Qizlik pardasi — qanday olinishi, bokiralik pardasi haqida ma’lumot, tiklash usullari

Qizlik pardasini olish tibbiyot tilida defloratsiya (lot. de «olib tashlash, bartaraf etish» + flos, floris «gul, yoshlik, bokiralik», qizlikni olish) deb ataladi. Qizlik pardasi birinchi jinsiy aloqada olinishi mumkin. Parda cho’ziladi va agar kiritilish qo’pol ravishda, tabiiy yoki sun’iy ishqalanishni kamaytiruvchi suyuqliklar kamligida amalga oshirilsa, pardada mikroyoriqlar paydo bo’ladi va u qonaydi, lekin uning o’zi o’zgarishsiz qoladi. Shuningdek yoriqlardan qochish ham mumkin, shunda birinchi jinsiy aloqa qon ketishsiz o’tadi. Qizlik pardasi olinishi ikki aspektdan (jihat, nuqati nazar) iborat: fiziologik va psixologik.

Qizlik pardasi haqida ma'lumot

Fizologik aspekt

Defloratsiya manbalari va mexanizmlari. Tasnif A. N. Samoylichenko bo’yicha tuzlgan.

Defloratsiya manbai Defloratsiya mexanizmi
1 Jinsiy aloqa qilish vaqtida Jinsiy olatni qinga kiritish
2 Boshqa harakatlarni amalga oshirishda Qinga qo’l barmoqlari, boshqa yot jismlarni kirishda
3 Tug’ruq davomida Homilaning tug’ruq yo’llaridan o’tishi
4 Tibbiy manipulyatsiyalarda Jarrohlik aralashuvlari, abort qilish, tibbiy asboblarni kiritish
5 Tasodifiy shikastlanishlarda Qichish, masturbatsiya davomida o’z barmoqlari bilan
6 Umumiy mexanik jarohatda Tos jarohati
7 Ba’zi holatlar va vaziyatlarda O’tkir yoki o’tmas predmetlarga tasodifan urilib ketish

Ba’zida qizlik pardasi tug’ma mavjud bo’lmasligi mumkin.
Qizlik pardasi mavjudligini tekshirish→

Bundan tashqari, sun’iy defloratsiya — qizlik pardasi jarrohlik yo’li bilan bemorning o’z xohishiga yoki tibbiy ko’rsatmalarga ko’ra olib tashlanishi mumkin. Qoida tariqasida, bunday operatsiya parda qinga kirishni butunlay yopib tursa va menstrual ajralmalar chiqishga to’sqinlik qilsa o’tkaziladi.

Bokiralik olinganda qon chiqishi

Qizlik pardasi yorilishi miqdori individual bo’ladi (ko’pincha bir yoki ikki marta, lekin undan ham ko’p bo’lishi mumkin). Odatda u pardaning rektal sohasida lokalizatsiyalanadi, ba’zan uretal sohada bo’lishi ham mumkin.

Defloratsiyada zaif yoki kuchli qon ketishi kuzatilishi mumkin. Qon miqdori qizlik pardasi tuzilishining individual xususiyatlariga bog’liq. Qizlik pardasi haqida ma’lumotlarga asoslansa, yupqa cho’ziluvchan pardaning yorilishi oz miqdorda qon chiqishi va zaif og’riq bilan kechadi, kamdan-kam hollarda qizlik pardasi tug’ma mavjud bo’lmasligi yoki noehtiyotkor masturbatsiya, ba’zi faol sport turlari bilan shug’ullanish natijasida yo’qotilgan bo’lishi mumkin, bunday holatda qon ketish va og’riq kuzatilmaydi.

Qalin yoki zich birikkan pardaning defloratsiyasi, qoida tariqasida, ko’p qon ketish (to 3-5 kungacha qon ajralishigacha) va kuchli og’riq sezish bilan kechadi. Qon ketishi va og’riq turli ayollarda kuchli, o’rtacha yoki umuman bo’lmasligi mumkin. 20-22 yoshda qizlik parda biriktiruvchi asosining o’zgarishi va elastik tolalarning kamayishi sabab, qiz 22 yoshdan o’tganida defloratsiya doimo ko’p qon ketish va kuchliroq og’riq bilan kechadi. Shunday qilib, morfofunktsional nuqati nazardan, defloratsiya uchun eng mos keladigan davr 15-19 yosh oralig’i hisoblanadi.

Deflorastsiyadan keyin birinchi 2-3 kunda pardani o’rganish bo’yicha manipulyatsiyalar natijasida yoriq chetlari ochilib, qonashi mumkin. Bu muddatda jinsiy aloqa qilish ham shunday natijalarga olib keladi.

Qizlik pardasini olish haqida

Bu jarayonda psixologik omil ta’sirini e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Qiz bokiraligidan mahrum bo’lish uchun ma’naviy jihatdan tayyor bo’lishi va juftiga to’liq ishonishi kerak. Jismoniy jihatdan, defloratsiya bilan kechadigan jinsiy aloqa oddiy jinsiy aloqadan ko’p farq qilmaydi. Yagona farq, yuqorida aytilganidek, birinchi marta og’riq sezilishi va qon ketishi kuzatilishi mumkin. Shu sababli, qon va og’riqni kamaytirish uchun, qizlik pardasi qanday olinishini bilish kerak. Bunda juda ehtiyotkor va bokira qizga maksimal ravishda muloyim munosabtda bo’lish kerak.

Defloratsiyani to’g’ri o’tkazish qoidalari

Dastavval, xonada kerakli atmosferani yaratishga harakat qilish kerak, buning uchun sokin romantik musiqa, yarim yorug’ yoritish, katta o’lchamdagi yotoq, umuman muhit yengil bo’lishi kerak. Defloratsiyani o’tkazishdan oldin, qiz yetarli darajada ehtiroslangan bo’lishi kerak, chunki buning natijasida qin devorlari namlanadi. Namlanish qancha ko’p bo’lsa, kiritilish shuncha oson bo’ladi va og’riq kam seziladi. Buning uchun erkalash, mayin harakatlarni amalga oshirish, ehtirosini kuchaytirish uchun ba’zi amallar qilish kerak.

Shundan so’ng to’g’ridan-to’g’ri jinsiy aloqa harakatiga o’tish mumkin. Tibbiy hodimlarning fikriga ko’ra, birinchi jinsiy aloqa uchun eng yaxshi holat — missionerlik deb atalmish poza hisoblanadi. Qizning tosi ostiga kichik yostiq qo’yish yaxshi, eng muhimi shundaki, har ikkala juft ham o’zini qulay his qilsin. Asta-sekin, tez harkatlarsiz olat boshini ichkarida to’siq sezilmagunicha qinga kiritishni boshlash kerak. Bu vaqt davomida qizni ehtiroslantirishdan to’xtamaslik kerak, u ilji boricha bo’shashgan bo’lishi zarur. So’ng bir ishonchli, ammo kuchli bo’lmagan zarb bilan bu to’siqni yengib o’tishga harakat amalga oshiriladi.

Ko’pchilik hollarda qizlik pardasini yorish uchun noodatiy urinishlar kerak bo’lmaydi. Parda yorilganidan keyin, bir-ikki daqiqaga to’xtash kerak. Qiz bu holatga o’rgansin, agar og’riq sezilgan bo’lsa, u qolishini kutish kerak. Bu lahzada ehtirosli amallarni to’xtatmaslik kerak, chunki ko’pincha defloratsiya vaqtida ehtiros keskin kamayib ketadi, uni tiklashga harakat qilish, shundan so’ng davom etish kerak.

Yodda tuting, qizlikni olish jarayoni shoshilish uchun noo’rin sanaladi. Defloratsiya vaqtida shoshish esa og’riqni yanada kuchli bo’lishiga olib keladi, natijada barcha urinishlar puchga chiqadi.

Defloratsiyaning ijtimoiy ahamiyati

Bokiralikni yo’qotish, birinchi jinsiy tajriba sifatida muhim hayotiy hodisa sanaladi. Bokiralikni yo’qotish shaxsiy va madaniy qabul qilishga bog’liq holda rivojlanishning muhim bosqichi sifatida qabul qilinishi mumkin. Tarixiy shunday bo’lganki, bu jarayon gender rollarga kuchli ta’sir o’tkazgan. Shunday qilib, bu erkaklar uchun g’urur, ayollar uchun esa uyat bilan tenglashtirilgan. Lekin so’nggi yillarda bu ta’sir ahamiyatsiz bo’lib bormoqda.

Qizlik pardasini tiklash

Ba’zi manbalarda qizlik pardasini regenerativ qayta tiklanishi ko’rinishidagi tabiiy qayta refloratsiya jarayonlari keltirib o’tilgan bo’lsada, hozigi kunda uni plastik jarrohlik yordamida gimenoplastika o’tkazish orqali qayta tiklash mumkin.
Gimenoplastika haqida batafsil ma’lumot→

Reklama

Ushbu mazvuda 9 ta fikr qoldirilgan

  1. Kichishi orqali oz barnoklari bn bokiralikni olsa uni kanday tiklaydi va nima kilsa boladi tasodifan

    1. Bunda ginekolog bilan maslahatlashib, vaziyat muammoli ekanligi aniqlansa, gimenoplastika qildirish mumkin.

      1. Gimnoplastika qay usulda amalga oshiriladi va u qancha muddatgacha saqlanib qoladi? Koproq tushuncha bersangiz !

        1. Maqolaning eng so’ngida gimenoplastika haqidagi sahifaga havola berilgan, o’sha bo’yicha o’tib ma’lumot olish mumkin.

  2. Qizbola qizligi butun bolsaham homilador boliwi mumkinmi?

    1. Erkak jinsiy hujayralari ayolning tashqi jinsiy a’zolariga tushganda, bunday ehtiyotkorsizlik natijasida homiladorlik sodir bo’lishi hollari qayd qilingan, shuning uchun, ha, mumkin.

  3. Katta va kichik uyatli lablarni kichikroq qilish mumkinmi

    1. Ha, buning yo’li plastik jarrohlik — labioplastika hisoblanadi.

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.