Ko’krak og’rishi — sabablari, xavf omillari, sut bezlaridagi og’riqni davolash, oldini olish

Sut bezlari juda nozik gormonal muvozanatga ega va uni o’z navbatida to’g’ri darajada ushlab turilishi yaxshiroqdir. Agar profilaktika bilan shug’ullanilmasa, ko’krak og’rig’i (sut bezlaridagi og’riq, mastalgiya) sifatida tanish bo’lgan alomat yuzaga kelishi mumkin. Turli intesivlikdagi ko’krak og’riqlari ayollarni tez-tez bezovta qilib turadi va buning o’z sabablari mavjud.
Ko'krak og'rig'i sabablari

Ko’pincha ko’kraklardagi og’riq kengayish va og’irlik hissi, siyna sezgirligining ortishi va shishib qolishi bilan birga kechadi.  Sut bezlarida og’riq hayzdan oldin paydo bo’lishi mumkin. Har doim ham og’riq sababi onkologik yoki mammologik xastalik hisoblanmaydi. Lekin baribir shifokorga uchrashish zarurdir.

Ko’krakdagi og’riqning tasnifi

Sut bezlari og’rig’i yuzaga kelishi davriga qarab, quyidagilar ajratiladi:

  • Siklik (davriy) og’riq (og’riq gormonal o’zgarishlar va hayz kelishidan oldin yuzaga keladi;
  • Asikllik og’riq (odatda lat yeyishlar, jarohat va qovurg’alararo nevralgiya bilan bog’liq).

Tabiati bo’yicha ko’krak og’rig’i quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • Otuvchi;
  • O’tmas;
  • O’tkir;
  • Sanchuvchi;
  • Kesuvchi;
  • Pulsatsion;
  • Simillovchi (yoki simillovchi-tortuvchi);
  • Achishishli.

Alomatlari

Ko’krakning siklik og’rig’i sindromiga xos belgilar:

  • Hayz bilan bog’liqligi;
  • Og’riqning simillovchi va o’tmas tabiati;
  • Yallig’lanish jarayoni;
  • Ko’krakda tugunchalar hosil bo’lishi;
  • Og’riqning qo’ltiq ostiga tarqalishi;
  • Simmetriklik (og’riq har ikki ko’krakda ham seziladi);
  • Yosh faktori (20-40 yoshli bemorlar ko’krak og’riqlaridan tez-tez aziyat chekadi).

Asiklik og’riq belgilari:

  • Hayz bilan bog’liq emasligi;
  • Ko’krakdagi siqilish va yonish hissi;
  • Og’riq ko’krakning bir tarafida lokalizatsiyalanishi (chap yoki o’ng).

Xavfli alomatlar:

  1. 2 haftadan ko’p davom etadigan har kunlik og’riq;
  2. Vaqt o’tishi bilan og’riqning kuchayishi;
  3. Og’riqning ko’krakning aniq belgilangan qismida joylashuvi;
  4. Sut bezidagi og’riq kundalik faoliyatda qiyinchiliklarga olib kelishi.

Ko’krak og’rishi sabablari

Yoqimsiz tuyg’ular paydo bo’lishiga yordam beruvchi omillar (ya’ni ularning sabablari) turlicha bo’lishi mumkin:

  • Anatomik omillar. Asiklik bo’lmagan og’riqni keltirib chiqaradi. Triggerlar ko’pincha ko’krak travmasi, ko’krak kistasi, boshdan kechirilgan jarrohlik aralashuvidir.
  • Kislotali disbalans. Ko’krak sezgirligi uning ichida aylanib yuradigan gormonlarga bog’liq. Ushbu muammo bilan kurashish uchun, ovqat ratsioniga yog’li kislotalarni o’z ichiga olgan oziq-ovqatni kiritish kerak.
  • Dori vositalarini qabul qilish. Gormonal dorilarning bir qismi (masalan, bepushtlikni davolash uchun), oral kontratseptivlar va boshqa bir qator dorilar sut bezlarida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu dorilarni qabul qilishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
  • Ko’krak hajmi. Ko’krak hajmi katta bo’lgan ayollarda ba’zida asikli og’riqlar paydo bo’ladi.

Ehtimolli kasalliklar

Ushbu alomat sut bezlarining turli jarohatlari va lat yeyishlari, shuningdek, homiladorlikning dastlabki bosqichlarida organizmdagi o’zgarishlar tufayli yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin kasallikning sababini tushunish kerak, chunki jiddiy patologiyalar mavjudligi ham istisno emas.

Qovurg’alararo nevralgiya

Alohida nerv tolalarining sezuvchanligi buzilishi tufayli rivojlanadi. Og’riqli his-tuyg’ular «butun nerv bo’ylab tarqaladi, shuning uchun og’riq nafaqat ko’krakda, balki bel va dumg’azada ham sezilishi mumkin.

Bezlar sohasidagi nevralgiya intensivlik, xurujsimon va yurish vaqtida kuchayishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, og’riq ko’krakni bosib ko’rganda, nafas chiqarish va nafas olish paytida paydo bo’ladi.

Mastopatiya

Ko’krakning yaxshi sifatli kasalliklarini nazarda tutadi. Bunda bez to’qimalari o’sadi, siynadan esa suyuqlik ajrala boshlaydi. Mastopatiya bir vaqtning o’zida har ikkita ko’krakka ta’sir qiladi.

Og’riq simillovchi va o’tmas bo’ladi. Qiziqarli haqiqat — mastopatiyaga chalingan ayollarning 15% hech qanday og’riq his qilmaydi. Ba’zi hollarda mastopatiya saraton o’simtasiga aylanadi.
Mastopatiya kasalligi to’g’risida batafsil→

Sut bezi fibroadenomasi

Bu o’simtaga o’xshash shakllanmani davolash o’ta muammolidir. Kapsulalangan o’simta juda aniq konturlarga ega.

Ko’krak qattiqlashadi, siynalar g’alati substantsiya chiqaradi. Agar ayol ushbu kasallikka katta yoshda duchor bo’lsa, shifokorlar jarrohlik aralashuvini tavsiya etadi. Fibroadenoma — bu yaxshi sifatli o’simta, shuning uchun u ko’krakning tuzilishini buzmaydi. Sarkomaga ayanishi juda kam hollarda uchraydi.

Mastit

Gap sut bezlarining yallig’lanishi haqida bormoqda. Kasallik gigienik me’yorlaga amal qilmaslik yoki emizish davrida rivojlanishi mumkin. Infektsiya organizmga siynalardagi mikroyoriqlar orqali kiradi.

Emizish jarayonida og’riq sindromi kuchayadi. Mastit va mastopatiyani adashtirish xatodir. Bu boshqa-boshqa patologiyalar, va ikkinchisi ancha xavfliroq.
Mastit kasalligi haqida batafsil→

Tashxis

Kasallikni davolashdan oldin uning malakali tashxisini o’tkazish juda muhimdir. Buning uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:

  1. UTT. Eng ommalashgan usul, unda to’xtalmaymiz.
  2. Palpatsiya. Shifokor shikastlanish sohasini paypaslab ko’radi. Bu bosqichda ko’krak bezlarida assimetriya aniqlanadi. Bunday ko’rik vizual tarzda shishish, qizarish, teri osti qon tomirlarining holatini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda ko’krakdagi og’riq tashxis qilinadi, muammoning aniq lokalizatsiyasi aniqlanadi. Shuningdek limfa tugunlari ham tekshiriladi (o’mrov usti, o’mrov osti, qo’ltiq osti, bo’yin).
  3. Biopsiya. Uch turi mavjud: ekstsizion (zichlanmani atrofdagi to’qimalar bilan kesib olish), punktsion (zichlanmaga igna yoki shprits kiritish) va trepan-biopsiya (keyingi o’rganish uchun igna yordamida to’qima ustunchasi ajratib olish). O’tkazilishi hayzdan oldinmi yoki keyinmi — bu muhim emas. Eng muhimi o’simtaning tabiatini aniqlash (yaxshi yoki yomon sifatli).
  4. Mamografiya. Bu sut bezlarida kechayotgan jarayonlarning rentgenologik tashxislash jarayonidir. Ushbu muolaja uchun maxsus rentgenologik apparat — mammograf mo’ljallangan.
  5. Duktografiya. Rentgenokontrast preparat yordamida tashxislash usuli, bu sut bezi kanallardia o’simta mavjudligini aniqlash imkonini beradi.
  6. Termografiya. Tadqiqot mexanizmi — termovizor. Ushbu qurilma tana tomonidan chiqariladigan infraqizil nurlarga sezgir. Shikastlanish sirtida issiq nuqta kuzatiladi.
  7. Ultratovushli diagnostika. Usulning ikkinchi nomi — exografiya. Ultratovush tufayli rentgenologik yo’l orqali olingan ma’lumotlar sezilarli darajada to’ldiriladi.
  8. Pnevmokistografiya. Kista bo’shlig’ini punktsiyasini anglatadi.

