Eshakemi, urtikariya — teri kasalligi, asosan allergik kelib chiqishli dermatit bo’lib, qichitqi o’tdan kuyishda kuzatiladigan qavarchiqlarga o’xshash kuchli qichiydigan, yassi ko’tarilib turuvchi och pushti qavarchiqlar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Eshak yemi, eshak emi Eshakemi biron (odatda allergik) qo’zg’atuvchiga reaktsiya sifatida mustaqil kasallik yoki boshqa kasallikning alomatlaridan biri bo’lishi mumkin.
Klinik shakllari
Eshakemi kasalligi o’tkir va surunkali shakllarga ajratiladi. Eshakemining o’tkir shakli bir necha kun yoki bir-ikki hafta davom etadi. Surunkali shakli esa ko’plab oylar yoki hatto yillar davomida retsidivlar bilan kechadi, u deyari har kuni toshma toshishi va turli davomiylikdagi toshmasiz kunlar bilan davom etishi mumkin.
«Soxta eshakemi» (sinonimlari: soxta urtikariya, autografizm, urtikar dermografizm) ham ajratiladi. Bunda terini ustidan biron nimani bosib o’tkazganda, masalan tinoq bilan, uning ustida shishgan qavarchiqsimon chiziq paydo bo’lishi nazarda tutiladi. Oddiy eshakemi bilan og’rigan bemorlarda odatda shu kabi hodisalar tez-tez kuzatiladi.
Bundan tashqari, «mastotsitoz» deb nomlanadigan kam uchraydigan kasallik mavjud bo’lib, uning ba’zi shakllari ba’zan «pigmentar urtikariya» deb ataladi. Pigmentar urtikariyaning eshakemi bilan hech qanday aloqasi yo’q.
Eshakemi toshmasini davolash allergenni aniqlash va uni bartaraf qilishdan iborat. O’tkir eshakemiga nisbatan buni amalga oshirish odatda oson. Eshakemining surunkali kechishida chuqurroq tekshiruvlar o’tkazish, xususan kasallikning batafsil tarixi, qon, peshob va axlat tahlili, ba’zan esa rentgenologik tekshiruvlar ham kerak bo’ladi. Eshakemida sovuq kompresslar, qichishni kamaytiradigan losyonlar, antigistaminlar yordam beradi — bu kasallikni asosiy davolash usuli hisoblanadi. Jiddiy holatlarda ba’zida kortikosteroidlarga murojaat qilinadi. Agar shish organizmning katta joylariga tarqalib, tananing shilliq qavatlarini ham qamrab olsa va hayot uchun xavf tug’dirsa, shoshilinch choralar — katta miqdorda faol steroidlar va adrenalin kiritishga to’g’ri keladi.
Klinik-patogenetik variantlarga ko’ra, eshakemining quyidagi turlari farqlanadi:
Jismoniy eshakemi
- Dermografik eshakemi — kasallik teri yuzasini bosish fonida paydo bo’ladi, qo’zg’atuvchi ta’siri bartaraf etilgach, bir necha soatda yo’qoladi;
- Sovuqli eshakemi — past harorat uzoq muddat ta’sir etganda 95% odamlarda paydo bo’ladi. Sovuq ta’sir etgan barcha teri qoplamining qizarishi, shuningdek, qo’zg’atuvchi ta’siri o’tgach, terining qichishi bilan tavsiflanadi;
- Vibratsion eshakemi — teriga uzoq muddat vibratsiya ta’sir etganda yuzaga keladi. Ta’sir to’xtatilgach, tezda yo’qoladi.
Eshakemining maxsus shakllari
- Xolinergik — ruhiy va jismoniy tipdagi stressli vaziyatlarda (asabiylashish, sport bilan shug’ullanish) namoyon bo’ladi, terida ko’plab toshma toshishi va qichishish bilan tavsiflanadi;
- Adrenergik — xolinergik eshakemida bo’lgan kabi vaziyatlarda yuzaga keladi, faqat qizarish atrofida oq tasma mavjudligi bilan farqlanadi;
- Kontaktli — teri yuzasining ma’lum bir allergenlar bilan aloqa qilganida yuzaga keladi. Qo’zg’atuvchi ta’siri bartaraf etilganidan so’ng bir necha soatda o’tib ketadigan terining keskin qizarishi, eritrema va yaralar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi.
- Akvagen — juda noyob hisoblanadi. Terining suv bilan bevosita aloqa qilganida yuzaga keladi.
Eshakemi alomatlari
Kasallikning og’irligi darajasiga qarab, eshakemining alomatlari turlicha bo’lishi mumkin. Ko’pincha kasallik teri qoplamining qizarishi, gipertermiya va teri qichishi bilan tavsiflanadi. Qizarishlarga sezilari shishganlik, og’irroq darajalarda esa — qavarchiqlar hamrohliik qiladi. Ular teri yuzasida bir necha soatdan uch oygacha saqlanib turishi mumkin.
Eshakemini boshqa teri kasalliklaridan ajratib turuvchi farqi — allergen bartaraf etilishidan yoki dori qabul qilishdan so’ng to’liq tiklanish.
Bolalarda eshakemi Kvinki shishi rivojlanishi mumkinligi bilan katta xavf tug’diradi.
Epidemiologiyasi
Allergik eshakemi — juda keng tarqalgan kasallik. Taxminan har uchinchi shaxs kamida bir marta hayot davomida eshakemini boshdan kechiradi. Eng ko’pincha ushbu kasallik 20-60 yoshli ayollarda kuzatiladi, bu ularning neyroendokrin tizimi xususiyatlariga bog’liq bo’lishi mumkin.
