Gepatit C — yuqish yo’llari, alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish

Gepatit C — gepatit C virusi sabab jigarning yallig’lanishidir. Gepatit so’zi yunoncha «hepar» — jigar va «itis» — yallig’lanish so’zlaridan olingan. Dori, toksinlar, zahar, spirtli ichimliklar, allergik reaktsiyalar, autoimmun kasalliklar faqat gepatitning o’ziga sabab bo’lishi mumkin, lekin virusli gepatitlar quyidagi viruslar tomonidan qo’zg’atiladi:

Bulardan boshqa gepatit viruslari ham mavjud, lekin asosan bu uchta turi uchraydi. Bundan tashqari, boshqa, gepatitga oid bo’lmagan viruslar ham gepatitning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin. Masalan OIV, sitomegalovirus, EB virusi.

Gepatit C - davolash, tashxis, savollarga javob

Gepatit C nima?

Kasallikning ikkita kechish turi farqlanadi: o’tkir va surunkali. O’tkir gepatit C ning rivojlanishi virus bilan zararlangandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda ko’pchilik kasallanganlarda hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Taxminan 50- 80% zararlangan insonlarda kasallik keyinchalik esa surunkali gepatit C shakliga o’tadi. Surunkali bosqich o’n yillar davomida shakllanadi va u ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Agar kasallik davolanmasa, bemor oxir-oqibat jigar kasalliklariga duchor bo’ladi va kasallik tashuvchisiga aylanadi.

Gepatit C ning bir necha genotipli turlari uchraydi. Ular 1a, 1b, 2, 3, 4, 5 va 6 ga bo’linadi. Bu genotiplar o’rtasidagi farq kasallikni davolashda muhim o’rin tutadi (dori turi, dozalari va davolash muddati).

Gepatit C belgilari

Kasallikning turli bosqichlarida ma’lum bir alomatlari seziladi.

O’tkir gepatit C belgilari va alomatlari

O’tkir bosqichda 65% insonlarda aniq belgilar kuzatilmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan belgilar ham yaqqolroq namoyon bo’la boshlaydi (2-26 haftadan so’ng) va 2-12 hafta davom etadi. Ular:

  • Qorinning yuqori qismidagi og’riq, ayniqsa o’ng tarafda;
  • Siydik rangining to’q bo’lishi;
  • Rangsiz axlat (oqimtir);
  • Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);
  • Ko’ngil aynishi va ichak faoliyatining buzilishi;
  • Charchoq;
  • Biroz isitma va titroq;
  • Mushaklardagi og’riq;
  • Ishtaha yo’qolishi;
  • Kayfiyatning tezda o’zgarishi;
  • Bo’g’imlardagi og’riq.

Surunkali gepatit C belgilari va alomatlari

Surunkali bosqichida bemorlar odatda, aniq belgilarsiz holda yillar davomida yashaydilar. Bu ba’zan «faoliyatsiz» yoki «yashirin» gepatit C deb ataladi. Natijada yallig’lanish va chandiq (jigar sirrozi) bilan birga faol surunkali gepatit rivojlanadi. Kasallik davolanmasa, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi va jigar saratoni (gepatosellyulyar saraton) va hatto o’limgacha olib borishi mumkin. Surunkali gepatit C belgilari:

  • Zaiflik va charchoq;
  • Ko’ngil aynishi;
  • Ishtaha yo’qolishi;
  • Mushak va bo’g’imlardagi og’riq;
  • Vazn yo’qotish.

Surunkali gepatit C jigar yetishmovchiligiga (jigar dekompensatsiyasi) olib kelgani bois qo’shimcha alomatlar kuzatiladi:

  • Siydik rangining to’q bo’lishi;
  • Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);
  • Qichish;
  • Suyuqlik to’planishidan kelib chiqadigan qorindagi shishlar;
  • Suyuqlik to’planishi tufayli oyoq shishishi;
  • Qon qayt qilish;
  • Umumiy qorin og’rig’i.

Jigar zararlanganda u o’z funktsiyalarini bajara olmaydi. Jigar funktsiyalari qondagi zaharli birikmalarni parchalash, infektsiyalar bilan kurash, dori vositalarini parchalash, ba’zi muhim oqsillarni sintez qilish, qon ivish omilini ishlab chiqish va vitamin, mineral, yog’ va uglevodlarni depo qilib saqlashdir.

Gepatit C qanday yuqadi?

Gepatit C virus bilan kasallangan shaxsdan boshqa shaxsga yuqadi. Virus hayvonlar yoki hasharotlardan yuqmaydi.

Gepatit C virusi asosan qonda va zararlangan kishining o’ziga xos boshqa tana suyuqliklarida oz miqdorda mavjud. Virus hozirda eng ko’p inyektsiya uchun ishlatilgan igna almashinuvi sabab yuqadi. 1990 yilga qadar virus, odatda, qon quyish orqali yuqgan. Hozirda qon quyish orqali yuqishi xavfi deyarli yo’q, donorlik qoni avvalo tahlil qilinadi.

Gepatit C ning yuqishi ba’zan infektsiya nazorat qilish protokollariga rioya qilinmangan kasalxona va klinikalarda, sog’liqni saqlash muassasalarida sodir bo’ladi. Bunday vaqtda tibbiyot hodimlari nosteril asbob qo’llashi yoki igna orqali sog’lom insonga virusni yuqtirishi mumkin.

Virus yuqishining yana bir yo’li bu zaralanib bo’lgan donor a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazilishidir. Hozirgi paytda zararlangan organlarni ko’chirib o’tkazish eng so’nggi va boshqa umid qolmaganda chora sifatida qaraladi.

Kundalik hayotda

Virus jinsiy aloqa yo’li bilan yuqishi mumkin, lekin bu kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Og’izda jarohatlar yoki yaralar bo’lganda o’pish orqali yuqishi mumkin, lekin bu ilmiy isbotlanmagan. So’lakda virus uchramaydi, albatta agar so’lakda qon bo’lmasa. Shaxsiy gigiena vositalari, masalan tish cho’tkasi va ustaralar umumiy ishlatilganda virus yuqishi mumkin.

Virus bilan yangi tug’ilgan chaqaloq onasi orqali zararlanishi mumkin. Istisnolar, ona qonida virus uchramasa. Ona suti orqali gepatit C uzatilishi qayd qilinmagan.

Tatuirovka urish orqali ham virus uzatilishi qayd qilingan, zero ko’pchilik salonlarda sterilizatsiyaga amal qilinmaydi. Gepatit C oziq-ovqat, suv orqali yuqmaydi.

Qanday qilib zararlanishni oldini olish mumkin?

Kasallikka qarshi hech qanday vaktsina kashf etilmagan. Zararlanishni oldini olish uchun:

  • Jinsiy aloqa vaqtida himoyalanish;
  • Boshqa insonning shaxsiy gigiena asboblaridan foydalanmaslik;
  • Go’zallik salonlari va tatu salonlarda e’tiborli bo’lish, ularning asboblarida har xil viruslar, jumladan OIV yoki gepatit C virusi uchrashi mumkin;

Gepatit C ni tashxislash

Gepatit C bemorni so’roq qilish, puxta jismoniy ko’rik va laborotoriya tahlillari yordamida aniqlanadi. Shifokor kasallik belgilari qancha vaqt davom etayotganini aniqlashtiradi. Shuningdek xavf omillari tarixi haqida so’rashi mumkin, ularga:

  • Qon quyish;
  • Sayohat;
  • Gemodializ;
  • Pirsing va tatuirovkalar;
  • Gepatit C bilan kasallangan inson bilan aloqa kiradi.

Laboratoriya va qon tahlili

Laboratoriya qon tahlili kasal qonidagi turli moddalarni, fermentlar sonini aniqlash, jigar funktsiyasini baholash va gepatit C ga qarshi antitanalarni topish uchun amalga oshiriladi. Agar tahlillar virus borligini aniqlasa, bemor qonidagi virusning genetik materiali miqdori aniqlanadi. So’ngi tahlil natijasi davolash tartibini belgilashda muhim hisoblanadi va jarayonni nazorat qilishga yordam beradi.

Boshqa tahlillar

Kasallikka tashxis qo’yilgandan keyin bemorda jigar fibrozi yoki sirrozi alomatlari bor-yo’qligini tekshiruvchi tahlillar o’tkazilishi mumkin. Bu jigar to’qimasi biopsiyasi yordamida amalga oshiriladi va mikroskop ostida jigar hujayrasi tekshirib ko’riladi. Jigar biopsiyasi bugungi kunda kamdan-kam hollarda  amalga oshiriladi, chunki noinvaziv testlar ko’proq samarali, oson va arzonroqdir.

Jigar fibrozini ultratovush tekshiruvi va MRT yordamida aniqlash mumkin. Bundan tashqari, turli xil qon tahlillari yordamida yallig’lanish darajasi va fibroz mavjudligini oldindan aniqlash mumkin. Asosan qon tahlili virus genotipini aniqlash uchun keng foydalaniladi. Shuningdek, bemorda OIV, gepatit A va B bor yoki yo’qligini aniqlash lozim, chunki ular kasallikni davolashda qiyinchilik tug’dirishi mumkin.

Gepatit C ning davosi bormi?

Eng so’nggi viruslarga qarshi preparatlar bilan ko’pchilik kasallarda gepatit C ning eng ko’p tarqalgan turlarini butunlay davolash imkoni mavjud.

Qanday davolanadi?

So’nggi yillarda gepatit C kasalligini davolash keskin o’zgardi. 2016 yil yanvar oyida FDA bir martalik Elbasvir va Grazoprevir birlashmasidan iborat Zepatier nomli preparatni tasdiqladi. Bu preparat kasallikni deyarli 100% davolashga qodir ekanini namoyish etdi. Bundan oldin eng kuchli preparatlar bu 8-12 haftadan so’ng eng odamlarda kasallik belgilarini yo’qotadigan «Harvoni» deb nomlangan, «Sofosbuvir» va «Ledipasvir» dan iborat preparat edi. U preparat bemorlarda charchoq va bosh og’rig’iga sabab bo’lar edi.

Tibbiyot olamida yangiliklar

Yaqinda kashf qilingan dorilar :

  • Ombitasvir-Paritaprevir-Dasabuvir-Ritonavir (Viekira Pak);
  • Ombitasvir-Paritaprevir-Ritonavir (Technivie);
  • Daklastavir (Daklinza).

Bu preparatlar interferon talab qilmaydi va kam vaqt ichida ko’p odamlarni davolaydi. Dastlabki ikki dorilar faqat  kasallik rivojlanishining erta bosqichlarida tavsiya etiladi, chunki ular jigarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu dorilar juda qimmat turadi.

Buning o’rniga shifokor Botseprevir (Victrelis), Simeprevir (Ossio), Sofosvivir (Sovaldi) yoki Telaprevir (Incivek) kombinatsiyasi bilan Interferon birlashmasini tavsiya qilishi mumkin.

Interferon va Ribavirin gepatit C ni davolash asosiy vosita edi. Ular charchoq, shamollash belgilari, kamqonlik, teridagi toshmalar, ruhiy tushkunlik, ko’ngil aynishi va diareya kabi nojo’ya ta’sir chaqirishi mumkin.

Davolash virus genotipiga qarab o’zgaradi. Eng keng tarqalgan turi 1 genotip gepatit C virusidir, undan keyin 2 va 3 genotip, ularning ortidan 4, 5 va 6 uchraydi.

Preparatlarning nojo’ya ta’siri qanday?

Dorilarning eng keng tarqalgan nojo’ya ta’siri quyidagilardir:

Bugungi kunda mavjud bo’lgan va keng foydalaniladigan virusga qarshi dorilarga:

  • Simeprevir (Ossio);
  • Paritaprevir / ritonavir (har doim birga);
  • Ledipasvir;
  • Ombitasvir;
  • Daklatasvir (Daklinza);
  • Sofosbuvir (Sovaldi);
  • Dasabuvir kiradi.

Ulardan ba’zilari (qavs ichida nomi yo’q dorilar) kombinatsiyalangan holda uchraydi, masalan:

  • Ombitasvir, Paritaprevir / Ritonavir (Technivie);
  • Ombitasvir, Paritaprevir / Ritonavir va Dasabuvir (Viekira Pak);
  • Ledipasvir, Sofosbuvir (Harvoni).

Gepatit C ning kishi hayotiga ta’siri

Ko’p odamlar bu kasallik bilan yashashadi. Agar sizda kasallik mavjud bo’lsa, o’zingizga va boshqalarga yordam berish uchun bir necha muhim narsalarga amal qilishingiz lozim :

  • Parhezga amal qiling va ko’proq dam oling;
  • Spirtli ichimliklar qabul qilmang;
  • Jigarni zararlovchi dorilarni qabul qilmang (shifokor tomonidan aniqlanishi mumkin);
  • Agar olmagan bo’lsangiz gepatit A va B ga qarshi vaktsina oling.

Boshqa birovga infektsiya yuqtirmaslik uchun quyidagi chora-tadbirlarga amal qiling:

  • Boshqalar bilan tish cho’tkasi yoki ustarani baham ko’rmang;
  • Boshqalarga sizning qoningiz bilan aloqa qilishga yo’l qo’ymang;
  • Jinsiy aloqa paytida himoyalaning;
  • Go’zallik salonlarida sizni qoningiz o’tishi mumkin bo’lgan amallarni qildirmang (manikyur, tatuaj);
  • Sizning kasalligingiz haqida yaqinlaringiz bilishi kerak, zero ular ehtiyot choralariga amal qilishadi.

Homiladorlik paytida gepatit C

Gepatit C homiladorlik davrida va tug’ruq davomida onadan bolaga yuqishi mumkin. Kasallikka qarshi antitanalari bo’lgan onalardan faqat 2% hollarda farzandiga yuqishi kuzatiladi. Qonida gepatit C virusi uchragan hollarda esa 5%. Ona OIV bilan zararlangan bo’lsa, uzatish xavfi deyarli 20% ni tashkil etadi.

Siz davolanishingiz kerak-kerakmasligini shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Gepatit C kasalligini davolash faqat mutaxassis tomonidan to’g’ri olib borilishi mumkin.

Gepatit C o’limga olib keladimi?

Kasallik ikki holatda fojiali yakun yasashi mumkin:

  1. Gepatit C rivojlanaversa va kasallik davolanmasa jigar yetishmovchiligiga, u esa oz navbatida o’limga olib keladi;
  2. Agar gepatit C sababli jigar saratoni (gepatosellulyar saraton) rivojlansa.

Lekin so’nggi tadqiqotlar va kashfiyotlar sababli yildan-yilga gepatit C sabali yuzaga keladigan o’lim hollari kamayib bormoqda.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 13 ta baho berilgan
Загрузка...
yuklanmoqda...

Ushbu mazvuda 20 ta fikr qoldirilgan

  1. Salom. Men yaqinda ona bo’ldim. Shifokorlar menda gepatit c borligini aniqlashdi. Emizikli paytda davolansa bo’ladimi? Dorilar bolaga zarar qilmaydimi?

    1. Dori vositasi turiga bog’liq. Turi aniq bo’lganda biron ma’lumot bersa bo’lar edi. Odatda shifokor dori buyurgach, uning nojo’ya ta’sirlari haqida ham ogohlantiradi.

  2. Салом. Мен билмокчи эдим агар гепатит с билан касаланган экрак киши соглом фарзандли була оладими? Хомилани ривожланишига тускинлик килмайдими?

    1. Гепатит C вируси 3-5% холларда химояланмаган жинсий алока оркали юкиши мумкин. Отадан болага утиши эхтимоли кондаги вирус таркалганлиги титрига караб аникланиши мумкин, лекин бундай юкиш жуда-камдан кам кайд килинган. Янада хотиржам булиш учун шифокор куригидан утиш тавсия этилади.

      1. Assalomu alaykum men gepatit s bilan og‘rigan qiz bilan oila qurishimga majbur qilishyapti men bu kasallikdan qanday saqlanishim mumkin jinsiy aloqa vaqtida yoki boshqa xollarda nima qilishim kerak uydagilar bu kasallik senga yuqmaydi deb ko‘p uqutulmoqchi bo‘lishyapti rostdan xam menga xech qanday zarari yo‘qmi javob uchun katta raxmat

        1. Maqolada yuqish yo’llari va zararlanishni oldini olish usullari yozilgan, hammasi o’zingizga bog’liq

  3. Salom, Gepatit C ga qarshi davolanish eng ko’pi bilan va eng kami bilan qanchaga tushishi mumkin?

    1. Dori-darmon narxlari turlicha, xohishga ko’ra qo’shimcha terapevtik muolajalar olish va sanatoriyalarga borish ham hisobga olinishi mumkin, umuman olganda buni bemorning sharoitidan kelib chiqqan holda davolvchi shifokor aniq aytadi.

  4. Assalomu alaykum! Surunkali gepatit S ga chalingan qizbola turmushga chiqsa eriga virus yuqadimi? Ularning farzandlarigachi? Ularndan sog’lom farzand dunyoga keladimi? Oilaviy davolanishi kerakmi? Umuman olganda hayotda gepotit S virusiga chalingan inson bilan turmush kechurishga hozirgi tibbiyotning fikri qanaqa? oldindan javobingiz uchun rahmat.

    1. Xa, kasallik jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin, lekin bu kamdan-kam hollarda qayd qilinadi va uning asosiy yuqish yo’li hisoblanmaydi (jinsiy sekretlarda virus past titrlarda bo’ladi), u ko’proq zararlangan qon orqali yuqadi. Virusning onadan homilaga yuqishi ehtimoli past hisoblanadi va turli tadqiqotlarga ko’ra 5% dan oshmaydi. Tug’ruq usuli virusning bolaga tug’ruq vaqtida yuqishiga ahamiyatli darajada ta’sir qilmaydi, shuning uchun kesarcha kesish usuli bu vaziyatda qaralmaydi. Umuman tibbiyotda gepatit C bilan kasallanganlarning oila qurishiga salbiy munosabat yo’q, ehtiyot choralariga amal qilinsa, o’z vaqtida gepatologga tashrif buyurib, kerakli ko’riklardan o’tib turilsa, tavsiyalariga amal qilinsa, bemor to’laqonli hayot kechirishi mumkin. Har bir bemor individual bo’lganligi bois, shifokorga uchrashib, o’zining holatiga aniqlik kiritishi va o’z savollariga batafsil javob olishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.

  5. Салом. Гепатит С га чалинган беморда 3 кундан буен бурун конаши кузатилмокда бу касалликка та’лукли булиши мумкинм? Бунга нима сабаб булади? Ким га мурожаат килсин? Жавоби учун олдиндан рахмат

    1. Salom. Jigar qonni ivitadigan moddalar ishlab chiqaradi, ehtimol bu gepatit jigarni shikastlashi oqibati bo’lishi mumkin. Burun qonashining boshqa sabablarini ushbu maqolada o’qishingiz mumkin. Davolovchi infektsionist-shifokorga murojaat qiling.

  6. Assalomu alaykum .biz analiz topwirodik gepatit s chiqdi present 0 ekan jigari hammayogi atlichniy ekan .virusi uhlayaptikan turmayaptikan parhez qilyapti salga chrchab ogrib qolyapti biqqiniga sanchiq turib qolyapti .virusni turmagunicha qaysi turdaligini aniqlay olmas ekan .dori ham bera olmas ekan. 3 oy 6oyda analiz topwirib turing dedi.kuzda aniqlandi virusi kuzdan beri parhezda wifokorga qatnaydi .butunlay daf qila oliwi mumkunmasmi bu virusni wifokorlar wunaqa depti.biz butunlay yo qiliwni hohlemiz nima qilsak boladi qaerga korinsak boladi biz oshdanmiz.be etibor bolmang iltimos

    1. Hozirgi kundagi preparatlar bilan virusni bostirib turish mumkin, bu to’liq davolanishga teng, bunda virus jigarda patologik jarayonlarga olib kelishga ulgurmaganligi muhim. Kasallikni to’liq davolash uchun shifokorning ko’rsatmalariga to’liq amal qilish va hayot tarziga o’zgartirishkar kiritish kerak, masalan quyoshda ko’p yurmaslik, alkogolli ichimliklarni cheklash va hokazo. Lekin virusni butunlay yo’q qilish oson vazifa emas, gepatit C yetarlicha xavfli kasallik hisoblanadi. Davolovchi shifokor bilan boshqa joyga ko’rinish kerakligini muhokama qiling, agar u bunga hojat yo’qligini aytsa, uning ko’rsatmalariga amal qilishda davom eting.

  7. Assalomu alekum,oyimlani oyolariga qizil toshmala toshganidi ken analiz topshirdila Gipatit c virusi dgan jbi oldik 40 kun tuya suti ictila shundan kenam oyolaridegi toshmala ketmadi yana analiz topshirdila .Gipatit c virusida shunaqa toshmala toshishi mukunmi?jb un oldindan rahmat

    1. Ha, gepatit C`da bunday toshmalar aniqlanishi mumkin, qo’shimcha ravishda kechki paytda kuchayishi mumkin bo’lgan qichish ham kuzatiladi. Bunday toshmalarning yana bir o’ziga xos xususiyati — antigistaminlar qabulidan keyin ham ularning bartaraf bo’lmasligidir. Tuya soti yoki boshqa davolash vositalari shifokor tomonidan buyurilgan bo’lishi kerak.

  8. Rahmat jb uchun yana savolim boridi,gepatit c da toshmala beldan pastiga toshishini aniq sababi bormi,oyimla azgina harakat qsalayam kopaayib ketadide toshmalari bunaqa bemorla kopro dam olishi kere diyishdi,hamma muolajalani oganadan keyin toshishi mukunmii

    1. Ha, gepatit C ga chalingan bemorlarga ko’proq dam olish, quyoshda kamroq yurish, spirtli ichinliklar iste’molini cheklash, parhez tutish tavisya etiladi. Bularning barchasi organizmni holsizlanishini oldini olishga qaratilgan. Toshmalar shifokor belgilagan tavsiyalarga amal qilishda o’tib ketishi kerak, bu asosan organizmning toksinlardan tozalanishidan keyin sodir bo’ladi.

    1. O’z-o’zidan OIV ga chalinmaydi, OIV`ning yuqish yo’llari haqida tegishli sahifada ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *