Yaqin kunlargacha bir narsa aniq edi: ortiqcha vazn — keraksiz muammolar. Bugungi kunda esa vazn tanqisligi yoxud ozg’inlik to’lacha bo’lishdan ko’ra xavfli ekanligi aniqlandi.
Tana vaznining ortiqligi ham, yetishmasligi ham odamlar sog’ligi uchun xavf tug’diradi. Biroq, zamonaviy g’oyalar bo’yicha, ayniqsa, 40 yoshdan oshgan kishilarda o’rtacha to’lachalik vazn yetishmasligidan afzalroqdir.
Ozg’inlik (ayniqsa, yaqqol seziladigan) kamdan-kam hollarda «yo’q joydan» paydo bo’ladi. Odatda u asteniya, parhezda oziq-ovqat moddalarining yetarlicha emasligi yoki aniqlanmagan surunkali kasalliklar bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun, odatda, ozg’in odamlarning hayotiy kuchlari bekorga baquvvat odamlar deb atalmaydigan to’lacha odamlarnikiga qaraganda kamroq bo’ladi.
Shuni esda tutish kerakki, organizm farovonligining muhim ko’rsatkichi nafaqat to’g’ri, balki barqaror vaznga ega bo’lish ham hisoblanadi. Doimiy vazn o’zgarishlari ham salomatlik, ham umumiy ahvolga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Vazn tanqisligining xavflari
1. Aqli zaiflik
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, 50 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan past vaznli odamlarda dementsiya (qarilik aql zaifligi) normal og’irlikdagi tengdoshlariga qaraganda ko’proq uchraydi. Hozircha buning sabablari aniq emas.
2. Bepushtlik
Yog’ to’qimalarining yetishmovchiligida jinsiy gormonlar sintez qilinmaydi, o’z navbatida bu gormonlarning yetishmovchiligi reproduktiv funktsiyani «o’chirib qo’yadi»: erkaklarda spermatzoidlar ishlab chiqarilishi zaiflashadi, ayollarda esa hayz sikli yoki to’xtaydi, yoki buziladi va tuxum hujayra yetilishi jarayoni buziladi. Yog’ to’qimalari tanqisligi bo’lgan ayollarda homiladorlikning to’xtashi xavfi ehtimoli 72 foizga ortadi.
Ayollar bepushtligi haqida batafsil→
3. Psixika bilan bog’liq muammolar
Vazni kam bo’lgan shaxslar depressiyalar va kayfiyat o’zgarishlariga moyil bo’lishadi. Buning sababi — ratsionda oziqa moddalarining yetishmasligi va gormonal disbalans. Depressiyadan aziyat chekuvchi bemorlarda, masalan, foliy kislota darajasi oddiy odamlarnikiga nisbatan o’rtacha 25%ga past bo’ladi. Kayfiyat yo’qligini ratsionda uglevodar yetishmovchiligi ham keltirib chiqaradi, buning sababi uglevodlar yaxshi kayfiyat uchun javob beradigan moddalar ishlab chiqarishni rag’batlantiradi (serotonin va triptofan).
4. Osteoporoz
Tana og’irligining yetishmovchiligi deyarli har doim suyak zichligining pastligini anglatadi, bu o’z navbatida osteoprozga o’tadi.
Osteoporoz kasalligi haqida→
5. Immunitetning pasayishi
Oziqa moddalarning yetishmasligi shuningdek immunitet pasayishi va kamqonlikka olib keladi. Eritrositlar (qizil qon tanachalari) ishlab chiqarish uchun mas’ul bo’lgan temir va B vitaminlarining yetishmasligi ayniqsa xavflidir. Bunday bemor tez-tez shamollaydi, doimo sovqotadi, tezda charchaydigan bo’ladi (temir tanqisligi surunkali charchashga olib keladi) va yo’q joydan asabiylashadi.
Immunitetni oshirish haqida→
Ortiqcha vazn xavflari
1. Saraton
Ortiqcha vazn, ayniqsa semizlik, 12 ta saraton turi (qizilo’ngach, qalqonsimon bez, oshqozon, jigar, buyrak, miya, oshqozon osti bezi, sut bezlari, o’t pufagi, endometriy, tuxumdon va yo’g’in ichak saratoni) rivojlanishi xavfini oshiradi. Olimlarning ta’kidlashicha, ortiqcha vazn gormonal fon va metabolizmni buzadi, bu hujayralardagi mutatsiyalarga olib keladi.
2. Qandli diabet
Yog’ to’planmalari uglevodlar almashinuvi va insulinning sezuvchanligi buzilishiga, bu o’z navbatida qandli diabetning rivojlanishiga olib keladi. Shifokorlar hisoblashicha, kasallik xavfi vazn 20% ortiqcha bo’lganidayoq ortadi.
3. Bo’g’im kasalliklari
Ortiqcha og’irlik tog’ay va bo’g’imlarning shikastlanishini tezlashtiradi. Masalan, har bir qo’shimcha kilogramm tizza bo’g’imiga tushadigan yukni taxminan 4 kg`ga oshiradi. Natijada artrit, artroz, osteoartrozlar rivojlanadi.
To’g’ri ozish uchun maslahatlar→
4. Infraktlar, insultlar
Ortiqcha vazn yurak ishiga qo’shimcha yuk keltirib chiqaradi va uni tezroq «charchatadi». To’lacha odamlarning 70 foizdan ko’prog’i «ateroskleroz«, 40 foizi «gipertoniya» tashxisiga ega. To’lacha odamlarda infarkt ozg’inlarga qaraganda 5 marta ko’rpoq uchraydi.
Insult nima?→
5. Apnoe
Uyquda nafas olish to’xtatishning asosiy sababi — bo’yin atrofidagi yog’ to’planmalaridir, ular yotgan holatda nafas yo’llarini toraytiradi. Apnoe simpatik asab tizimini faollashtiradigan surunkali uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Natijada yurak qisqarishi sonlari oshadi, qon bosimi ko’tariladi va yurak ritmi buzilishi sodir bo’ladi.