Ichak disbakteriozi — yuzaga kelishi sabablari, alomatlari, turlicha davolash

Darvoqe, organizmning u yoki bu sohasidagi disbakterioz holati deyarli barchaga tanishdir. Ushbu tushuncha ishlatilganda zamonaviy tibbiyot ma’lum bir kasallikni emas, balki biron omil yoki kasallik oqibatida mikrofloraning buzilishini tushunadi.

Inson organizmida bakteriyalarning ma’lum guruhlari mavjud. Bu holda, har bir muayyan soha uchun, og’iz bo’shlig’i, ichak, tomoq yoki qin bo’ladimi, bu mikroorganizmlar majmui farq qiladi. Bundan tashqari, har bir kishi uchun bu bakteriyalar kombinatsiyalari ko’pincha individualdir. Shifokorlar bu optimal bakteriyalar majmuasini «eubioz«, ba’zan esa ichakning biotsenozi deb atashadi, uning tarkibi, miqdori yoki xususiyatlarining buzilishi esa «disbakterioz» deb ataladi. Ushbu maqolada esa biz disbakteriozning o’ziga xos shaklini — ichak mikroflorasining buzilishini ko’rib chiqamiz.

Ichak disbakteriozi - mikroflorasining buzilishi
Фото: Anatomy Insider/Shutterstock.com

Bu holat yoki kasallik (ikkinchi tushuncha hozirgacha bahs va munozaralarga sabab bo’lmoqda) jiddiyligiga qarab belgilari standart alomatlar bilan kechadi, biroq, ichak disbakteriozi paydo bo’lishi sabablari tubdan farq qilishi mumkin.

Oddiygina ovqatlanish ratsionini o’zgartirish, suv kimyoviy tarkibining o’zgarishi (boshqa joyga ko’chib o’tish tufayli), iqlim o’zgarishi, stress, ovqatlanish — ichakning shartli patogen mikroflorasida o’zgarishlarga olib kelishi va disbakterioz belgilari sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, disbakteriozga oziq-ovqatdan zaharlanish, antibiotiklardan foydalanish yoki oshqozon-ichak trakti kasalliklari sababchi bo’lishi mumkin. Eng muhimi, ichak mikroflorasi buzilishining alomatlaridan xalos bo’lish uchun, birinchi navbatda bunday holatning paydo bo’lishiga sababchi bo’layotgan omillar bilan kurashish kerak.

Ichak disbakteriozini alomatlariga qarab tasniflash

Mikroflora o’zgarishining jiddiyligiga qarab disbakterioz to’rt bosqichga bo’linadi, ularning har biri o’z belgi va alomatlariga ega. Keling, ularni jadval shaklida aniqlik bilan ko’rib chiqamiz:

Disbakterioz bosqichiAlomatlariBartaraf qilish usullari va ehtimolli asoratlari
Birinchi bosqichAlomatlar deyarli sezilmaydi. Ehtimol qorin «qurullashi» namoyon bo’lishi mumkin.Birinchi bosqich disbakteriozi oziq-ovqat yoki suv turining o’zgarishi tufayli rivojlanadi. Sababchi omil mikrofloraning mustaqil tiklanishi bilan bartaraf bo’ladi.
Ikkinchi bosqichIch qotishi yoki ich ketishi kuzatiliadi, ishtahaning pasayishi, og’izda yoqimsiz ta’m sezilishi, ehtimol, ko’ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi.Bunday alomatlar ichak mikroflorasining sezilari o’zgarishlarida kuzatiladi, bu holat antibiotiklarni qabul qilish yoki oziq-ovqatdan zaharlanish tufayli rivojlanadi.
Uchinchi bosqichIchakda og’riqlar paydo bo’ladi, axlat bilan hazm bo’lmagan ovqat qismlari chiqishi kuzatiladi, ikkinchi bosqichda aytib o’tilgan alomatlarning kuchayishi qayd qilinadi.Ushbu bosqichdagi disbakterioz ichak devorlarining yallig’lanishi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishiga olib keladi. Jiddiy asoratlarni oldini olish uchun dori-darmonlar bilan davolanadi.
To’rtinchi bosqichOldingi bosqichlardagi alomatlar, uyqusizlik, apatiya, tushkunlik kuzatiladi.Ichak mikroflorasining deyarli butunlay o’zgarishida anemiya va avitaminoz rivojlanadi. Malakali davolashsiz to’rtinchi bosqich disbakterioz jiddiy infektsion kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Axlatda mikroorganizmlarning tarkibi bo’yicha disbakteriozning tasnifi

