Umumiy siydik tahlili — me’yoriy ko’rsatkichlar, o’zgarishi sabablari va patologiyasi

Umumiy siydik tahlili (analizi)- bugungi kunda deyarli har qanday kasallik tashxisida standart laboratoriya tekshiruvidir. Ushbu tahlil shifokorga kasalliklarini tashxislashda juda foydali bo’ladi. Ma’lum bo’lgan toksik moddalarning aksariyati siydikda, bular tuzlar, organik moddalar va hujayra tarkibidagi moddalar erigan holda bo’ladi. Ushbu elementlarning kontsentratsiyasini o’rganish natijasida buyraklar, yurak-qon tomir tizimi va immunitet tizimining holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Ushbu maqolada biz sizni umumiy siydik tahlilining barcha ko’rsatkichlari me’yoriy (normal) qiymatlari bilan tanishtirishga harakat qilamiz va ushbu indikatorlarning buzilgan sabablarini qisqacha bayon qilamiz.

Siydik tahlili (analizi)

Mundarija:

Umumiy siydik tahlilining me’yoriy ko’rsatkichlari

Umumiy siydik tahlili- me’yoriy ko’rsatkichlar
Siydik rangi Sariq somon rang
Siydik shaffofligi Shaffof
Siydik hidi O’tkir emas
Siydik reatsiyasi yoki pH рН 4-7 oralig’ida
Siydik zichligi 1012 gr/l – 1022 gr/l oralig’ida
Siydikdagi oqsil bo’lmaydi, 0,033 gr/l gacha
Siydikdagi glyykoza bo’lmaydi, 0,8 mmol/l gacha
Siydikdagi keton tanalar bo’lmaydi
Siydikdagi bilirubin bo’lmaydi
Siydikdagi urobilinogen 5-10 mg/l oralig’ida
Siydikdagi gemoglobin bo’lmaydi
Siydikdagi eritrotsitlar kuzatuv maydonida 0-3 ta(ayollarda)
kuzatuv maydonida 0-1 ta(erkaklarda)
Siydikdagi leykotsitlar kuzatuv maydonida 0-6 ta(ayollarda)
kuzatuv maydonida 0-3 ta(erkaklarda)
Siydikdagi epitelial hujayralar kuzatuv maydonida 10 tagacha
Siydikdagi silindrlar bo’lmaydi
Siydikdagi tuzlar bo’lmaydi
Siydikda bakteriyalar bo’lmaydi
Siydikda zamburug’lar bo’lmaydi
Siydikda parazitlar bo’lmaydi

Siydik ranggi

Normada siydik ranggi sarg’ish, somon rang, shaffof

Siydik rangi iste’mol qilingan oziq-ovqat, dori-darmonlar, suyuqliklar sabab o’zgarishi mumkin. Ammo siydikning to’q rangi jigar kasalliklari (gepatit C, gepatit A, xolesistit) yoki qon (gemolitik anemiya, Villebrand kasalligi) haqida guvohlik berishi mumkin.

Siydik rangining o’zgarishi sabablari

To’q rangdagi siydik (achchiq qora choy rangi) Jigar kasalliklari (gepatit, tsiroz, jigar yetishmovchiligi, xolesistit), qizil qon hujayralarining ommaviy nobud bo’lishi (qon quyishdan keyin, infektsiyalarning ko’pligi, bezgak).
To’q sariq rang Suvsizlanish, ich ketishi, suyuqlikni kam ichish, yurak yetishmovchiligi fonida tananing suvsizlanishi.
Oqish yoki rangsiz Qandli diabet, qandsiz diabet, ko’p suv ichish, buyrak patologiyasi.
Qizg’ish rang siydik Pigmentli meva va sabzavotlarni (chernika, sabzi, lavlagi, uzum) iste’mol qilish.
Qizil rang siydik To’yingan qizil rang siydikda qon mavjudligini ko’rsatishi mumkin. Ushbu alomatlar siydik tosh kasalliklari, qovuq saratoni, buyrak infarkti, pielonefrit, glomerulonefritda kuzatilishi mumkin.
Go’sht yuvindisi rangida Jigarrang kulrang siydik, xira. Mumkin bo’lgan sabablar: o’tkir glomerulonefrit, surunkali glomerulonefrit, buyrak toshlari, buyrak infarkti, buyraklar va siydik yo’llarining tuberkulyozi, eritrotsitlarni tezda nobud bo’lishi, dori vositalaridan foydalanish (streptotsid, sulfonal, antipirin, piramidon, trional).
Qizil-jigarrang Preparatlarni qo’llash: metronidazol, sulfonilamid preparatlari, yong’oqdan olingan dorilar.
Qora rang Bunga Makiyafa Mikelli kasalligi, alkaptonuriya, melanoma kabi kasalliklar sabab bo’ladi

Siydikning shaffofligi

Siydik shaffofligi me’yori

Siydik shaffof
Odatda siydik to’lganidan keyin bir necha soat davomida tiniq bo’lishi kerak. Unda kam miqdorda epitelial hujayralar yoki shilliq borligi sababli biroz xiralashishi mumkin.

Xira siydik sabablari

  • Qizil qon hujayralarining mavjudligi (buyrak toshi, pielonefrit, glomerulonefrit, qovuq saratoni, prostatit)
  • Leykotsitlar mavjudligi (pielonefrit, sistit)
  • Siydik tarkibidagi bakteriyalarning yuqori darajasi (pielonefrit, sistit)
  • Siydik tarkibida oqsil mavjudligi (pielonefrit, glomerulonefrit, amiloidoz)
  • Siydikdagi epiteliya miqdori (pielonefrit)
  • Tuzlar (urat, fosfat, oksalat)

Siydikning maxsus zichligi

Siydik zichligi me’yori

Yangi tug’ilgan chaqaloqlar(10 kunlikakcha) 1008-1018 g/l
2-3 yoshli bolalar 1010-1017 g/l
4-12 yoshli bolalar 1012 – 1020 g/l
12 yoshdan katta bolalar va kattalar 1010 – 1022 g/l
Siydikning nisbiy zichligi undagi moddalarning konsentratsiyasiga bog’liq. Siydik tanadan qanchalik konsentratsiyalangan bo’lib ajralib chiqsa, shunchalik zichroq bo’ladi. Siydikning zichligini uning tarkibidagi tuzlar, shuningdek organik moddalar (oqsil, shakar, bilirubin) va hujayralar (bakteriyalar, leykotsitlar, eritrotsitlar) mavjud bo’lishi aniqlaydi.

Siydik zichligining oshishi sabablari (1030 g/l ko’p)

  • Qandli diabet
  • Glomerulonefrit, nefrotik sindrom
  • Siydik bilan chiqariladigan dorilarni yuqori dozalarda qo’llash (antibiotiklar, diuretiklar)
  • Kam suyuqlik ichish
  • Ko’p miqdorda suyuqlik yo’qolishi (qusish, diareya, ko’p terlash)
  • Homilador ayollarning toksikozi
  • Buyrak va siydik yo’llaridagi infektsion jarayon (pielonefrit, sistit)

Siydik zichligining pasayishi sabablari (1010 g/l dan kam)

  • Qandsiz diabet
  • Buyrak etishmovchiligi
  • Diuretiklarning ayrim turlarini qo’llash
  • Ko’p suv ichish
Zichlik tekshiruvi uchun aniq natija olish uchun yana bir marta Zimnitskiy tahlili qilinishi mumkin. Ushbu tahlil buyraklar faoliyati va aniq tashxisni batafsil o’rganishga imkon beradi.

Siydik nordonligi

Siydik nordonligi me’yori

Siydik pH 4-7 oralig’ida
Siydikning nordonligi eng ko’p o’zgaruvchan indeksdir. Hatto kun davomida bu ko’rsatkich sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bu o’zgaruvchanlikning sababi buyraklar qonning nordonligini saqlab turishda ishtirok etish va filtrlash jarayonida qondan ortiqcha vodorod ionlarini olib tashlashidir.

Siydil nordonligining kamayishi sabablari (pH >7)

  • Qonning kislota-ishqor muvozanati  buzilishi (nafas olish yoki metabolik alkaloz)
  • Surunkali buyrak yetishmovchiligi
  • Buyrak kanali asidozi
  • Qonda kaliy miqdorining ortishi
  • Paratiroid gormonlari darajasining oshishi (paratgormon)
  • O’simlik ovqatlarining ustunligi
  • Uzoq muddatli qusish
  • Siydik chiqarish tizimning ayrim kasalliklari (ureaplazmoz)
  • Preparatlardan foydalanish — nikotinamid, adrenalin
  • Buyraklar, qovuq saratoni

Siydil nordonligining ortishi sabablari (pH >7)

  • Qonning kislota-ishqor muvozanati  buzilishi (nafas olish yoki metabolik atsidoz)
  • Qonda kaliy darajasining kamayishi
  • Suvsizlanish
  • Ochlik
  • Qandli diabet
  • Yuqori harorat
  • Preparatlarni qo’llash: aspirin, metionin, diakarb
  • Ko’p go’sht iste’mol qilish

Siydikdagi oqsil miqdori

Siydikda oqsil miqdori normasi

Oqsilning siydikdagi konsentratsiyasi 0,033 g/l dan oshmasligi kerak

Siydikdagi oqsilning mavjudligi sabablari

Har doim ham siydikda oqsil bo’lishi buyrak shikastlanishi bilan bog’liq emas. Siydikda oqsil bo’lishi (albuminuriya) siydik pufagida va siydik yo’llarida yallig’lanish bo’lganda namoyon bo’ladi. Ba’zan siydikdagi protein(oqsil) sog’lom odamlarda jiddiy jismoniy zo’riqish, uzoq yurish, shamollash va ko’p terlashda paydo bo’ladi.Bundan tashqari, siydikdagi oqsil 7-16 yoshdagi jismonan kam rivojlangan bolalarda va homilador ayollarda aniqlanadi.Buyrak bilan bog’liq bo’lmagan albuminuriya:

Yuqoridagi barcha holatlar bu funktsional albuminuriya.Buyrak bilan bog’liq albuminuriya:

  • Bu har doim buyrak kasalligini ko’rsatadi
  • Albuminuriya 3-5% hollarda o’tkir glomerulonefritga xosdir
  • Surunkali pielonefrit va glomerulonefrit uchun 0,5-1% hollarda
  • Nefrozlarda (homilador ayollarning sifilisi, nefropatiya) siydikdagi protein miqdori yuqori ko’rsatkichlarga (3% dan ortiq) yetadi.

Shuning uchun siydikdagi oqsillarni aniqlash juda muhim diagnostik testdir.

Siydikdagi glyukoza(qand) miqdori

Siydikdagi glyukoza miqdori me’yori

Normada siydikda glyukoza bo’lmaydi, biroq uning miqdori 0,8 mmol/l gacha bo’lishi me’yoriy hisoblanadi.
 Siydikda glyukoza(qand)ning aniqlanishiga qandli diabet yoki buyrak yetishmovchiligi sabab bo’lishi mumkin. Bu holatda qo’shimcha tadqiqotlar zarur bo’ladi.Siydikdagi qandning bo’lishiga diabet xizmat qilgan bo’lsa, qonda glyukoza kontsentratsiyasi qabul qilinishi mumkin bo’lmagan 10,0 mmol / l ga etadi. Va bu endokrinolog shifokorga murojaat qilishga keskin sabab bo’lishi kerak.

Siydikda glyukoza(qand)ning bo’lishi sabablari

  • Nefrotik sindrom
  • Qandli diabet
  • O’tkir pankreatit
  • Buyrak diabeti
  • Kushinga sindromi
  • Feoxromositoma
  • Homiladorlik
  • Shirinliklarni me’yordan ortiqcha iste’mol qilish

Atseton tanalar — Keton tanalar

Atseton(keton) tanalarning me’yoriy ko’rsatkichi

Atseton(keton)tanalar mavjud emas
Keton tanalari bu aseton, asetosirka kislota va oksimoy kislota.Keton tanalarning siydikda mavjud bo’lishining sababi tanadagi metabolik jarayonlarning buzilishi.Bu holat turli xil patologiyalarda kuzatilishi mumkin.

Siydikda keton tanalarning bo’lishi sabablari

  • Qandli diabet
  • Spirtli ichimliklardan zaharlanish(intoksikatsiya)
  • O’tkir pankreatit
  • Bolalardagi asetemik qusish
  • Uzoq muddatli ochlik
  • Oqsilga boy va yog’li ovqatlarni haddan ortiq iste’mol qilish
  • Markaziy asab tizimiga ta’sir qiladigan shikastlanishlar natijasida
  • Qalqonsimon bez gormonlari darajasining oshishi (tireotoksikoz)
  • Itsenko Kushinga kasalligi

Siydikdagi bilirubin miqdori

Siydikdagi bilirubin me’yori

Normada siydikda bilirubin aniqlanmaydi
Bilirubin — odatda bilirubin ichakga o’t suyuqligi orqali ajralishi kerak. Ammo ba’zi hollarda qonda bilirubin darajasining keskin o’sishi kuzatiladi, bu holda bu organik moddani tanadan ajratish funktsiyasi qisman buyraklarga to’gri keladi.

Siydikda bilirubinning bo’lishi sabablari:

  • Gepatit
  • Jigar sirozi
  • Jigar yetishmovchiligi
  • O’t xalta tosh kasalligi
  • Villebrand kasalligi
  • Qizil qon hujayralarining tezda ko’p miqdorda nobud bo’lishi (bezgak, toksik gemoliz, gemolitik kasallik, o’roqsimon hujayrali anemiya)

Siydikdagi urobilinogen miqdori

Siydikdagi urobilinogen miqdori me’yoriy ko’rsatkichlari

Normada siydikda urobilinogen aniqlanmaydi
Urobilinogen- bu o’t suyuqligidagi bilirubindan ichakda hosil bo’lgan organik moddadir. Urobilinogen qisman ichakning qon oqimiga qaytariladi. Qon oqimi bilan urobilinogen jigarga tushadi, u yerda u yana bir necha marta o’t suyuqligi bilan chiqariladi. Bir qator holatlarda jigar barcha kelgan urobilinogenni biriktirishga qodir emas va uning bir qismi umumiy qon oqimiga ketadi. Bunday hollarda urobilinogen buyrak orqali siydik bilan tanadan chiqariladi.

Siydikda urobilinogenning bo’lishi sabablari:

  • Eritrotsitlarni  tezda ko’p miqdorda nobud bo’lishi (gemolitik anemiya, qon quyish, turli infektsiyalar, sepsis, ma’lum dorilarni qo’llash)
  • Ichakning yallig’lanishi (enterokolit, kolit, ileyit)
  • Jigar yetishmovchiligi (gepatit, jigar sirrozi)

Siydikda gemoglobin bo’lishi

Siydikdagi gemoglobin miqdori me’yori

Normada siydikda gemoglobin bo’lmaydi
Gemoglobin kislorod almashishida ishtirok etadigan oqsildir. Gemoglobin odatda eritrosit ichida joylashgan. Eritrotsitlarning ommaviy nobud bo’lishi bilan ko’p miqdordagi gemoglobin qon oqimiga chiqishi mumkin,  jigar va taloq ko’p miqdordagi gemoglobinni parchalashga ulgurmaydi. Bu holda erkin gemoglobin siydik orqali buyraklar tomonidan qisman chiqariladi. Mushak to’qimasining qisilishi, miokard infarkti kabi bir qator holatlarda gemoglobinga o’xshash bo’lgan mioglobin ko’p miqdorda qonda erkin holda uchrashi mumkin. Mioglobin qisman qonning bir qismi sifatida tanadan buyraklar tomonidan chiqariladi.

Siydikda gemoglobin bo’lishi sabablari

  • Gemolitik kasalliklar
  • Bezgak
  • Qon quyish
  • Mushak to’qimalarining keng ko’lamli shikastlanishi (krash sindromi, massiv gematomali kontuziya)
  • Keng ko’lamli miokard infarkti
  • Kuyishlar
  • Zamburug’lar, fenollar, sulfanilamid preparatlar bilan zaharlanish

Siydikda eritrotsitlar uchrashi buyraklarga shikast yetkazilganda (yorilishi, jarohati), buyrak saratonida, o’tkir nefrit (glomerulonefrit, pielonefrit) bilan paydo bo’ladi. Shuningdek, siydik bilan qon ajralishi uretrit, sistit, siydik yo’llarida yoki buyrak kanallarida qon ketishi, buyrak toshlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Siydik cho’kmasi

Siydik cho’kmasi (cho’kindisi) — siydikning umumiy tahlilida cho’kindi qisqa muddatli santrifuga natijasida cho’kkan hujayralar, silindrlar, tuz kristallari kabilar tushuniladi. Siydik cho’kmasini o’rganishda nimalar aniqlanishi haqida batafsilroq quyidagi boblarda o’qiymiz:

  • Siydikdagi leykotsitlar
  • Siydikdagi eritrotsitlar
  • Siydikdagi silindrlar
  • Siydikdagi epiteliy
  • Siydikdagi tuzlar
  • Siydikdagi bakteriyalar

Siydikda leykotsit bo’lishi

Siydikdagi leykosit miqdori me’yori

Erkaklar Kuzatuv maydonida 0-3 ta
Ayollar va bolalar Kuzatuv maydonida 0-6 ta
Leykotsitlar tanadagi himoya (immun) funktsiyasini bajaradigan oq qon hujayralari. Leykotsitlar toksinlarni zararsizlantirishda, bakteriyalar, parazitlar, viruslar va saraton hujayralarining yo’q qilinishida ishtirok etadi. Siydikda oq qon hujayralari normada uchrashi mumkin, faqat kam — kuzatish maydonida 3 dan ortiq bo’lmagan miqdorda. Leykotsitlar soni kuzatish maydonida 3-10 ta bo’lsa, unda bunday natija shubhali hisoblanadi. Kuzatish maydonida 10 tadan yuqori bo’lgan siydikdagi oq qon hujayralari darajasining ortishi shifokorning siydik tizimining patologiyasiga shubha qilishiga sabab bo’ladi.Ko’p hollarda siydik ichidagi oq qon hujayralarining ko’payishi sabablari tasodifan yoki tashxis paytida aniqlanadi.Siydikda leykosit paydo bo’lishining sabablari nima? Ushbu laboratoriya alomatlari buyrakning turli kasalliklari, siydik pufagi yoki uretra, erkaklardagi kasalliklarda, prostatit kasalligida siydikdagi leykotsitlar miqdorining o’sishi kuzatilishi mumkin.

Siydikdagi leykotsitlarning uchrashi sabablari

  • Buyrak kasalligi: pielonefrit (surunkali yoki o’tkir), buyrak tuberkulyozi, urolitiyoz, buyrak saratoni.
  • Siydik yo’li kasalliklari: urolitiyoz, infektsiyali yallig’lanish
  • Qovuq jarohati: sistit, qovuq saratoni.
  • Prostata bezi kasalliklari: prostatit, prostata saratoni.
  • Uretranning kasalliklari: uretrit, siydik tosh kasalliklari.
  • Ba’zi hollarda siydikdagi leykotsitlarning mavjudligi siydik tahlili uchun namuna olayotganda gigiena qoidalariga rioya qilmaslik yoki tashqi tanosil organlarining yallig’lanishi (vulvovaginit) bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Siydikda leykotsitlar miqdori yuqori bo’lsa nima qilish kerak?

Agar sizning tahlil natijalaringiz siydikdagi oq qon hujayralari sonini yuqori ekanligini ko’rsatsa, siz maslahat uchun urolog shifokirga murojaat qilishingiz kerak. Qo’shimcha tadqiqotlar o’tkazish kerak bo’lishi mumkin: umumiy qon tahlili, buyraklarning ultratovush tekshiruvi(UTT), Nechiporenko usuli bo’yicha siydik tahlili.

Siydikda eritrosit bo’lsihi

Siydikdagi eritrositlar miqdorining me’yoriy ko’rsatkichlari

  • Erkaklar
kuzatuv maydonida 0-1 ta
  • Ayollar
kuzatuv maydonida 0-3 ta
Eritrositlar kichik o’lchamli qizil qon tanachalari. Bu qonning eng ko’p miqdordagi hujayralari. Ularning asosiy vazifasi — kislorodni uzatish va uni organlarga va to’qimalarga yetkazishdir. Odatda, siydikda qizil qon hujayralari mavjud bo’lmasligi kerak, ularning mavjudligi normal hodisa, lekin juda kam miqdorda (kuzatuv maydonida 3 dan oshmaydi). Ko’proq qizil qon tanachalarini aniqlanishi buyrak va siydik yo’llarining jiddiy patologiyasini ko’rsatishi mumkin.

Siydikda eritrotsitlar miqdorining ko’payishining sabablari:

  • O’tkir glomerulonefrit
  • Nefrotik sindrom
  • Buyrak infarktiBuyrak tosh kasalliklari
  • Buyrak, siydik pufagi, prostata saratoni

Siydikda epiteliy miqdori

Siydikda epiteliy miqdori me’yori

Kuzatuv maydonida 10 tagacha
Siydik cho’kmasida turli xil epiteliy hujayralari — buyrak epiteliysi, qovuq epiteliysi va boshqalar mavjud. Buyraklar epiteliysining siydikda mavjudligi buyraklarning nefrozi yoki o’tkir nefritlarning mavjudligini ko’rsatadi. Siydik yo’li va qovuq epiteliya hujayralaring bo’lishi kuzatilganda sistit yoki siydik yo’llarining yallig’lanishi haqida gap boradi. Siydikda ayollarda tekis epiteliya hujayralari bo’lishi mumkin — bu hujayralar genital traktdan chiqadi va buyrak kasalligi haqida gap bormaydi.

Siydikdagi silindrlar

Siydikdagi silindrlar miqdori me’yori

Silindrlar bo’lmaydi, yakka gialinli silindrlar mavjudligi me’yoriydir
Silindrlar buyrak to’qimasida (buyrak kanallarida) jiddiy patologiya vaqtida paydo bo’lgan silindrsimon jismlardir. Silindrlar tarkibi turli xil bo’lishi mumkin va quyidagi elementlarni o’z ichiga olishi mumkin: eritrotsitlar, buyrak kanallarining kesma xujayralari, oqsil. Tashqi ko’rinishida esa ular farqlanadi: donador (tarkibida eritrotsitlar va buyrak kanallari hujayralari ustun), gialinsimon (buyrak kanallari hujayralari va oqsil ustun), eritrotsitar (bu silindrlarning asosi qizil qon hujayralaridir).

Silindrlarning miqdorini oshishi va patologik shakllarning paydo bo’lishining sabablari

Gialin silindrlarining soni 1 ml da 20 tadan ko’p bo’lishi va boshqa turdagi silindrlarni aniqlanishi buyrak patologiyasining belgisi hisoblanadi.

Gialin silindlarining sonini ko’payishi (1 ml da 20 gacha)

Bu silindrlar buyrak kanallari orqali birlamchi siydik o’tishi paytida qayta sintezlana olmagan (birlamchi siydikdan qonga qaytib o’tmagan) oqsildan hosil bo’ladi.

  • Pielonefrit
  • Surunkali yoki o’tkir glomerulonefrit
  • Gipertoniya
  • Diuretik preparatlarni qabul qilish

Donador silindirlar (har qanday miqdorda bu silindrlarni aniqlanishi patologiya hisoblanadi)

Ushbu turdagi silindrlar buyrak kanallarining ichki yuzasini qoplab turuvchi hujayralarning jarohatlanishi natijasida hosil bo’ladi.

Mumsimon silindrlar (har qanday miqdorda bu silindrlarni aniqlanishi patologiya hisoblanadi)

Mumsimon silindrlar gialin yoki dondaor silindrining buyrak kanallarida uzoq vaqt turishi natijasida hosil bo’ladi.

  • Surunkali buyrak yetishmovchiligi
  • Buyraklar amiloidozi
  • Nefrotik sindrom

Eritrotsitar silindrlar (bu silindrlarni har qanday sonda aniqlanishi patologiyadir)

Normada buyrak kanallarida eritrotsitlar bo’lmasligi kerak. Ammo, buyrak tomir devorining o’tkazuvchanligi buzilganligi natijasida, eritrotsitlar buyrak kanaliga kirib borishi mumkin. Buyrak kanaliga kirgan barcha qizil qon hujayralari siydik bilan birga chiqariladi. Biroq, eritrotsitlar buyrak kanaliga katta miqdorda kirib kelganda, kanalda tiqilish yuzaga keladi va eritrositar silindrlarining shakllanishi kuzatiladi.

  • O’tkir glomerulonefrit
  • Buyrak infarkti
  • Buyrak venalarning trombozi
  • Yomon sifatli gipertenziya

Epitelial silindrlar (bu silindrlarni har qanday sonda aniqlanishi patologiyadir)

Ular buyrak kanalchalari epiteliyasining begona qilinishi natijasida hosil bo’ladi. Ushbu silindrlar jiddiy buyrak patologiyasini ko’rsatadi.

  • O’tkir kanalchalar nekrozi
  • O’tkir virusli infektsiya
  • Og’ir metallar tuzlari va boshqa nefrotoksik moddalar (etilen glikol, fenollar) bilan zaharlanish
  • Buyraklar uchun zararli dorilarning peredozirovkasi (salitsilatlar)

Siydikdagi tuzlar miqdori

Siydikdagi tuzlar miqdori me’yori

Tuzlar bo’lmaydi
Siydikda juda ko’p miqdorda minerallar mavjud. Ushbu jarayon tufayli organizmda doimiy kislota va elektrolit muvozanati saqlanadi. Qonning ortiqcha moddalari yoki organik moddalari siydik bilan birga chiqariladi. Minerallarning yetishmovchiligi bilan siydikda elektrolitlar tarkibi kamayadi. Ba’zi hollarda siydikdagi noorganik moddalar ma’lum nordonlik, konsentratsiya va siydik chiqarishning tezligi sharoitida bir-biri bilan o’zaro ta’sirlasha oladi siydikda cho’kma sifatida tushadi. Ushbu jarayonlarning natijasida buyrak toshlari shakllanishi mumkin.
Siydikda siydik kislotasining tuzlari (uratlar)

Siydik tarkibida siydik kislotasi tuzining ko’payishi sabablari

  • Tananing suvsizlanishi
  • Mahsulotlar iste’moli: go’sht, baliq, dukkaklilar, kakao, achchiq choy, qo’ziqorin
  • Siydik muhitining nordonligi
  • Podagra
  • Siydik diatezasi
  • Surunkali buyrak yetishmovchiligi
  • O’tkir va surunkali nefrit
  • Yangi tug’ilgan chaqaloqlik davri

Siydikda urata miqdorini qanday kamaytirish mumkin?

  • Iste’mol qilingan suyuqlik miqdorini oshirish kerak
  • Mahsulotlarni ratsiondan olib tashlash: tuxum, dukkallilar va ko’p purinli birikmalar mavjud bo’lgan boshqa mahsulotlar.
  • Ratsionni A va B vitaminlariga boy mahsulotlar bilan boyitish
Siydikdagi oksalatlar (kaltsiy oksalat)

Siydik tarkibidagi oksalatning ortishi sabablari

  • Vitamin C ga boy mahsulotlar iste’moli (ismaloq, jo’xori, pomidor, qushqo’nmas, sitrus, smorodina)
  • Pielonefrit
  • Qandli diabet
  • Etilen glikol bilan zaharlanish

Siydikda oksalat konsentratsiyasini qanday kamaytirish mumkin?

  • Kundalik suyuqlik iste’moli hajmini oshirish (2 litr dan ortiq)
  • Tarkibida magniy mikroelementi mavjud bo’lgan mahsulotlar- dengiz mahsulotlari, dengiz karami, jo’xori yoki bug’doy kabilarni ko’proq iste’mol qilish.
  • B guruhi (B1 va B6) vitaminlariga boy ovqatlarni iste’mol qilish — go’sht mahsulotlari, tuxum, jigar.
Siydikdagi gippura kislotasi kristallari

Kristallar uchrashi sababi

  • Yuqori darajada benzoy kislotasi bo’lgan mahsulotlar (yovvoyi bodom, brusnika)
  • Qandli diabet
  • Ichak disbakteriozi
  • Jigar yetishmovchiligi
Siydikdagi fosfatlar

 Siydikda fosfatlar darajasining oshishi sabablari

  • Siydikdagi fosfat darajasining oshishi baliq, ikra, sut, kefir, jo’xori, murabbo, karamelga o’xshash oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishidan kelib chiqadi.
  • Fosfat tuzlarining oshishi sababi ishqoriy siydik reaktsiyasi va siydikda yuqori kaltsiy miqdori bo’lishidir.

Siydikdagi fosfat kontsentratsiyasini qanday kamaytirish mumkin?

Siydikda fosfatning yuqori miqdori sabab tosh shakllanishiga yo’l qo’ymaslik uchun:

  • Kaltsiy va D vitaminiga boy bo’lgan ovqatlanishni cheklash: yog’li baliq, sut va sut mahsulotlari, tuxum, jigar
  • Siydik nordonligini oshirish uchun — nordon sharbatlar, mineral suvlarni iste’mol qilish

Siydikdagi bakteriyalar

Siydikdagi bakteriyalar bo’lishining normal ko’rsatkichlari

Bo’lmaydi

Siydikdagi bakteriyalarning mavjudligi sabablari

Siydik chiqarish tizimidagi bakterial kasalliklar siydikdagi bakteriyalar aniqlashining sababi bo’lishi mumkin:

  • Uretrit
  • Sistit
  • Prostatit
  • Pielonefrit
  • Siydik tahliliga namuna topshirishda gigiena qoidalariga rioya qilmaslik
  • Vulvovaginit (siydik namunasini olayotganda noto’g’ri tayyorgarlik)
Odatda siydik yo’lini yallig’lanishlarida siydikdagi bakteriyalarning mavjudligi yallig’lanish belgilari va siydikda ko’p miqdorda leykotsitlarning mavjudligi bilan birga keladi.

Siydikda zamburug’larning uchrashi

Siydikdagi zamburug’lar me’yori

Bo’lmaydi

Siydikda zamburug’ mavjudligi sabablari

1. Siydik yo’llarining zamburug’li kasalliklari:

  • Sistit
  • Prostatit
  • Uretrit

2. Tashqi genital organlarning zamburug’lar bilan zararlanishi:

  • Zamburug’li vulvovaginit
  • Zamburug’li balanopostit

3. Immunitet tanqisligi sharoitlari4. Antibiotiklardan uzoq vaqt foydalanish

Sidyikdagi amilaza(diastaza) miqdori me’yori

Sidyikdagi amilaza(diastaza) konsentratsiyasi me’yori

 1-17 birlik/litr.
Siydik diastaziyasi (amilaza) katta diagnostik ahamiyatga ega. Ushbu tahlil tufayli pankreatit kabi kasalliklarni aniqlash mumkin. Amilaza hazm qilish vaqtida uzun zanjirlardagi karbongidratlarning parchalanishida qatnashadigan ferment. Sintez qiluvchi me’da osti bezi hisoblanadi va pankreatik sharbatlarda bu fermentning eng yuqori kontsentratsiyasi mavjud. Oshqozon osti bezining yallig’lanishi bilan amilazaning bir qismi qon oqimiga kiradi. Qonda erigan amilaza buyraklarga etib boradi, filtratsiya tufayli u siydikda qoladi va tanadan ajralib chiqadi. Shunday qilib, tana toksik ta’sirga ega bo’lgan amilazadan tozalanadi.

Siydikda diastazaning oshishi sabablari

Yuqorida aytib o’tilganidek, siydikda amilaza ko’payishi qonda amilazaning ko’pligini ko’rsatadi. Ammo siydik tahlili qon namunasisiz amilaza kontsentratsiyasini kuzatish imkonini beradi.Diyastaz indeksidagi sezilarli o’sish — 8000 birlikdan dan yuqori surunkali pankreatitning rivojlanishi yoki o’tkir pankreatit mavjudligini ko’rsatadi.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 2 ta baho berilgan
Загрузка...
Matnda xatolik aniqladingizmi? Uni ajratib, Ctrl+Enter tugmasini bosing.
Загрузка...

Izoh qoldirish

E-mail manzilingiz oshkor etilmaydi. To'ldirish majburiy bo'lgan maydonlar * bilan belgilangan

yuklanmoqda...