Shizofreniya — rivojlanishi sabablari, tasnifi, alomatlari, davolash, tashxislash

Shizofreniya — bu progressiv ruhiy kasallik bo’lib, ruhiy vazifalar birligining yo’qotilishi, emotsional sferaning tubanlashuvi, fikrlashning buzilishi va aqliy faoliyatning ilg’or zaiflashishi bilan ifodalanadi. Shizofreniyaning qo’shimcha alomatlari: hayolga o’z-o’zidan keladigan fikrlar, jazavali va ipoxondriakal alomatlar, senestopatiya, aqldan ozish, psevdogallyutsinator, gallyutsinator buzulishlar, maniakal, depressiv, oneyroid-katatonik, katatonik alomatlar. Shizofreniyada aql-zakovat jabrlanmaydi — kasallikning boshlanishidan oldingi xotira va olingan bilimlar saqlanib qoladi.

Shizofreniya kasalligi

Shizofreniya — kasallikning asosiy sabablari

Shizofreniya rivojlanishining aniq sabablari noma’lum. Hozirgi kunda ushbu patologiya rivojlanishining bir necha nazariyalari mavjud bo’lib, ulardan eng mashhurlari quyidagilardir:

  • Neyrotransmitterlar nazariyasi. Ushbu nazariyaning yana bir nomi — dofaminli. Ushbu gipotezaga ko’ra, shizofreniya asab tizimining faolligini rag’batlantiradigan dofamin ko’p ishlab chiqarilishi natijasida rivojlanadi. Neyronlar shizofreniyaning o’ziga xos alomatlari paydo bo’lishiga olib keladigan ko’plab nerv impulslarini ishlab chiqarishni boshlaydilar. Aynan ushbu nazariyaga asoslanib, dofamin ta’siri uchun mas’ul retseptorlarni bloklash shizofreniyani davolashning bir qismi sifatida qaraladi. Shuningdek alohida noradrenergik nazariyani ajratishadi, unga ko’ra kasallik rivojlanishida dofamin, adrenalin va noradrenalin ishtirok etadi.
  • Serotonin retseptorlari nazariyasi. Serotonin retseptorlari juda faol bo’lsa, shizofreniya belgilari qayd etilishi mumkin. Serotonin retseptorlari faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan dorilar ham shizofreniyani davolashda ta’sir ko’rsatadi.
  • Shizofreniya rivojlanishining dizontogenetik nazariyasi. Ushbu gipotezada kasallik miyada mavjud strukturaviy buzilishlar fonida rivojlanadi. Ba’zi omillar vaziyatni og’irlashitirishi (yoki rivojlanishiga turtki bo’lishi) mumkin, shu jumladan virusli va bakterial infektsiyalar va genetik kasalliklar.
  • Shizofreniya rivojlanishining psixoanalitik nazariyasi. Shizofreniya rivojlanishining psixoanalitik nazariyasiga ko’ra, kasallik, shaxsning «bo’linishidan» kelib chiqadi. Bemorga uning atrofidagi barcha narsa uning sog’lig’iga jiddiy tahdid solayotganiga o’xshaydi. Bunday holatda, bemorning «men» i boshqa tashqi vaziyatlar ustidan hukmronlik qila boshlaydi.
  • Shizofreniya rivojlanishidagi irsiy moyillikning roli. Hozirgacha ham olimlar shizofreniya geni deb atalmish genni aniqlay olmadilar. Shu bilan birga, statistik tadqiqotlarga shizofreniya rivojlanishida irsiy omillar ham ishtirok etishi mumkinligini ko’rsatadi. Misol uchun, so’nggi tadqiqotlar bir tuxum hujayradan rivojlangan egizaklarda kasallik 80% hollarda, turli tuxum hujayralardan rivojlangan egizakarda esa — 20% hollarda bir xil kechishini ko’rsatdi. Ota-onalaridan birida shizofreniya mavjudligi bolada patologiya rivojlanish ehtimolini 5-12% ga oshiradi.
  • Toksik moddalarning roli. Hozirgi kunda ba’zi olimlar autointoksikatsiya nazariyasini ko’rib chiqishmoqda. Ushbu gipotezaga ko’ra, shizofreniya ba’zi zaharli moddalar ta’siri tufayli rivojlanishi mumkin. Xususan, shizofreniya rivojlanishida ammiak, feni birikmalari, fenokrezol va boshqa zaharli moddalar salbiy rol o’ynashi mumkin. Jiddiy omilga miyaga kislorod yetishmasligi ham kiradi, buning natijasida nerv hujayralarida progressiv patologik jarayonlar rivojlanadi.
  • Shizofreniya rivojlanishining kognitiv nazariyasi. Bu nazariya shizofreniya bemor o’zi bilan o’zi bo’lib qolganda, mavjud bo’lmagan muammolar tufayli zix bo’lishi yoki shunchaki tashqi dunyo bilan aloqa qilmasligi kabi o’zini tutishi natijasida rivojlanadi deydi.

Kasallikning turlari: shizofreniya tasnifi

Tarixiy jihatdan shizofreniya katatonik, oddiy, gebrefrenik va paranoid turlarga bo’lingan.

Hozirgi kunda kasallikning 5 turi mavjud:

  • Paranoid turi: turli xil jinni g’oyalar, gallyutsinatsiyalar kuzatiladi, ammo fikrlash, affektiv buzilishlar, xulq-atvor buzilishlari yuz bermaydi;
  • Tarqoq tip (gebrefrenik shizofreniya): fikrlashning buzilishi va affektiv buzilishlar kombinatsiyasi;
  • Katatonik tip: psixomotor buzilishlar kuzatiladi, katatonik stupor mavjud bo’lishi mumkin;
  • Nodifferentsiv tip: psixotik alomatlar mavjudligi, ammo gebrefrenik, paranoid yoki katatonik tip mezonlari kuzatilmaydi;
  • Qoldiq tip: kasallik alomatlari mavjud, biroq zaif ifodalangan.

XKK (Xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi) da yana ikkita subtip ajratilgan:

  • Postshizofrenik depressiya: shizofreniya alomatlari reduktsiyasidan keyingi depressiv epizod yoki shizofreniyaning ba’zi belgilari borligi.
  • Oddiy shizofreniya: salbiy alomatlarning bosqichma-bosqich rivojlanib, kasallikning og’ir shaklga o’tishi.

Shizofreniya alomatlari

Shizofreniya turli xil belgilar bilan ajralib turadi, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • Produktiv alomatlar (aqldan ozish, gallyutsinatsiyalar);
  • Salbiy alomatlar (apatiya, irodaning yetishmasligi, abuliya);
  • Kognitiv buzilishlar (fikrlash, e’tibor, sezish buzilishlari).

Bezovtalik, ruhiy tushkunlik, tashqi dunyodan ajralib qolish shizofreniya haqida oldindan so’ylashi mumkin.

Shizofreniya kasalligi bilan og’rigan bemorlarda fikrlashning tarqoqligi, eshitish gallyutsinatsiyalari, nutqning buzilishi rivojlanadi. Kasallik odatda ijtimoiy izolyatsiya bilan birga keladi. Ijtimoiy o’rganish buziladi, gallyutsinatsiyalar va aqldan ozish bilan bog’liq paranoid simptomatika rivojlanadi. Ba’zi hollarda odam g’aroyib holatda (katatoniya) qotib qolishi mumkin, jim bo’lib qoladi, maqsadsiz g’ayratlanib ketishi mumkin. Shizofreniyaning eng xarakterli alomatlari — bu tez-tez va uzoq muddatli bo’lishi mumkin bo’lgan gallyutsinatsiyadir.

Bemor yaqinlari shizofreniyani ko’rsatadigan birinchi alomatlarni aniqlashi muhim ahamiyatga ega. Bunday alomatlar, odatda, quyidagilardir:

  • Kishining vazifasini bajara olmasligi. Chunki bemor oddiygina bu vazifalarda hech qanday ma’noni ko’rmaydi. Bu hatto asosiy gigiena choralariga ham tegishli. Misol uchun, bemor oyoqlarini yuvishni bee’mano deb hisoblaydi, chunki ular baribir rasvo bo’ladi.
    Nutqning buzilishi. Shizofreniyada bu alomat bemorga berilgan savollarga oddiy (bitta so’zli) javoblarni berishi bilan izohlanadi. Agar bemor batafsil javob berishga majbur bo’lsa, u juda sekin gapiradi.
  • Hissiy (emotsional) tubanlik. Bemorning yuzi bildirishsiz, befarq. Atrofdagi odamlar bemor qanday kayfiyatda ekanligini va uning niyatlari qanday ekanligini tushunishi juda qiyin.
  • E’tiborsizlik, hayolchanlik va diqqatning yo’qligi.
  • Qiziqishning yo’qolishi — hattoki bundan oldin bemorni quvontiradigan jismlar va mashg’ulotlarga ham.