Xavf guruhlari

Sut bezidagi og’riq muammosi nafaqat hayzdan oldin sodir bo’lishi mumkin. Xavf guruhiga quyidagi toifa kishilar kiradi:

  • 1 marta tuqqan ayollar (yoki umuman tug’maganlar);
  • Ko’krak bilan umuman emizmaganlar;
  • Saraton o’smalariga moyil bo’lgan bemorlar (ona chizig’i tarafidan);
  • Tartibsiz jinsiy hayot kechiradiganlar;
  • Bir necha marta abort qildirganlar;
  • Stressga emotsional duchor bo’lganlar;
  • Qandli diabet bilan kasallanganlar;
  • Semizlikdan aziyat chekadiganlar;
  • Noqulay sharoitda yashaydiganlar (yomon ekologiya);
  • Jigar, qalqonsimon bez, o’t pufagining zararlanishiga chalinganlar;
  • Ko’krak bezi bilan bog’liq jarohatlanishlarni boshdan kechirganlar;
  • Chekuvchilar va spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchilar.

Davolash

Davolashdan oldin to’g’ri bajarilgan tashxis sut bezlarining funktsional buzilishlari bilan aloqa mavjud emasligini ko’rsatishi mumkin.

Bunday holatda shifokor simptomatik davolanishni belgilaydi. Misol uchun, antiprolaktin preparatlar prolaktin darajasi ko’tarilishiga qarshi kurashadi. Ular shuningdek gipofizda ushbu gormonning sekretsiyasini bostirishi mumkin.

Gormonal terapiyaning muhim kamchiligi mavjud — u hayz sikining buzilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bu usul juda kam qo’llaniladi. Tibbiy amaliyotda ko’pincha quyidagilar uchraydi:

  • Fitoterapiya;
  • Oziq-ovqat qo’shimchalari;
  • Vitaminli terapiya.

Ratsiondan koka-kola, shokolad, spirtli ichimliklar va qahvalarni chiqarib tashlashga qaratilga parhezlar juda mashhur. Ba’zi hollarda piridoksin belgilanadi.

Konservativ davolash

Ko’krak og’riganda shifokor quyidagi preparatlarni buyurishi mumkin:

  • Vitaminlar (E, A, C, B);
  • Sedativ va antistress vositalar;
  • Jinsiy gormonlar sintezini normallashtirish uchun preparatlar;
  • Fermentlar (modda almashinuvini tartibga soladi).

Jarrohlik aralashuvi

Agar yuqorida keltirilgan davo choralarining hech bir naf bermasa, bemorga jarrohlik tavsiya etilishi mumkin. Bu o’simtaga o’xshash shakllanishlar bilan shikastlangan joylarni olib tashlashni anglatadi. Operatsiyadan so’ng bemorga immunomodulyator, og’riq qoldiruvchi va o’simtaga qarshi vositalar buyuriladi.

Oldini olish

Eng yaxshi profilaktika — immunitetni muntazam mustahkamlashdan iborat. Shuningdek, stress, tashvish va asabiy taranglikdan qochish, bir xil sherik bilan muntazam jinsiy aloqada bo’lish, abortga yo’l qo’ymaslik va ko’krak bilan emizish kerak. Tor, qisuvchi ichki kiyimlardan voz kechish va har kungi manual ko’rikka vaqt ajratish kerak.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 1 ta baho berilgan
Загрузка...
yuklanmoqda...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *