Ayollar uchun foydali maslahatlar to’plami — salomatlik va go’zallik sirlari

Ayollar nozik jins vakillari hisoblanishi tufayli, ba’zi bir ishlarni amalga oshirishda o’z organizmlari xususiyatlarini va oddiy detallarni hisobga olishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Quyida ayollar uchun foydali maslahatlar ro’yxati keltiriladi, ularga amal qilish foydadan holi bo’lmaydi.

ayollar uchun maslahatlar

Foydali maslahatlar: Ayollar uchun

  • Tish shifokoriga ko’rinishni faqat ertalabki vaqtlarga belgilang. Umuman olganda, eng og’riqli muolajalarni ertalab o’tkazishga harakat qilish kerak. Masalan, «ukol» olish yoki yaraning bog’lamini almashtirishni. Ertalabki vaqtda barcha tibbiy va boshqa muolajalar kamroq darajada og’riqli bo’ladi, kechki vaqtga kelib esa organizmning og’riq sezgirligi ortadi.
  • Agar vazningizni nazorat qilayotgan bo’lsangiz, hech qachon pashtet va kakaoli ichimliklar iste’mol qilmang.
    Ozish uchun foydali maslahatlar→
  • Tunggi vaqtda jismoniy ishlar sonini kamaytiring, Bu vaqtda mushaklarning kuchi kamaygan bo’ladi, eng minimal ko’rsatkich esa tunggi 2 va 4 oralig’ida kuzatiladi. Bu vaqtda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlarni keyingi kunga qoldirib, dam olish tavsiya etiladi.
  • Go’sht, kotleta yoki baliqlarni qovurishdan oldin ularni un, non talqoni yoki manna yormasiga belab oling. Bu ularning ta’mi va tashqi ko’rinishini yanada yaxshilaydi. Lekin bu asosiysi emas. Eng muhimi, bunday usulda tayyorlangan go’shtda foydali moddalar ko’proq darajada saqlanib qoladi.
  • Vannaga badanni yuvish uchun vositalardan o’ramida ko’rsatilgan me’yordan ortiqcha solmang. Sintetik moddalar terini yog’sizlantiradi va u qipiqlana boshlashi mumkin.
  • Ayollar uchun yana bir foydali maslahat — sabzavotlarda qaynatilish vaqtida parchalanib ketadigan foydali moddalarni imkon qadar ko’proq saqlab qolish uchun ular qaynatiladigan suvni sabzavotni solishdan oldin tuzlab olish kerak, sabzavotlarni esa sovuq emas, balki qaynayotgan suvga soling.
  • Agar fiziologik mohiyatingizga ko’ra «boyqush» bo’lsangiz va yarim tungacha kompyuter qarshisida o’tirib ishlasangiz, tungi tamaddilarga o’simlik mahsulotlari emas, balki ko’proq oqsilli mahsulotlar kiriting: go’sht, baliq, tvorog, tuxum, sut, shuningdek issiq choy yoki kofe iching. Aynan oqsillar modda almashinuvi tezligini oshiradi va markaziy asab tizimining tonusini ko’taradi.
  • Tishlarni ertalab tish pastasida, kechqurun esa tish kukuni bilan tozalang. Tish pastasi kukunga qaraganda tishlarni kamroq tozalaydi, ammo kunduzi og’iz bo’shlig’i so’lak va qattiq ovqat bilan qo’shimcha ravishda tozalanib turadi. Tungi uyquda esa o’z-o’zini tozalash yuzaga kelmaydi, shuning uchun tishlarni kuchliroq vosita bilan tozalash kerak.

Odatda ayollar ortiqcha vazn olmaslik uchun kechasi ovqat yemaydilar. Biroq, uyquga ketishdan oldin ovqatlanish yuz terisi va umumiy salomatlikka ham salbiy ta’sir ko’rsatishini hamma ma’lum emas. Bunday ovqatlanishdan so’ng ertalab ko’z qovoqlari shishgan bo’ladi, yuzda shishlar va hatto toshma kuzatilishi mumkin.

Ayollar uchun maslahatlar

Istalmagan homiladorlikni oldini olish uchun oral kontraseptivlardan foydalaning. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, ayol OKni qo’llashni boshlaganidan so’ng, jinsiy hayotdagi jinsiy aloqalar soni ortadi. U o’zini erkinroq his qiladi va homilador bo’lib qolishdan xavfsiramaydi. Bundan tashqari, shu sababli ko’pgina ayollarda jinsiy munosabatlardan lazzatlanish hissi sifat jihatdan yaxshiroq bo’ladi.

Tana terisini iloji boricha uzoqroq yosh ko’rinishni istasangiz, teri osti yog’ qatlamini saqlashga harakat qiling. Terining yaxshi ko’rinishi aynan shunga bog’liq. Oddiy qilib ayiladigan bo’lsa, haddan tashqari ozishga urinmang.

Muntazam ravishda jelatin saqlovchi taomlarni (xolodets va boshqalar) muntazam ravishda iste’mol qilishni unutmang. Ular tirnoq va sochlarning tuzilishini yaxshilaydi.
Soch parvarishi haqida→

Ortiqcha vazn olishni xohlamasangiz, to’liq va me’yoriy uyqudan mahrum bo’lmang. Olimlar doimiy ravishda 5 yoki undan kamroq vaqt davomida uxlaydigan kishilar me’yoriy hisoblangan 7-8 soat davomida uxlaydiganlardan ko’ra to’laroq bo’lishini aniqlashdi.

Sog’lom ovqatlanish — go’zallik va salomatlik garovidir. O’zingizni shirinliklardan ko’p ham cheklamasligingiz mumkin, ammo fast-fud, margarin, chipsi, limonadlar, dudlangan mahsulotlar, go’shtli yarimfabrikatlar, konservalar, ko’p miqdorda kofe, energetik va spirtli ichimliklardan voz kechgan ma’qul.

Atrogingizdagi odamlar faqat optimistlar bo’lishiga harakat qiling. Negativ ruxda yuruvchilar nafaqat o’zlarining, balki sizning kayfiyatingizni ham buzadi. O’zingiz ham quvnoq va shodon bo’ling.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 3 ta baho berilgan
Загрузка...
Загрузка...
loading...

Izoh qoldirish

E-mail manzilingiz oshkor etilmaydi. To'ldirish majburiy bo'lgan maydonlar * bilan belgilangan