Bundan tashqari, ichak disbakteriozining yana bir tasnifi mavjud bo’lib, bu mikroflora buzilgan holatda axlatni laboratoriya tekshiruvi ko’rsatkichlariga asoslanadi. Kattalar uchun u ikki guruhga bo’linadi. Aniqlik uchun biz uni jadval shaklida taqdim etamiz:

YoshDisbakterioz darajasiLaboratoriya ko’rsatkichlari
50 yoshgacha1 bosqich105-106 tagacha kamaygan yoki 109-1010 tagacha ko’paygan tipik ichak tayoqchalari,  105-106 gacha kamaygan laktobakteriyalar ko’rsatkichi va 106-107 gacha kamaygan bifidobakteriyalar ko’rsatkichi.
2 bosqichShartli-patogen mikroorganizmlar ko’rsatkichining 105-107 gacha ko’tarilishi, bifidobakteriyalar ko’rsatkichining 107 va laktobakteriyalarning 105 gacha kamayishi.
3 bosqichShartli-patogen mikroorganizmlarning ko’rsatkichi 107 dan yuqori bo’ladi, laktobakteriyalar ko’rsatkichi 105 gacha,  bifidobakteriyalarniki esa 107 gacha pasayadi.
50 yoshdan keyin1 bosqichTipik ichak tayoqchalarinig ko’rsatkichi 105-1010 dan yuqori, laktobakteriyalar ko’rsatkichi 104 -105 gacha, bifidobakteriyalarniki esa 106-107 gacha pasaygan.
2 bosqichShartli-patogen mikroorganizmlar ko’rsatkichi 105-107 gacha ko’tarilgan, laktobakteriyalar ko’rsatkichi 104 gacha, bifidobakteriyalarniki 106 gacha pasaygan.
3 bosqichShartli patogen mikroorganizmlar ko’rsatkichi 106-107 dan oshib ketgan, laktobakteriyalar ko’rsatkichi 104, bifidobakteriyalar ko’rsatkichi 106 dan past.

Ichak mikroflorasi buzuqligi bilan axlatni vizual tahlil qilish

Shuningdek, ichak disbakteriozida ichak patologiyasi tabiatiga alohida e’tibor beriladi, bu axlat rangi va turiga, shuningdek holatiga qarab osonlikcha aniqlanadi.

Sarg’ish tusdagi axlat ko’p miqdorda hazm bo’magan ovqat va ortiqcha kraxmaldan dalolat beradi. Bunday holatda vaziyatni rostlash uchun xom sabzavotlar, uglevodlar va sut o’rniga oqsilga boy oziq-ovqatlar tavsiya etiladi (qaynatilgan go’sht, tuxum, pishloq).

Juda to’q rangli va badbo’y hidli axlat ichakda ishqorli reaktsiya mavjudligini, shuningdek hazm bo’lmagan kletchatka borligini ko’rsatadi. Bu holatda, ratsiondan vaqtincha go’sht va yog’larni chiqarib tashlab, ko’proq qaynatilgan sabzavotlar va sut mahsulotlari iste’mol qilish kerak.

Ich ketishi bilan kechadigan ichak disbakteriozini «yumshoq» oziq-ovqat mahsulotlariga asoslangan parhez bilan tuzatish kerak. Ratsiondagi ovqat issiq yoki sovuq bo’lmasligi kerak, oziq-ovqat qaynatilgan va imkon qadar ezilgan bo’lishi kerak.

Agar disbakterioz qabziyat bilan namoyon bo’lsa, ratsionga ko’proq kletchatkaga boy mahsulotlarni kiritsh kerak: olma, karam, sabzi, o’rik.

Kattalarda disbakteriozni davolash

Boshida ta’kidlanganidek, agar disbakterioz aniqlansa, davolash birinchi o’rinda holat sababchisini bartaraf qilishga qaratilgan bo’ladi: antibiotik qabulini yakunlash, sababchi bo’lgan kasallikni davolash yoki avvalgi ovqatlanish tartibiga qaytish. Ammo aksariyat holatlarda davolanish nafaqat buzilgan mikroflora alomatlarini bartaraf qilishga, balki uni tiklash uchun ham qaratilgan bo’ladi. Ushbu maqsadlar uchun zamonaviy tibbiyot uch turdagi davolashni taklif qiladi.

Disbakterioz yuz berganda parehez

Ichak mikroflorasi buzilganda to’g’ri ovqatlanish, ayniqsa dastlabki bosqichlarida, disbakterioz muammosini butunlay bartaraf etish imkonini beradi. Biz yuqorida axlat konsistentsiyasini normallashtirish uchun imkoniyatlarni ko’rib chiqdik, endi bu holatda boshqa oziq-ovqat qoidalarini muhokama qilamiz.

Disakteriozda tutiladigan parhez - sut mahsulotlari

Disbakteriozda kishi parhezi imkon qadar muvozanatli bo’lishi kerak. Iste’mol qilinayotgan ovqatda yetarli miqdorda oqsillar, yog’lar va uglevodlar, shuningdek suyuqlik mavjud bo’lishi kerak. Shifokorlar ovqatlanishdan yarim soat oldin bir stakan iliq suv ichishni tavsiya qilishadi. Bundan tashqari, oziqlanish tartibi besh marta kichik ovqatlanishlarni o’z ichiga olishi, shuningdek, yotishdan oldin ichakga tushadigan og’irlikni kamaytirish kerak.
Disbakterioz rivojlanganda iste’mol qilinadigan mahsulotlar orasida quyidaglar mavjudligi ham muhimdir:

  • Achitqi sut mahsulotlari va tabiiy yog’li sut, chunki ular bifido- va laktobakteriyalar bilan to’yingan ;
  • Karam, sabzi, lavlagi va dengiz suvo’tlarida yetarli miqdorda bo’lgan pektinlar va kletchatkalar;
  • Glutamin va arginin aminokislotalari, ularning manbalari — tovuq, mol go’shti, sut mahsulotlari, baliq, petrushka, ismaloq, yong’oq, qovoq urug’lari, bug’doy un, no’xat.

Ushbu keltirilgan ro’yxatni tahlil qila turib, disbakteriozda parhez tutish bu cheklovlar emas, balki mazali va sog’lom ovqatlanish degan xulosaga kelish mumkin. Eng muhimi, bu «og’ir» mahsulotlarni ko’p iste’mol qilmaslik, haddan tashqari ko’p yeb qo’ymaslik, shuningdek, qovurilgan, achchiq, sho’r va boshqa nosog’lom ovqatlardan tiyilish kerak.

Ichak disbakteriozida prebiotik va probiotiklar

Disbakteriozni davolashda shuningdek prebiotik va probiotik preparatlar qo’llaniladi, va aytishlariga qaraganda, ular ichak mikroflorasi buzilgan hollarda samarali yordam bermoqda. Nomlanishi o’xshashligiga qaramasdan, prebiotiklar va probiotiklar tubdan farq qiluvchi preparatlar bo’lib, ularning ta’rifini batafsilroq tushunish maqsadga muvofiqdir.

Prebiotiklar — bu mavjud bo’lgan foydali mikrofloraning o’sishi va faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan moddalardir. Prebiotiklar oshqozon-ichak tizimida hazm qilinmaydi, oddiy qilib aytadigan bo’lsak, prebiotiklar bu foydali mikroflora uchun oziq-ovqat hisoblanadi.
Prebiotiklarning farmakologik shakllari orasida ko’pincha Laktuloza, Laktitol, Hilak Forte buyuriladi. Bu dorilarning asosiy nomlari bo’lib, ularning o’nlab savdo nomlari mavjud.
Bundan tashqari, prebiotik bo’lgan tabiiy mahsulotlar ham mavjud. Ular orasida sut mahsulotlari, piyoz va sarimsoq, donlar mavjud.

Endi probiotiklar haqida. Ushbu preparatlar organizmga kerak bo’lgan mikroorganizmlar majmui bo’lib, ichakka yetarli miqdorda tushganda mikrofloraga ijobiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ularni qo’llash juda bahsli masala.
Holbuki, probiotiklar shaklida mikroorganizmlarning bevosita kiritilishi ko’plab shartlarga ega. Ba’zi mikroorganizmlar shunchalik miqdorda kerakki, ularni tashqaridan olish oson emas, boshqalarini esa jonli shaklda kiritish juda murakkabdir. Va probiotiklarni qo’llashning haqiqiy foydalari haqida laboratoriya dalillari juda ko’p emas.
Foydali ta’siri tasdiqlangan probiotiklardan dorixonada Laktobakteriyalar va Bifidobakteriyalar (Lineks, Bifiform, Bifidumbakterin, Laktobakterin), saxaromitset Bulardi, enterokokklarni topish mumkin.

Disbakteriozning jiddiy shakllarini davolash

Og’ir shakllarda ichak disbakteriozi yanada murakkab farmakologik preparatlar bilan davolanadi va ular uchta shartli guruhga bo’linadi.

Ulardan birinchisi antibakterial preparatlardir. Ular muayyan turdagi mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi va o’sishini va tarqalishini to’xtatadi. Antibakterial preparatlar (ichak antiseptiklari) mikrofloraning buzilishiga olib kelgan mikroorganizmlar turiga qarab buyuriladi.

Shartli-patogen mikroorganizmQo’llaniladigan antibakterial preparat
EnterokokkErsefuril, Furazolidon, Enterofuril, Levomitsitin, makrolidlar.
ProteyNevigramon, Sulgin, Ersefuril, Enterofruil.
StafilokokkPiobakteriofag, stafilokokk Bakteriofag.
Kandidalar va boshqa zamburug’li agentlarFlukonazol, Mikosist, Terbinafrin, Ambizom.
KlostridiyalarMetronidazol, Vankomitsin.
Pseudomonas aeruginosaKanamitsin, Gentamitsin.

Antibakterial vositalar kabi bakteriofaglar ham bir xil ta’sir qiladi. Ularning tarkibida ma’lum bir mikroorganizmlarni nobud qilish uchun maxsus viruslar mavjud. Antibakterial dorilar kabi, bakteriofaglar bakteriyalar turiga qarab guruhlarga bo’linadi: pseudomonas, stafilokokk va boshqalarga qarshi.
Va nihoyat, disbakteriozga qo’shimcha ravishda buyurilgan va uning alomati va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarini bartaraf etadigan farmatsevtik preparatlarni ko’rib chiqamiz.

Immunomodulyatorlar — organizmning himoya xususiyatlarini yaxshilaydigan preparatlar bo’lib, ichak mikroflorasi buzilganda bunday preparatlarni qabul qilish tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Immunomodulyatorlardan foydalanish faqat shifokor tavsiyasi bo’yicha amalga oshirilishi kerak, afzallikni esa o’simlik asosida tayyorlangan vositalarga berish kerak.

Antigistamin preparatlar. Ichak disbakteriozi fonida rivojlanishi mumkin bo’lgan allergik reaktsiyalar paydo bo’lishining oldini olish uchun ishlatiladi.

Spazmolitiklar. Ko’pincha ich ketishi bilan birga kechayotgan disbakteriozda buyuriladi. Eng mashhur spazmolitik preparat bu No-Shpa hisoblanadi, faqat ich ketishini to’xtatish uchun esa Loperamid tavsiya etiladi. Ichak mikroflorasining buzilishi ich qotish bilan birga kuzatilsa, u holda vaziyatni to’g’irlash uchun maxsus shamchalar qo’llaniladi.

Zamonaviy tibbiyotda disbakterioz

Disbakterioz faqat MDH mamlakatlarida alohida kasallik sifatida qaraladi. G’arb tibbiyoti bu holatni o’ziga xos omillar keltirib chiqaradigan holat sifatida ta’riflaydi.
Oddiy kishilar uchun disbakterioz bu kasallikmi yoki holatmi, qizig’i bo’lmasa kerak, lekin baribir tegishli bo’lgan qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o’tamiz:

  • Xalqaro kasalliklar tasnifida (Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining rasmiy hujjati) «disbakterioz» tashxisi mavjud emas. Bu holatga eng yaqin tashxis — bakterial o’sishning ortiqcha sindromi. Bu tashxis ingichka ichakdan olingan millilitr aspiratda 105 dan oritq mikrorganizmlar aniqlanganda qo’yiladi.
  • G’arb tibbiyoti ichak mikroflorasini o’rganish uchun axlatni tahlil qilishga juda shubhali qaraydi. «Normal ichak mikroflorasi» tushunchasi juda noaniq va har bir kishi uchun individual, bu esa shifokorlarga aniq xulosa qilishga yordam bermaydi.
  • Sobiq SSSR hududida disbakterioz tushunchasi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan juda faol ravishda tarqatilmoqda. Bu oqlangan qadammi yoki buning ortida faqat reklama orqali tijoriy foyda olish yashiringanmi, hukm qilish qiyin.
  • Ko’pgina shifokorlar ichak mikroflorasi buzilganda probiotik va bakteriofaglardan foydalanish samarasiz deya ta’kidlashmoqda. Ularning fikriga ko’ra, tashqi mikroorganizmlar ichakda yashab ketishlari uchun deyarli hech qanday imkoniyat yo’q, bakteriyofaglar esa oshqozonda parchalanib ketadi va ularning  hech qanday tegishli foydasi bo’lmaydi.

Shunday qilib, disbakterioz haqida yagona xulosa — bu zamonaviy tibbiyotdagi eng bahsli kasallik hisoblanadi. Biroq, uning kelib chiqishi sabablari va alomatlari juda aniq va mutlaqo samarali tarzda bartaraf qilinishi mumkin.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 8 ta baho berilgan
Загрузка...
yuklanmoqda...

Fikr qoldirish

Sizning e-mail chop etilmaydi. To'ldirish zarur joylar * bilan belgilangan