ASD preparati — fraktsiya 2 ni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma, tarkibi, ta’siri, tarixi

Bugungi kunda immunitet darajasini tezda oshiradigan, shuningdek, inson va hayvonlarning ko’plab xavfli kasalliklarini davolashda yordam beradigan dori borligini juda kamchilik biladi. Ushbu preparat ASD (АСД) deb nomlanadi. Ko’pgina taniqli va ommabop dori-darmonlardan farqli o’laroq, ASD qiymati juda arzon bo’lib, retseptsiz chiqariladi va uchta turga ega: 1, 2 va 3-sonli fraktsiyalar. Eng ommalashgan va samarali bo’lgan turi ASD fraktsiya 2 hisoblanadi.

ASD preparati foydasi va zarari

ASD tarixi

ASD fraktsiya 2 ko'rinishiXX asrning 50-yillarida sovet olimlariga radiatsiya va jiddiy infektsiyalarga qarshi chidamli, odam va hayvonlarni himoya qilish uchun dori ishlab chiqarish vazifasi topshirilgan. Vazifa kuchli immunoprotektiv xususiyatlarga ega bo’lgan va ko’p xarajatlar talab qilmaydigan preparatni ishlab chiqishdan iborat edi. Shundan keyin olimlar va shifokorlarning aksariyati buni deyarli imkonsiz deb topdilar, ammo tibbiyot fanlari nomzodi Dorogov to’rt yil ichida hukumatning topshirig’ini bajarishga muvaffaq bo’ldi.

Preparatni ishlab chiqarish uchun materiallar termokatalitik sublimatsiya ta’siriga duchor ettirilgan qurbaqalarning to’qimalari bo’lib xizmat qildi. Ushbu preparatni ishlab chiqarish texnologiyasi va tafsilotlari uzoq vaqt davomida maxfiy bo’lgan. Ushbu preparat Dorogov antiseptiki deb ataladi, ASD nomi esa ruscha антисептик-стимулятор Дорогова`ning bosh harflaridan olingan.

Keyinchalik, stimulyatorni tayyorlash uchun, qurbaqa to’qimalari o’rniga, qoramollar go’sht qismlari ishlatilgan, chunki ular ham huddi shunday biologik faollikga ega bo’lgan.

Preparatning tavsifi va tarkibi

ASD 2 preparati ma’lum bir hidga ega bo’lgan va sariq-jigarrang yoki qo’ng’ir rangli suyuq moddadir. Vosita suv bilan juda oson aralashadi va biroz qoramtir cho’kindi hosil qiladi.

ASD fraktsiya 2 tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Suv;
  • Karbon kislotalar;
  • Uglevodorodlar;
  • Amid bog’lamlari;
  • Sulfgidril guruhidagi elementlarning birikmalari.

ASD fraksiya 2 nimadan tayyorlanadi? Tarkibni tayyorlash usuli juda o’ziga xos. Buning uchun yuqori haroratlarda quruq sublimatsiya usuli qo’llaniladi, asosiy homashyo sifatida go’sht komponentlari va chiqindilari, go’sht-suyakli un ishlatiladi. Ishlab chiqarish jarayonida organik moddalar past molekulyar moddalarga parchalanadi.

Shunday qilib, preparatning asosiy faol elementi hujayralar nobud bo’lishidan oldin chiqaradigan adaptogen moddasidir. Odamlar yoki hayvonlar organizmiga tushganida, adaptogenler shikastlangan hujayralarga himoyani kuchaytirish va tiklanish zarurligi haqida signal beradi. Shu tufayli tananing asosiy himoya kuchlari safarbar etiladi.

Bugungi kunda Dorogov antiseptik-stimulyatori faqatgina veterinariya dorixonalari va zoomagazinlar orqali chiqariladi. U boshqa analoglarga ega emas.

Muhim: preparatni yopiq shaklda saqlash muddati — 4 yil, ochiq holda — ikki haftadan oshmasligi kerak. Yaroqlik muddati tugagan tarkibni qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.

ASD 2 ning farmakologik ta’siri

Ichga qabul qilinganda, ASD fraktsiya 2 preparati, asab tizimi va oshqozon bezlarining faoliyatini rag’batlantiradi, shuningdek, kaliy ionlarining hujayra membranasiga kirishini yaxshilaydi. Preparat antimikrob ta’sirga, shuningdek, adaptogen xususiyatga ega, immunitetning himoya qobiliyatini oshirishini rag’batlantiradi.

Immunostimulyatsiya ta’siri organizmdagi modda almashinuvi jarayonlarga oson va tez integratsiyalanishi va hujayralar faoliyatini yaxshilashi tomonidan chaqiriladi. Shunday qilib, ASD 2 barcha asosiy hayotni qo’llab-quvvatlash tizimlarining ish faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Preparat borasida fikrlar bor

Uzoq vaqt davomida preparat maxfiylikda saqlangan va an’anaviy dorixonalarda boshqa muhim dorilar bilan bir qatordan o’rin ololmagan. Bu davrda u faqat veterinariya va dermatologiya sohasida foydalanilgan.

Gap shundaki, olim Dorogov vafotidan keyin bu sohadagi barcha ishlar to’xtatilgan va oxiriga qadar tugatilmasdan, unutib yuborilgan. Shu bilan birga, Dorogovning qizi Olga Alekseevna preparat davolash uchun boshqa preparatlar bilan birga rasmiy ravishda ishlatilishi uchun kurashmoqda.

Dorogov tadqiqotida kimyogarlar ishi tamoyillarini qo’llagan degan fikr mavjud, shu sababli odamlarni davolash uchun preparatni qo’llash mumkin emas deb hisoblanadi. Biroq, bunday dalillar tasdiqlanmagan va vositaning faol xususiyatlarini o’rganish sohasidagi rivojlanish va tadqiqotlar katta salohiyatga ega. Ayni paytda ASD`ning barcha fraktsiyalari xalq tabobatida qo’llaniladi.

Foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va dozalari

Odamlarning tor doirasida ASD fraktsiya 2 barcha kasalliklarga qarshi davolovchi vosita (panatseya) hisoblanadi. Qandaydir ma’noda, bu fikr amaliy va ilmiy tasdiqqa ega. Shunday qilib, preparat organizmdagi quyidagi patologik jarayonlarda samarali bo’lishi mumkin (preparatni suvga qo’shishda suv qaynagan va sovutilgan bo’lishi kerak):

  • Ko’zlarning yallig’lanishi. Yarim stakan sovutilgan qaynatilgan suvga 4-5 tomchi preparat qo’shiladi va kuniga bir-ikki marta qabul qilinadi. Davolash kursi vaziyatga qarab uzoq vaqt bo’lishi mumkin. Odatda sxema bo’yicha aniqlanadi: 5 kun qabul qilish va 3 kun tanaffus.
  • Ginekologik patologiya va anomaliyalar. Uchdan bir qism stakan suvda 15-20 tomchi preparat eritilib, kuniga ikki marta ichiladi. Shuningdek, 1% eritma bilan chayish ham talab qilinishi mumkin.
  • Yurak, qon tomirlar va markaziy asab tizimi kasalliklari va buzilishlari. Kursning boshida yarim stakan suvda 10 tomchi preparatni eritishdan boshlab, har kuni dozani 5 tomchiga oshirib, 25 tomchigacha olib borish kerak. Davolash kursining davomiyligi dastlabki holatga va yaxshilanishlarning paydo bo’lish darajasiga bog’liq.
  • Tish kasalliklari, og’riq sindromi. Eritmada paxta namlab olinib, og’riq sohasiga qo’llaniladi.
  • Yuqori qon bosimi. Yarim stakan suvda 5 dan 20 tomchigacha preparat eritiladi va kuniga ikki marta organizmning umumiy holati yaxshilanmaguncha qabul qilinadi.
  • Tuberkuyloz. Yarim stakan sovutilgan qaynatilgan suvda 5 tomchi preparat eritilib, nonushta qilishdan yarim soat oldin qabul qilinadi. Davolanish davomiyligi dozani oshirish bilan uch oygacha bo’lishi mumkin. Har 5 kun ichida uch kunlik tanaffus olish kerak.
  • Revmatizm, podagra, limfa tugunlarining yallig’lanishi. Xastalangan sohalar terisiga ASD 2 dan kompresslar qo’yish va yarim stakan suvda 5 tomchi preparat eritib, ichga qabul qilish mumkin.
  • Siydik tuta olmasik. 150 ml sovutilgan qaynagan suvga 5 tomchi, 5 kun qabul qilish, 3 kun tanaffus.
  • Zamburug’li infektsiyalar. Davolash tashqi tomondan bir foizli eritma bilan amalga oshiriladi, masalan molochnitsani davolash uchun.
  • O’t-tosh kasalligi. Kuniga ikki marta yarim stakan eritma (15-20 tomchi) qabul qilinadi.
  • Tez-tez shamollashlar organizm qarshiligini pasayishi bilan bog’liq. Preparat og’iz orqali qabul qilish (profilaktika uchun ham) yoki ingalyatsiya uchun foydalaniladi. Buning uchun bir litr suvda 15 ml dorini eritish kerak.
  • O’rta quloqning yallig’lanishi, otit. Preparatning eritmasi bilan yuvish va kompresslar qilinadi. Ichish uchun to’liq bo’lmagan stakan suvda 20 tomchi preparat eritilib, har kuni qabul qilinadi.
  • Oyoq-qo’l tomir spazmlari. Davolash uchun 20% eritma bilan namlangan doka matodan qilingan kompresslar samarali. Davolash kursi 3-4 oyni tashkil etadi.
  • Trixomonoz. Terapiya uchun 100 ml suv va 60 tomchi eritma bilan chayish amalga oshiriladi.
  • Ortiqcha vazn. Bir stakan suvga 35 tomchi dozada preparat qo’shilib, doza har 8 kunda kamaytirilib, 20 tomchigacha tushiriladi.
  • Kolit, gastrit. Har kuni bir marta yarim stakan suvda 15-20 tomchi preparat aralashtirilib, qabul qilinadi.
  • Soch sekin o’sishi va soch to’kilishi. 5% eritma tayyorlanib, bosh terisiga surtiladi.
  • Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasi. Yarim stakan suvga 15-20 tomchi qo’shib, kuniga ikki marta qabul qilinadi.
  • Radikulit. Bir stakan suvga 5 ml preparat qo’shib qabul qilinadi.

Preparatni qabul qilishning optimal shakli preparatni 5 kun qabul qilib, 3 kun tanaffus olishdir.

Bu holatda vaziyatga qarab, preparat ham tashqi qo’llanilishi, ham ichga qabul qilinishi mumkin. Dozani oshirish mumkin emas. ASD fraktsiya 2 bilan davolanish paytida alkogolli ichimliklar ichish taqiqlanadi.

Stimulyator prostatit va siydik-tanosil tizimi, ko’plab teri kasalliklarini (shu jumladan surunkali), shuningdek xolesistit, pankreatit va boshqa oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolashda samarali bo’lishi mumkin. Preparatni qabul qilish va dozasini tanlash faqat shifokor tomonidan tavsiya etilgan bo’lishi kerak.

Dorini qabul qilish davrida gigienaning asosiy qoidalariga amal qilish va shisha ichiga mikroblarni kirishiga yo’l qo’ymaslik lozim.

Ko’pgina bemorlar Dorogov stimulyatorining o’tkir va ketkazish qiyin bo’lgan hidi borligini qayd etishadi. Qabul qilish paytida noxush tuyg’ularni kamaytirish uchun, qabuldan so’ng bir bo’lak limonli yoki apelsin iste’mol qilish mumkin. Teri yuzasidan hidni yo’qotish juda qiyin bo’lishi mumkin. Buning uchun ko’pincha turli xil yuvish vositalari va kosmetika vositalari ishlatiladi.

ASD preparatini qanday qilib suyultirish kerak

Kerakli dozani aniqlaganidan so’ng ham, dorini shishadan to’g’ri chiqarib olishni bilish kerak, chunki qopqog’i va metall chambarni hech qanday holatda olish kerakmas. Preparatni olish uchun shprits bilan ignani tayyorlash kerak. ASD 2 ni qanday ichish kerakligini ham bilish juda muhim. Barcha jarayonlar bosqichma-bosqich bajariladi:

  1. asd preparatini suvda eritishRezina qopqoqqa yo’l ochish uchun metall qopqoqning bir qismi ajratib olinadi;
  2. Bir martali ishlatiladigan shprits ignasini rezina orqali shisha ichiga kiritiladi;
  3. Preparatli shishachani teskari qilinadi;
  4. Shprits yordamida kerakli miqdorda preparatni olinadi;
  5. Shprits olinadi, lekin uning ignasi rezina probkada qolishi kerak;
  6. Tayyorlangan suvga asta sekin ASD qo’shiladi, so’ng aralashtiriladi.

Eritmani oldindan tayyorlab qo’yish tavsiya etilmaydi, shuning uchun har bir qabul qilish uchun yana ASDni suyultirish kerak. Rezina probkani olib tashlash dori tez oksidlanishiga va terapevtik xususiyatlarini yo’qotishiga olib kelishi mumkin.

Onkologiyada qo’llanilishi

Dorogov ASD fraktsiya 2 saraton oldi holatlarda patologik hujayralar bilan kurashishda samarali bo’lishi kerak deb hisoblagan. Bunda qo’llanilishi ham tashqi, ham ichki bo’lishi mumkin. Bugungi kunda ushbu vosita saraton kasalligiga qarshi kurashda ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shunday qilib, u og’riqni sezilarli darajada kamaytiradi, organizmning qarshiligini yaxshilaydi va bir vaqtning o’zida kimyoterapiya olinayotgan bo’lsa ham tiklanish jarayonini tezlashtiradi.

ASD`ni shifokor nazoratisiz qabul qilish mumkin emas. Preparatni saratonni davolashda asosiy yoki muqobil terapiyani usuli sifatida ishlatish tavsiya etilmaydi.

ASD fraktsiya 2 onkologik kasalliklarga yordam beradimi degan savolga aniq bir javob yo’q. Shu bilan birga, bemorlarning ko’pgina qoldirilgan fikrlari preparatning tez rivojlanib borayotgan kasallikning fonida ham tananing tonusi va umumiy holatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligi haqida gapirmoqda.

Jinsiy quvvatni oshirishda

ASD 2 potentsiyaga yordam beradimi? Antiseptik erektil funktsiyasini tiklashi va prostatitdan xalos qilishi mumkin. Buning uchun u quyidagicha qabul qilinadi: bir stakan sovutilgan qaynatilgan suvga ASD 2 Dorogova`dan  20-30 tomchi qo’shiladi. Muammo butunlay yo’qolmagunicha, kuniga bir martadan qabul qilish kifoya.

Prostatitga qarshi ASD 2 sxemasi individual ravishda tuziladi. Shuning uchun davolanishni boshlashdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tish tavsiya etiladi.
Jinsiy quvvatni oshirish to’g’risida batafsil→

ASD fraktsiya 2 ni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar va asoratlari

Immunostimulyator deyarli har qanday sog’liq muammolarini davolashda samarali bo’lishi mumkin. Biroq, ASD fraktsiya 2 ning odamlar uchun qarshi ko’rsatmalari va cheklovlari mavjud:

  • Qonning yuqori koagulyatsiyasi (ivishi);
  • Preparatning tarkibiy qismlari yoki unumlariga shaxsiy intolerantlik;
  • O’n to’rt yoshgacha bo’lgan bolalar.

Homilador ayollar va emizikli onalarga nisbatan hech qanday izlanishlar olib borilmagan. Shu bilan birga, bolaga potentsial xavfi tufayli ushbu toifa kishilarga antiseptikdan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Ko’plab bemorlar davolanishdan so’ng qon quyuqligi oshganini ta’kidlashadi.
Bunday hodisalarni oldini olish uchun ko’proq suyuqlik, ayniqsa, nordon sharbatlarni ichish tavsiya etiladi. Shifokor ko’rsatmasiga ko’ra kuniga yarim tabletka aspirin yoki uning analoglarini qabul qilish ham mumkin.

Antiseptik bilan davolanish davomida maxsus parhezlar tutish talab qilinmaydi. Biroq, qabul qilish vaqtida har qanday spirtli ichimliklardan saqlanish kerak.

ASD 2 fraktsiya sezilmaydigan tabiatli nojo’ya ta’siriga ega. Davolanish paytida antiseptik me’da osti bezi va oshqozon sohasida biroz noqulaylik, shuningdek meteorizm va ich buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. Preparat dozasini oshirib yuborish kerak emas, chunki bu juda xavfli bo’lishi mumkin.

So’nggi tadqiqot natijalari

ASD ning birinchi tadqiqotlari, testlari va klinik tadqiqotlari faqat hayvonlarda amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, preparat hatto turli tabiatli eng og’ir patologiyalarga qarshi kurasha olishga qodir va bundan tashqari, organizmdagi barcha hayotiy muhim tizimlarni va funktsiyalarni mustahkamlaydi va tiklaydi. ASD hali ham yoshartiruvchi ta’siri va hatto eng xavfli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati tufayli juda katta talabga ega. Biroq, mo’jizaviy dori ta’siri ma’lumotlarning aksariyati ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

Dorogov immunostimulyatori dastlabki qo’llana boshlanganidanoq mamlakat aholisi va hatto partiyalar vakillari orasida katta qiziqish uyg’otdi.
Antiseptik an’anaviy dorilar, muolajalar va jarrohlik bartaraf eta olmaydigan muammolarni davolashda samarali bo’lgan

Dorogov antiseptiki haqida bir nechta ma’lumot

Immunostimulyatorning samaradorligi bilan bog’liq munozaralar shu kungacha davom etmoqda. Ular Dorogovga va uning faoliyatiga oid qarama-qarshiliklar, shuningdek, ASD samaradorligi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda preparat haqidagi quyidagi dalillar ma’lum:

  • Mahsulotni ishlab chiqishning birinchi vazifalaridan biri qishloq xo’jaligini rivojlantirishga ko’mak berish va uniqo’llab-quvvatlash bo’lgan.
  • Odamlar va hayvonlarning teri holatiga ijobiy ta’sir qilishi dastlab nojo’ya ta’sir sifatida baholangan.
  • ASD yordamida jigar saratonini davolash bo’yicha ilmiy jihatdan bitta dalil mavjud, ammo bu ma’lumotlar ham saqlanib qolmagan. Shu bois, saraton kasalligini davolashda uning samaradorligi isbotlanmagan va hozirgacha aniqlanmagan.
  • Yurak-tomir tizimi bilan bog’liq muammolar bo’lgan bolalarga preparatni berish juda tavsiya etilmaydi, chunki u kuchli rag’batlantiruvchi ta’sirga ega va ortiqcha qo’zg’alishga olib kelishi mumkin.
  • Antiseptik tarkibida oqsil parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan va inson uchun xavfli zahar bo’lgan tarkibiy qismlar mavjud. Biroq kompleksda va preparatning boshqa komponentlari bilan kombinatsiyada bakteritsid xususiyatlariga ega.
  • ASD ning uchta fraktsiyasi mavjud. Insonlarni davolash uchun faqat fraktsiya 2 va 3 ruxsat beriladi. Bunda ASD 2 ham mahalliy qo’llanilishi, ham ichga qabul qilinishi mumkin, ASD 3 esa zaharli modda bo’lib, faqat mahalliy ravishda foydalanish mumkin. U birinchi navbatda psoriaz, venalarning varikoz kengayishi, artrit va teri va tirnoq zamburug’lariga qarshi kurashda samarali bo’ladi.

Shunday qilib, bugungi kunda ASD samaradorligi hayvonlarni davolash bilan bog’liq holda tasdiqlangan, shuning uchun veterinariya dorixonasi va zoodo’konlar orqali chiqariladi. Ko’pchilik bu preparat haqda tanishlari va mavjud axborot manbalari orqali bilishadi va uni xalqona tibbiyot vositasi sifatida qo’llashadi. Davolab bo’lmaydigan kasalliklarda ASD fraktsiya 2 ko’pincha ijobiy natija berishi mumkin bo’lgan yagona vosita sifatida qo’llaniladi.

Xulosa

Dorogovning antiseptik-stimulyatori — bugungi kungacha faqat hayvonlar uchun do’konlar va dorixonalarda sotiladigan va odamlarni davolash sohasida tadqiqot natijalarini to’plamagan dori hisoblanadi. Unga nisbatan ko’p ijobiy va salbiy sharhlar qoldirilgan, ammo ularning aksariyati immunostimulyatorning mo’jizaviy xususiyatlarini eslatib o’tadi.

Shunga qaramay, hatto xalq tabobatida qo’llanilsa ham, dozani to’g’ri tanlash va undan shifokorga murojaat qilmasdan foydalanmaslik muhimdir. Antiseptikni qabul qilishni an’anaviy davolanishga muqobil sifatida qo’llash ham mumkin emas, chunki bu tajribalar salomatlik va hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin.

Reklama

Ushbu mazvuda 8 ta fikr qoldirilgan

  1. ASD 2 olish uchun kimga va qatga murojat qilish kerak?

    1. Ushbu preparat asosan veterenariya dorixonalarida sotuvda mavjud bo’ladi.

    1. Flakondagi suyuqlik 100% deb qabul qilinadi. Shunda 5 foizli eritma tayyorlash uchun komponentlar nisbati 95ml suv uchun 5ml ASD-2 ko’rinishida bo’ladi.

    2. Hidi juda ham daxshatli darajada kuchli sochizga surtishni maslahat bermasdim

  2. Assalomu alaykum bu ASD2 dorini bugun manga tavsiya etiwdi .Tasir doirasi juda keng va foydali ekan
    Wifo topganlar bulsa manga xabar yozivoringlar

  3. Xudi judayam yomon chidab bomas darajada mana ishlatb korvomma natijasini 2haftada etaman

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.