojaat qilish zarur.

Zamburug’li kasalliklarni tashxislash

Tashxis mikroskopik va madaniy ekish tadqiqot usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Mikroskopik tashxis quyidagi choralarni o’z ichiga oladi:

Bemordan tekshirish uchun soch, terini tangachalari yoki tirnoq qirindisi olinadi. Shuningdek, mitseliyning sporalari, gaz pufakchalari, yirik zamburug’ fragmentlari ham qayd qilinadi. Madaniy usul shikastlanishga sabab bo’lgan mitseliy turini aniqlash imkonini beradi. U zamburug’larni oziqa muhitida o’stirish va ularning o’sishi xarakteri va hosil bo’lgan kolonniyani baholashdan iborat.

Zamburug’li kasalliklarni davolash

Patologiyalarni davolash va tegishli kompleks terapiyani tayinlash bilan shifokor-dermatolog shug’ullanadi. Terapiyada turli xil farmokologik shakllar qo’llaniladi: tabletkalar, malhamlar, kremlar, kukunlar, aerozollar va ularning kombinatsiyasi, masalan, bir vaqtning o’zida tabletka ichish va malhamlarni surtish.

Immunoterapiya — organizmning himoya xususiyatlarini (immunitetini) rag’batlantirish va vitaminli terapiya ortiqchalik qilmaydi. Tizimli zamburug’larga qarshi vositalardan itrakonazol, flukonazol, terbinafin gidroxlorid, ketokonazol ajratiladi. Mitseliydan qutulish uchun 60%li giposulfit natriy eritmasi, so’ngra 6%li xlorid kislotasi eritmasi bilan artish belgilanishi mumkin. Boshning sochli qismi shikastlanganda, ketokonazol asosli shampunlar buyuriladi.

Kandidozni davolashda: antibakterial dorilarni qabul qilishni to’xtatish, tizimli antifungal terapiya, zamburug’larga qarshi dori vositalari, malhamlar (lamizil, klotrimazol) va kremlarni va ichak mikroflorasini tiklash uchun preparatlarmi (probiotiklar) qo’llash ko’rsatiladi.

Oldini olish

Zamburug’li kasalliklarni oldini olish uchun oddiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish: kishi o’z tarog’i, oyoq kiyimlaridan foydalanishi kerak. Mushuk, it, sigir, ot kabi hayvonlar bilan yaqin kontakda bo’lgandan keyin qo’llarni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 1 ta baho berilgan
Загрузка...
yuklanmoqda...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *