Pay — qo’l va oyoq paylari cho’zilishi, uzilishi, yallig’lanishi, jarohatlari va davolash

Paylar mushaklarni suyaklar bilan birlashtirib turadi. Ular mushakni bir necha qismga bo’ladigan ayri shaklida bo’ladi. Shuningdek kalta, uzun, keng, tor paylar ham mavjud. Shakli bo’yicha uzunchoq, yumaloq, yassi va plastinkasimon paylar farqlanadi. Ba’zi mushaklarda ikkita qorincha orasida joylashgan oraliq paylar ham uchraydi (masalan ikki qorinli mushakda). Ular mushak tanasining lateral yuzasi bo’ylab o’tib, uning ichiga kiradi.

Odam anatomiyasi - mushak va paylarning ko'rininshi, kishi yiqilishi tufayli jarohatlar
Odam anatomiyasi — mushak va paylarning ko’rininshi, kishi yiqilishi tufayli jarohatlanishlar

Mushaklar kabi paylar ham parallel tolalardan iborat. Birinchi qavat tolalar bo’sh biriktiruvchi to’qima qatlami bilan o’ralgan va ikkinchi qavat tolalarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi qavat tolalar guruhini uchinchi darajali tolalar hosil qiladi. Paylar zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan, ularda hujayralarga nisbatan tolali elementlar ko’proq.

Buning evaziga ularning ajralib turadigan xususiyati — yuqori mustahkamligi va past cho’ziluvchanligi ta’minlanadi. Mushaklarning payli qismi 15-25 yosh oralig’ida mushak qorinchalariga nisbatan tezroq o’sa boshlaydi. 15 yoshga qadar paylar yaxshi rivojlanmagan, ularning o’sishi mushaklar o’sishi bilan bir xil tezlikka ega bo’ladi. Keksalar tanasida to’qimalar o’zgarishi ro’y beradi, paylar elastikligi buziladi va ko’pincha jarohatlarga olib keladi.

Payni keskin xarakatlar va zo’riqishlar vaqtida yorilishi va uzilishidan pay to’qimasining uzunasiga bo’lgan elastiklikligi himoya qiladi. Shuning uchun pay jarohatini oldini olish uchun ularni faollashtirish, rivojlantirish va mustahkamlash kerak, maxsus mashqlar muntazam sport bilan shug’ullanish paylarga mustahkamlik va elastiklik bag’sh etadi.

Mushaklarni rivojlantirish uchun jismoniy kuch talab etilsa, paylarni rivojlantirish uchun statik mashqlar talab qilinadi. Jismoniy mashqlar tufayli pay kislorodga to’yinadi, elastikligi, chidamliligi va mustahkamligi ortadi.

Paylar elastik bo’lishi kerak, bu xususiyatning yo’qilishi natijasida ichki organlar siljishi, tabiiy shakllarining o’zgarishi, tugun va zichlanishlar hosil bo’lishi kuzatiladi.

Pay patologiyasini aniqlash palpatsiya, termografiya, ultrasonografiya, biopsiya, rentgenografiya usullarii yordamida amalga oshiriladi.

Bo’g’im ichidagi pay jarohatlarida artroskopiyani qo’llash samarali bo’ladi. Paylarning anomal shakllanishi tayanch-harakat tizimi nuqsonlari, ularning noto’g’ri birikishi yoki atipik yurish oqibatida yuz beradi.

Paylarning yallig’lanishi

Tayanch-harakat tizimidagi buzilishlar bilan kechadigan pay yallig’lanishining bir necha turlari bor.

1. Tendinit — bu yallig’lanish jarayoni tez-tez uchraydi. Uning rivojlanish sabablari har doim bir xil va shuning uchun bu kasallikni tashxislash nisbatan osondir. Tendinit uzoq muddat surunkali zo’riqish natijasida payda degenerativ o’zgarishlar va uzilishlar hosil bo’lishi tufayli rivojlanadi. Bunday yallig’lanish payni mustahkamligini kamaytiradi va uning uzilish xavfini oshiradi.

Tendinit shuningdek infektsion tabiatli bo’lishi mumkin. Distrofik turidan asosan mushaklar, bo’g’imlar va paylariga doimiy yuk tushadigan sportchilar aziyat chekadi. Bunday yallig’lanish turli revmatik kasalliklar oqibatida ham rivojlanishi mumkin.

2. Paratenonit — bu pay atrofi kletchatkasining aseptik yallig’lanishi. Bu bo’g’imning qaytalnagan jarohatlanishi bilan yuzaga keladi. Bu holatda fastsiya va pay orasidagi biriktiruvchi to’qimada qon ketish va shish paydo bo’lishi natijasida fibroz to’qima paydo bo’ladi. Ushbu tugunchali zichlanishlar og’riq paydo bo’lishiga, harakatni cheklanishi va faollikning pasayishiga olib keladi.

Kasallik axill payi, bilakni yozuvchi va boldirning pastki qismiga ta’sir qiladi. Paratenonit o’tkir va surunkali shaklda kechishi mumkin. Pay yallig’lanishini davolash qo’l yoki oyoqning immobilizatsiyasi (qimirlamaydigan qilib qotirib qo’yish) hisoblanadi. Bundan tashqari an’anaviy fizioterapevtik muolajalar ham samara beradi.

Pay o’tkir yallig’lanishini (tendinit) davolash antibakterial va umummustahkamlovchi usullarni qo’llashni nazarda tutadi. Aseptik tendinit holatida nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar qo’llaniladi.

Mahalliy davolash kasallangan tana qismini immobilizatsiya qilishni o’z ichiga oladi. Kasallikning o’tkir alomatlari bartaraf bo’lganidan keyin fizioterapiya tayinlanishi mumkin. Issiq qo’yish kasallikning o’tkir shakli o’tib ketganidan keyin amalga oshirilishi kerak.

Bunday muolajalarga UVCH-terapiya (to’liq tarjima qilinganda — ultrayuqori chastotali terapiya), mikroto’lqinli terapiya, ultratovush, ultrabinafsha nurlar ta’siri kiradi. Shuningdek maxsus terapevtik mashqlar ham foydalidir. Biroz issiqlik va magnit maydon ta’siri ostida qon aylanishi yaxshilanadi, yallig’lanish, shishlar kamayadi va payning shikastlangan sohalari tezroq tiklanadi.

Pay cho’zilishi

Pay cho’zilishi — eng keng tarqalgan jarohatlardan biri bo’lib, odatda to’piq va tizzada kuzatiladi va pay amplitudasidan oshuvchi keskin harakatlar natijasida yuzaga keladi. Pay mushaklarni suyak bilan bog’laydi, boylamlar esa faqat suyaklarni birlashtiradi. Bu ikki tushuncha ko’pincha adashtiriladi. Boylamning cho’zilishi aslida juda kichik bo’lgan uzilishlardan iborat,  jarohat o’rtacha bo’lsa, alohida kollagen tolalar uzilishi sodir bo’lishi, jarohat jiddiy bo’lsa, butun boylam uzilib ketishi mumkin.

Yuqori regeneratsiya qobiliyatga ega bo’lgan boylamlar har qanday jarohatlar darajasidan keyin ham qayta tiklanadi. Insonning eng kuchli mushaklari oyoqlarda joylashgan. Bu, shuningdek, pay oyoqlar mushagiga tushadigan jiddiy yuklarga bardosh bera olishi kerakligini ham anglatadi. Ammo, afsuski, muvaffaqiyatsiz harakatlar tufayli oyoqlarda pay cho’zilishi yuz beradi.

Axill paylarining cho’zilishi mashg’ulotlardan oldin qizinib olmaslik, noqulay poyabzal kiyish, notekis, toshli yuzalarda yurganda oyoqning qayrilib ketishi natijasida yuz beradi. Pay cho’zilishini uch darajadagi murakkablikka bo’lish mumkin:

  • Birinchi daraja — jarohatdan so’ng yengil og’riqlar sezilib, u jismoniy ta’sir natijasida kuchayadi.
  • Ikkinchi daraja — kuchli og’riq, jarohatlangan pay ustida terining shishishi. Mushaklarning zaifligi va jismoniy faoliyat natijasida kuchayib boradigan og’riq.
  • Uchinchi daraja — payning to’liq yoki qisman uzilishi, mushaklarning tortilib qolishi. Uzlish paytida o’ziga xos qarsillash eshitiladi, keskin va o’tkir og’riq va shish kuzatiladi.

Odatda pay cho’zilishining uchinchi darajasi jarrohlik usuli bilan tiklanadi. Birinchi va ikkinchi darajali jarohatlarga ko’plab kishilar e’tibor bermaydi va noto’g’ri qilishadi. Buning oqibatida mushak kuchsizligi, pay va pay xaltachalarida yallig’lanish jarayonlari paydo bo’lishi mumkin. Asosan bu hodisa oyoq mushaklarining paylarida kuzatiladi va tenosinovit deb ataladi.

Surunkali yallig’lanish pay tolasining ingichkalashishiga ta’sir qiluvchi atrofik jarayon bilan murakkablashadi, bunda pay osonlikcha, kichik kuch ta’sirida ham uzilishi mumkin. Oyoqdagi paylar cho’zilganda birinchi yordam ko’rsatishda oyoqlarni qimirlamaydigan qilib qotirish va tana sathidan baland qilib o’rnatish kerak. So’ngra jarohatlangan sohaga 20-30 daqiqa muz qo’yish (kuniga 4-5 marta takrorlanadi), muz olingach, shish tarqalishini cheklash uchun har safar elastik bint bilan bosib turadigan bog’lam qo’yish kerak.

Muz shuningdek shikastlangan qon tomirlaridan qon ketishini to’xtatadi. Qattiq og’riqni to’xtatish uchun diklofenak, analgin, keton kabi dorilar berish mumkin. Ikkinchi kuni, yallig’lanish va shish ketgach, gematoma (ko’karish) kuzatilmasa, issiqlik qo’yish samarali bo’ladi. Issiqlik ta’sirida qon aylanishi normallashadi va jarohat tiklanishi tezlashadi. Shuningdek yallig’lanishga qarshi malhamlardan foydalanish ham samarali bo’ladi.

Hayvon va o’simlik oqsillariga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida pay yanada tezroq tiklanadi. Bir hafta o’tgach, mutaxassis nazorati ostida bir qator mashqlarni bajarish orqali asta-sekin mushaklar mashq qildiriladi. Mexanik jarohatlar shikastlantiruvchi omilning bevosita yoki bilvosita ta’siri tufayli kelib chiqadi.

Bevosita ta’sir — o’tmas jism bilan zarba. Bilvosita ta’sir — mushaklarning keskin qisqarishi. Yopiq shikastlanishlar ham mavjud, ular o’rtasida yoriqlar va juda kam chiqishlar mavjud. Yopiq jarohatlarga o’z-o’zidan uzilishlar kiritiladi, odatda ular surunkali shikastlanishlarda va pay tuzilishidagi distrofik o’zgarishlar natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, pay uzilishining sababi infektsion-toksik va zaharli-metabolik omillar natijasi bo’lishi mumkin, masalan, qandli diabet, artrit, infektsion kasalliklar.

Teriga zarar yetkazilmagan holda teri ostida qisman yoki to’liq uzilishlar ham uchraydi. Boylamlarning uzilishi tufayli pay siljishi qon ketish, shish va bo’g’im harakatlantirilganda kuchli og’riq paydo bo’lishi bilan yakunlanadi. Payning joyidan siljishi shu darajada kuchli bo’ladiki, bu nuqsonlarni oddiy tekshirish orqali ko’rish ham mumkin. Ayniqsa, bu qo’lning egiluvchi barmoqlari bilan bog’liq bo’lsa. Pay chiqishini davolashda uni joyiga tushirish, gipsli bog’lam bilan 3-4 hafta muddatga immobilizatsiya qilish (harakatsizlantirib qo’yish) amalga oshiriladi.

Ancha muddat oldin siljigan va odatiy pay chiqishlarida, og’riq doimiy ravishda kuzatilganda jarrohlikka ko’rsatma beriladi. Pay uzilishi, odatda, o’ziga xos qarsillagan ovoz, chidab bo’lmas og’riq va jarohatlangan payga tegishli mushakning kuchsizligi bilan kechadi. Ochiq jarohatlar zarbali, kesilgan, ezadigan va jiddiy jarohatlarda kuzatiladi. Jarohat darajasi:

  • Payni birikkan joyidan ajralishi.
  • Payning butun uzunligi bo’ylab uzilishi.
  • Payning mushakka o’tadigan sohasidagi uzilishi. Bunday hodisalar ko’pincha katta yoshdagilarda, kasbi mushaklarning doimiy zo’riqishi bilan bog’liq yoki sportchilarda ro’y beradi.

Bilak payining uzilishi va jarohatlari

Ochiq jarohatlar (urilgan, kesilgan, qiymalangan) jiddiy shikastlanishlarda kuzatiladi, masalan, bilakni ishlab chiqarishda ishlatiladigan mashinalarga kirib qolishidan so’ng. Umuman olganda, ko’pincha tirsak va bilak bukiluvchi mushaklar paylari jarohatlanadi. Pay faqat o’zi jarohatlanishi, shuningdek yaqin atrofdagi tomirlar va nervlar ham shikastlanishi mumkin.

Agar qo’l harakatlanuvchi qismlar orasida qolgan bo’lsa, uning qiymalanishi sodir bo’ladi, olingan jarohatlar ochiq bo’ladi, mushaklar qisqaradi va pay uchlari ajraladi. Kesuvchi jarohat tufayli pay to’liq uzlib ketadi. Bunday hollarda jarrohlik o’tkazilishi kerak, tiklash operatsiyasi juda murakkab va uzoq muddatli bo’ladi, chunki bilak vazifasini normallashtirish uchun barcha zararlangan paylarni tikib chiqish kerak. Yozuvchi dinamik shina o’rnatilsa pay tiklanishini yanada tezlashadi.

Barmoq paylari uzilishi va jarohatlari

Barmoq paylari uzilishi bilan qo’lning distal falangalararo bo’g’imlarida faol bukilishning yo’qligi kuzatiliadi. Bu chuqur bukuvchilarning zararlanganligidan dalolat beradi. Falangalaro bo’g’imlarda faol harakatlarning yo’qligi aniqlansa, qo’l barmoqlarining yuzaki va chuqur paylari jarohatlangan bo’ladi. Ammo kaft-barmoq falangalari bo’g’inlarda faol bukilishni ta’minlaydigan chuvalchangsimon mushaklarining funktsiyasi saqlanib qolishi mumkin.

Barmoq payi uzilishi
Tirnoq falangasi bo’g’inidagi pay uzilishi

Barmoqlarning sezgirligini tekshirib, asab zararlanganligi aniqlanadi. Qiymalangan va ezilgan jarohatlarda rentgenografik tasvirlar suyak va bo’g’imlarning jarohatlanish darajasini ko’rsatadi. Ko’pincha bilak barmoqlar bukuvchi paylarining ochiq jarohati uchraydi. Distal falangalararo bo’g’im jarohatlansa, tirnoq falangasini 60 ° ga egish mumkin, lekin yozib (tekis ushlab) bo’lmaydi.

Paroksimal falangalararo bo’g’im darajasidagi barmoqlarni yozuvchi aponevrotik pay cho’zilishida, uning markaziy qismining yaxlitligini buzilgan bo’lsa ham, tirnoq falangasini bukilish ehtimoli mavjud, ba’zida o’rta barmoq egilgan holatda bo’ladi. Juda keng tarqalgan hodisa — barmoqning uchta qismi ham jarohatlanganda tirnoq va o’rta falangalar egilgan holatda bo’ladi. Barmoq bukuvchilari asosoiy falanga sohasida jarohatlangan bo’lishi mumkin, bunda qolgan falangalarni bukish mumkin, lekin asosiy falanga bukilmaydi.

