Bosh og’rig’i — sabablari, qanday qilib bosh og’rishidan qutilish mumkin

Bosh bir necha sabablarga ko’ra og’rishi mumkin — shamollashdan, biron sababga ko’ra zix bo’lishdan. Ba’zan bosh og’rig’i shu darajada tez-tez uchraydiki, dorilarni hadeb qo’llash xavfsiz bo’lmaydi yoki bosh og’rig’i shunday joyda yuz beradiki, og’riq qoldiruvchi dori yoki dorixona topishning iloji bo’lmaydi.

Ba’zi kishilarda esa og’riq qoldiruvchi dorilarga allergiya mavjud yoki salomatlik holati bo’yicha bunday preparatlarni qo’llash taqiqlangan bo’ladi. Shunday holatlarda dori-darmonlarsiz, qo’l ostida mavjud narsalar va xalq tabobati yordamida qanday qilib bosh og’rig’ini qoldirish mumkin?

Bosh og'rig'i

Albatta, quyida keltirilgan retseptlar og’riqni yo’qotish uchun 100% kafolat emas, lekin ular ko’pincha sezilarli yengillikni baxsh etadi va sog’lig’ingizga zarar yetkazmaydi.

Og’riqqa qarshi aromaterapiya

Qadim zamonlarda turli xil o’simliklarning efir moylari hidi ko’plab kasalliklarni davolashda ishlatilgan. Bosh og’rig’ida lavanda xushbo’yligi bilan yordam beradi — u yengillik baxsh etadi, ruhiy zo’riqishni yumshatadi va tinchlantiradi, uxlab qolishga yordam beradi.

Agar siz lavandani yoqtirmasangiz, yalpiz samara berishi mumkin — u ham stressga barham berib, ba’zan bosh og’rig’iga javobgar nervlarni tinchlantiradi. Yalpiz moyini bosh terisiga o’n daqiqa davomida surtib, uqalash tavsiya etiladi. Yalpiz moyi bo’lmasa, yangi yalpiz barglarini qo’llashingiz mumkin: ularni yaxshilab ezib, chakka, bo’yin va peshonaga muloyimlik bilan surting.

Asal qo’shilgan yalpizli choy ichishingiz mumkin. Yoningizda bir flakon yalpiz yoki lavanda moyi olib yuring, og’riqning dastlabki belgilarida uni oching va har bir burun bilan taxminan bir daqiqa usbu xushbo’y hidlarni hidlang.

Yordamchi sovuq

Zo’riqish, allergiya, spazm yoki shamollash tufayli yuzaga kelgan bosh og’rig’ida sovuq yordam beradi. Muzni sochiqqa o’rang va sochiqni biroz namlab oling, so’ngra peshona va boshning ikki yon qismiga tuting. Agar boshning hamma joyi og’riyotgan bo’lsa, bo’yinga va yelkalarga qo’yishingiz mumkin.

Muzni sochiqqa o’ramasdan foydalanmang. Bu qon tomirlarning spazmiga sabab bo’ladi va birozdan keyin og’riqni kuchaytiradi.

Tinchlantiruvchi issiqlik

Agar bosh og’rig’i bo’yin osteoxondrozi yoki mushaklarning spazmi bilan bog’liq qon ayalnishining buzilishi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, boshning qon aylanishini normallashtirish kerak. Bunday maqsadda tomirlarni biroz kengaytirish talab etiladi va bo’yin sohasiga issiq suvli grelka qo’yish yoki issiq dush qabul qilish aynu muddaodir.

Aytgancha, dush o’z-o’zidan bosh og’rig’idan halos qiladi, ayniqsa kontrast dush. Agar yaqin atrofda isitish uchun grelka yoki dush bo’lmasa, bo’yin mushaklarini, boshni ayalana bo’ylab harakatlantirish va bo’yinning orqa qismini uqalash ham qon aylanishini yaxshilaydi.

Toza havo

Ko’pincha bosh og’rig’i oddiygina gipoksiya, ya’ni kislorod yetishmasligi tufayli yuzaga keladi, ayniqsa isitish mavsumida, isitgichlar bizga kerak bo’lgan kislorodni yoqib yuborganida. Bunday vaziyatlarda har soat 5 daqiqadan toza havodan nafas olish yoki yarim soat toza havoda sayr qilish bosh og’rig’ini samarali qoldirishi mumkin. Sayr qilishning iloji bo’lmasa, balkonga chiqib, 10 daqiqa chuqur va sekin nafas oling. Hech bo’lmaganda bir kunga chekishni tashlash kerak: nikotin va sigaretaning tutuni gipoksiya va bosh og’rig’i rivojlanishiga hissa qo’shadi.

Sog’lom uyqu

Ko’pincha bosh og’rig’i uyquga to’ymaslik va ortiqcha charchash oqibatida kelib chiqadi. Bunday vaziyatda shunchaki yotib, ko’zingizni yuming, uyquga ketishga harakat qiling yoki hech bo’lmaganda bir necha soat mobaynida dam oling. Xona derazalarini bir muddatga oching yoki xonani oldindan shamollatib qo’ying va yotoqxona nam va salqin ekanligiga ishonch hosil qiling.

Nuqtali va umumiy massaj

Anchadan buyon ma’lum: tananing muayyan nuqtalarini bosib, ko’p alomatlarni tuzatish mumkin.

  • Bosh barmoq ko’rsatkich barmoq bilan uchrashadigan joyni massaj qiling. Barmoqlaringizni ikki tomonga yoying, agar uni bosgan paytda og’riq his qilsangiz, bu faol nuqtadir. Taxminan 5 daqiqaga massaj qiling, bosh og’rig’i tezda pasayadi.
  • Burunning ustidagi nuqtaning massaji bosh og’rig’ini kamaytirishga yordam beradi, ushbu nuqtani aniqlash uchun qosh chizig’i va burun chizig’i tutashadigan joyni tasavvur qiling.
  • Ikki simmetrik nuqta bor — bu qoshlarning tugagan joylari, bir vaqtning o’zida ikkalasini ham massaj qilish kerak.
  • Soch o’sishi biroz burilgan burchakka ega bo’lgan nuqtalar, ikki barmoqlaringiz bilan bir vaqtning o’zida massaj qiling.
  • Ko’pincha, quloqning yumshoq qismini massaj qilish yordam beradi.
  • Bo’yinning soch o’sish qismi joyi, bo’yin umurtqasining ikki yonidagi chuqurchalarni bosish. Ushbu sohani aniqlash yanada osonroq bo’lishi uchun ko’ylak yoqasi mavjud deb tasavvur qiling, ana o’sha yoqa balandligida bo’yin umurtqasini toping.

Monitordan uzoqlashing

Ko’pincha bosh monitorning o’chib-yonishidan og’riydi, ayniqsa, u suyuq kristalli displey bo’lmasa yoki uning chastotasi 60 MHz ga teng bo’lsa. Bunday ekranda ko’zga ko’rinmaydigan, ammo miya tomonidan seziladigan o’chib-yonish mavjud, u miyani bezovta qiladi va charchatib qo’yadi.

Ishda har soat 10 daqiqali tanaffuslar qilishga harakat qiling, tanaffus vaqtida siz butunlay turishingiz va monitordan uzoqlashishingiz, uzoqqa qarab, biroz yengil mashqlar qilishingiz kerak.

Xalq tabobati vositalari

Ilgari, har bir uyda «oltin yulduzcha» yoki «yulduzcha» balzami bor edi. Ularni yonoqqa va qoshlar orasiga qo’yishardi, bu juda katta yordam edi («yulduzcha» hozirda ham sotilmoqda).

Valeriana ildizini qaynoq suvga solib, kuniga uch marta bir osh qoshiqdan ichishingiz mumkin, bu stress tufayli paydo bo’lgan bosh og’rig’iga yordam beradi.
Limon po’stlog’ini olib, og’riqli joyga qo’ying, og’riq o’tib ketadi.

Agar bosh og’riqlar doimiy ravishda kuzatilsa — shifokorga murojaat qilish kerak!

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 8 ta baho berilgan
Загрузка...
Загрузка...
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *