Gimenoplastika — turlari, texnikasi, ko’rsatmalar, tayyorgarlik ko’rish, afzallik va kamchiliklari

Gimenoplastika — qizlik pardasi butunligini tiklash (diniy, axloqiy va boshqa sabablarga ko’ra) uchun bemorning xohishiga binoan amalga oshiriladigan intim plastik xirurgiya operatsiyasi. Qizlik pardasi tiklanishi mahalliy yoki umumiy anesteziya ostida amalga oshiriladi. Gimenoplastikaning tanlangan texnikasiga qarab, reabilitatsiya muddati 3-7 kun davom etadi, oson, maksimal darajada noqulayliksiz bilan kechadi. Operatsiyaning boshqa nomi — refloratsiya.

Gimenoplastika haqida to'liq ma'lumot

Opeatsiya uslublari

Qizlik pardasini tiklashning ikki turi mavjud: qisqa muddatli va uzoq muddatli.

Qisqa muddatli operatsiyaga kelgusi 7-10 kun ichida kerakli natija talab qilinganda murojaat qilinadi. Bunday holda, qizlik pardasi qismlari shunchaki bir-biriga tikib qo’yiladi. Operatsiya ham mahalliy, ham umumiy anesteziya ostida o’tkaziladi. To’liq bitib ketish, odatda, sodir bo’lmaydi, shuning uchun natija qisqa muddatga ega. Uning afzalliklari:

  • Operatsiya davomida qin to’qimalari jarohatlanmaydi;
  • Qon ketishi minimal (deyarli umuman yo’q);
  • Operatsiyadan keyin tiklanish davri qisqa, og’riq, shish va noqulayliklarsiz.

Uzoq muddatli gimenoplastika qinning kirish qismidagi to’qimalar tufayli bokiralik pardasi butunligini tiklashni nazarda tutadi. Ushbu operatsiyani bajarish texnikasi yanada murakkabroq, lekin qizlik pardasi butunligi cheksiz vaqtga tiklanishiga kafolat beradi. Odatda umumiy anesteziya ostida o’tkaziladi. Atravmatizatsiya maqsadida so’rilib ketuvchi chok materiallari (polisorbat, vikril PDS II) ishlatiladi. Uning afzalliklari:

  • Qizlik pardasi defloratsiyagacha saqlanib qoladi;
  • Uzoq muddatli gimenoplatika maksimal tabiiy estetik natija beradi.

Kamchiliklari:

  • Qisqa muddatli gimenoplastikaga qaraganda to’qimalarning ko’proq jarohatlanishi;
  • Bunday turdagi operatsiyadan keyin reabilitatsiya uchun taxminan 7 kun kerak bo’ladi;
  • Operatsiyadan keyingi dastlabki vaqtlarda shish, og’riq va noqulaylik sezilishi mumkin.

Ayollar ko’pincha so’rashadigan narsa — natijalar qay darajada tabiiy bo’ladi? Gimenoplastikada o’zi so’rilib ketuvchi chok materiallari qo’llaniladi. Operatsiya izlari (masalan «iplar») qolmaydi. Tiklangan qizlik pardasini tabiiysidan farqlab bo’lmaydi. Defloratsiya vaqtida ayolning his-tuyg’ulari maksimal darajada birinchi jinsiy aloqagi kabi bo’ladi. Gimenoplastikani bir necha marta o’tkazish mumkin.

Gimenoplastika uchun ko’rsatmalar

Gimenoplastika faqatgina ayolning xohishiga ko’ra amalga oshiriladi. Plastik jarrohga murojaat qilishning sababi diniy, axloqiy yoki shaxsiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Ba’zi ayollar bu orqali o’z jinsiy tajribasini yashirishga harakat qilishadi.

Gimenani tiklash shuningdek psixoterapevtik maqsadlarni ko’zlashi mumkin. Refloratsiya bo’yicha qaror qabul qilib, ayol o’tmishi va kelajagi o’rtasidagi ko’rinmas chegara o’tkazadi. Bunday qadam psixologga yoki psixoanalitikka uzoq muddatli tashrifdan ko’ra chuqurroq psixoterapevtik ta’sir ko’rsatadi.

Gimenoplastika qilish istagi turli sabablar bilan belgilanishi mumkinligini tushunish muhim, ammo bu motivlar doimo shaxsiydir va ayol ularni plastik jarrohga aytmasligi kerak.

Gimenoplastikaga tayyorgarlik

Qizlik pardasini tiklash ambulatoriya yoki kunduzgi statsionar sharoitida amalga oshiriladi. Gospitalizatsiyaga, odatda, ehtiyoj yo’q, lekin xohishga ko’ra va bunga sharoit bo’lsa, bemor klinikada bir kun qolishi mumkin. Gimenoplastika asosan mahalliy anesteziya (og’riqsizlantirish) ostida amalga oshiriladi, ammo agar ayol qo’rqsa va ​​og’ir hissiy bezovtalikni boshdan kechirsa, operatsiya intravenoz sedatsiya yoki narkoz ostida amalga oshirilishi mumkin. Bunday holatda shifoxonada bir kun tibbiy xodimlarning nazorati ostida qolish tavsiya etiladi.

Qizlik pardani qayta tiklashdan oldin, ayol standart tibbiy ko’rikdan o’tadi. Diagnostik muolajalarning ro’yxati umumiy qon / siydik tahlili, qon biokimyosi, gemostaz tizim ko’rsatkichlarining batafsil tahlili, virusli infektsiya markerlariga (OIV, gepatit B, gepatit C), sifilisga tahlil, elektrokardiogramma. Diagnostik muolajalarning ro’yxati qo’shimcha laboratoriya va instrumental usullar bilan kengaytirilishi mumkin. Ko’rsatmalarga ko’ra, tor mutaxassislar bilan maslahatlashuv o’tkaziladi.

Refloratsiya o’tkazilishiga 2-3 hafta qolganda chekish va alkogolli ichimliklarni butunlay cheklash kerak. Qon ivishi tizimining vazifasiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan dorilarni qabul qilishni to’xtatish muhim ahamiyatga ega. Ularga bosh, bel, bo’gim va hayz paytida og’riqlarga qarshi ko’pchilik dorilar kiradi. Agar siz muayyan dori-darmonlarni qabul qilsangiz, konsultatsiya davomida plastik jarrohga bu haqida xabar bering.

Gimenoplastikani hayz siklining o’rtasida o’tkazish tavsiya etiladi. Agar keyingi hayz boshlanishiga bir haftadan kam vaqt qolgan bo’lsa, refloratsiya o’tkazilmaydi. Bunday hollarda operatsiya boshqa vaqtga ko’chiriladi.

Gimenoplastikaga qarshi ko’rsatmalar

  • Jinsiy a’zolar (servitsit, kolpitlar), siydik-tanosil tizimi (sistit) va kichik tos a’zolarining yallig’lanishli va infektsion kasalliklari.
  • Neoplaziyaning lokalizatsiyasidan qat’iy nazar onkologik kasallik.
  • Qon ivishi tizimining buzilishilari, shu jumladan gemofiliya va gemostaz tizimining boshqa genetik nuqsonlari.
  • Oraliq terisida autoimmun, infektsion yoki allergik tabiatli toshmalar va yallig’lanish jarayoni.
  • Kuchayish bosqichidagi genital gerpes.
  • Laktatsiya, homiladorlik.
  • Endokrin yoki somatik patologiyanining dekompensatsiyasi.
  • Ichki jinsiy a’zolarda yaxshi sifatli neoplazmalar.
  • Yurak va tomirlarining surunkali kasalliklari.

Reklama

Ushbu mazvuda 5 ta fikr qoldirilgan

  1. Assalomu aleykum,toliq malumot olish uchun kimga murojat qilishimiz kerak,iltimos manzili aytvoriyla!

  2. Gimenoplastik operatsiya qladgan ginekolog xirurgla blan qanaqqip bog’lansa boladi…

    1. Gimenaplastik qanca vaqt saqlanib qolinadi? Qõvishish sodir bõlmagunica saqlanadimi?

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.