Homila o’z vaqtida tug’ilmasligi — tug’ruq kechikishi sabablari, davolash choralari

Shifokor tug’ruq kunini oldindan aniqlab bergan bo’lsa ham, bu homila aynan o’sha muddatda dunyoga keladi degani emas. Tibbiy amaliyotda muddatidan o’tib ketadigan homiladorlik holatlari ham uchrab turadi. Tug’ruqning «kechikishi» sabablari qanday va u qanday homilaga ta’sir qiladi? Maqolada ushbu va boshqa ba’zi savollarga javob beriladi.

Homila o'z vaqtida tug'ilmasligi

Homila o’z vaqtida tug’ilmasligi

Homiladorlikning davomiyligi me’yordan 10-14 kun yoki undan ortiq muddatga cho’zilsa, shifokor buning ikkita asosiy omilini ko’radi.

Birinchidan: tug’ruq sanasi haqiqatdan ham to’g’ri aniqlanganmi? Agar homiladorlik davrining butun davomida belgilangan sana bachadonning o’lchami va bachadon tubining balandligi, homilaning ilk harakatlanishlari sezilishi, shifokor homila yuragi urishining dastlabki eshitishiga sanasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, unda homiladorlikning muddatiga ishonch komil bo’lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, 70% hollarda homiladorlikning muddatidan o’tib ketishi noto’g’ri tashxislangan bo’ladi. Odatda, bu hisob-kitoblardagi xatolarga bog’liq.

Ikkinchidan, mutaxassis homila to’g’ri rivojlanishda davom etishini aniqlashi kerak. Aksariyat hollarda o’ninchi oyda ko’plab bolalar aynan to’g’ri rivojlanadi. Ammo, ba’zida bachadon ichidagi muhit avvalgidek ideal bo’lmaydi, aksincha yomonlasha boshlaydi: yetarli miqdorda ozuqa moddalari va kislorod mavjud bo’lmaydi, amniotik suyuqlik tobora kamyib boradi. Shunda homilaning xavfsiz rivojlanishi tahdid ostida qoladi.

Bundan tashqari, tug’ruq kechikishining haqiqiy va soxta turlarini ajra bilish juda muhimdir:

  • Soxta (39-42 haftalar) kechikish yoki homiladorlikning uzayishi faqat 10-14 kungacha cho’zilish bilan xarakterlanadi. Bu holda jomilaning yetilmaganligi va yo’ldoshda o’zgarish belgilari aniqlanmaydi. Muddati uzaygan homiladorlik — bu me’yorning bir variantidir. Shunchaki homila hali «yetilmagan» bo’ladi.
  • Haqiqiy (chin) kechikish (42 haftadan keyin) homila normal homiladorlik davriga qaraganda ancha yuqori rivojlanish darajasiga ko’tariladi va yetuklik belgisi bilan tug’iladi. UTT yo’ldoshning qalinligi, amniotik suyuqlikning nisbatan kamligi, homila o’lchamining kattaligi, kalla suyagining konturlari aniqroqligi va qalinlashganligini aniqlab berishi mumkin. Bu holda, homilador ayol vazn yo’qotadi, uning qorin aylansi uzunligi 5-10 sm`ga kamayadi.

Tug’ruq kechikishining homilaga ta’siri

Muddatidan kechikkan homila ko’pincha kesarcha kesish yo’li bilan tug’iladi. Bu bir necha sabablarga ko’ra amalga oshiriladi. Birinchidan, ona qornida 40 haftadan bo’lgan bolalarning bosh aylanasi kattaroq bo’ladi. Ikkinchidan, tug’ruq paytida, ular birlamchi najasni tortib olishlari mumkin. Uchinchidan, ularda kislorod va oziq moddalar kamroq bo’lishi mumkin.

Agar homiladorlikning 41-haftasi allaqachon tugallanganligi, tekshiruv vaqtida esa bachadon bo’yni yetilganligi (yumshoqligi) aniqlangan bo’lsa, ko’plab shifokorlar tug’ruqni stimulyasiyalashni amalga oshirishadi. Ba’zi shifokorlar hatto 42 haftagacha kutishlari mumkin. E’tibor bering, homiladorlik hech qachon abadiy davom etmaydi. To’g’ri, ayrim ayollar homilani 44 haftagacha ko’tarishganligi hollari ma’lum, lekin bugungi kunda, ko’p hollarda, tug’ruq 42 haftadan keyin chaqiriladi.

«Ortiqcha ko’tarilgan» chaqaloqlar ozg’in, quruq, ajinlar bilan qoplangan teri, normal homila terisini qoplab turuvchi homilalik surtmasiz tug’iladi. Boshqa bolalar bilan taqqoslaganda ularning tirnoqlari va sochlari uzunroq, ko’zlari ochiq va ko’proq faolligi aniqlanadi.

