Tirnoqlarda oq dog’ va chiziqlar paydo bo’lishi sabablari, ularni oldini olish

Tirnoqlarda oq dog’lar va chiziqlar muammosini o’rganishga kirishganda, buning yagona sabab yo’qligi va bo’lishi ham mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin. Tirnoqdagi oq dog’lar hech bo’lmaganda bir marta, ehtimol, har bir kishida paydo bo’lgan, lekin ularning hammasida ham vitamin yetishmasligi yoki tirnoq zamburug’lari kuzatilmagan.

Tirnoqda oq dog'lar paydo bo'lishi

Bunda faqat turmush tarzini va tananing holatini tahlil qilish va bu har bir holatda tirnoqlardagi oq chiziqlarning sababi nimadanligi taxmin qilish mumkin.

Savolga tibbiyot nuqtai nazardan yondashilsa, tirnoqdagi oq ranglar «Leykonixiya» deb ataladi, u chin va soxta turlarga bo’linadi. Chin leykonixiya — tirnoq matriksining buzilishi belgisidir. Ammo bunday holatlar juda kam kuzatiladi.

Tirnoqda oq chiziq va dog’lar paydo bo’lishi sabablari

Ko’pincha tirnoqlarda oq nuqtalar onxioblastlarning yetilishi buzilishi natijasida paydo bo’ladi, bunda ular tinimsiz bo’linadi va tirnoq plastinkasining qalinligiga va uzunligiga o’sishini ta’minlaydi. Ushbu jarayonning buzilishiga bir nechta omillar olib kelishi mumkin:

  • Tirnoq ustidagi oq chiziqlar (odatda gorizontal) qat’iy muvozanatlanmagan parhezga rioya qiladiganlarda kuzatiladi. Bunday holatda organizmga nafaqat kaloriya, balki aminokislotalar, vitaminlar va minerallar ham yetishmaydi;
  • Tirnoqlarda oq nuqta hosil bo’lishi sababi nafaqat vitamin va mikroelementlarning yetishmasligi, balki ularning mos kelmasligi ham bo’lishi mumkin. So’nggi paytlarda adabiyotlarda ba’zi bir vitaminlar muayyan makro- va mikroelementlar bilan birgalikda yaxshi so’rilmasligi haqidagi maqolalar tez-tez uchramoqda. Bunday mos kelmaslik hatto eng mashhur vitamin-mineral komplekslarida ham kuzatiladi. Shu sababli, aniq ko’rsatma olish uchun sog’lig’ingiz holatini tahlil qilib, siz uchun mos bo’lgan BFQni tavsiya qiladigan shifokor bilan maslahatlashish kerak;
  • Tirnoqlarda oq chiziqlar mavjudligi oshqozon-ichak traktining noto’g’ri ishlashidan bo’lishi ham mumkin. Natijada, oziq-ovqatning ba’zi qismi so’rilmaydi va oqibatda tirnoqlarning sog’lom o’sishi uchun zarur bo’lgan A, C, E vitaminlari, B guruh vitaminlari, makro- va mikroelementlar (temir, yod, kremniy, selen, oltingugurt, kaltsiy, rux) yetishmasligi kuzatiladi. Shuni inobatga olish kerakki, ularning ortiqchaligi ham organizmdagi nosozliklarga olib kelishi mumkin;
  • Stresslar, nevrozlar, depressiya va shok holatlari ham salomatlik holatiga va o’z navbatida tirnoq plastinkasining ko’rinishiga ham salbiy ta’sir qiladi. Tirnoqlardagi oq nuqta bilan organizm bizni chegaraviy holat haqida ogohlantiradi, u e’tiborga olinmasa, keyinchalik yanada jiddiyroq buzilishlar yuzaga kelishi mumkin;
  • Oq rangli dog’lar ko’pincha tirnoq plastinkasiga mexanik shikast yetishida, noprofessional manikyur, kutikulani tez-tez «ildiz ostigacha» kesish va hokazolar natijasida paydo bo’ladi.

Tanamiz superkompyuterga o’xshaydi. U tug’ilganidan mukammal sozlangan bo’ladi. Ko’pincha biz o’zimiz uni muvozanatdan chiqaramiz. Agar sizning tirnog’ingizda 1-2 ta oq nuqta bo’lsa, bu siz e’tiboringizni ovqatlanishingiz, qanchalik harakat qilayotganingiz, uxlayotganingiz va yetarli miqdorda suyuqlik ichishingizga yo’naltirishingiz kerakligini anglatuvchi birinchi signaldir.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.