Qichima — sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, kattalar va bolalarda

Qichima (lot. prurigo, prurio — qashinish) — qichimali dermatoz, toshmalarning asosiy elementi markazida kichik pufakchalari bo’lgan kichik tugunchalardir. Yaqqol qichish toshma toshgan joyni qashishga va natijada terida chuqur ekskoriatsiya (chuqurchalar) hosil bo’lishiga olib keladi. Qichimaning o’ziga xos xususiyati shundaki, toshma qo’l-oyoqlarning yoziluvchi sohasida joylashgan bo’ladi va bukiluvchi yuzani qamrab olmaydi. Qichimani tashxislash dermatologik ko’rik, oshqozon-ichak trakti a’zolarini tekshiruvi va shunga o’xshash teri kasalliklarini istisno qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Davolash parhez, vitaminlar, fizioterapiya, antigistamin va sedativ preparatlarni tayinlashdan iborat.

Ayollarda qichima kasalligi

Qichima

Zamonaviy dermatologiya qichimaning uchta klinik turini farqlaydi:

  • Kattalar qichimasi;
  • Bolalar qichimasi;
  • Tugunli qichima.

Bolalar qichimasi asosan hayotning birinchi yilida rivojlanadi, ammo 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda ham paydo bo’lishi mumkin. Kattalar qichimasidan asosan keksa yoshdagi kishilar aziyat chekadi. Tugunli qichima odatda 50 yoshdan keyin va ko’pincha ayollarda kuzatiladi.

Qichima yuzaga kelishi sabablari

Qichima rivojlanishining asosiy sababi teridagi allergik yallig’lanish rivojlanishiga olib keladigan tananing sensibilizatsiyasi (sezuvchanligi) hisoblanadi. Organizmni sensibilizatsiyalovchi asosiy agentlar oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Emizikli chaqaloqlarda bu sigir yoki ona sutidagi oqsil, biroz kattaroq yoshda — qo’ziqorin, un mahsulotlari, tuxum, sitrus mevalar, shokolad, qulupnay, ba’zi baliq turlari bo’lishi mumkin. Kattalarda oziq-ovqat sensibilizatorlari sifatida dudlangan mahsulotlar, asal, qahva, alkogol, achchiq mahsulotlar va ziravorlar xizmat qilishi mumkin.

Bolalarda qichima rivojlanishida ekssudativ diatez, shuningdek hazm qilish traktining turli fermentopatiyalari kabi namoyon bo’ladigan allergik reaktsiyalarga konstitutsion moyillik muhim ahamiyatga ega. Bolalarda ham, kattalarda ham disbakterioz, gelmintoz, o’t chiqarish yo’llarning diskineziyasida organizmning ichakdan autosensibilizatsiya va autointoksikatsiyalanishi kasallik rivojlanishiga turtki bo’ladigan omillar sanaladi. Kattalarda qichima rivojlanishida nerv-emotsional buzilishlar (uyqu buzilishi, nevrasteniya) va ba’zi umumiy kasalliklar (qandli diabet, ichki a’zolar o’smalari, limfogranulematoz, surunkali gepatit, jigar sirrozi, xolesistit va boshqalar) provokatsion omillar bo’lishi mumkin.

Ba’zi mualliflarning fikriga ko’ra, qichima hasharotlar chaqishi (chivin, burga, kana) tufayli yuzaga keladi va kasallikni epizoonozga oid qilishni taklif qilishadi. Bu gipoteza kasallikning qishloq joylarda keng tarqalganligi, uning mavsumiyligi va ko’pchilik bemorlarda hasharot antigenlari bilan allergik probaning ijobiy natija berishi bilan tasdiqlanadi.

Qichima alomatlari

Qichima kasalligi rasm
Bolalar qichimasi terida 3-5 mm keladigan tarqoq va ko’plab toshma toshishi bilan boshlanadi, ularning yuzasida vaqt o’tib pufakchalar paydo bo’ladi. Pufakchalar yorilib, seroz qobiq bilan qoplangan eroziyalar hosil qiladi. Gavda va yuz terisida toshma mavjudligi bilan bir qatorda, oyoq-qo’llarning yoziluvchi yuzasida ko’p miqdorda toshmalar mavjudligi odatiydir. Qichimada papulovezikulalar qo’l va oyoq kafti terisida ham joylashgan bo’lishi mumkin. Bunda ular kattaroq o’lchamga (5-7 mm) ega, asosi shishgan va atrofi yallig’langan bo’ladi. Qichimaning o’ziga xos xususiyati kuchli qichishishdir. Qashish tufayli toshmalar o’rnida ko’plab ekskoriatsiyalra paydo bo’ladi.

Qichima bilan kasallangan bolalarda toshma toshishi bilan bir qatorda asab-ruhiy buzilishlar ham kuzatilishi mumkin: injiqlik, yomon uxlash, yig’loqilik, yuqori ta’sirchanlik. Bu alomatlar ham kasallikning o’zi (kuchli qichishish va organizmning autointoksikatsiyasi tufayli), ham konstitutsiyasining o’ziga xosliklari natijasida asab tizimining tug’ma labilligi tufayli yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.

Ko’p hollarda bolaning ratsionidan sigir suti va bolalar uchun qo’shimchalarni chiqarib tashlagandan keyin qichima alomatlarining mustaqil regressi kuzatiladi. Biroq bolalar qichimasi atopik dermatit, pruriginoz ekzema yoki kattalar qichimasiga aylanishi mumkin. Bunday transformatsiya belgisi oq dermografizm paydo bo’lishi, qorin refleksining kamayishi va oyoq kaftinikining yo’qolishidir. Bunday bolalarda teri quruqligi, angidroz, son va chov limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi.

Kattalar qichimasi qorin, dumba, kurak va oyoq-qo’llarning yoziluvchi yuzasida intensiv qichiydigan tugunchali toshma toshishi bilan tavsiflanadi. Yuz va oyoq-qo’llarning bukiluvchi yuzasi odatda teginilinmaydi. Kattalar qichimasida kattaligi 5mm gacha bo’lgan qo’ng’ir-qizil rangdagi zich yarimsharsimon yoki konussimon papulalar xosdir. Shu bilan birga, yorqin qizil rangda va o’ta kuchli qichishi bilan ajralib turadigan papulalar ham kuzatilishi mumkin. Gemorragik qobiq bilan qoplangan ko’plab ekskoriatsiyalar qayd qilinadi.

Kattalardagi qichima o’tkir va surunkali kechimga ega bo’lishi mumkin. Surunkali shaklda terida kuzatiladigan alomatlarga asta-sekin nevrotik sindrom qo’shiladi: uyqu buzilishi, ta’sirchanlik, sezilarli emotsional labillik.

Tugunli qichima surunkali va uzoq davom etishi bilan ajralib turadi. Toshmalar yarimshar shakldagi zich papulalar bilan namoyon bo’ladi. Ularning kattaligi 6 dan 15 mm gacha o’zgarib turadi. Tugunli qichimada toshmalar asosan oyoqlarning yoziluvchi yuzasi terisida, kamroq hollarda — qo’l va gavdada joylashgan bo’ladi. Qichima elementlarini qashish tufayli infektsiyalanishi ostiofollikulit, follikulit, pioderma yoki furunkulyoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Qichima tashxisi

Qichimani tashxislashda, dermatolog toshmani ko’rishi va dermatoskopiya o’tkazishi kerak. Ikkilamchi infektsiya qo’shilganiga gumon qilganda qo’zg’atuvchini aniqlash uchun bakterial ekish va uning antibakterial preparatlarga sezgirligi aniqlash bajariladi. Qichimani oshqozon-ichak trakti buzilishi yoki endokrin patologiya fonida yuzaga kelishida gastroenterolog yoki endokrinolog maslahati talab qilinadi. Gelmintlar tuxumlarini o’rganish va disbakteriozni tahlil qilish uchun axlat namunasi olinadi. Zarurat tug’ilsa, qichimasi mavjud bemorlarga jigar va me’da osti bezi UT tekshiruvi, jigar probasi, me’da osti bezi fermentlarini o’rganish belgilanadi.

Qichimani tashxislashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan nuqta, xuddi shunday klinik ko’rinishga ega dermatologik kasalliklarni istisno qilishdir. Toshmaning joylashuvi va qichima elementlarining morfologik xususiyatlari ko’p hollarda kasallikni atopik dermatit, qo’tir va toksikodermiyadan ajratish imkonini beradi.

  • Atopik dermatitda, qichimadan farqli o’laroq, toshmalar oyoq-qo’llarning bukiluvchi sirtida joylashgan bo’ladi.
  • Qo’tirda dermatoskopiya o’ziga xos yo’llarni aniqlash imkonini beradi, qo’tirga sinov o’tkazilganda ijobiy natija olish tashxisni tasdiqlaydi.
  • Toksidermiya dori vositalarini qabul qilish va toshma toshish o’rtasidagi bog’liqlik bilan tavsiflanadi. Tugunli qichimani qizil yassi lishaydan farqlash kerak.

Qichimani davolash

Qichima kasalligini davolashda parhez muhim o’rin tutadi. Emizikli chaqaloqlarda ona sutiga organizmning sensibilizatsiyasini kamaytirish uchun emizishdan 15 daqiqa oldin unga 10 tomchi sog’ilgan sut berish tavsiya etiladi. Qichimada ratsionga qatiq, tvorog va sabzi sharbatini ertaroq kiritish kerak. Homilador va emizikli ayollar ko’p miqdorda sitrus mevalar, tuxum, baliq, tuzlamalar iste’mol qilishdan qochishlari kerak.

Qichimadan aziyat chekayotgan kattaroq bolalar va kattalarga achitqi sut mahsulotlari (ryajenka, tvorog, kefir), qaynatilgan mol go’shti, kungaboqar moyi, meva va sabzavotlar (ayniqsa sabzi, karam, ismaloq va no’xat) tavsiya etiladi. Gelmintli invaziya aniqlanganda degelmentatsiya o’tkaziladi. Shuningdek surunkali infektsiya o’choqlari sanatsiyasi darkor, masalan karioz tishlar, otit, sinusit, surunkali tonzillit, disbakterioz va oshqozon-ichak kasalliklarini davolash.

Qichimani davolashda hazm qilishni yaxshilaydigan fermentlar (pankreatin va boshqalar), B guruhi vitaminlari, A va C vitaminlar, antigistamin vositalar (fenkarol, loratadin, dezloratadin, klemastin, xloropiramin va boshqalar), kaltsiy preparatlari va tinchlantiruvchi dorilar (pion, valeriana damlamasi) belgilanadi. Kepak, eman daraxti po’sti, ittikanak va boychechakli shifobaxsh vannalar qabul qilish ham yaxshi samara beradi. Qo’shimcha vositalar sifatida qichimada glyukokortikoidlar saqlagan krem va malhamlar qo’llash mumkin. Og’ir holatlarda glyukokortikosteroidlarni ichga qabul qilish belgilanadi.

Fizioterapevtik usullardan qichimada buyrak usti bezlari sohasiga mikroto’lqinli terapiya, suberitem dozada ultrabinafsha nurlanish, elektroson, gidrokortizon bilan fonoforez, induktotermiya, bo’yin simpatik tugunlari sohasiga diadinamoterapiya, shifobaxsh elektroforez qo’llaniladi.

Reklama

Ushbu mazvuda 11 ta fikr qoldirilgan

  1. Assalomu alaykum! Agar qichish xech qanday toshmalarsiz va faqat oyoq qismida bolsa buni qanday atash mumkun va davosi qanday boladi? Javob uchun oldindan raxmat

    1. Sabablari allergiya, terining sovuqdan yorilishi kabi holatlar bo’lishi mumkin. Alomatlar qanchadan buyon kuzatilayotganiga e’tibo bering: agar bir-ikki kun bo’lsa, uxlashdan namlantiruvchi yoki yog’li krem surtib yoting, shubhali allergen bilan aloqa qilmang. Agar bir-ikki kunda yaxshilanish bo’lmasa yoki aksincha, qichish kuchaysa, dermatologga murojaat qiling.

  2. Assalomu aleykum.Shu so’zlarni yozgan odamga kattakon rahmat umridan baraka topsin.bu so’zlar rosa menga atab yozilgandek ekan.men bu kasallikni armiyadan yuqtirib keldim maz ukol hama yo’ qildim ammo bittayam foydasi bo’lmadi.

  3. Assalomu allaykum menda kichkinacha yara paydo boldi bu qichimami yo bowqacha yarami bilib bo’lmayapdi lekin qichish alomati bor dumoloq bolib kattarib borayapdi. Yarachada kichkina bolib iring bolib qolayapdi shunga nima deb fikir bildira olasiz oldindan raxmat!

    1. Teri kasalliklarini aksariyati sizdagi kabi alomatlar bilan namoyon bo’ladi, yiringlashi qashilash natijasida infektsiya tushishi yoki mustaqil kasallik alomati bo’lishi mumkin. Har qanday holda dermatologga uchrashib, tashxisga aniqlik kiritish kerak, mustaqil davolanish tavsiya etilmaydi.

  4. Саволим бор эди, кандай килиб окариш мумкин?

    1. Saytda yuzni oqartirish bo’yicha tavsiyalar keltirilgan maqola bor. Sayt oxirida qidiruv maydonchasi bor, «oqartirish» so’zini kiritib, qidiruv berib ko’ring.

      1. Assalom alekum Sizga Savolim bor edi Mani Badanimda gohida qolimda gohida labimda oyogimni orqasida 5, 6 ta qichishqoga oxshagan toshmalar chiqyapti va 1 yoki, yarim soatda yoqolyapti Labimga tepa qismiga birinchi chiqgan kuni 1 kunda qaytib ketdi
        Qolimga va oyogimga chiqyotkani yomon qichishtirvoti shunga qanday doctorga korinishim Kerak Man Rassiyadaman Oldindan rahmat Javobiz Uchun

        1. Vaaleykum assalom. Toshma chiqishida biron qanaqa qonuniyat aniqladingizmi? Masalan, ma’lum bir mahsulot iste’molidan keyin yoki terining biron narsa bilan aloqa qilishidan so’ng. Har qanday holda ham, dermatolog shifokorga ko’rining, u sizga keyingi ko’rsatmalarni beradi.

  5. Assalom 8 yoshli qizda oyoq qol qismida toshmalar qorinda ogriq kongl aynish bor 2 marta dovolatm yana qaytovland qanday dovolash kerak oldindan rahmat

    1. Vaaleykum, qaysi shifokorga olib bordingiz, qanday kasalliklar bo’yicha davolandi. Qorin og’rig’i va ko’ngil aynishi kabi belgilar ushbu kasallik uchun xos emas. Qizingizni gastroenterologga olib boring, u tekshiruv natijasiga qarab tegishli ko’rsatma beradi.

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.