Muddatidan keyin tug’ilgan chaqaloqlarning 20-50 foizida (turli manbalarda turlicha) normal rivojlanishdan og’ish kuzatiladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning deyarli yarmida asfiksiya kuzatiladi. Bundan tashqari, ko’pincha sariq kasallik, gormonal krizlar, nevrologik buzilishlar, moslashuvchanlik qobiliyatining kamayishi va terining infektsion shikastlanishlari keng tarqalgan bo’ladi.

Uzoq muddatli natijalarni o’rganish esa bunday chaqaloqlar rivojlanishda ham sekinroq bo’lishadi. Ular muddatida tug’ilganlarga qaraganda kechroq gapira, yura boshlaydi, birinchi tishlari keyinroq chiqadi.

Xavf guruhi

Mutaxassislarning fikricha, tug’ruq muddatining kechikishi ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra kechikadi:

  • Endokrin kasalliklar (buqoq, qandli diabet).
  • Kichik chanoq a’zolarining yallig’lanish kasalliklari va boshdan o’tkazilgan abortlar.
  • Nomuntazam hayz sikli.
  • Jigar, oshqozon va ichak kasalliklari bilan og’riganlik (bu holda estrogen metabolizmi buziladi).
  • Yotoq tartibiga rioya qiladigan yoki o’troq hayot tarzini kechirish (homilaning boshi kichik tosga tushmaydi va bachadon bo’yni retseptorlarini qo’zg’atmaydi).
  • Kuchli hissiy stress.

Xavf omillari orasida kech gestoz, homilaning chanoqli yotishi, avvalgi homiladorlikda ham kech tuqqanlik, ayol birinchi marta 30 yoshdan oshgandan so’ng tug’ishi.

Homila o’z vaqtida tug’ilishi uchun nima qilish kerak

Avvalo vahima va qilmaslik kerak. Umumiy ahvolga e’tibor berish kerak. Organizmda suyuqlikning ushlanib turishi, shishlar yo’qligi tekshirish lozim. Agar me’yor chegarasidan sezilarli cheklanishlar bo’lsa, shifokor bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq bo’ladi — ehtimol tug’ruqxonaga oldinroq yotish talab etilishi mumkin. Agar ahvol yaxshi bo’lsa, tahlillar normal bo’lsa, ona uchun ham, bola uchun ham bir necha kun uyda, odatiy sharoitda bo’lish tavsiya etiladi.

Normal kechuvchi homiladorlikda tug’ruqxonaga oldindan borish uchun shoshilish kerak emas. Aks holda, shifokor har xil stimulyatorlarning yordami bilan chaqaloqni «shoshiltira» boshlaydi, bu esa doimo ham yaxshi emas.

Yordam choralari

Yo’ldish vazifalarini qanday bajarayotganini tekshirish. Yo’ldosh — muhim a’zo hisoblanadi, chunki aynan u orqali homila nafas oladi, oziqlanadi metabolizm mahsulotlarini chiqarib tashlaydi. Homiladorlik davomida yo’ldosh evolyutsiyaning bir necha bosqichidan o’tadi: shakllanishi, o’sishi, yetuklik, qarish. Bosqichlarning har birida u ma’lum funktsiyalarni bajaradi.

Ovqatlanishni kuzatish. Ushbu davrda ko’p miqdorlarda go’sht, smetana, yog’li tvorog, xamirturushli un mahsulotlari va shirinliklar tavsiya etilmaydi. Yaxshisi qat’iy bo’lmagan vegetariancha taomnomaga o’tish kerak. Bu holda tug’ruqda ishtirok etadigan bo’g’im va mushaklar moslashuvchan, elastik bo’ladi. Mahsulotlardan yangi va quritilgan mevalar, asal, sabzavotlar, suvda pishirilgan bo’tqalar, donlar, dengiz mahsulotlari, yong’oqlar va ko’katlarga afzallik berish kerak.

Cho’zilish mashqalari. Bu tug’ruqqa tayyorlanishda tavsiya etiladigan maxsus mashqlar hisoblanadi. Har kuni bo’g’im uchun mashqlar qilish, tinchlanishni o’rganish kerak. Homiladorlik davrida ikki xil mashq bajarish juda muhim: umumrivojlantiruvchi, mushaklar va boshqa to’qimalarni tug’ruqqa tayyorlashga ko’maklashadigan va aerobik — nafas a’zolarini va yurak faoliyatini mustahkamlaydigan mashqlar.

Nafas olish mashqlari. Bu har kuni toza havoda sayr qilish, suzish yoki suv muolajalari va bevosita nafas olish mashqlarini nazarda tutadi. Bunday mashqlar barcha to’qimalarni kislorod bilan boyitadi, tinchlanishga yordam beradi.

Bola tug’ilishga tayyor bo’lganda, ona organizmida jarayonni boshlab yuboradigan maxsus moddalar ishlab chiqarila boshlanadi. Ya’ni chaqaloq onaning istaklari yoki shifokor hisoblagan sanadan qat’iy nazar, muayyan vaqtda dunyoga keladi.

Matnda xatolik aniqladingizmi? Uni ajratib, Ctrl+Enter tugmasini bosing.
Загрузка...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *