Homilani tushirish — ko’rsatmalar, oqibatlari, usullari: dorilar va jarrohlik. Sun’iy abort haqida

Sun’iy abort (homilani tushirish) — homiladorlikni ixtiyoriy ravishda to’xtatish, qoida tariqasida uy sharoitida amalga oshiriladi. Turli sabablarga ko’ra, ko’plab ayollar homilani tushirishga qaror qilishadi. Bugungi kunda istalmagan homiladorlikni to’xtatish uchun turli mamlakatlarda ishlab chiqariladigan homilani tushirish uchun dorilar mavjud. Ammo homiladorlikni medikamentoz usulda to’xatish uchun har qanday dori vositasini qabul qilish faqat homiladorlikning eng dastlabki muddatlarida, odatda, maksimum birinchi trimester oxiriga qadar mumkin, keyingi muddatlarda tabletkalar bilan bachadonda rivojlanayotgan bolani tushirib bo’lmaydi.

Homilani tushirish haqida

Homiladorlikni to’xtatish uchun ko’rsatmalar

Bugungi kunda sun’iy abort homiladorlikning 12 haftasigacha qarshi ko’rsatmalar bo’lmaganida ayolning xohishiga ko’ra amalga oshiriladi.

Ba’zida 12 haftagacha bo’lgan muddatda homiladorlikni tugatish tibbiy ko’rsatmalarga ham ega bo’ladi, ularga quyidagilar kirishi mumkin:

  • Qon aylanishi yetishmovchiligi belgilari bo’lgan yurak-tomir tizimi kasalliklari;
  • Qon kasalliklari (leykemiya, limfogranulematoz);
  • Og’ir surunkali o’pka kasalliklari;
  • Oshqozon yarasi va o’n ikki barmoqli ichak yarasi, surunkali jigar kasalliklari, o’t-tosh kasalligi;
  • Buyrak kasalliklari va bitta buyrak yo’qligi;
  • Tuberkulyoz (ochiq shakli, suyak, bo’g’imlar va boshqa a’zolarning tuberkulyozi);
  • Endokrin a’zolar kasalliklari (qalqonsimon bezning og’ir shikastlanishlari, qandli diabet);
  • Boshdan o’tkazilgan og’ir jarrohlik operatsiyalari;
  • Bo’g’im kasalliklari;
  • Hozirda yoki o’tmishda yomon sifatli o’smalarning mavjudligi;
  • Jiddiy ko’z kasalliklari;
  • Eshitish buzilishi (to’liq karlik, kar-soqov);
  • Sifilis, OIV infektsiyasi;
  • Ruhiy kasalliklar (psixoz, shizofreniya, dementsiya, epilepsiya);
  • Asab tizimining og’ir shikastlanishlari;
  • Homiladorlik davrida homila rivojlanishining nuqsonlarini chaqiradigan kasalliklarni boshdan kechirish (qizilcha, sitomegalovirus infektsiyasi, toksoplazmoz);
  • Ayolning hayotiga tahdid soluvchi homiladorlik asoratlari (erta va kech toksikozning og’ir shakllari, rivojlanmayotgan homiladorlik);
  • Homilador ayolni tekshirish vaqtida homilaning rivojlanish nuqsonlari aniqlanishi;
  • Homilador ayolning yoshi 16 yoshdan kichik bo’lishi.

Homilani tushirish uchun tabletkalardan foydalanish

Homilani tushiradigan preparatlarni ishlab chiqarishda yetakchi bo’lgan davlat Fransiya hisoblanadi. Aynan ular XX asrning boshlarida medikamentoz abort uchun birinchi dorilarni ixtiro qilishgan edi. Homiladorlikni to’xtata oladigan barcha preparatlar progesteron deb nomlanadigan ayol gormonini bostirishga asoslangan.

Progesteron — bu juda zarur gormon bo’lib, u homila va uning hayotiy vazifalari to’g’ri rivojlanishi uchun javobgardir. Ushbu gormonni bostirish homilaning o’limiga va uning ayol tanasidan rad etilishiga olib keladi.

Tabletkalar yordamida homilani tushirish faqat erta muddatlarda (homiladorlikning qirq kunigacha) amalga oshirilishi mumkinligini yodda tutish kerak. Ammo har qanday dorilarni qabul qilishni faqat mutaxassis tayinlashi kerak. Shuni unutmangki, hatto eng xavfsiz dori-darmonlarni qo’llash ham ko’pgina qarshi ko’rsatmalar va cheklovlarga ega.

Homilani tushiradigan tabletkalar

Yana bir bor takrorlash joizki, istalmagan homiladorlikda homilani tushirish yo’llari sifatida tabletkalar turining ko’pligiga qaramasdan, har qanday holatda shifokor tavsiyasisiz mustaqil davolanish bilan shug’ullanish mumkin emas.

Quyida faqat eng mashhur dorilarning bir nechtasi va ularning tibbiy xususiyatlari keltiriladi:

  • Eng keng tarqalgan dori postinor hisoblanadi. Bitta o’ramda faqat ikkita tabletka mavjud va bu yetarli hisoblanadi. Dastlabki tabletka himoyasiz jinsiy aloqadan keyin darhol qabul qilinadi, ikkinchisi — o’n ikki soatdan keyin.
  • Kontratseptsiya uchun yana bir preparat — penkrofton.
  • Mifolian eng sifatli va samarali hisoblanadi. Ushbu preparatni istalmagan homiladorlikni oldini olish uchun olti haftagacha qabul qilish mumkin.
  • Mifepreks — bu vositaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u eng zararsiz va yaxshi tolerantlikka ega. Faqat homiladorlikning birinchi oyida qabul qilishda natijaga erishish mumkin.
  • Agar natijaning ishonchliligi va kafolati haqida gapiriladigan bo’lsa, unda dori vositalari orasidagi lider fransuzcha vosita — Mifegin bo’ladi.

Tabletka yordamida har qanday homila tushirishdan so’ng, homiladorlikning to’liq tugallanmaganligi predmetiga tekshiruvdan o’tish lozim. Yuqoridagi barcha preparatlar, shifokor belgilaganidan keyin va preparatning xususiyatlari va tarkibiy qismlari uchun individual intolerantlik yo’qligi aniq bo’lganida qabul qilinadi.

Homilani tushirishning xirurgik usullari

Mini-abort (homilalik tuxumining vakuum-aspiratsiyasi operatsiyasi)

Homiladorlikni vakuum aspiratsiya usulida sun’iy ravishda tugatilishiga hayz kechikishi muddati 20 kundan ortiq bo’lmagan holda ruxsat beriladi. Bu ayollar konsultatsiyasi yoki ginekologik statsionarda amalga oshiriladi.

Homilani dorisiz tushirish uchun ushbu jarrohlik muolajasi bachadon bo’yni kanalini kengaytirishsiz, bachadon bo’shlig’iga vakuum hosil qiluvchi apparatga ulangan asbob kiritish orqali amalga oshiriladi, natijada homiladorlikning erta muddatlarida bachadon devori bilan rishtasi zaif bo’lgan homilalik tuxumi yengil ajraladi. Anesteziya masalasi individual ravishda hal etiladi. Odatda, operatsiya qisqa muddatli intravenoz narkoz yoki mahalliy og’riqsizlantirish ostida amalga oshiriladi.

Operatsiyadan keyin ayollar 1-2 soat davomida maxsus ajratilgan dam olish xonasida tibbiy xodimlarning nazorati ostida bo’lishlari kerak.

Bachadonni qirish (abraziya)

Operatsiya, odatda, intravenoz narkoz ostida ginekologik statsionarda amalga oshiriladi. Mahalliy og’riqsizlantirish bu holda yetarli ta’sir bermaydi, shu sababi amalda deyarli qo’llanilmaydi.

Dastlab maxsus kengaytirgichlar yordamida bachadon bo’yni kengaytiriladi. So’ng bachadon bo’shlig’ini kyuretka bilan qirish yordamida homilalik tuxumi olib tashlanadi. Homilalik tuxumi olib tashlangach, bachadon devorlarini nazoratli qirish o’tkaziladi, bu homila va qobiqlar to’liq olib tashlanganligi, bachadon o’lchami qisqarganligi va qon ketish yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun kerak.

Operatsiyadan so’ng ayol palataga o’tkaziladi va unga bachadonni qisqarturvchi preparatlar kiritiladi, ayolning o’zini his etishi, pulsi, qon bosimi, jinsiy yo’llaridan keladigan ajralmalar tabiati tibbiy xodimlar nazorati ostida bo’ladi. Asoratlar bo’lmaganida, ertasi kuni ayolga javob beriladi.

Operatsiyadan keyin shifokor bergan tavsiyalarga amal qilish va 2 haftadan so’ng shifokor bilan qayta uchrashish kerak.

Homilani tushirish oqibatlari

Ko’p hollarda abort qilish qarori oldinda turgan javobgarlikdan qo’rqish tufayli qabul qilinadi va, qoida tariqasida, shu vaqtda qizlar keyingi oqibatlar haqida o’ylamaydi.

Oqibatlar — bu homilani tushirishga jasorat qilgan har qanday ayol o’ylashi kerak bo’lgan eng birinchi narsadir. Homiladorlikni mustaqil ravishda, tibbiy yoki jarrohlik yo’li orqali to’xtatish onaning salomatligi va hayoti uchun katta xavf tug’diradi.

Albatta, barcha abort qilish hollari ham ayollarda reproduktiv funktsiyani yo’qotilishiga olib kelmaydi, ammo har bir keyingi abort ayolni farzandli bo’lish imkoniyatidan uzoqlashtira boradi. Har qanday abort hech qachon iz qoldirmasdan o’tmaydi. Ba’zi oqibatlari shu zahotiyoq namoyon bo’ladi, ba’zilari esa muayyan vaqt o’tgandan keyin.

Homiladorlik ayol organizmida ko’plab funktsiyalarni uyg’otadi va gormonal fonni o’zgartiradi, organizm ularga mashaqqat bilan moslashadi. Shuning uchun tabiiy jarayonlarni sun’iy ravishda to’xtatish hech qanday holatda ijobiy tarzda tugashi mumkin emas.

Homila tushirishdan keyin sizni kutayotgan birinchi «syurpriz» — og’riqli va nomuntazam hayz bo’ladi. Odatda, bu sizning ertami-kechmi jiddiy muammolarga duch kelishingizni anglatadigan birinchi qo’ng’rioqdir. Shunday tarzda organizm sun’iy aralashuvga qarshi himoya reaktsiyasini namoyon qiladi. Keyingi o’rinda, odatda, bachadondan qon ketishi kuzatiladi, bu o’z agar vaqtida nazorat qilinmasa, o’limga olib kelishi ham mumkin.

Agar homila tushiruvchi tabletkalar ta’sirining butun mexanizmi va ketma-ketligini taxminan ta’riflaydigan bo’lsak, bu shunday ko’rinishga ega bo’ladi:

odatda qalqonsimon bez faoliyatida buzilish yuzaga keladi. Bu esa, o’z navbatida, buyrak usti bezlariga tushadigan yukini oshiradi va bu, qoida tariqasida, progesteron darajasini pasaytirib, ayol organizmida erkaklar gormoni ishlab chiqarilishini oshirib, modda almashinuvini buzadi. Bularning barchasi tabiiy ravishda bepushtilkka olib kelishi yetmaganidek, shuningdek ayolning tashqi ko’rinishini o’zgartirishga ham qodir. Aytgancha, ayolda homiladorlikda bo’lganidan ko’ra ko’proq vazn olish ehtimoli mavjud bo’ladi.

Ko’krakning holatiga to’xtalsa (bilamizki, aynan ko’krakning shishishi homiladorlikning dastlabki belgisidir, chunki u urug’lantirishning ilk kunidan boshlab laktatsiyaga tayyorlana boshlaydi), abortdan keyin ko’krakda tugunlar shaklida o’sma va neoplazmalar rivojlanishiga moyillik paydo bo’ladi.

Birinchi homiladorlik paytida abort qildiradigan qiz butunlay bepusht bo’lib qolish xavfiga ega. Olimlar tadqiqotlarining natijasi ham abortdan keyin har o’nta ayoldan uchtasi hech qachon farzandli bo’lsa olmasligi haqida statistikani ko’rsatdi.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.