O’g’il farzand ko’rish: rejalashtirish usullari, sirlari, xalqona maslahatlar, parhez

Ko’pchilik ota-onalar bo’lajak farzandlarining jinsini tanlashni xohlashadi. Masalan, juftliklar o’g’il farzand ko’rish sirlarini bilgisi keladi, nega bunday ekanligi esa muhim emas. Muhimi shuki, homila jinsini rejalashtirish uchun bir qator nisbiy asoslangan, shuningdek unchalik asoslanmagan usullar mavjud.

O'g'il farzand ko'rish

Qanday qilib o’g’il ko’rish kerakligini tushunish uchun urug’lanishda homila jinsi qanday tanlanishini bilishingiz kerak. Yangi inson DNKning yarmini otadan va qolgan yarmini onasidan oladi. Barchaga ma’lumki, ayolda XX, erkaklarda esa XY xromosomalari bor.

Shunday qilib, tuxum hujayrani urug’lantirish uchun spermatozoid orqali otadan qaysi xromosoma uzatilishi bo’lajak farzandning jinsini belgilab beradi. Agar spermatozoid Y-xromosomaning tashuvchisi bo’lsa, unda o’g’il bola tug’iladi.
Homiladorlik haqida to’liq ma’lumot→

Homilaning qay jinsda bo’lishligi bir qator tasodifiy omillar tufayli sodir bo’ladi. Agar siz o’g’il farzand ko’rish uchun kafolatlangan mukammal usul haqida eshitgan bo’lsangiz, u holda unga ko’p ishonmang. Bugungi kunda faqat ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) muayyan jinsdagi farzand tug’ilishini kafolatlashi mumkin.

Qoida tariqasida, embrionning muayyan jinsini tanlash faqat ayol yoki erkak chizig’i orqali uzatiladigan har qanday irsiy kasallikni (masalan, gemofiliya) oldini olish uchun ko’rsatiladi. Odatiy sharoitda siz, o’g’il farzandga homilador bo’lish uchun turli maslahatlardan foydalanishingiz va ming yillar davomida orttirilgan tajribani qo’llashingiz mumkin.

Ovulyatsiya bo’yicha o’g’il farzand ko’rish

Y-spermatozoidlar kam yashovchan, ammo X-spermatazoidlarga nisbatan ko’proq faolligi ilmiy daliliga asoslangan taqvim usuli urug’lantirishni ovulyatsiyadan bir kun oldin va bevosita ovulyatsiya kuni amalga oshirishni tavsiya etadi.
Ovulyatsiya kunini aniqlash→

O’g’il farzand xohlayotgan ayolga ovulyatsiya jadvali kerak bo’ladi. Buning uchun diqqat bilan bazal tana haroratini o’lchash, dorixona ovulyatsiya testidan foydalanish yoki ultratovush yordamida follikullarni kuzatib borish mumkin. Shuningdek, ovulatsiyani nisbatan ko’proq yopishqoq va oqroq bo’ladigan ajralmalarga tayangan holda aniqlash mumkin.
Bazal haroratni o’lchash haqida→

Otaga esa spermatozoidlar ko’proq, ularning faolligi yuqoriroq bo’lishi uchun, urug’lantirishdan oldin bir necha kun jinsiy aloqani istisno qilishi tavsiya etiladi.

Bolani qanday holatda (pozada) urug’lantirishga keladigan bo’lsak, bu ham muhim rol o’ynaydi. Bachadon bo’yni va sperma o’rtasida maksimal aloqa o’rnatish zarur. O’g’il ko’rish uchun ikkita poza optimal hisoblanadi: «ortida erkak» yoki «yuqoridan kelgan ayol». Jinsiy aloqadan so’ng, ayol chalqancha yotishi tavsiya etiladi, bu eng faol spermatozoidlarning mo’ljaliga yetib borishiga yordam beradi.

Homila jinsini rejalashtirish taqvimi

Bu savolga javob berish uchun ona yoshini hisobga oladigan xitoy taqvimi, bo’lajak ota-ona tug’ilgan oyni taqqoslash asosida yapon jadvali yordamga keladi. Bundan ota-onaning qon guruhlari va rezus omili nisbati asosida yaratilgan jadval ham ehtimollikni hisoblashda qo’llanilishi mumkin.
Xitoy taqvimi→.

Qonning yangilanishi

Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda qon har 4 yilda yangilanadi, ayollarda esa har uch yilda bir marta. O’g’il farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Dastlab, kim hozir «yoshroq» bo’lganini hisoblash lozim. Hisob tug’ilishdan boshlab yoki ko’p qon yo’qotish bo’lsa (jarrohlik yoki jarohat, tug’ruq yoki abortdan keyin), o’sha vaqtdan boshlanadi.

  1. Otaning umumiy yoshi to’rtga bo’linadi, faqat butun son hisobga olinadi va qolgan qoldiq aniqlanadi. Mmasalan, 29 yoshda bo’lsa, 29: 4 = 7,25, faqat 7 soni hisobga olinadi, shunda qoldiq 1 ga teng bo’ladi, ya’ni 7×4 = 28, 29 — 28 = 1.
  2. Onaning umumiy yoshi uchga bo’linadi (masalan, 26 yoshda bo’lsa: 26: 3 = 8, qoldiq 2).
  3. Qoldiqni solishtiring. Erkakda qon bir yil oldin yangilangan (qoldiq 1), ayolda esa 2 yil oldin (qoldiq 2). Ushbu nazariyaga asoslanib, bu davrda o’g’il tug’ilishi kutiladi, chunki bo’lajak otaning qoni «yoshroq».

Hisob-kitoblar juda murakkab ko’rinsa, ota-onaning yoshini quyidagi maydonlarga kiritish kifoya. Kalkuyator natijani avtomatik tarzda hisoblab beradi. Biroq uning natijalari homila jinsini oldindan 100% to’g’ri ko’rsata olmaydi, shuning uchun bitta bu usulga tayanish tavsiya etilmaydi.



Oy taqvimi

Qanday qilib o’g’il farzandga homilador bo’lish kerakligini oy taqvimi taqdim etadi. Buning uchun siz oy qachon qovg’a, qo’y, egizaklar, arslon, tarozi yoki o’qotarda bo’lishini bilishingiz kerak. Internetda buni aniqlashni osonlashtiradigan xizmatlarni topishingiz mumkin.

O’g’il farzand ko’rish uchun parhez

Ba’zi tadqiqotlar natijasida ma’lum bir parhezga amal qilib o’g’il ko’rish mumkinligi aniqlandi. Homilaning qay jinsda tug’ilishi va oziq-ovqat o’rtasidagi aloqaga birinchi bo’lib fransuzlar e’tibor qaratgan.

Ota-onalarga natriy va kaliyga boy ovqatlar yeyish tavsiya qilinadi:

  • Go’sht, kolbasa, baliq, tuxumning oqi;
  • Lartoshka, no’xat, yasmiq, loviya, qo’ziqorin, guruch;
  • Gilos, banan, o’rik, apelsin, shaftoli, xurmo, mango, qora shokolad.

Bu vaqtda sut, non, kaltsiy yuqori bo’lgan mineral suv, yong’oq, ko’katlar, yashil loviya, karamni cheklash va ovqatni ortiqcha tuzlashdan saqlanish o’rinlidir.

Boshqa usullar

Homila jinsini rejalashtirish masalasi uzoq tarixga ega, shuning uchun o’g’il tu’g’ilishi ehtimolini oshirish uchun ko’p maslahatlar to’plangan:

  • Chekishni to’xtatish;
  • Tana vaznini 55 kilogrammdan kamaytirmaslikka harakat qilish;
  • Erga yondashish, u oilaning haqiqiy boshlig’i bo’lishi kerak;
  • Homilador bo’lish uchun qancha ko’p vaqt ketsa, homila o’g’il bo’lishi ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi;
  • Tinch va osuda turmush tarzini saqlang, stressdan qoching;
  • Bo’lajak farzandingizni barcha tafsilotlarda tasavvur qiling.

Va nihoyat, oxirida o’g’il farzand ko’rish sirlari va xalqona maslahatlar. Urug’lantirish yoz faslida sodir bo’lsa, yanada yaxshi, bunda bo’lajak ota yerda yalangoyoq yurishi va ularning erkaklik quvvatini oshirishi muhim ahamiyatga ega. Urug’lantirish uchun eng yaxshi vaqti ertalab yoki dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari ekanligiga ishoniladi.

Reklama

Ushbu mazvuda 45 ta fikr qoldirilgan

  1. Assalom aleykim..Kerakli maslahatlar va maqolalar uchun tashakkur. O’g’il farzand korish uchun siz bergan maslahatlarga amal qildik lekin ovulyatsiyani aniqlash uchun uzdga tushganimda folekula chap tomonda osayotganligi va bu qiz tugilishi mumkinligini aytishdi. Folekula o’ng tomondan yetilishi uchun nima qilish kerak? Oldindan raxmat!

    1. Hammasi individual, ba’zan dominant follikulning qay tarafda yetilishi navbatma-navbat almashinib turadi, ba’zan esa bir nechta siklda faqat bir tarafda yetiladi, bunga ta’sir o’tkazsa bo’ladigan samarali usullar mavjud emas, faqatgina doimiy UZIga tushib, kuzatib borish mumkin.

      1. Salom. Xitoy kalendari bo’yicha homilador bo’lgandim. Hozirda homilam 4 oylik UZI tekshiruvida homilam qizligini aytishvoti. Kallendar bo’yicha homila o’g’il ko’rsatib turibti. Qaysi biri ishonchliroq. Qon almawunuvini hisoblab ko’rdim turmush o’rtog’imla bn bir hilda natija chiqvotiyu bu holda natija nima bo’ladi. Olldindan Rahmat.

        1. Xitoy taqvimi aksariyat hollarda to’g’ri natija ko’rsatishi mumkin, lekin bu kafolat degani emas. Eng ishonchlilari hozirda ovulyatsiya bo’yicha homilador bo’lish sanaladi, chunki ilmiy jihatdan o’z tasdig’ini topgan, lekin u ham kafolat bera olmaydi. UZI qiz ko’rsatgan bo’lsa, bo’lajak farzandingiz yuqori ehtimollik bilan qiz bo’ladi, albatta buni ham 100% to’g’ri deb bo’lmaydi, ba’zan UZI da qiz deyilganda o’g’il farzand dunyoga keladi, ba’zida esa aksincha.

        2. salom Zara mani ismim Nasiba man ham homiladorman kalindar buyicha O’g’il lekin taksikozi qiznikiga uxshavotti mani bu uchinchi homilam lekin hali jinsini bilmadim UZI tekshuruvida javob uchun oldindan raxmat

  2. Man ayolimmi qon almawinuvi soliwtirganimda ayolimmiki yowroq chiqvotdi qonimmi yangilaw ucun qonni odirib tawasam boladimi agar bosa qancha qon oldirishim kerak

    1. Yo’q, yaxshilab o’qib ko’ring, hech qayerda qon oldirish kerak deb yozilmagan, shunchaki bu nazariyaga ko’ra, ma’lum bir davrda ko’chma ma’noda qon yangilanib turadi deyilgan.

  3. Вена дан кон Олип.думбага уша конни уколтарзида килса кон янгиланадими? Купчилик шу йул бн угил курган миз деяпти шундай киса боладими халолми?

    1. Bu muolaja autogemoterapiya deb ataladi, undan infektsion kasalliklarni, teri, ginekologik kasalliklarni davolashda, suyak sinishlarini tuzatishda sun’iy gematomalar hosil qilishda foydalaniladi, chunki bu muolaja immunitetni mustahkamlashi mumkin. Homilador bo’lishga hech qanday ta’siri isbotlanmagan va bu haqida ma’lumotlar kam.

  4. Maqola uchun katta rahmat. Juda ahamiyatli ma’lumotlar ekan

  5. Salom meni va ayolimni yoshimiz teng 22da ayolim hozirda sistit bolib qoldi davolanayapti ogil korishimiz mumkinmi

    1. Davolash tugangach albatta mumkin, o’g’il ko’rish xromosomalarga bog’liqligi yozilgan, hammasi erkak kishiga bog’liq.

  6. Assalomu alaykum, maqola menga juda yoqdi. Bir savolim bor edi. Meni birinchi homiladorlik davrimda kichik no’xatdek gemoroy paydo bo’ldi. Hozir farzandim 8 oylik ikkinchi homiladorlikkacha uni yo’qota olamanmi, qanday davo qilsam bo’ladi, keyingi homiladorlikda u bezovta qilmaydimi?

  7. Assalomu aleykum men homiladorman 21 yoshda homilador bo’lgandim erim esa 30 yosh edilar
    21:3=7 qoldiq yo’q
    30:4=7 qoldiq(2) bu holatda qizmi yoki o’g’il? Oldindan rahmat.

    1. Qoldiq bo’lmasa, 0 deb qabul qilish kerak. Turmush o’rtog’ingizning qoni «yoshroq» ekan.

  8. Salom. Qon guruhi orqali farzand jinsini aniqlasa buladimi

    1. Salom. Qon guruhining homila jinsiga aloqasi yo’q, barchasi otaning spermatozoidlariga bog’liq. Ota-onaning qon guruhlari orqali bo’lajak farzandning qon guruhini taxmin qilish mumkin. Qon guruhari haqida batafsil ma’lumot ushbu maqolada.

  9. Homila 8haftaligida qon talili orqali homila jinsini aniqlasa buladimi

    1. Ha, hozirda bu amaliyot homialdorlikning 6-haftasidan boshlab o’tkazilishi mumkin, lekin aniq natijalar 9-haftalikda olinadi, bunda ona qonida yo’ldosh orqali oz miqdorda o’tgan homila qoni tahlil qilinadi. Y-xromosomaning aniqlanishi homila o’g’il ekanligidan dalolat beradi. Lekin bunday tahlilni umumiy qon tahlili bilan adashtirmaslik kerak, chunki ikkalasining o’rganish predmeti boshqa-boshqadir.

  10. Xramasomalarni qaysi analizda tekshrib beradi buning uchun qaysi shifokorga va qaysi klinikalarga murojat qlsak boladi???

    1. Agar farzand jinsiga javobgar bo’lgan X va Y xromosomalar haqida gapiradigan bo’lsangiz, bu tekshirilmaydi va erkak urug’ida har ikkala xromosomani tashuvchi spermatozoidlar mavjud bo’ladi, qay biri birinchi bo’lib tuxum hujayrani urug’lantirsa, farzand jinsi shu spermatozoidning xromosomasiga bog’liq bo’ladi.

  11. Erimlaniki 8
    Meniki 8.6666667
    Chiqdi agar togri hisoblagan bolsam erimlaniki yangi ekan
    Tekshirib bering

    1. Bo’linmaning javobi emas, qoldiq hisobga olinadi. Yoshingiz 26 da bo’lsa, 26ni 3ga bo’lishdan 2 qoldiq chiqadi, turmush o’rtog’ingzini yoshi 32 da ekan, 32ni 4ga bo’lishda qoldiq chiqmaydi, ya’ni 0 ga teng. Maqolaga yangilik sifatida kalkulyator kiritildi, buni yuqorida «qonni yangilanishi» sarlavhasi ostida ko’rishingiz mumkin, agar tushunmovchilik bo’lsa, endi yoshni kiritib, qoldiqni osonlikcha hisoblash mumkin.

      1. A.a bizni yoshimiz huddi yozganizdek bu yow egalarida qiz yoki ogilmi tugiladi javob un oldindan raxmat

      2. 21:3=7 ayol
        25:4=6(1) erkak
        Bunda qiz tug’ilishimi Yoki o’g’il tug’ilishi ehtimoli yuqori

        1. Nazariya bo’yicha qiz tug’ilishi ehtimoli yuqoriroq

  12. Salom maniyam bitta savolim bor edi. Mani yowim 23 da erimmi yowi 32 da qon yangilaniwi xisoblanganda ikkovimizikiyam 0 chiqvotti. Man uqiganimda ayol kiwi tuqqanda, abort bulganda qon yangilanadi deyilgan edi. Manda ikki yil oldin abort bulgan edi. Wuni xisobga olsak qaysi jinsdagi farzand tug’iliw extimoli yuqori? Javob uchun oldindan raxmat!

    1. Turmush o’rtog’ingizning qoni so’nggi bo’lib «yangilangan» ekan. Nazariyaga ko’ra, o’g’il tug’ilishi ehtimoli yuqori.

  13. Maqola uchun rahmat! Avvalambor barchasi xudodan ekan. Menda homiladorligimda barcha natijalar qizni ko’rsatgan. Xitoy yapon taqvimlari, qon yangilanishi, taksikozim ham. Homilam 24 haftaligida uni o’g’il deyishdi… haqiqatan o’g’il ko’rdim… Ilohim barchaga o’g’illar nasib qilsin!

  14. Salom agar
    21:3=7
    26:3=8,6666666667
    bu holatda qizmi yoki o’g’il? Oldindan rahmat.

    1. Salom, bo’lish natijasida chiqqan sonni emas, undan qoladigan butun qoldiqni hisobga olish kerak. Maqoladagi maxsus kalkulyatordan foydalaning.

  15. Salom, yangi uylangandan song, farzand korish un qaysai kunlarda va qaysi paytlarda aloqa qilgan maqul? va O’gil farzandli bolish un qanday tavsiyalar beriladi, bedana tuxum, issiq ukol olish va shunga oxshash narsalar qabul qilishi O’gil farzand bolishiga yordam beradimi? javob un raxmat

    1. Salom. Avvalo farzandning jinsi qanday shakllanishini tushunishga harakat qiling, bu ma’lumot yuqorida keltirilgan. Nisbatan ishonchi usuli — ovulyatsiya kuni bo’yicha rejalashtirish. Hafta kunlarida yaqinlik qilishning farzand jinsiga ta’siri ham yo’q, bu shunchaki statistik ma’lumot bo’lishi mumkin. Muayyan kunda muayyan jinsli farzand bo’ladi deb hech kim kafolat bera olmaydi.

      1. 30 oktyabrda tóyimiz bólgandi haligacha oy kórganim yóq. Óng tomonimda ogriq bor xomilador bólgan bólishim mumkinmi

  16. Salom ovulyatsiya nima degani aniqroq tavsif bering iltimos

    1. Salom. Maqoladagi «ovulyatsiya kunini aniqlash» deb yozilgan havola bo’yicha o’ting. Sahifada batafsil ma’lumot keltirilgan.

  17. Salom bola jinsini 9 xaftaligidan aniqlasa buladi debsiz.bu qayerda amalga oshiriladi iltimos

    1. Bunda homilaning jinsini qon tahlili orqali aniqlash nazarda tutilgan. Unda onaning qonida aniqlangan homila DNK`si o’rganiladi. Afsus, bizda bunday tahlil o’tkazadigan muassasaning aniq manzili yo’q.

  18. Judayam yahshi informatsiya beribsiz togrisi ozbek tilida unchalik toliq malumot yozilgan mavzu topmagandim. Juda hayratdaman. Omad sizga!

  19. Salom menni 4ta oglim bor men kalendarga xam qaramaganman parxez xam qilmaganman faqat xudodan soraganman oldindan raxmat

  20. Salom uzur man tuwunmadim agar iloji bulsa uzingiz hisoblab bering iltomos oldindan rahmat erim 1997 yillar man 1996 yil oldindan rahmat

  21. Salom. Men o’g’ìl farzand ko’rmoqchiman ovulyatsiya kunigacha saqlanishim kerakmi, necha kunda erkak urug’i yangilanadi. Y xromosoma nobud bulib qolmaydimi

  22. Ассалому алейкум сипрал олдиргандан сонг канчада хомладор булади

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.