Barmoqlarni bukuvchi va yozuvchilari jarohatlarini davolash uchun jarrohlik qo’llaniladi. Istisno — distal falangalaro bo’g’imning yangi jarohatlari, bunday holatda tirnoq falangasini giperekstenziya va o’rta falangani to’g’ri burchak ostida 1 — 1,5 oyga qimirlamaydigan qilib qotirib qo’yish samarli yordam beradi.

Ochiq jarohatlarda esa birinchi yordam qon ketishini to’xtatish, so’ngra jarohatni steril bog’lam bilan bog’lash va iloji bo’lsa shina qo’yishni o’z ichiga oladi. Travmatologik punktda shifokorlar jarohat tashxisiga oydinlik kiritiladi, jarohat sohasiga ishlov beradi, payni bir-birga biriktirsh uchun chok qo’yadi. Biroq, chok qo’yish bo’g’imlar jarohati, suyak sinishlari, ochiq-ezilgan jarohatlarda qarshi ko’rsatmaga ega. Zamonaviy jarrohlar bukuvchi va paylarning uzoq muddatli jarohatlarida plastik operatsiyalarni qo’llashni tavsiya qiladi.

Oyoq panjasi paylari cho’zilishi va uzilishlari

Oyoq paylarining jarohatlanish darajasi:

  • Birinchi daraja — biroz og’riqlar, to’piqda yengil shishish. Qadam bossa bo’ladi. Og’riq va boshqa noqulayliklar maxsus malham va kompresslar qo’llash natijasida bir necha kun o’tgach yo’qoladi.
  • Ikkinchi daraja — shikastlangan bo’g’imning o’rtacha shishishi, oyoqni harakatlantirganda o’tkir og’riq yuzaga kelishi.
  • Uchinchi daraja — payning uzilishi, kuchli va tinmaydigan og’riq, bo’g’imning jiddiy shishishi.

To’piq va axill paylari to’piq do’mboqchasiga birkkan va juda qalin bo’ladi, ular faqat juda kuchli zo’riqish natijasida jarohatlanadi. Odatda ushbu hududdagi uzilish to’liq bo’ladi. Jarohat sabablariga qattiq jism bilan kuchli zarba berish va boldir uch boshli mushagining keskin qisqarishini kiritish mumkin.

Axillaning uzilishi
Oyoq payi jarohatlari — axillaning uzilishi tasviri

Xavf guruhiga asosan sportchilar kiradi, masalan yengil atlikada joyidan birdan tezlikda yugurib ketish, balandlikdan sakraganda oyoqqa yuk tushishi. Axill payining qisman jarohatlanishi to’g’ridan-to’g’ri kesuvchi jarohat ta’sirida yuz beradi. Jabrlangan kishida o’tkir og’riq, payga zarba tushgani kabi tuyg’ular seziladi.

Boldirning pastki orqa qismida shish va qon ketishi kuzatiladi. Uzilish sohasida chuqurcha ko’rinadi. Bemor barmoqlari uchida tura olmaydi, oyoq panjasini qimirlatib bo’lmaydi. Bunday holatda birinchi yordam bemorga og’riq qoldiruvchi berish va travmatologiya bo’limiga yetkazishdan iborat.

Yangi jarohatlarni (ikki haftadan ko’p bo’lmagan) davolash — teridan o’tib yopiq chok qo’yish yordamida amalga oshiriladi. Jarohatlangan sohaga 4 hafta muddatga gips bog’lam qo’yiladi, oyoq bir holatda qotiriladi. Chok olingach, oyoq boshqa holatda yana 4 hafta davomida gipslanib qo’yiladi.

Agar jarohat eski bo’lsa (2 haftadan ortiq), odatda, pay uchlarida chandiq to’qima hosil bo’lgan bo’ladi. Bunda jarrohlik o’tkazilishi talab qilinadi, teri kesilib, chandiq to’qima olib tashlanadi va payning ikki uchlari Tkachenko usulida chok qo’yish orqali tikib qo’yiladi. Agar to’qimada nuqson mavjud bo’lsa, plastik jarrohlik o’tkaziladi va 6 xaftaga gips bog’lam qo’yiladi. Maxsus mashqlar va fizioterapiya yordamida to’liq tiklanish kafolatlanadi.

Axill payi juda mustahkam pay bo’lib, u barmoq uchida turish va sakrash imkonini beradi. Jarohatlarni tashxislash uchun oshiq-boldir bo’g’imining yon tomondan rentgenografiyasi, magnit-rezonans tomografiya (MRT) va UT tekshiruvidan foydalaniladi. Jarohatni shuningdek an’anaviy palpatsiya bilan ham aniqlash mumkin.

Oyoq paylarining cho’zilishi va uzilishi

Oyoqlarda sonning to’rt boshli mushagi paylari uzilishi mumkin. Sonning to’rt boshli mushagi paylari tizza kosachasi yuzasi va yonlariga, shuningdek katta boldir suyagiga birikib turadi. Paylar juda mustahkam birikkan bo’ladi, biroq, shu bilan birga, mushak ham kuchli bo’lib, uning keskin qisqarishi natijasida payning tizza kosachasiga birikishidan biroz pastroq qismining eniga uzilishi yuz beradi. Uzilish paytida qarsillagan ovoz va tizza ustida o’tkir og’riq seziladi.

Jarohat sohasida chuqurlanish hosli bo’ladi, qon ketishi, to’qimalarning shishishi kuzatiladi. To’rt boshli mushaklar tonusini yo’qotadi, uni qisqarishi muchak sohasida yarimshar kabi bo’rtib qolishga olib keladi. Tizzani bukish urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Birinchi yordam shina o’rnatish va kasalxonaga yetkazishdir. To’rt boshli mushak payi uzilishini davolashda og’riqsizlantirish va o’zi so’rilib ketuvchi chok bilan pay uchlarini tikib qo’yish qo’llaniladi. Gipsli bog’lam 6 hafta muddatga qo’yiladi. Keyinchalik maxsus jismoniy mashqlar va fizioterapiya muolajalari buyuriladi.

Paylardagi og’riq

Oyoq va qo’llar paylari og’riqlari ko’pchilikda seziladi. Shifokorlar o’z amaliyotida bu kabi shikoyatlar bilan har kuni to’qnashishini aytadilar.

Tendinit, tendinoz va tenosinovit kabi pay patologiyalari ko’p uchraydi. Tendinit qomatni noto’g’riligi, uzoq vaqt davomida noqulay holatda o’tirish, mashg’ulotlardan oldin qizinib olmaslik tufayli rivojlanadi. Yuqumli kasalliklar, bo’g’im artriti va suyak-skelet tizimining kasalliklari, turli uzunlikdagi oyoqlar mushaklar va paylarga tushadigan yukini oshiradi.

Agar og’riq payda bo’lsa, u qo’shni to’qimalarda ham seziladi. Og’riq  birdan yoki asta-sekin rivojlanishi mumkin. Chidab bo’lmas og’riq kaltsiy yig’ilb qolganida, yelkaning kapsuliti va harakatchanligining buzilishida kuzatiladi. O’tkir og’riq tendinoz bilan kuzatiladi, chunki u payning uzilishi bilan bog’liq. Paylar tenosinovitda ham og’riydi. Og’riqning sababi organning haddan tashqari zo’riqishi bo’lishi mumkin. Uzoq muddatli zo’riqishlar natijasida, to’qimalarining distrofiyasi rivojlanadi, modda almashinuvi buziladi.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 5 ta baho berilgan
Загрузка...
yuklanmoqda...

Ushbu mazvuda 8 ta fikr qoldirilgan

  1. Tizaning to’pig’idagi payi uzilganda uni qanday davolash samara beradi. Operasiyadan boshqa yana davosi bormi

    1. To’liq uzilgan bo’lsa operatsiya qilmasdan payni tiklash qiyin, agar jarohat o’tib ketgan bo’lsa ham chandiq to’qimani olib tashlash uchun jarrohlik kerak bo’ladi. Operatsiyasiz davolash usullari ham mavjud, biroq ularda tiklanish muddati bir necha oygacha cho’zilishi mumkin, payning yana qayta uzilishi ehtimoli mavjud. Bunday davolashda odatda 6 oydan ko’proq qadam bosib bo’lmaydi. Eng maqbul yo’lni shifokor ko’rsatadi.

      1. Tizaning payi to’liq uzlmagan bo’lsa 4.5 oy davolanib yurlidi lekin keskin harkatlarda og’riq berib shishib ketsa va bukilmay qolsa nima qilish kerak.

        1. Demak to’liq tuzalib ketmagan, shifokorga murojat qiing va davolashni davom ettiring, chandiq to’qima mavjud bo’lsa, jarrohlik ham ko’rsatilishi mumkin.

        2. Mening oyog’imning tovon sohasida futbol o’yini paytida yon tomonga qayrilish yuz berdi. Bunday hol deyarli 3-marta sodir bo’ldi. Hozirgisi esa jiddiyroq kechdi. Chunki qayrilish paytida qarsillaganini sezdim. Vrachga murojaat etganimda rentgen tasvirini ko’rib paylar uzilganini aytdi. Hozirda 16 kundan buyon gipsdaman. Lekin o’zgarishlar sezilgani yo’q. Vrach gipsni 4 haftaga belgilagan balki shundan so’ng tuzalar. Iltimos menga sizlardek kuchliroq mutaxassislar maslahati lozim. Yordam beringlar futbol havaskoriman. Bizda haqiqiy shifokorlar yo’q. Navoiy viloyati Nurota tumanidan Ulug’bek. Hurmat bilan.

        3. Agar shifokorlar gips qo’yishgan bo’lsa, demak pay uzilishi o’ta jiddiy emas, 4 haftaga qo’yish odatda o’rtacha va yengil jarohatlarda belgilanadi. Bunday holatlar yetarlicha tez-tez kuzatilib turadi va shifokorlar tajribasi ko’pchilik holatlarda malakali davolash uchun yetarlidir, shuning uchun hotirjam bo’ling. Faqat gips olinganidan keyin birdan futbol o’ynashga kirishib keta olmaysiz, sizning holatdan kelib chiqib shifokorlar bunday muddatni belgilaydi, lekin bu sizni butunlay o’yinni tashlab qo’yishingiz kerak degani emas.

  2. Assalomu alaykum
    12 kun avval to’piq paylarida 2-darajali (yuqoridagi maqolaga asosan) jarohatlanish bo’ldi, undan 2 hafta avval 1-darajali jaroaht bo’lgan va deyarli asorati qolmagan edi ,
    Jarohatdan 2 kun so’ng shifokorga uchradim (albatta oyoqda og’riq bilan bosib yuraolyabman) Ambezim-G (3 mahal ovqatdan avval) va Flotac (2 maha nonushta va kechki ovqatdan song) va Reparil Gel va elastik paypoq yozgan edi muolajada davom etyabman, faqat shifokor oyoqni harakatlantirmasdan dam oldirish haqida hech narsa demadi, internetdan oqigan malumotlorga kora eng oz 3 hafta dam olish kerak ekan, topiq atrofini qo’l bilan bosilsa sal og’riq bor, kechadan boshlab 2 mahal tuxum sarig’ini surtmoqdaman,
    sizlardan iltimos maslahat bergansizlar to surunkali holatga aylanmasin

    1. II darajali pay cho’zilishida 2-3 haftaga bog’lam qo’yish va harakatlarni cheklash belgilanadi. Shifokor bilan bog’lanib, bu masalaga aniqlik kiritishingiz mumkin.

Fikr qoldirish

Sizning e-mail chop etilmaydi. To'ldirish zarur joylar * bilan belgilangan