Onanizm yoki masturbatsiya — sog’likka ta’siri, zararlari, tarqalganligi, undan qutulish haqida

Masturbatsiya (lot. manu — «qo’l» + turbare, turbatus — «to’lqinlantirish, bezovta qilish, qo’zg’atish»), onanizm — individning jinsiy ehtiyojini o’z jinsiy a’zolari yoki erogen sohalarini ta’sirlash orqali qondirishi, jinsiy aloqasiz orgazm — shahvoniy lazzatga erishishdir. Ko’pincha masturbatsiyada jinsiy ehtiyoj qo’l orqali qondiriladi. Masturbatsiyaning boshqa nomi — onanizm — Bibiliyaning qismi bo’lmish Qadimgi Ahd personaji Onan ismidan olingan, xalq orasida «kapaki» deb nomlanishi ham uchraydi.

Onanizm nima, onanizm haqida ma'lumo

Masturbatsiya va jamiyat

Jamiyatda masturbatsiyaga nisbatan munosabat bir xil emas edi va shundayligicha qolmoqda. Masturbatsiya hayvonlar orasida ham kuzatilishi va turli xil inson jamiyatlarida qilingaligi bois, uni butun insoniyat tarixida mavjud bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Jamiyatning rivojlanib borishi, biologik jihatdan jinsiy yetilish va ijtimoiy jihatdan jinsiy aloqaga kirishish orasidagi vaqt oralig’ining oshib borishi sayin onanzim bilan shug’ullanish keng tarqala boshladi. Shu bilan birga, turli madaniyatlarda masturbatsiyaga bo’lgan qarash turlicha edi.

Butun dunyo bo’ylab insonning masturbatsiyasini tasvirlaydigan tarixiy, toshga chizilgan tasvirlar topilgan. Miloddan avvalgi IV-III mingyilliklarda Mesopotamiyada shumerlarda masturbatsiya (ham o’zi, ham hamroh bilan) jinsiy quvvatni oshirishning keng tarqalgan usuli edi. Bir vaqtlar Misr fir’avnlaridan Nilga marosimli masturbatsiya qilishi talab etilardi. Miloddan avvalgi to’rtinchi mingyillikka tegishli bo’lgan, Malta orolidagi ibodatxonadan topilgan loydan yasalgan haykalchada masturbatsiyalovchi ayol tasvirlangan. Biroq, qadimgi dunyo uchun erkaklar masturbatsiyasi tasvirlari ko’proq xos bo’lgan.

Qadimgi Yunoniston va Rimda masturbatsiya tabiiy lazzatlanish usullaridan biri sifatida qabul qilingan. Yunonlar masturbatsiyani jinsiy lazzatlanish shakllarini o’rnini bosuvchi deb hisoblashgan va unda vayronkor jinsiy qoniqmaslikni oldini oluvchi klapanni ko’rishgan. Masturbatsiya uchun ko’p turdagi qurilmalar ixtiro qilingan va ishlab chiqarilgan bo’lib, ularning asosiysi olisbos — yog’och, charm, loy kabi materiallardan tayyorlangan sun’iy jinsiy olatdir. Yunon san’ati va adabiyotida ayol masturbatsiyasiga ham e’tibor qaratilgan.

Aksincha, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda sperma hayotiy kuchning manbai va uni saqlovchi idish degan tushuncha tarqalgan bo’lgan, shu sababli onanizm haqida salbiy fikr mavjud bo’lgan va erkak onanizmi va keyingi maniy (urug’) yo’qotilishi tanqid qilingan, chunki ortqicha urug’ to’kilishi ko’plab kasalliklar rivojlanishiga olib keladi deb taxmin qilingan.

Xuddi shunday fikrlar musulmon madaniyatida ham mavjud edi. Ibn Sino haddan tashqari ko’p urug’ ajralishini ham, urug’ning ushlanib qolishini ham zararli deb hisoblagan va onanizmni odatiy jinsiy aloqadan ko’ra kamroq zararli hodisa sifatida baholagan.

Bunday tasavvurlar o’sha davrlarda urug’ limfadan hosil bo’lishi, limfa esa o’z navbatida bosh miya tomonidan ishlab chiqarilishi haqidagi noto’g’ri tushunchalar mavjudligi bilan bog’liq edi. Shunday qilib, ortiqcha sperma chiqishi miyani charchatishi va jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga, jumladan ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblangan.

O’rta asrlardagi nasroniylikda jinsiy aloqa bilan bog’liq bo’lmagan har qanday eyakulyatsiya gunoh hisoblangan, shu jumladan urug’ni «sun’iy» ravishda chiqarish va pollyutsiya (uyquda ixtiyorsiz eyakulyatsiya) ham. XVIII asrda Onanizm so’zi dastlab yevropa mamlakatlarida broshyuralar va ilmiy ishlarda qo’llanila boshlandi, masalan 1760-yil Lozannalik shifokor Tissoning L’Onanisme ishida. Tisso masturbatsiyaning tibbiy tadqiqotlari kashshofi edi va o’sha vaqtlarda tibbiyotda hukmron bo’lgan tasavvurlardan kelib chiqib onanizmning zararini asosladi. U impotentsiya, ko’rlik, ruhiy va jismoniy holdan toyishni ortiqcha urug’ to’kilishi bilan bog’ladi. Ixtiyorsiz pollyutsiyalar ham kasallik deb tan olinardi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’sha yillarda masturbatsiyaning zararsizligiga oid ishlar ham chop etilgan bo’lsa-da (xususan J. Xunter (1786) ishi), puritan madaniyati qabul qilingan jamiyatda Volter va Immanuil Kant kabi «yetakchilar» qo’llab-quvvatlagan Tisso nazariyasi tan olingandi.

XIX asrda onanizmning zarari tushunchasi tibbiyotda ham, jamiyatda ham umumiy qabul qilingan edi. Shifokorlar (jumladan, seksologiya kashshoflari) jinsiy ehtiyojni qo’l bilan qondirish jinsiy deviatsiya va axloqiy og’ishlarning shakllanishiga, shuningdek, ruhiy kasalliklarga olib keladi deb hisoblashardi. Ota-onalar zararli masturbator hodisalarga yo’l qo’ymaslik uchun bolalarini jiddiy nazorat ostiga ola boshladilar. Onanizmni «davolash» va oldini olish uchun turli usullar qo’llanilgan. O’g’il bolalar qo’llarini shimi cho’ntagiga solganida jinsiy a’zolariga tega olmaydigan qilib tikish tavsiya etilardi; maktab partalari shunday yasalardiki, o’quvchilar mashg’ulotlar vaqtida oyoqlarini bir-birini ustiga chiqarib o’tirishga qodir bo’lmasdi, qizlarga esa velosipedda uchish taqiqlanardi, chunki bu harakatlar ayollar onanizmiga juda o’xshash deb hisoblangan. Onanizm bilan shug’ullanishni davom ettirgan bolalar va o’smirlar «aqli zaif» degan tamg’a olishgan. Onanizmga qarshi maxsus «dorilar» taklif etilgan, bu taomnomadan go’shtni chiqarib tashlashli parhezdan boshlanib, doimiy ravishda erektsiya va qo’lning jinsiy a’zo bilan aloqa qilishiga yo’l qo’ymaydigan maxsus asboblar taqish bilan tugagan. Bundan tashqari, onanizmni «davolash» uchun kastratsiya, eletroshok, klitor va uretrani qizigan temir bilan kuydirish kabi darajagacha borilgan.

Keyinchalik bu usullar psixologik ta’sir o’tkazish bilan almashtirildi: onanizmga berilgan o’smirlar qulog’iga bu odat ko’rlik, kaftda tuk o’sishi, olatning tushib qolishiga olib kelishi quyilgandi. Zamonaviy tibbiyot tomonidan onanizmning hech qanday ziyoni yo’qligi tasdiqlanganligiga qaramasdan, jamiyatda bu noto’g’ri fikrlar keng tarqalganligicha qolmoqda, bu onanizm bilan shug’ullanadigan o’smirlarda aybdorlik hissini keltirib chiqaradi va ularning nevrotizatsiyasiga olib keladi.

Shu bilan birga, XVIII-XIX asrlarda masturbatsiya ayollarda taxminiy kasallik holati — isteriyani (yunoncha ὑστέρα — » bachadon «) davolash usuli sifatida ishlatilgan. Buning uchun zamonaviy vibrator prototiplari va platsebo ta’siri hisobiga shifobaxsh deb hisoblangan jinsiy a’zolarni kremlar bilan uqalash qo’llanilgan.

Masturbatsiyaga bo’lgan munosabat faqatgina XX asrning boshlarida o’zgara boshladi. 1897-yilda Genri Xavelok Ellis o’zining «Jinsiy munosabatlar psixologiyasini o’rganish» (ingl. Studies in the Psychology of Sex) nomli kitobida o’sha davrlarda onanizm bilan shug’ullangan mashhurlarni keltirib o’tib, Tissoning fikrlarini shubha ostiga qo’ydi va yangi o’tkazilgan tadqiqotlar asosida masturbatsiya Tisso keltirib o’tgan kasalliklarga sabab bo’lishi mumkinligi haqidagi tushunchalarni inkor etdi. «Biz shunday fikrga keldikki, — deb yozadi Ellis, — me’yoriy masturbatsiya yaxshi kelib chiqishli sog’lom odamlarda salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatadigan ahamiyatli oqibatlar chaqirmaydi». Genri Xavelok Ellisning xizmatlari masturbatsiya bilan shug’ullanishni turlarga ajratishda edi, unga ko’ra:

  • ahamiyatli noxush oqibatlarga olib kelmaydigan me’yoriy (o’rtacha)
  • organizm uchun ziyon ekanligi aniq bo’lgan me’yordan ortiqcha (ko’p).

Zigmund Freyd har bir bola turli xil autoerotik jinsiy stimulyatsiyalarni sinab ko’radi va autoerotizm va ruhiy kasalliklarning har qanday shakllari o’rtasida hech qanday bog’liqlik yo’q deb hisoblagan. U masturbatsiya va shahvoniy istakni nazorat qilish qobiliyati pasayishining boshqa shakllari bu kabi buzilshlarning sababi emas, balki ularning alomati sifatida qaralishi mumkin degan.

Keyinchalik o’tkazilgan ijtimoiy va seksologik tadqiqotlar onanizmning keng tarqalganligi (quyida keltirilgan) va me’yorda onanizm bilan shug’ullanishning ahamiyatli salbiy oqibatlari yo’qligini tasdiqladi.

Masturbatsiyaga diniy qarashlar

Dunyoning ko’plab dinlari bu mashg’ulotga tulicha munosabat bildiradi. Buddizmda masturbatsiya noto’g’ri deb qaraladi. Xristian dinida, jumladan, katolik va pravoslavlarda ham masturbatsiya bilan shug’ullanish gunoh hisoblanadi.

Islom dinida ko’plab ulamolar bu mashg’ulotni nojoiz deb hisoblashadi va shahvoniy fikrlar qiynaganda, ro’za tutishni tavsiya etishadi. Ba’zi hadislarda ham bu mashg’ulot taqiqlanganligi keltirilgan.

Onanizmning salomatlikka ta’siri

Zamonaviy tibbiyot nuqtai nazaridan, masturbatsiya na yoshlar, na kattalar (jinsiy jihatdan yetuk insonlar) organizmiga na biologik, na ijtimoiy jihatdan zarar yetkazmaydi deb hisoblanadi. O’smirlarning o’zini-o’zi qondirishi jinsiy aloqada bo’lishiga to’sqinlik qilmasligi, kelajakdagi jinsiy hayotga ta’sir etmasligi, jinsiy deviatsiya (parafiliya) shakllanishi bilan bog’liq emasligi aniqlandi, ammo masturbator fantaziyalarining stereotiplari inson ongida o’rnashib qolishi va jinsiy hamroh va jinsiy lazzatlanish usullarini tanlashda beriladigan afzalliklarga ta’sir qilishi mumkinligi ham qayd qilinadi.

Masturbator faollikning namoyon bo’lishi insonning bolaligidan boshlab butun hayoti davomida qayd qilinadi. Kichkintoyning qoniqishi uchun birinchi psixoseksual mexanizm bu ko’krakni emish bo’ladi. Keyinchalik, mushaklar faoliyati va asab tizimining rivojlanishi bilan, bola jinsiy a’zolarni qo’zg’atish, ya’ni onanizm orqali qoniqish ola boshlaydi.

7 oylikdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalarda masturbatsiya holatlari qayd qilingan, odatda bunday harakatlar jinsiy a’zolarni turli predmetlarga ishqalash shaklida bo’lgan. Bolalikda masturbatysiya tibbiyot nuqtai nazaridan jinsiy sotsializatsiyaning normal bosqichi hisoblanadi; undan keyingi davrda bu xotiralar ongga ko’chadi va jinsiylik rivojlanishga ta’sir o’tkazadi. Ushbu bosqichda masturbatsiyaga haddan ortiqcha intilish odatda bolaning yaqinlari bilan jismoniy va emotsional aloqasi yetishmasligining belgisi sifatida xizmat qiladi.

Ko’pgina psixiatrlarning fikriga ko’ra, onanizm ruhiy tushkunlikni, stressni yengillashtirishi va o’ziga bo’lgan bahoni oshirishga yordam berishi mumkin. Masturbatsiya juftlarning jinsiy ehtiyojlari o’rtasida muvozanatsizlik mavjud bo’lganda munosabatlarni uyg’unlashtiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi, bu esa tomonlarning jinsiy kuchlanishini yengillashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, jinsiy aloqa vaqtida masturbatsiya hamrohning talablarini yaxshiroq tushunishga, uning erogen zonalari joylashuvi nuqtalari va stimulyatsiya usullarini aniqlashga imkon beradi.

2003-yilda Graham Giles boshchiligidagi Avstraliyalik tadqiqotchilar guruhi tez-tez masturbatsiya qilish erkaklarda prostata bezi saratoni rivojlanishini oldini olishga qodir va bu ayollar bilan tez-tez jinsiy aloqa qilishdan ko’ra xavfsizroq degan xulosaga kelishdi. Boshqa tadqiqotlar bu xulosani shubha ostiga qo’yib, ijobiy ta’sir yoshga va masturbatsiyalar soniga sezilarli darajada bog’liq bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi: masalan, 20 dan 40 yoshgacha bo’lgan erkaklar haftasiga 2-7 marta onanizm bilan shug’ullanganda, prostata saratoni rivojlanish xavfi aksincha ko’proq bo’lgan; Boshqa tomondan, haftasiga bir marta masturbatsiya qilish 50 yoshdan oshgan erkaklarda saraton rivojlanish xavfini kamaytirishi kuzatilgan.

1997-yilda olib borilgan bir tekshiruv hatto jinsiy faollik yurak ishemik kasalligi va miokard infarktiga sabab bo’lishi mumkinligiga qaramasdan, yurak koronar kasalligi tufayli o’lim va orgazm chastotasi o’rtasida teskari bog’liqlik mavjudligini ko’rsatdi.

Jinsiy faollik (xususan onanizm) stressli holatlarda qon bosimiga ta’sir qilishi mumkin: yaqinda jinsiy aloqa yoki masturbatsiya qilgan odamlarda stressli vaziyatda qon bosimi boshqa nazorat guruhidagi odamlar qon bosimiga nisbatan kamroq ko’tarilishi aniqlangan; bunda jinsiy aloqada bo’lganlikka nisbatan masturbatsiya kamroq qon bosimni ushlab turuvchi ta’sir bergan.

Masturbatsiyada urug’lantirish sodir bo’lmasa ham (agar erkak spermasining ayol qini bilan aloqasi bo’lmasa), spermaning qinga kirganidan so’ng 1 dan 45 daqiqa oralig’ida ayolning orgazmga erishishi urug’lantirish ehtimolini oshiradi; shuning uchun jinsiy aloqadan keyin masturbatsiya qilish homilador bo’lish ehtimolini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, masturbatsiya davomida ayollarda servikal shilliqning kislotaligi oshishi va bachadon bo’ynining tozalanishi sodir bo’lishi mumkin, bu esa servikal infektsiyaning oldini olishga yordam beradi.

Erkaklarda masturbatsiya jinsiy yo’llardan harakatchanligi past bo’lgan spermani chiqarib tashlanishiga yordam beradi. Keyingi eyakulyat tarkibida yangiroq spermatozoidlar bo’ladi, bu ham urug’lantirish ehtimolini oshirishi mumkin.

Ba’zan, masturbatsiya paytida, jinsiy aloqa mobaynida bo’lgani kabi, odamlar ortiqcha sa’y-harakatlar va yordamchi vositalarni noto’g’ri ishlatilishi tufayli o’zlariga zarar yetkazishi mumkin (masalan, erkaklarda jinsiy olatning sinishi yoki ayollarda shilliq qavatga mexanik shikast yetishi).

Orgazmdan keyingi bir necha soat yoki kunlarda holsizlikka olib keladigan noyob sindrom mavjud, u POIS ( ingl. postorgasmic illness syndrome) deb ataladi.

Obsessiv masturbatsiya

Ba’zida masturbatsiya akti yetarlicha tez-tez bajarilishi, masturbatsiyaning o’zi esa odatga aylanib qoladigan holatlar kuzatiladi. Masturbatsiyaga obsessiv intilish ruhiy kasalliklar mavjudligining belgisi bo’lishi mumkin, lekin ko’pincha bunday onanizm zerikish yoki stressni yo’qotishning bir usuli hisoblanadi. Bunday hollarda onanizmdan qutulishning ko’proq samarali usuli uning o’zi bilan emas, balki zerikish yoki stressning sabablari bilan kurashishdir. Bunda o’z-o’zidan tez-tez masturbatsiya qilish fiziologik, aqliy yoki hissiy jihatdan zarar yetkazmaydi.

Fanda odamda jinsiy qaramlik shakllanishi ehtimoli masalasi ochiqligicha qolmoqda. Ba’zi hollarda jinsiy faoliyatga bo’lgan qiziqish insonning kundalik faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi yoki uni xavfli vaziyatga tushirishi mumkin (masalan, noqonuniy yoki destruktiv jinsiy aloqa amaliyotlari). Tez-tez va obsessiv masturbatsiya jinsiy qaramlikning belgisi bo’lishi mumkin.

Bolalar va o’smirlar (kattalar) onanizmi

Ko’pgina tadqiqotlar va so’rovlar (jumladan, internetdagi) ikki turdagi masturbatsiyani farqlash mumkinligini ko’rsatdi:

Bolalar (o’smirlikkacha) masturbatsiyasi

Bolalar onanizmi erta yoshda boshlanadi. Masalan, Strong va hammualliflari «Human Sexuality: Diversity in Contemporary America» kitobida ba’zida juda yosh qizlar ritmik, ba’zan kuch bilan tanalarini harakatga keltirishlari va aniq orgazm sezishlarini qayd etgan. Italiyan ginekologlar Giorgio Giorgio va Marko Sitsardi ultratovush yordamida orgazmgacha masturbatsiya qilgan qiz homilani kuzatishgan.

Bunday masturbatsiya jinsiy qiziqish bilan bog’liq emas. Ushbu davr mobaynida masturbatsiya asosan stress va boshqa psixofizik va hissiy bezovtalik holatlarida ijobiy his-tuyg’ular olish uchun adaptiv-kompensator mexanizm sanaladi. O’z-o’zidan bola masturbatsiyasi yomon narsa yoki zararli emas.

Onanizmning adaptiv-kompensator xususiyati quyidagilar uchun xizmat qilishi tufayli namoyon bo’ladi:

  • Bevosita zavqlanish manbai;
  • Emtisonal va jismoniy stressni bartaraf etish usuli;
  • Autogipnoz tabiatga ega;
  • Tinchlanishga yordam beradi;
  • Autostiumulyatsiyalovchi psixotexnik uslub bo’lib, bo’shashish, og’riqni yengillashtirish, juda kuchli qo’zg’atuvchilardan to’silish usuli hisoblanadi.

O’smirlar (kattalar) masturbatsiyasi

Jinsiy yetilish boshlanishi (pubertat) bilan bog’liq masturbatsiya 10-15 yoshda paydo bo’ladi.

2004 yilda Toronto shahridagi «Nau» jurnali o’z xohishiga ko’ra ishtirok etgan soni noma’lum bo’lgan ayol respondentlardan jinsiy talablari so’rovini o’tkazdi. Natijalar ayollarning 55 foizi 10 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan yoshda masturbatsiya qilishni boshlaganliklarini ko’rsatdi. Ko’pincha masturbatsiya qilish bundan ham oldin boshlangan: 18% ayollar 10 yoshligida, 6% ayollar esa olti yoshga yetganida.

Masturbatsiyaning tarqalganligi

Turli davlatlarda va ijtimoiy guruhlarda masturbatsiya tarqalganligining ko’plab xususiy baholashlari mavjud. Masalan, seksolog Alfred Kinsi hisobotining klassik ma’lumotlariga ko’ra, erkaklarning 93 foizi va ayollarning 62 foizi qachondir masturbatsiya qilgan. Boshqa izlanishlar shunga o’xshash ko’rsatkichlarni ko’rsatmoqda: yosh va yetuk yoshdagi erkaklarning 80-90 foizi va ayollarning 60-70 foizi masturbatsiya qiladilar. Masalan, Buyuk Britaniyada tasodifiy tanlov asosida olib borilgan so’rov natijalariga ko’ra, erkaklarning 95% va ayollarning 71% ayollar o’z hayotlarining muayyan davrida masturbatsiya qilganligini aytishgan. 2008 yilda «Gossard» ayollar ichki kiyimi ishlab chiqaruvchisi tomonidan o’tkazilgan 1000 ta ingliz ayolining so’rovi yanada yuqoriroq natijalarni ko’rsatdi: 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan ayollarning 92 foizi masturbatsiya qilgan va ularning uchdan ikki qismi — haftasiga kamida uch marta.

XXI asrning boshlarida o’tkazilgan rus tadqiqotlariga ko’ra, onanizm bilan shug’ullanishni boshlash yoshi qizlar uchun 14 yosh, o’g’il bolalar uchun 13 yoshni tashkil etadi. Masturbatsiya yoshlarga ham, qariyalarga ham xosdir.

Masturbatsiya davomida erkak va ayollar umumiy sonining taxminan 3% i anusni qo’llar va boshqa narsalar bilan stimulyatsiyalashni qo’llaydi. Biseksual va gomoseksual fantaziyalar masturbatsiyalovchi qizlarning 20 foizi va yigitlarning 13,5 foizida bo’ladi va bunday shaxslar faqat geteroseksual fantaziyalari bo’lgan shaxslarga nisbatan ko’proq onanizm bilan shug’ullanadi.

Shuningdek, masturbatsiya qilish davriyligi yoshga bog’liq: ayollar yosh o’tishi bilan ko’proq masturbatsiya qilishadi, erkaklar esa kamroq. Masalan, yuqorida keltirilgan Toronto shahridagi «Nau» jurnalining tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, 17 yoshga to’lgandan keyin masturbatsiya qilish soni kamayadi.

Masturbatsiya qilish soniga erotik va pornografik filmlarni tomosha qilish ham ta’sir qilishi mumkin.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 2 ta baho berilgan
Загрузка...
yuklanmoqda...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *