Yuzdagi tuklardan xalos bo’lish: salon va uy sharoitida o’tkaziladigan muolajalar

Inson tanasi butunlay tuklar bilan qoplangan, ba’zi sohalarda ular deyarli sezilmaydi, ba’zi sohalarda esa aniq ko’zga tashlanadi. Ba’zi ayollar yuzdagi tuklar kabi muammoga duch kelishadi va ularni yo’qotish uchun turli usullarni qidirishadi.

Yuzdagi tuklarni yo'qotish

Har bir odamning yuzida tuklar mavjud, biroq kimdadir ular juda nozik va deyarli ko’rinmas, boshqalarda esa zich va qalin bo’ladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 30% ayollarda yuzdagi tuklar muammosi mavjud. Ko’pincha, tuklar yuqori lablar ustida joylashgan sohani keng qamrab oladi, shuningdek, yonoqlar va iyakda mavjud bo’ladi, bu esa juda benur ko’rinadi. Ushbu qiyinchilikka duch kelgan ayollar yuzdagi tuklarni yo’qotish usullarini intensiv ravishda izlay boshlashadi.

Ayollarda yuzda tuk paydo bo’lishi sabablari

Yuzdagi keraksiz soch tolalarini yo’qotish usullarini qidira boshlashdan oldin, ushbu noxush hodisani keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan sabablar haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishingiz kerak:

  • Menopauzaning boshlanishi;
  • Homiladorlik paytida;
  • Tez-tez stress vaziyatlar;
  • Balog’at paytida
  • Og’ir va uzoq davom etgan kasallik borligida;
  • Irsiy moyillik;
  • Gormonal kontratseptivlarni uzoq vaqt qo’llash;
  • Ayol organizmida ortiqcha miqdorda erkak gormonlari mavjudligi.

Odatda, yuzdagi tuklar ko’proq qora sochli honimlarda yaqqol seziladi, chunki sariq sochlilarda tuklar rangsiz va ingichkaligi tufayli deyarli ko’zga tashlanmaydi.

Aynan yuzdagi tuklar o’sishining tezlashishiga kelsak, bu hodisa inson organizmida yuzaga keladigan ma’lum gormonal buzilishlar bilan bog’liq. Shuning uchun, agar yuzda to’satdan tuklar juda qalinlasha boshlasa, sezilarli bo’lib qolsa va ularni yo’qotish qiyinlashsa, shifokor tekshiruvlaridan o’tish kerak. Zarur bo’lsa, mutaxassis davolanish kursini belgilaydi, shundan keyin ortiqcha tuklar muammosi yo’qoladi.

Qanday qilib yuzdagi tuklarni yo’qotish mumkin?

Bugungi kunda juda ko’p turli xil yuzda tuklarni yo’qotish usullari mavjud. Shu tufayli eng qulay va kamroq og’riqli usul tanlashning imkoniyati mavjud.

Salon muolajalari

  1. Lazerli epilyatsiya — eng samarali va ta’sirli usul hisoblanadi. Lazer nurlarining ta’siri ostida nafaqat sochlarning to’kilishi, balki soch follikulini yo’q qilish ham ro’y beradi. Biroq, bunday amaliyotlardan keyin baribir biroz soch idlizlari qoladi. Bir necha hafta o’tgach ular yana faollashadi va yuzda yana tuklar paydo bo’la boshlaydi. Bunday holatda takroriy muolaja bajariladi. Yuz tuklari muammosini batamom hal qilish uchun kosmetologga taxminan 5-8 marta tashrif buyuriladi. Bunday amaliyot narxi muolaja o’tkaziladigan soha kattaligiga qarab belgilanadi va bir marta uchun 50 000 — 80 000 so’m atrofida o’zgarib turadi.
  2. Fotoepilyatsiya — bu jarayon davomida issiqlik va yorug’lik ta’siri yordamida soch follikulalarini tezda yo’q qilininshi sodir bo’ladi. Ushbu uslubning asosiy afzalliklari universallikdir, chunki u tananing turli qismlariga ishlov berishga mo’ljallangan, shuningdek, yuqori samaradorlik va noinvazivlikka ega. Fotoepilyatsiya yordamida har qanday rangdagi tuklarni, hatto juda qalinlaridan ham qutulsa bo’ladi. Har qanday rangdagi terida o’tkazish uchun mos keladi. Biroq, ortiqcha tuklar muammosidan to’liq va doimiy ravishda xalos bo’lish uchun bir yil sarflashingiz kerak bo’ladi. Ushbu muolajaning narxi taxminan 250 000 — 300 000 so’m bo’ladi.
  3. Elektrepilyatsiya — sochni yo’q qilish elektr toki ta’siri ostida o’tkaziladi. Bunday muolajani uy sharoitida ham amalga oshirish mumkin, shunchaki maxsus apparat xarid qilish yetarli, ammo salonda o’tkazilgan muolaja natijasi kafolatlangan bo’ladi. Yuzdagi tuklarni butunlay yo’q qilish uchun taxminan olti oy vaqt ketadi, bitta muolaja qiymati bir daqiqasi taxminan 2000-3000 so’mni tashkil qiladi. Bitta soch tolasiga ishlov berish 30 soniya davom etadi.

Yuzdagi tuklarni uy sharoitida yo’qotish

  • Terish — bu usulni kosmetologlar tavsiya etishadi. Ammo bu jarayon davomida soch follikulalari betartib va kuchli jarohatlanadi, ammo ular butunlay yo’q qilinmaydi va birmuncha vaqtdan keyin yana tuk o’sa boshlaydi. Ushbu usulning asosiy kamchiliklaridan biri terining juda ko’p ta’sirlanishi va qizarishidir. Bundan tashqari, bu usul juda og’riqli va juda yoqimsiz hislarni keltirib chiqaradi. Ushbu uslubni tez-tez qo’llash natijasida sochlar qalinlasha boshlaydi va ularning o’sishi faollashishi xavfi mavjud. Buni faqat bir nechta alohida tuklarni yo’qotish kerak bo’lsagina o’tkazish tavsiya etiladi.
  • Qirib tashlash — ko’pincha mo’ylovlardan tezda qutulish kerak bo’lganda foydalaniladi. Ushbu uslubning asosiy kamchilgi shundan iboratki, qirib tashlash natijasida tuklar ko’proq sezilarli bo’lib qoladi, tolalarning bo’linishi sodir bo’ladi va ular ancha qalinlashadi. Agar bu usulni bir marta ishlatsa, har kuni unga murojaat qilishi kerak bo’lib qolishi. Bundan tashqari kuchli teri ta’sirlanishi va toshma toshishi ehtimolligi mavjud.
  • Shugaring yoki epilyatsiya — ortiqcha tuklarni bartaraf etishning eng samarali usullaridan biridir. Soch ildizi bilan to’liq olib tashlanadi, bu soch o’sishi sekinlashuvini ta’minlaydi va o’sadigan tuklar juda nozik va deyarli ko’rinmas bo’ladi. Ushbu muolaja uchun 2 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq limon kislotasi va 1 osh qoshiq suv kerak bo’ladi. Hammasi juda past olovga qo’yib, muntazam aralashtirib turiladi. Aralashma sarg’ish tus olgach, uni sinashni boshlang: bir tomchi aralashma olib, uni sovuqroq qoshiqqa qo’ying, so’ng barmoq uchini tekkizing, agar u yopishib, cho’zilsa, demak vosita hali tayyor emas. Vosita kerakli holatga kelgach, uni olib, barmoqlar yordamida sharcha yasang, so’ng soch o’sishi yo’nalishiga qarshi qilib yoying, biroz kutib, soch o’sishi yo’nalishi bo’ylab torting. Muolajadan keyin yuz qizarishi mumkin, biroq u tezda o’tib ketadi.
  • Mumli epilyatsiya — bu muolajani amalga oshirish uchun maxsus kosmetik mum (plastinka yoki tabletkalar shaklida ishlab chiqarliadi) sotib olish kerak. Afzalliklar qatorida natijaning davomiyligi mavjud. Biroq, asosiy kamchiligi mavjudki, tuklarni yo’qotish faqatgina ularning uzunligi 5 mm dan kam bo’lmasagina amalga oshadi. Yuzdagi ruklardan xalos bo’lish uchun tez-tez qo’llaniladi.

Ayolning yuzidagi tuklarga qarshi xalqona vositalar

  • Vodorod peroksid — bu usul tuklarni abadiy yo’qotish uchun yordam bermaydi, lekin ularni mukammal rangsiz va deyarli bilinmaydigan qiladi. Bunday natijaga erishish uchun sizga 3% vodorod peroksidi va toza paxta kerak bo’ladi, shunchaki paxtani namlab olib, muammoli sohalarni vaqti-vaqti bilan artib turing. Bu usulning muntazam qo’llab turish natijasida sochlar nafaqat ingichkalashadi, balki oxir-oqibat butunlay o’sishdan to’xtashi mumkin.
  • Spirtli eritma — sochlarni ko’rinmas qilishga yordam beradi. Biroq, bu usulni qo’llashda mutanosiblikka qat’iy amal qilish kerak, bo’lmasa teri kuyishi mumkin. 3 osh qoshiq spirt, 1 choy qoshiq nashatir spirti bilan aralashtiriladi, so’ng 1 choy qoshiq kanakunjut moyi va 1 tomchi yod eritmasi qo’shiladi. Olingan aralashma kuniga bir necha marta tuklar mavjud sohaga qo’llaniladi.
  • Yong’oq — ularda sochni ildizini yo’q qilishga yordam beruvchi noyob modda mavjud. Yong’oqning yashil mevalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Yong’oqlarning yashil po’sti olinib, yaxshilab quritiladi (uchta yong’oq po’sti yetadi), keyin kuydiriladi. Olingan kul toza suv (1 choy qoshiq) bilan aralashtiriladi va kuniga bir necha marta muammoli sohalarga surtiladi. Biroq bu uslubning ham o’z kamchilig mavjud bo’lib, terida bir necha kungacha saqlanadigan yong’oq po’stidan qolgan jigarrang do’g paydo bo’ladi.

Reklama

Ushbu mazvuda 3 ta fikr qoldirilgan

  1. Салом мени юзимда копинча угри чикади угриди йокотиш учун водарод перекс суртиман айнан 3фойизини лекин мени бетимдеги тукларди йокотмадику демокчиман

    1. Vodorod peroksidi abadiy natija bermasligi qayd qilib o’tilgan. Bu usulning mohiyati shundaki, u tuklarni «kuydirib», rangsizlantiradi va ko’zga sezilmas qilib qo’yadi. Uzoq muddat qo’llash natijasida esa ular siyraklashadi ham, to’kilib ketishi ham mumkin. Ammo bu vositani ko’p qo’llash teriga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi ehtimoldan holi emas. Shu sababli, kishi uni doimiy qo’llash istagida bo’lsa, avvat kosmetolog bilan maslahatlashishi talab etiladi.

    2. Siz avvalo yuzingizni iloji boricha issiq suvda yuvmang. Sizga iliqroq sovuq suv bilan foydalanish foydalidir. Yuzingizni changdan asrang. Xusnbuzarlar uchun vodorod peroksidi ta’siri kam.
      1. End oddiy usul. Dorixonadan Saltsil 1.2 % li spirt va aspirin sotib olish kifoya. Tayyorlashda Spirt idishiga 4 ta tab ni maydalab eriting. Har kuni kechga yuzni arting. Samarasi seziladi.

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.