Shuni yodda tutingki, shizofreniya yetarlicha asta-sekin rivojlanib boradi va mavjud alomatlar vaqt o’tishi bilan ortadi. Kasallikning belgilarini vaqtida aniqlab olish va iloji boricha tezroq shifokor bilan uchrahish muhimdir.

Bemorning harakati

O’zingizni yoki yaqinlaringizda shizofreniya belgilarini aniqlasangiz, darhol psixiatr bilan bog’laning.

Shizofreniya tashxisi

Tashxislash bemorning shikoyatlariga, xatti-harakatiga (qarindoshlari, do’stlari yoki hamkasblari tomonidan qo’shimcha ma’lumotlar bilan) asoslangan holda psixiatr tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi kunda shizofreniyani aniqlash uchun laboratoriya tahlillari mavjud emas. Internet-foydalanuvchilarga o’z-o’zini tashxis qilish uchun taklif qilingan shizofreniya uchun mashhur testlar (turli xil variantlarda) jiddiy dalil sifatida qaralmaydi.

Shizofreniyani davolash

Davolash odatda psixofarmakoterapiya yo’li bilan amalga oshiriladi. Boshqa usullar orasida insulinkomatoz terapiya, elektrokonvulsiv terapiya va boshqalar mavjud. Psixotrop va nootropik preparatlarni tanlash (pantogam va boshqalar) kasallik kechish turi va alomatlardagi xususiyatlari bilan aniqlanadi.

Uzluksiz kechayotgan salbiy shizofreniyada kuchli antipsixotik ta’sirga ega (xlorpromazin, levomepromazin, promazin, galoperidol, trifluoperazin, klozapin) neyroleptiklar qo’llaniladi. Odatda neyroleptiklar bilan davolashda og’ir neyroleptik asoratlarning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun xolinolitiklar (trigeksifenidil, biperiden) belgilanadi.

Shizofreniyaning oddiy shaklini davolashda stimulyatorli ta’sirli neyroleptiklar (trifluoperazin, perfenazin) qo’llaniladi. Atipik neyroleptiklar (risperidon, ketiapin, olanzapin) ham ishlatiladi.

Paranoid shizofreniyaning uzluksiz kechishida aqldan ozishga qarshi ta’sirga ega tipik neyroleptiklar (perfenazin, trifluoperazin, galoperidol) qo’llaniladi. Atipik neyrotiklardan esa — klozapin. Gallyutsinator aqldan ozish ustunlik qilganda perfenazin, yoki trifluoperazindan foydalaniladi. Davolashning keyingi bosqichlarida flufenazin ishlatiladi.

Uzluksiz kam progredient kechimga ega bo’lgan shizofreniyani davolashda neyroeptiklar va trankvilizatorlar (fenazepam, tofizopam, lorazepam, bromazepam) birgalikda qo’llaniladi.

Febril shizofreniyani davolashda infuzion terapiya qo’llaniladi: 10% glyukoza-insulin-kaliy aralashmasi, kaliy, magniy va kaltsiy preparatlari, tuzli eritmalar. Gipertermiyani bartaraf etish uchun sun’iy sovutish (arterial tomirlar ustiga muzli xaltalar joylashtirish, ho’l yopinchiq, sochiq bilan o’rash) amalga oshiriladi. Miya shishini oldini olish uchun osmotik diuretiklar (mannitol) tomir ichiga kiritiladi. Shu bilan birga, diazepam yoki geksenalli narkoz ishlatiladi.

Shizofreniya asoratlari

Shizofreniyada quyidagi asoratlar yuzaga keladi: ijtimoiy o’rinni topa olmaslik, bosh miya vazifasining buzilishlari, neyroleptiklar qo’llanilganligi tufayli neyroleptik ekstrapiramidal buzilishlar.

Shizofreniyaning oldini olish

Bugungi kunda shizofreniyani oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.