Jinsiy aloqada erta bo’shanish — sabablari, turlari, davolash usullari, oldini olish

Olimlarning ta’kidlashicha, sayyoramizdagi erkaklarning uchdan bir qismi jinsiy aloqada erta bo’shanish bilan duch keladi. Va, ehtimol, bu yakuniy ma’lumotlar emas — ko’pchilik kuchli jinsiy vakillar bunday muammolar haqida gapirishdan tortinishadi va ularni ovoza qilishmaydi. Erkak jinsiy aloqa paytida 25 ta harakatni amalga oshirishidan oldin urug’ otilishi sodir bo’lsa, bu jinsiy aloqada tez bo’shlnish deb hisoblanadi.

Jinsiy aloqada tez bo'shanish haqida ma'lumot

Vaqti bo’yicha bu o’rtacha 1-2 davom etadi. Biroq, bu ko’rsatkichlar yetarlicha shartli. O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, turli mamlakatlarda jinsiy aloqaning o’rtacha davmoiyligi farqlanadi. Masalan, AQShda bu qiymat 13 daqiqa, Germaniyada esa 7 daqiqaga teng. Kasalliklar Xalqaro Tasnifining 10-chi reviziyasiga ko’ra (KXT-10), erta bo’shalish deb, har ikkala juft ham emotsional va fiziologik qoniqishga erishguniga qadar shaxvat otilishi holatiga aytiladi.

Jinsiy aloqada erta bo’shalish turlari

  • Birlamchi: patologiyaning bu turi tug’ma hisoblanadi va eyakulyatsiya jarayoniga mas’ul bo’lgan markaziy asab tizimining faoliyatida muammolar mavjudligi tufayli kelib chiqadi. Bundan tashqari, erta bo’shanishning sababi ko’pincha tug’ruq paytida olingan jarohat yoki bachadon ichidaligida rivojlanish buzilishlari bo’lishi mumkin. Tibbiyotda bu kabi anomaliya kam uchraydi va u bilan bog’liq muammolar birinchi jinsiy tajribadayoq yuzaga keladi;
  • Ikkilamchi: buzilish salbiy atrof-muhit omillari ta’siri ostida rivojlanadi. Ko’pincha uning kelib chiqishi infektsion kasalliklar, jarohatlar va boshqalar tufayli bo’ladi.

Jinsiy aloqada erta bo’shalishning sabablari

1. Olat boshining yuqori sezuvchanligi. Gap shundaki, aynan shu qismda nerv oxirlari joylashgan bo’ladi. Agar u yerda retseptorlar juda ko’p bo’lsa, tashqi qo’zg’atuvchilarga noto’g’ri reaktsiya yuzaga keladi. Natijada, erta bo’shalish kuzatiladi.

Bundan tashqari, yuqori sezuvchanlik ko’pincha jinsiy olatining patologiyasi tufayli yuzaga keladi: fimoz yoki olat boshning va kertmakning yallig’lanishi. Yuqori sezuvchanlikda har bir jinsiy yaqinlik davomiyligi bir xil bo’ladi, istisnolik spirtli ichimliklar ta’siri ostida yoki maxsus vositalardan foydalangan holda o’tadiganlari. Bundan tashqari, olatning yuqori sezuvchanligidan kelib chiqadigan tez bo’shalishning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Birinchidan, prezervativ jinsiy aloqa vaqtini uzaytiradi. Ikkinchidan, urug’ otilishi faqat olat kiritilgandan so’ng sodir bo’ladi.

2. Erta bo’shalishning psixogen omillar ko’pincha qo’rquvlar bo’ladi: kulgi bo’lish yoki hamrohini ko’nglini ololmaslik, birinchi jinsiy tajribada muvaffaqiyatsizlik, oldingi muvaffaqiyatsizliklar, nostandart sharoitlarda jinsiy aloqa, boshqalar sezib qolishi mumkinligi qo’rquvi. Oxirgi fobiya yoshlar orasida keng tarqalgan.

Katta erkaklarda erta bo’shalishning sababi zo’riqqan hayot ritmi va tez-tez stressli vaziyatlarga duch kelish bo’lishi mumkin. Ish joyidagi qiyinchiliklar, uyqusizlik, avtoprobkalar va boshqa qiyinchiliklar jiddiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Yaqin munosabatlardagi muammolar buni yanada og’rilashtiradi.

Bu yerda juftlarning o’zaro ziddiyatlarini keltirib o’tish ham mumkin. Oiladagi muammolar, tez-tez janjallar, ro’zg’or muammosi, xiyonat — bularning hammasi erta bo’shalish mexanizmini ishga tushiradi. Va, albatta, jinsiy aloqada erta bo’shanishning psixologik sabablari orasida yoshning kichikligi, ortiqcha ehtiroslanish va tartibsiz jinsiy hayot ham o’rin tutadi.

3. Erkaklar uchun eng xavfli bo’lgan organik sabablar:

  • Siydik-tanosil tizimi faoliyatining buzilishi — uretrit, enurez, kollikulit (urug’ tepaliklarining yallig’lanishi), prostata adenomasi, prostatit bilan birga kechuvchi vezikulit.
  • Ichki a’zolar faoliyatida buzilishlar, kichik tos a’zolari jarohatlanishi. Umurtqaning dumg’aza-bel bo’limi muammolari: osteoxondroz yoki umurtqa churrasi ham erta eyakulyatsiya sababchisi bo’lishi mumkin.

Jinsiy aloqa qisqa davom etishining alohida omillari organizmdagi gormonal fon buzilishi (testosteron yetishmasligi), Parkinson kasalligi, nikotin, alkogol yoki boshqa toksik moddalar bilan zaharlanishdir. Ko’pincha erta bo’shanishning sababi ayrim dorilarni qabul qilish bo’ladi.

Tez urug’ otilishini tashxislash

Sabablari yuqori keltirilgan tez bo’shalish alomati bo’lib ko’pincha jinsiy yaqinlik davomiyligi xizmat qiladi — mutaxassislar uning davomiyligi 2 daqiqadan qisqa bo’lmasligi kerak deya ta’kidlashadi. Jinsiy aloqa vaqti o’zgarmasligi, bir safar ko’proq, ba’zida kamroq bo’lmasligi, aksincha har doim deyarli bir xil vaqt davom etishi kerak.

Bunda prezervativdan foydalanish yoki alkogolning ta’siri ostida jinsiy aloqda davomiyligi oshishi mumkin. Prolongativ lubrikantlardan foydalanishda ham shunday ta’sir kuzatiladi. Bundan tashqari, olatni kiritilishidan oldin eyakulyatsiya ham patologiya belgisi hisoblanadi. Agar kishida jinsiy aloqada erta bo’shalishning belgilaridan kamida ikkitasi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish lozim — bu muammoni davolash qancha erta boshlansa, u shunchalik muvaffaqiyatli yakunlanadi va kamroq psixologik va boshqa buzilishlarni chaqiradi.

Mutaxassis tez bo’shalish bo’yicha erkak va uning jinsiy hamrohi shikoyatlarini tinglashi kerak — buzilish sababini shifokor odatda aynan shunday suhbat davomida aniqlaydi. Ushbu tekshirish juda muhimdir, chunki jinsiy sohadagi buzilishlar ko’pincha boshqa kasalliklar belgisi hisoblanadi. Tekshiruvdan so’ng shifokor organizmda infektsiyalar mavjudligi yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan tahlillarga yo’nalish beradi.

Bundan tashqari, ultratovushli va rektal tekshiruvlar zarur bo’lishi mumkin. Ko’pgina hollarda tashxis qo’yish uchun lidokain yoki antidepressantli sinovlar qo’llaniladi. Birinchi holda, jinsiy olatning boshiga jinsiy aloqa boshlanishidan oldin sezuvchanlikni kamaytiradigan (anestetik) modda qo’llaniladi. Internetda va ixtisoslashgan forumlarda yozishlaricha, u har qanday shaklda — gel, aerozol va boshqalar bo’lishi mumkin.

Albatta, bu holda, jinsiy aloqada prezervativdan foydalanish kerak. Agar bu holda jinsiy aloqa davomiyligi oshsa, bu muammo sababi olat boshining yuqori sezuvchanligida bo’ladi. Antidepressantlar bilan sinovni o’tkazishda, jinsiy aloqadan oldin tegishli dori-darmonlar qabul qilinadi — bu jinsiy aloqada erta bo’shanishning psixologik sabablarini aniqlashga yordam beradi.

Tez bo’shanishni davolash

Tez bo’shalishni davolash uchun shifokor bir nechta usulni qo’llashi mumkin:

  • Xulq-atvor terapiyasi — bunda mutaxassis har ikkala juftga ham jinsiy aloqa paytida bajarilishi kerak bo’lgan maxsus mashqlar majmuasini buyuradi;
  • Psixoterapiya — bu holatda mutaxassis komplekslarni, qo’rquv va fobiyalarni yo’qotishga qaratilgan bir nechta davolash seanslarini o’tkazadi;
  • Medikamentoz (dori-darmonli) terapiya;
  • Jarrohlik aralashuvi;
  • Fizioterapiya, akupunktura, refleksoterapiya;
  • Xalqona vositalar.

Tez urug’ otilishidan qutulish uchun konservativ davolash usullarida turli dori va preparatlar qo’llaniladi. Bular yuqorida aytib o’tilgan lidokain, yoki shifokorlar ko’pincha bemorlarga tayinlaydigan tabletkalar bo’lishi mumkin:

  • Viagra — tavsiya etilgan doza jinsiy aloqa boshlanishidan bir soat oldin 50 mg;
  • Dapoksetin — qabul qilinganidan 15-30 daqiqa o’tib ta’sir qiladi;
  • Konegra — 1 tabletka (50 mg) jinsiy aloqa qilishdan 1 soat oldin qabul qilinadi; individual ko’rsatmalar asosida erektsiyani yaxshilash uchun dozasi 100 mg gacha oshiriladi yoki 25 mg gacha kamaytiriladi;
  • Konfido — tez bo’shalishda kuniga 2 marta 1 tabletkadan ichiladi, kurs 14-28 kun davom etadi;
  • Levitra — boshlang’ich doza jinsiy faollikdan yarim-bir soat oldin 10 mg, maksimal miqdori esa kuniga 1 tabletka;
  • Ogopleks — prostata beziga antibakterial va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi;
  • Sealeks — o’simlik komponentlaridan tashkil topgan biologik faol qo’shimcha;
  • Sialis — jinsiy yaqinlikdan 16 daqiqa oldin 20 mg qabul qilinadi;
  • Erektil — 50 mg (1 tabletka) jinsiy aloqadan bir soat oldin iste’mol qilinadi.

Bu muhim! Jinsiy aloqada erta bo’shalishni mustaqil davolab bo’lmaydi — bunday muammolarni malakali mutaxassis yordamisiz bartaraf etishga urinish tavsiya etilmaydi.

Dori vositalarini noto’g’ri qabul qilish vaziyatni og’irlashtirishidan tashqari, nojo’ya ta’sirlar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori — allergik reaktsiyadan boshlab tromboz va yurak to’xtashiga qadar.

Yana bir muhim jihat: bu guruhning barcha dori-darmonlari 18 yoshdan oshgan erkaklarga qabul qilish uchun tavsiya etiladi. Bundan kichikroq yoshda, agar ko’rsatmalarda boshqacha ko’rsatilmagan bo’lsa, ushbu preparatlarni qabul qilish kerak emas.

Erta bo’shanishni davolash uchun jarrohlik usullari orasida chekka kertmakni kesish (xatna) amalda mavjud. Biroq, hamma ham bunday amaliyotga rozi bo’lmaydi (ko’pchilikda esa bu qilingan). Bunday holatlarda shifokor olat boshi terisiga gialuron kislotasi gelini yuborishni taklif qilishi mumkin. Gelning so’rilib ketish qobiliyati mavjudligi tufayli, ushbu usulning maksimal davomiyligi 1 yil hisoblanadi.

Eng uzoq ta’sir mikroxirurgik denervatsiya o’tkazilganda seziladi  — uning natijasi butun hayot davomida qoladi. Bunday holda, jarroh olat nerv o’zagining bir qismini kesadi. Dastlab olatning sezuvchanligi juda zaif bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi, keyin asta-sekin tiklanadi. Konservativ terapiyaga qo’shimcha sifatida uy sharoitida jinsiy aloqani uzaytirish uchun bir nechta maslahatlarga amal qilish mumkin.
Jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish uchun→

 

Erta bo’shanishni oldini olish

Tez urug’ ajralishi kabi muammo bilan kimga murojaat qilishini hamma erkaklar ham bilmaydi. Bunday kasalliklarni davolash uchun urolog va seksopatologga uchrashish kerak. Agar kasallikning psixogen sabablari aniqlansa, u holda ushbu guruhga malakali psixolog ham qo’shiladi.

Bunday nozik muammodan xalos bo’lganda, uning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Albatta, ovqatlanish ratsionini o’zgartirish kerak — yog’li va qovurilgan taomlarni chiqarib tashlash, magniy, rux va oqsilga boy oziq-ovqat iste’mol qilishga harakat qilish. Bunday hollarda shifokorlar tungi uyquni normallashtirishni, stressni minimumga tushirishni, oddiy jismoniy mashqlar bajarishni va tez-tez toza havoda sayr qilishni tavsiya etadi. Ko’p erkaklar emotsional holatini tartibga keltirish uchun do’stlari bilan dam olish, sport zallariga borish yoki yoga mashg’ulotlari bilan shug’ullanishni afzal ko’rishadi — har bir kishi dam olish usulini o’zi tanlaydi.

Bu muammodan xijolat tortmaslik kerak, uni o’zingizda saqlab qolishga hojat yo’q — bunda muammo faqat chuqurlashadi va kuchayadi. Bundan tashqari, ba’zan nozik bir bezovtalik tanadagi har qanday nosozlik va jiddiy kasallikning belgisi hisoblanadi — shifokorning tekshiruvi uni aniqlash va kerakli davolashni o’z vaqtida boshlashga yordam beradi.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.