Soch ekish — FUE v FUT usllari, ko’chirib o’tkazish muammolari haqida

Sochni ekish yoxud soch transplantatsiyasi — insonning boshidagi sochlarni, shuningdek mo’ylov, soqol, bakenbard, qoshlar, kirpiklarini jarrohlik usulida qayta tiklash usuli hisoblanadi. Turli xil progressiv alopesiya, shuningdek, chandiq, yaralar, kuyishlar, muvaffaqiyatsiz plastik jarrohlik oqibatlarini yashirish uchun ishlatiladi.

Soch ekish

Sochlar o’rnashib ketishining jahon standarti kamida 90 foizni tashkil qiladi. Ya’ni ekilgan 10 tola soch tolasidan kamida 9 tasi o’rnashib ketishi kerak. Bunda ekiladigan sochlar zichligi tabiiy ko’rsatkichning 70-80 foizini tashkil etilishi talab etiladi. Odamda 1 sm2 terida o’rtacha 250-300 ta soch tolasi bo’ladi.

Operatsiya minimal invaziv, deyarli og’riqsiz, mahalliy og’riqsizlantirish ostida va ambulatoriya sharoitida amalga oshiriladi.

Yetarli miqdorda donorlik materiali — kishining o’z soch tolalari (begonaning soch tolalari organizm tomonidan rad etiladi) bo’lganda, ular bir necha marta ko’chirilishi mumkin. Ekilgan follikullar 2-3 oydan so’ng yangi soch chiqara boshlaydi.

Transplantatsiyaning yakuniy natijasi bir yil ichida olinadi. Natija butun hayot davomida saqlanib qoladi.

Soch ekish usullari

Sochlarni tiklash xirurgiyasi xalqaro jamiyati (ISHRS, ing. International Society Of Hair Restoration Surgeru) soch ko’chirib o’tkazishning rasman ikki usullini e’tirof etgan — choksiz FUE (ing. Follicular Unit Extraction) va chokli FUT (ing. Follicular Unit Transplantation, ikkinchi nomi STRIP) usuli.

Jahon statistika ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi 10 yil mobaynida choksiz va chikli usuli bilan amalga oshirilgan soch ekish operatsiyalari soni deyarli tenglashdi. Ikkala usulning ham tarafdorlari va qarshi chiqadiganlari, o’z afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

FUE soch transplantatsiyasi usuli

FUE usuli bo’yicha soch ekish — bu choksiz, kesmagan holda transplantantlarni (graftlarni) olish va kiritishning mikrojarrohlik usuli. 1-4 tukdan iborat soch guruhlari (follikullar) bemorning ensa sohasidan yoki tananing boshqa qismlaridan (ko’krak, oyoq, soqol) olinadi. Jarrohlik og’riqsiz o’tadi. FUE usuli bo’yicha operatsiya har doim umumiy reja bo’yicha amalga oshiriladi:

  • 1-bosqich: maxsus mikrojarrohlik asbobi (panch) bilan soch follikullarini qazib olish, chiqarish va ishlov berish;
  • 2-bosqich: retsepient zonada sochlarning transplantatsiyasi uchun kanallarni shakllantirish;
  • 3-bosqich: yaratilgan kanallarga transplantantlarni donalab kiritish.

Usulda qo’llaniladigan asbob turiga qarab ikkita texnika ajratiladi:

  • Manual texnika (ing. FUE hand). Panch (temir naycha) metall dastakka o’rnatiladi. Transplantolog-jarroh ikki ketma-ket harakatni amalga oshiradi: kiritish va aylantirish, natijada u graftni ajratib oladi. Usul juda ko’p mehnat talab qiladi, 1500 graftgacha bo’lgan donorlik hajmida qo’llaniladi;
  • Mexanik usul (ing. FUE). Eng murakkabi, yuqori malakali transplantologdan katta mahorat talab qiladi. Bunda mikroturbinaga o’rnatilgan panch ishlatiladi, uni aylanishi bilan graft chiqarib olinadi. Shifokor bitta harakat bilan ikki operatsiyani birlashtiradi.

Usul juda yuqori sifatli graftlar olish imkonini beradi. Ularni chiqarib olishda brak foizi minimal darajada bo’ladi. Jarroh panchni kiritish chuqurligini juda yaxshi his qilishi, aylanish tezligini sozlashi kerak. Panchning diametri 0,6 mm va turbinaning aylanish tezligi daqiqasiga 1000 tagacha yetishi — bu FUE usulining asosiy afzalliklarini ta’minlaydi: bemor uchun minimal invazivlik va estetik effekt. Donor materialida jarayonidan keyin qolgan mikrojarohatlar hatto soch to’liq qirib tashlanganda ham deyarli ko’rinmaydi.

Biroq, 3000 dan ortiq graftni ko’chirib o’tkazish talab etiladigan katta kallik joylar bo’lganda choksiz usulni ishlatib bo’lmaydi. Bundan tashqari, barcha bemorlar uchun ham operatsiyaning uzoq muddati (8 soatgacha) mos kelavermaydi.

FUE va FUT usullarining farqi
FUE va FUT usullarining farqi

FUT usuli (chokli)

Ushbu usul donor materialni boshning orqa qismidan teri parchasi shaklida olib, keyin undan graftlar shakllantirishni (kesib olishni) nazarda tutadi. Sochsiz zonaga graftlar soch o’sishi yo’nalishini inobatga olgan holda manual ravishda yoki implanter yordamida kiritiladi. Operatsiya vaqtida jarrohga assistentlar brigadasi yordam qiladi (8 yoki undan ko’p kishi), ular binokulyar kattalashtirish yordamida ko’chirib o’tkazish uchun mikrograftlarni ajratib oladi.

Usul katta sochsiz joylarni tiklashda ishlatiladi va 12000 ta soch follikulalarini (taxminan 5000 graft) ko’chirib o’tkazish imkonini beradi. Afzalliklari FUT operatsiya vaqti (3-4 soat), donorlik teri parchasidan graftlarni ajratib olishning texnik jihatdan nisbatan osonligi, transsektsiyalarning quyi ehtimolligi (3 foizdan kamroq), jarrohlik muoalajalarining arzonligi.

FUT (STRIP) usul follikullarni 95% o’rnashuvchanlik bilan ko’chirish imkonini beradi. Reabilitatsiya davri minimal. Operatsiyadan keyingi kundan boshlab kundalik ishlarga qaytish mumkin, 3 kundan keyin sochni yuvish, bir haftadan keyin jismoniy zo’riqishlarga ruxsat beriladi. Ko’p sezilarli bo’lmagan ipsimon chandiq oddiy trixopigmentatsiya muolajasi bilan osonlikcha yashiriladi.

Soha muammolari

Bugungi kunda soch ekish — juda talabgir va qimmatbaho xizmatdir. Bunday biznes egalari ko’pincha bemorning manfaatlariga zarar yetkazgan ravishda katta foyda ko’rishga intilishlari mumkin.

Asosiy muammolardan biri — soch ekish muolajasini oddiy kosmetik muolaja deb qabul qilib, operatisyani tibbiy ma’lumoti bo’lmagan oddiy asistentga ishonib topshirishda. Talabning yuqoriligi, bemorlarning ma’lumotga ega emasligi tufayli transplantatsiya «konveyeri» egalariga katta daromad keltirmoqda. Aslida, soch ko’chirib o’tkazish — eng avvalo jarrohlik operatsiyasi hisoblanadi, minimal invaziv bo’lsa ham, inson bosh terisi anatomiyasi va fiziologiyasiga aralashuv bilan bog’liq. Va bu amaliyot bilan o’z malakasi doimiy oshirib boruvchi professional shug’ullanishi kerak.

Xalqaro hamjamiyat litsenziyasiz mutaxassislar amaliyoti bilan bog’liq xatar haqida bir necha bor tashvishlanishgan. Hozirgi kunda bunday jarrohlik operatsiyasi barcha mamlakatlarda ham qonun bilan tartibga solinmaydi. Bundan tashqari, iste’molchini agressiv reklama ham chalg’itishi mumkin.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.