Yuzni oqartirish: usullari, sirlari, uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar, maslahatlar

Har bir ayol sutdek oppoq, chinnidek toza, har bir hujayrasi o’zidan nur taratadigan yuz terisiga ega bo’lishni orzu qiladi. Ayol yuzining nuri beixtiyor kishini qarashga majbur qiladi va atrofdagilarni go’zalligi va yoshligi bilan havasini keltiradi. Va bunda uning yoshi nechida ekanligi ahamiyatga ega emas — 16 yoshmi yoki 70 yosh.

Yuzni qorrayishdan himoyalovchi vosita surtish

Ideal teriga ega parvarishlangan ayol har qanday yoshda ham go’zal ko’rinadi. Ammo umr yillari, noto’g’ri hayot tarzi, stress, ekologiya yoki yorqin quyosh teriga o’z ta’sirini o’tkazgan bo’lsa nima qilish kerak?

Yuz terisi quyoshda kuygan, sepkil bilan qoplangan yoki tuproqli tus olgan bo’lsa-chi? Go’zallik salonlariga tashrif buyurish uchun ortiqcha vaqt yoki mablag’ bo’lmasa, yuzni oqartirish uchun nima qilish kerak?

Ishonchingiz komil bo’lsin: yuz bilan bog’liq muammolarni hal qilsa bo’ladi, eng asosiysi, sizda o’zingizni o’zgartirish istagi mavjudligi. Teri qoraygan bo’lsa, oldingi holatiga qaytarish har bir uyda mavjud oddiy vositalardan foydalaning. Biroq, buning uchun uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar haqida suhbatni boshlashdan olidn, e’tiborni boshqa narsaga qarataylik.

Qachon yuzni mustaqil oqartirish man etiladi?

Teri, lakmus qog’ozi kabi, tananing holatini ko’rsatadi. Har qanday to’satdan paydo bo’lgan pigmentatsiya shifokorlarga murojaat qilish uchun arzigulik sababidir. Peshonadagi kichik to’q-jigarrang dog’ jigar bilan bog’liq muammolarni ko’rsatishi mumkin. Yuzda notekis qirrali katta pigmentli dog’lar — jiddiy gormonal nuqsonlar haqida dalolat beradi.

Yuzning tuproq rangda bo’lishi shifokorga OIV, bazedov kasalligi, onkologiya, sepsis mavjudligini ko’rsatishi mumkin. Yashilroq tusda bo’lishi — tsiroz, buyrak kasalligi, shishlar haqida so’zlaydi. Teri qoplamining qizarishi — rosatsea, tuberkulyoz, eritrotsitoz, allergiya va boshqa ko’plab kasalliklar alomati bo’lishi mumkin. Esingizda saqlang: dastlabki bosqichda teri saratoni ham pigmentli dog’ kabi ko’rinadi.

Bunday holatlarda yuzingizni oqartirishga harakat qilsangiz, siz kerakli natijaga erisha olmaysiz, qimmatbaho vaqtingizni yo’qotasiz va kasallik aniqlanishini kechga qoldirasiz, salomatlik esa bu vaqtda yomonlashib boraveradi.

Agar quyidagilar mavjud bo’lsa, yuzin oqartirish uchun usullarni qo’llash tavsiya etilmaydi:

  • Bitmagan yaralar yoki choklar;
  • Yallig’lanish jarayonlari;
  • Melanoma, keratoz va boshqa teri kasalliklari.

Agar yaqinda salon muolajalaridan o’tgan bo’lsangiz yoki teringiz suvsizlangan va juda nozik bo’lsa, pigmentli dog’tindirmalarni oqartirishga shoshilmang.

Agar teringiz sog’lom bo’lsa va siz yuzni oqartirishni sirlarini izlayotgan bo’lsangiz, sepkillar rangini ochroq qilishni xohlasangiz, unda bemalol quyidagi sodda tartiblarga amal qiling.

Yuzni oqartirish uchun uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar

Qo’shimcha xarajatlarsiz yuzni qanday oqartirish mumkinligini bilmaydiganlar uchun biz samaradorligi sinovdan o’tgan bir nechta oddiy retseptlar tayyorladik.

yuzni oqartirish va tiniqlashtirish

Sizga yordamga keladi:

  • Kashnich (petrushka) va istalgan sitrus sharbati. Bu pigmentli dog’tindirmalarni yo’qotish va terini mikroelementlar bilan to’yintirishga yordam beradi. Biroz miqdorda sharbat siqib oling, unda matoni namlang, so’ngra 20 daqiqa davomida yuzda qoldiring;
  • Rezavorlar pyuresi. Ideal variant — qulupnay va bodrezakli (kalina). Smorodinadan foydalanishingiz ham mumkin. Agar teringiz sezgir bo’lsa, u holda smorodina pyuresini suv bilan aralashtirganingiz ma’qul. Niqob tayyorlash uchun mevalarni ezib, biroz namlangan dokaga yoying, niqobni yuzga qo’ying. 15-20 daqiqadan keyin niqobni yuvib tashlang. Ta’sirni kuchaytirish uchun rezavor pyurega oz miqdorda asal qo’shing;
  • Bodringdan pyure. Ushbu oqartiruvchi va oziqlantiruvchi vositani boshqa mahsulotlar bilan aralashtirish lozim emas. Bodringni qirg’ichdan chiqaring va tayyor massani darhol yuzingizga surting va 25 daqiqaga qoldiring. Bunday vosita terini oqartibgina qolmay, balki uni juda yaxshi namlantiradi;
  • Oq gil (loy). Gil kukunini suv bilan aralashtiring va yuz terisiga ingichka qilib surting. Niqob yuzda qancha uzoq tursa, shunchga yaxshi natijaga erishish mumkin. Gil qurib qolguncha kutib turing, keyin iliq suv bilan yuvib tashlang;
  • Xantal. Bu retsept hamma uchun ham mos kelavermaydi. Yuzni oqartirish uchun xantalni qo’llashdan oldin, niqob ta’sirini bilak terisida tekshirib ko’ring. Xantal kukunini suv bilan qaymoqdek quyuqlikda bo’lgunicha aralashtiring. Bilak terisiga surting, achishish his qilguninggizgacha ushlab turing. Keyin issiq suv bilan yuvib tashlang. Agar niqobdan keyin ta’sirlanish alomatlari bo’lmasa, yuzga qo’llash mumkin;
  • Kefir. Ushbu mahsulot pigmentli dog’lardan xalos bo’lishga yordam beradi. Agar unga kashnich sharbatini qo’shsangiz, unda natijalar kutganingizdan ham oshib tushadi.

Niqoblarni dog’lar yo’qolmaguniga qadar muntazam ravishda qo’llang. Bu jarayon vaqt talab etadi. Bu tezda natijalarga erishishni yoqtiradiganlarga mos kelmaydi va ular yuz terisini oqartirishning boshqa usullarni izlashadi.

Soda, vodorod peroksidi (perekis) va limondan tayyorlangan yuzni oqartirish uchun niqoblarini ishlatishni maslahat beramiz. Faqatgina bitta shart: bu moddalar terining hujayralariga nisbatan juda agressivdir, shuning uchun ularni juda quruq va nozik teriga qo’llash tavsiya etilmaydi.

Shuningdek o’qing: Ajinlarga qarshi uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar

Vodorod peroksidi bilan

Peroksidli vosita tezda tayyorlanadi. Bir osh qoshiq vodorod peroksidini bir necha tomchi nashatir spirti va xo’jalik sovuni bilan aralashtiring. Mustahkam ko’pik paydo bo’lmaguncha ushbu masalliqlarni aralashtiring. Teri ustiga qalin qatlam qilib surting. Ushbu vositani haftada uch marta qo’llang, bundan ko’p emas, aks holda teri noziklashib qoladi.

Shuningdek vodorod peroksidini quyidagi masalliqlar bilan aralashtirish mumkin:

  • Xamirturush. Bir qoshiq quruq xamirturushni shuncha miqdordagi perekis bilan aralashtirib, aralashmani teriga surting va 15 daqiqa davomida ushlab turing;
  • Tvorog. 1 ta tuxum sarig’i, 1 qoshiq yog’li tvorog, 2-3 tomchi periksni aralashtiring, teriga surting, 15 daqiqa ushlab turing, keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Ushbu retsept yuzni oppoq qilishga yordam beradi.

Quruq yuz terisi sohiblari bu niqobni haftada 1 marotaba, normal va yog’li yuz terisi sohiblari esa haftasiga 2 marotaba qo’llashlari mumkin.

Muhim: perekis sochlarni rangsizlantiradi, shuning uchun niqoni qoshlar atrofiga qo’llashda ehtiyot bo’ling.

Iste’mol sodasi bilan

Har qanday xonadon oshxonasida topiladigan yana bir juda samarali yuzni oqartiruvchi vosita — iste’mol sodasidir.

Oddiy retseptlar:

  • Tabiiy asal va sodali niqob. Bir osh qoshiq asal va qaymoqni bir chimdim soda bilan aralashtiring va aralashmani yuzga surting, 10 daqiqa ushlab turing, so’ng iliq suv bilan yuvib tashlang va terini namlantiring;
  • Yallig’lanishga qarshi aralashma. 1 choy qoshiq iste’mol sodasi, 2 osh qoshiq kartoshka kraxmali yoki suli uni (suli yormasini ezib tayyorlash mumkin) olib, quyuqroq massa hosil bo’lguncha suv bilan aralashtiring, yaxshiroq ta’sirga ega bo’lish uchun bir necha tomchi choy daraxti moyidan qo’shing. Yuzning muammoli sohalariga surting;
  • Soda va peroksid aralashmasi. Faqatgina muammoli sohalarni oqartirish uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu super samarali niqobni tayyorlash uchun 2 choy qoshiq soda va 1 choy qoshiq peroksidni aralashtiring. 5-7 daqiqa ushlab turing, so’ng ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlang.

Esingizda bo’lsin: soda skrab sifatida ham ishlatilishi mumkin. Buning uchun shunchaki sodani biroz suv bilan namlantirib, yuzga surting va yuzning massaj chiziqlari bo’ylab ishqalang. Yuzni oqartirish va tiniqlashtirish uchun suv o’rniga apelsin sharbatini qo’shing.

Yuzni limon bilan oqartirish

Ushbu sitrus sharbati nafaqat sepkillarga qarshi ta’sir ko’rsatadi, balki turli xil toshmalar va pigmentli dog’tindirmalarni yo’qotish uchun ham yaxshi yordam beradi.

Yuzingizni limon bilan oqartirish uchun quyidagilardan foydalaning:

  • Meva sharbati bilan namlangan paxta bolishchalari. Ular bilan yuzni arting;
  • Limon-olma-glitserinli niqobi. Birinchi marta tayyorlashda bir necha tomchi limon sharbati, yarim qoshiq olma sharbati va bir qoshiq glitserin oling. Keyingi muolajalar uchun limon sharbati miqdori yarim qoshiqqa yetkazilishi kerak. Bu terini nordon muhitga o’rganishiga yordam beradi va terining ta’sirlanishini oldini oladi.

Sodali muolajalarni haftada bir martadan ko’p qo’llash mumkin emas. Niqob va skrublar uchun vaqt — 10 daqiqadan oshmasligi darkor.

Reklama

Ushbu mazvuda 1 ta fikr qoldirilgan

  1. Tayyor kremlar bor. O’shalardan foydalangan yaxshi emasmi? Niqoblardan men bilgan eng yaxshisi bodring suvini surtish. Rostdan ham foydasini sezganman. Lekin tayyor vositalar baribir yaxshiroq deb bilaman (kimyoviy vositalar dushmanlariga salom=))

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.