Suvchechak — simptomlar, kasallanish sababi, tashxis, asoratlar, davolash va profilaktika

Suvchechak bir qator virusli infektsiyalarning umumiy nomi. Butun tana bo’ylab qizil toshmalar va donachalar paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Juda kamdan-kam hollarda suvchechak takroran kuzatilishi mumkin, odatda insonlar hayoti davomida bu kasallik bilan bir marta kasallanishadi.

1990-yillarning o’rtalariga borib kasallikka qarshi vaksina kashf etilganligi sababli kasallanish soni keskin kamaydi.

Suvchechak - 3-tur gerpes virusi keltirib chiqaradigan kasallik hisoblanadi.

Suvchechak — 3-tur gerpes virusi keltirib chiqaradigan kasallik hisoblanadi.

Chinchechak (tabiiy chechak) o’limga sabab bo’luvchi xavfli kasallik hisoblanib, karantin talab qiluvchi infektsiyalar qatoriga kiradi. Belgilari: umumiy intoksikatsiya, yuqori tana harorati, teri va shilliq qavatlardagi suvli toshmalar, toshmalar o’zidan keyin chuqur chandiq qoldirishi.

Suvchechak belgilari va alomatlari

Toshma kattaligi 2-4 mm bo’lgan qizil donachalardan iborat, donachalar bir necha soatdan keyin papulaga aylanadi, keyin esa vezikulaga. 1-3 kun o’tgach, vezikulalar yuzaki qobiq (yara, chaqa) qoldirib quriydi. Shu bilan birga, shilliq qavatda asta-sekin enantema — sarg’ish-kulrang yuzaki qobiq hosil bo’ladi.

Infeksiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan taxminan 7-21 kun oldin organizmga tushgan bo’ladi. Odam teriga toshma toshishi boshlanguniga qadar 48 soatgacha boshqalarga kasallik yuqtiruvchi bo’lib qoladi.

Toshma toshishidan tashqari boshqa simptomlar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Bemorda bu alomatlar kuzatilganidan bir yoki ikki kun o’tgach, klassik toshma rivojlanishi boshlanadi. Odam sog’ayishdan oldin kasallikning uch bosqichdan o’tadi. Bularga quyidagilar kiradi:

  1. Qizil va pushti donachalar butun tanada rivojlanadi;
  2. Donachalar suyuqlik bilan to’lgan pufakchalarga aylanadi;
  3. Pufakchalar qattiqlashib, yuzaki qobiq paydo bo’ladi.

Tanadagi toshmalar bir vaqtning o’zida yo’qolmaydi. Yangi vazikulalar doimo virus faoliyati davomida paydo bo’laveradi. Pufakchalar juda qichishi mumkin, ayniqsa, chaqa (yara) hosil bo’lishidan oldin. Donachalar butunlay yo’qlishi uchun 7-14 kun vaqt ketadi.

Suvchechakka nima sabab bo’ladi

Varikella-zoster virusi (VZV) yoki suvchechak virusi suvchechak kasalligini keltirib chiqaradiqiladi. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. VZV barcha donachalar yo’qolgunigacha yuqumli bo’lib qoladi. Virus quyidagi yo’llar bilan tarqalishi mumkin:

  • So’lak;
  • Yo’tal;
  • Aksa urish;
  • Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloqa qilish.

Suvchechak havo-tomchil yo’li bilan tarqaladi. Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, homilador ayollar kasal bo’lsa, homila ham suvchechak bilan kasallanishi ehtimoli mavjud bo’ladi, bu tug’ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, masalan badbasharalik. Kasallik shifo topgandan so’ng organizmda barqaror immunitet hosil bo’ladi. Suvchechakning inkubatsion davri 11-21 kun davom etadi.

Suvchechak bilan kim kasallanishi mumkin

Infektsiyaga qarshi immumitet yoki emlash suvchechakning ta’sir qilish xavfini kamaytiradi. Virusga qarshi immunitet onadan chaqaloqqa o’tishi mumkin. Immunitet tug’ilishdan boshlab uch oy davom etadi.

Avvalo virusga avval duchor bo’lmagan har bir kishi suvchechak bilan kasallanishi mumkin. Quyidagi sharoitlarda kasallanish xavfi ortadi:

  • Kasal odam bilan aloqa qilish;
  • 12 yoshgacha bo’lgan bolalar;
  • Bolalar bilan yashaydigan, suvchechak bilan kasallanmagan kattalar;
  • Maktabda yoki bolalar muassasasida vaqt o’tkazgan shaxs;
  • Immunitet tizimi kasallik yoki dorilar tufayli zaiflashgan shaxslar.

Suchechakni tashxislash

Agar teri ustida notanish donachalar rivojlansa va ayniqsa, toshmalar toshishi shamollash (O’RVI) yoki gripp belgilari bilan birga kechsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak.

Agar siz homilador bo’lsangiz va suvchechak bilan kasallangan bo’lsangiz darhol shifokoringizga xabar bering.

Shifokor suvchechakni teridagi donachalar va jismoniy tekshiruv asosida tashxislashi mumkin. Laboratoriya tekshiruvlari donachalarning aniq sababini tasdiqlaydi.

Asoratlari

Quyidagi hollarda shifokorga murojaat qilish kerak:

  • Donachalar ko’zlar atrofiga tarqalsa;
  • Donachalar qizargan bo’lsa va yiring mavjud bo’lsa (ikkilamchi bakterial infektsiyaning belgilari);
  • Suvchechak bilan birga bosh aylanishi yoki nafas qisilishi kuzatilsa.

Asoratlar odatda quyidagi toifa kishilarga tahdid soladi:

  • Bolalar;
  • Keksa odamlar;
  • Immun tizimi zaif bo’lgan odamlar;
  • Homilador ayollar.

Bu toifadagi insonlarda pnevmoniya, shuningdek terining, bo’g’imlarning yoki suyaklarning bakterial infektsiyalari ham rivojlanishi mumkin. Homiladorlik davrida suvchechak bilan kasallangan ayollardan tug’ma nuqsonli bolalar tug’ilishi mumkin, jumladan:

  • Bo’yning past bo’lishi;
  • Kichkina bosh o’lchami;
  • Ko’z bilan muammolar;
  • Cheklangan intellektual salohiyat.

Suvchechak qanday davolanadi

Bugungi kunda suvchechakga qarshi emlash bor. Suvchechakni davolash uyda amalga oshiriladi, asosan ko’proq dam olish tavsiya etiladi. Shifokorning retsepti bo’yicha asoratlarni kamaytirish va kasallikning oldini olish uchun interferon yordam beradi. Dorivor o’simliklardan preparatlar ham ishlatiladi. Himoyalash va ikkilamchi yiringli infektsiyani davolash uchun antibiotiklar belgilanadi.

Suvchechak tashxisi qo’yilgan odamlarning ko’pchiligi virusning faolligida simptomlarni nazorat qilishlari kerak. Ota-onalarga bolalarini maktabga yubormasligi tavsiya etiladi. Shuningdek, virus tarqalishini oldini olish uchun bolani to’gri parvarish qilish kerak. Infektsiyalangan kattalar ham uyda qolishlari kerak.

Shifokor qichishishni bartaraf etish uchun antigistaminlar yoki malhamlar buyurishi mumkin. Bundan tashqari, terining qichimasini yengillashtirish uchun:

  • Issiq vannalar qabul qilish;
  • Yengil va yumshoq kiyimlarni kiyib olish kerak.

Virusdan asoratlar yoki ikkilamchi kasalliklar rivojlanish xavfi mavjud bo’lsa, shifokor antivirus preparatlarni buyurishi mumkin. Ushbu antivirus preparatlar suvchechakni davolamaydi, ular virus faoliyatini sekinlashtiradi. Bu inson immunitet tizimini tezroq qayta tiklanishiga imkon beradi.

Oqibatlari

Organizm ko’pincha suvchechakni o’zi davolashi mumkin. Odamlar odatda diagnostikadan bir-ikki hafta o’tgach, normal faoliyatga qaytishadi. Suvchechak shifo topganidan so’ng, ko’pchilikda virusga qarshi immunitet rivojlanadibo’ladilar. Bu virus qayta rivojlanmaydi, chunki virus odatda sog’lom odam tanasida faol bo’lmaydi. Kamdan kam hollarda kasallik qaytalanishi mumkin.

Suvchechakni oldini olish

Suvchechakka qarshi vaksinaning ikki tavsiya etilgan dozasini olgan odamlarning 98 foizida kasallikning oldi olinadi. 12-15 oyligida bolani emlash kerak. Bolalarni 4 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan davrida yana bir bor emlashadi.

Загрузка...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *