Gemorroy — kelib chiqish sabablari, belgilari va davolash usullari

Gemorroy  (bavosil) — anal teshigi venalari kasalligi bo’lib, gemorroidal tugunlar kattalashadi, pastga siljiydi yoki tashqariga  chiqib qoladi, shuningdek, tromboz hosil bo’lib, qon ketishi kuzatiladi. Gemorroy davosi mavjud kasallikdir, shuning uchun havotirga hojat yo’q.

Gemorroy kasalligi haqida ma'lumotlar - rasmda vanna qilayotgan bemor va kasallik alomatlari

Gemorroyning kelib chiqishi sabablari

Kasallikka moyillik nasldan-naslga berilishi mumkin, lekin bunday holatda ham keltirib chiqaruvchi omillar ta’sirisiz kasallik o’zini namoyon qilmaydi. Bavosilni keltirib chiqaruvchi omillarga:

  • O’troq ish
  • Kamharakat turmush tarzi
  • Tez-tez ichak faoliyatining buzilishi
  • Noto’g’ri ovqatlanish

Gemorroy alomatlari va belgilari

Gemorroy orqa chiqarish teshigida biroz qichishish bilan boshlanadi, lekin bu alomatga ko’p kishilar e’tibor bermaydi va qichishish asta-sekin kuchayib boradi. Gemorroyda tugunlar orqa chiqarish teshigi ichida (ichki — bemorga ko’rinmaydi) va tashqi bo’ladi. Ba’zi hollarda bemorda bir vaqtning o’zida ham tashqi, ham ichki gemorroy kuzatilishi mumkin.

Rivojlanish bosqichlari

  • 1-bosqichda orqa chiqarish teshigida gemorroy tugunlarini sezish mumkin, ular qonashi mumkin, ko’p hollarda og’rimaydi
  • 2-bosqichda tugunlar hojat chiqarish vaqtida tashqariga chiqishi kuzatiladi, lekin biroz vaqtdan keyin o’z joyiga qaytadi.
  • 3-bosqichda bavosil tugunlari har qanday zo’riqishli jismoniy harakat vaqtida tushadi va tugunlar endi o’zi joyiga qaytmaydi, qo’llar yordamida joyiga tushiriladi
  • 4-bosqichda bavosil tugunlari doimo orqa chiqarish teshigidan chiqib turadi va joyiga qaytmaydi, ko’pincha qon ketishi mumkin, tromboz rivojlanadi.Tugunlar shikastlanishi, og’riq, orqa chiqarish teshigida shish chaqirishi mumkin, bunday hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Tashxislash

Tashxis qo’yish uchun malakali shifokorga palpatsiya (qo’l yordamida tekshirish) qilish yetarli, lekin ba’zi hollarda anaskopiya yoki rektoskopiya buyurilishi mumkin.

Gemorroyni boshqa xavfli kasalliklar bilan adashtirmaslik kerak. Axlatida qon uchrashi masalan, nafaqat gemorroy alomati, balki ichak o’smalari (rak) alomati bo’lishi mumkin. Gemorroy kasalligi haqida tashxisni faqat shifokor qo’yishi mumkin.

To'gri ichakning ichki tuzilishi - gemorroy kasalligida anus yaqinidagi venalar kengayishi va bavosil tugunlari kattalashishi kuzatiladi

Gemorroyni davolash

Gemorroyni dastlabki bosqichlarida (birinchi va ikkinchi) konservativ davolashadi: defakatsiya (hojat chiqarish) tartibga solinadi, najasning zichlik darajasi normal bo’lishi ta’minlanadi, dietaga amal qilinadi, ko’proq lavlagi, sabzi, anjir, o’rik, o’tlar, zig’ir, bug’doy kepagi, agiolaks, fayberlaks kabilar buyuriladi. Bemorlar ko’proq meva va sabzavot sharbatlari, shu jumladan, suyuqliklar ichishi kerak. Gemorroyni erta bosqichlarida gimnastika mashqlari, hammomlar, og’riq qoldiruvchi shamlar yordam beradi.

Kasallikni davolash asosini flebotrop preparatlar tashkil qiladi. Ular mahalliy venalarni tonusini oshirish va kavernoz organlarda qon oqimi va aylanishini normallashtiradi.

Keyingi bosqichlarida jarrohlik amalga oshiriladi. Bu bosqichlarda gemorroydan faqat jarrohlikdan keyingina to’liq qutulish imkoni bo’ladi.

Gemorroyni xalq tabobati yoramida davolash

Kasallikni bunday yo’l bilan davolashni yordamchi usul sifatida qo’llasa bo’ladi, lekin ular asosiy davolash o’rnini bosa olmaydi. Xalq tabobati vositalari bavosil belgilarini yengillashtirishi mumkin, lekin kasallikning sababi yo’qotilmaydi va ular tarkibidagi faol moddalar farmakologik preparatlarga qaraganda ancha kam bo’ladi. Ha, bu vositalar juda erta bosqichlarida foyda berishi mumkin, lekin biroz vaqt o’tgach, kasallik yana qaytalanishi mumkin.

Gemorroyni uy sharoitida davolash uchun xalq tabobati

Dastavval bemor gemorroy borligiga ishonch hosil qilishi kerak. Shuning uchun birinchi navbatda proktologga murojaat qilishi talab etiladi.

Shamlar:

  1. Og’riq va yallig’lanishda xom kartoshkadan qilingan sham yordam beradi. Shamni o’tkir burchaklarsiz holda, barmoq hajmida qilish kerak. Lozim bo’lsa kungaboqar yog’i bilan yog’lanishi mumkin. Sham bilan kun davomida yurish mumkin, harakatga halaqit bermaydi va defakatsiya vaqtida o’zi chiqib ketadi. Bu avj olgan kasallik belgilarini susaytirishda yordam beradi, lekin jarayon 10 kun davomida amalga oshirilishi lozim. Zarur bo’lsa, 1-2 oydan keyin davolashni takrorlang.
  2. Muzdan shamlar ham gemorroyni alomatlarini oldini olishda yordam beradi. Tibbiy qo’lqopining barmoq qismiga suv to’ldiring va muzlatgichga qo’ying, so’ng shamdan erib ketguniga qadar foydalaning. Ikki oydan keyin og’riq va qonash bezovta qilishi to’xtatiladi.

Gemorroyga qarshi uy sharoitida malham tayyorlash

Og’riq qoldiruvchi malham:

  • Xom lavlagi yoki sabzi qirg’ichdan o’tkaziladi
  • Chetan mevasi ezilib qo’shiladi
  • 4 qism sariyog ‘yoki vazelin bilan aralashtiriladi
  • Doka yordamida kerakli joyga qo’yiladi

Yallig’lanishga qarshi malham:

  • 1 qism asal mumiga 4 qism kungaboqar yog’i va biroz ezilgan piyoz qo’shiladi
  • Tashqi qo’llanilish uchun foydalaniladi

Klizma tayyorlash

  • 4 osh qoshiq shuvoq o’simligini 1 litr suvda 6-7 daqiqa davomida qaynatiladi. Keyin 5-6 soat tindirishga qo’yilib, har kech shu yordamida lavlagi sharbati bilan galma-gal klizma qilinadi. Bu klizma shishni oldini olishda yaxshi samara beradi.
  • Xom kartoshka maydalab 1 osh qoshiq sharbati va 50 ml suvni aralashtirib ignasiz shprits yordamida klizma qilinadi. Klizma og’riq qoldiruvchi sifatida va yallig’lanishga qarshi samarali hisoblanadi.

Qabul qilish uchun vositalar

  • Har kuni 0,5 stakan hom karoshka sharbatini iste’mol qilish
  • 4:2 nisbatda sabzi va ismaloq sharbatlari aralashmasi ovqatdan oldin 2-3 osh qoshiqdan ichish
  • Qovun sharbati ham ich qotishga qarshi yaxshi samara beradi
  • Xalq tabobati qon ketishini oldini olish uchun tuzlangan karamni me’yorida qabul qilishni tavsiya etadi

Dunyo xalqlari tabobati

  • Sibir tabiblari har qanday gemorroyni zuluklar yordamida davolashgan. Zuluk qonga to’ygach o’zi tushib ketadi, gemorroy esa qurib yo’qoladi. Shifokor bilan maslahatlashgan holda qo’llash tavsiya etiladi.
  • Rus tabiblari piyoz po’stlogidan gemorroyga qarshi foydalanishgan. Tog’oraga piyoz po’stlog’i solinib ustidan qaynoq suv solinadi, biroz sovigach, bavosil vanna qilinadi va toki suv sovigancha o’tiriladi.
    Gemorroyni uy sharoitida davolash→

Yodda tuting! Tashxisni va davolash kursini proktolog shifokor buyurishi kerak, noto’g’ri tutilgan ish vaziyatni yomonlashtirishi mumkin.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 4 ta baho berilgan
Загрузка...
Matnda xatolik aniqladingizmi? Uni ajratib, Ctrl+Enter tugmasini bosing.
Загрузка...

Ushbu mazvuda 6 ta fikr qoldirilgan

  1. Salom. Menda ichki gemaroy 3 yilcha bo’ldi boshlanganiga, xozir 3- bosqich adashmasam xojatga borganimda qon ketyabdi shishlar chiqib qolyabdi birqancha xalq tabobatidan foydalanib ko’rdim nafi yo’q. Yaqinda krem [hidden] bilan tanishdim bu kremni foydasi bormi yoki faqat operatsiya qilish kerakmi iltimos yordamilarni ayamang.

    1. Har qanday krem yoki boshqa vositalarni mustaqil qo’llash tavsiya etilmaydi, avval shifokorga uchrashing, operatsiya o’tkazish masalasi ham ko’rikdan keyin ko’rib chiqiladi. Xalq tabobati davolanish davomida alomatlarni yengillashtirish va tuzalishni tezlashtirish uchun ishlatiladi, asosiy terapiya sifatida yaxshi samara bermaydi.

  2. Salom. Mening orqa chiqarish teshigimda ba‘zi oq tugunlarini borligini sezdim, ular qonamaydi, ba‘zi hollarda qichishadi. Nima ular gemaroyning boshlanish sabablarimi? Agar shunday qanaqa doktor tekshiradi.

    1. Ehtimol gemorroy bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ideal variantda proktolog shifokorga murojaat qilish kerak, lekin barcha shifoxonalarda bu soha vakillari bo’lmasligi inobatga olinsa, terapevt yoki jarrohga uchrashish ham mumkin.

    1. Yo’q, operatsiya anesteziya ostida amalga oshiriladi va bemor umuman og’riq sezmaydi, garchi tortilish sifatida biroz noqulayliklar his etilishi mumkin. Operatsiyadan keyin 2 haftagacha bog’lamni almashtirish uchun kasalxonaga qatnab turish kerak bo’ladi. 3-4 haftaga borib ishga chiqish mumkin. Operatsiya joyi tezroq tuzalishi uchun malhamlar, shamchalar va vannalar talab etilishi mumkin. Shifokor operatsiyadan keyin barafsil ko’rsatma beradi.

Izoh qoldirish

E-mail manzilingiz oshkor etilmaydi. To'ldirish majburiy bo'lgan maydonlar * bilan belgilangan

yuklanmoqda...