Eshakemi toshmasi toshishi sabablari
Eshakemi kasalligi rivojlanishidagi yetakchi mexanizm — bu reagin shikastlanish mexanizmi. Allergen sifatida dori-darmonlar (antibiotiklar, rentgen-kontrast moddalar va boshqalar), zardoblar, gamma-globulinlar, bakterial polisaxaridlar, oziq-ovqat mahsulotlari, insekt allergenlar ko’p uchraydi. Shikastlanishning ikkinchi turi qon quyishda yuzaga kelishi mumkin. Immunokompleks mexanizmi bir qator dori vositalari, antitoksik zardoblar va gamma-globulin kiritilganda faollashishi mumkin.
Psevdoallergik eshakemi, gistamin liberatorlari, komplement tizimi aktivatorlari va kallokrein-kinin tizim aktivatorlari ta’sirining oqibati hisoblanadi.
Tizimli kuzatuvlar natijasiga muvofiq, parazitlar surunkali eshakemining juda kam tarqalgan sababchisidir. Tadqiqot mualliflari infektsiya laboratoriya va anamnestik tekshiruvlar natijasida tasdiq topmagan hollarda surunkali eshakemi bo’lgan bemorlarda sinovli antiparazitar davolashga qarshi chiqishmoqda.
Patogenez
Eshakemi rivojlanishiga sabab bo’ladigan asosiy vositachi, mastositlarda hosil bo’ladigan va to’planadigan gistamin moddasidir. Mastositlarning degranulyatsiyasi va gistaminining atrof to’qimalarga va qonga chiqarilishi ham immun, ham noimmun mexanizmlar (shu jumladan jismoniy va kimyoviy) tomonidan chaqirilishi mumkin.
Eshakemining barcha klinik turlari uchun umumiy patogenetik zanjir mikrosirkulaytor oqim tomirlarning o’tkazuvchanligi oshishi va ushbu tomirlar atrofida shishning faol rivojlanishi hisoblanadi.
Eshakemi kasalligini tashxislash
Kasallikni aniq tashxislash uchun quyidagi tahlillar va tekshiruvlar talab etilishi mumkin:
- Qon va peshobning klinik va umumiy tahlili;
- Gepatit viruslariga antitanalar tahlili va sifilisga tahlilni o’z ichiga oluvchi biokimyoviy qon tahlili;
- Kasallikning aniq turini aniqlash uchun tekshiruvlar.
Eshakemini davolash
Eshakemiga chalingan insonlar uchun terapiyaning asosi bemorni triggerlardan qochish va antigistaminlarni o’z vaqtida qabul qilishni o’rgatish hisoblanadi. Eshakemi — infektsion emas, balki allergik kasallikdir, ya’ni u bir kishidan boshqa kishiga yuqmaydi.
Davolash qiyin bo’lgan surunkali eshakemi mehnat qobiliyatining sezilarli darajada yo’qotilishiga olib kelishi mumkin. O’tkir shakldan farqli o’laroq, surunkali eshakemi bilan kasallangan bemorlarda 50-80% hollarda aniq triggerlarni aniqlab bo’lmaydi. Surunkali eshakemi bilan kasallangan kishilarning 50% 1 yil davomida remissiya davrida hisoblanadi.
Umuman olganda, davolash simptomatik bo’ladi. Surunkali eshakemidan aziyat chekuvchi odamlar kasallik alomatlarini nazorat qilish uchun antigistaminlardan tashqari qo’shimcha ravishda boshqa preparatlarga ham ehtiyoj sezishlari mumkin. Eshakemi kasalligi Kvinki shishi bilan kechadigan bemorlarga tezkor yordam bilan vena ichiga epinefrin (adrenalin), prenizolon (Medopred) kiritish va kislorod ingalyatsiyasi kerak bo’ladi.
Surunkali eshakemi davosi bo’yicha tavsiyalar allergolog va dermatologlarning professional guruhlari tomonidan nashr etilgan. 2014 yil holatiga ko’rsa, kasallikni davolashning amerika amaliyoti bosqichma-bosqich yondashuvni o’z ichiga oladi. 1-bosqich ikkinchi avlod H1-gistaminoblokatorlardan iborat. Tizimli glyukokortikosteroidlar kasallikning og’ir epizodlarida qo’llanilishi ham mumkin, ammo ular nojo’ya ta’sirlari tufayli uzoq vaqt qo’llanilmasligi kerak. 2-bosqich antigistaminlar dozasini oshirish, boshqa antigistaminlarni qo’shish yoki leykotrien retseptorlari antagonistini (montelukast) qo’shishdan iborat. 3-bosqich — mazkur terapiyaga gidroksizin (Ataraks) yoki doksepin (Sinekan) qo’shish yoki ulan bilan o’rnini almashtirishdan iborat. Agar bemor 1-3-bosqichga munosib reaktsiya qilmasa, unda refrakter simptomlar mavjud deb hisoblanadi. Bunday holda yallig’lanishga qarshi preparatlar (dapson, sulfasalazin ) va immunosupresantlar (siklosporin, sirolimus , omalizumab) ishlatilishi mumkin. Ushbu variantlar quyida batafsilroq yoritiladi.
Antigistaminlar
Gistaminning H1-retseptorlarini bloklaydigan antigistaminlar terapiyaning birinchi qatoridir. Difengidramin (dimedrol) yoki gidroksizin (Ataraks) kabi birinchi avlod antigistaminlar ham markaziy, ham periferik H1 retseptorlarini bloklaydi, shuning uchun ular juda sedativ bo’lishi mumkin. Loratadin (Klaritin), tetirizin (Zirtek) yoki dezloratadin (Klarineks) kabi ikkinchi avlod antigistaminlar faqatgina periferik H1 retseptorlarini bloklaydi va shuning uchun kamroq antixolinergik va sedativ hisoblanadi va odatda birinchi avlod antigistaminlardan afzalroqdir. Maksimal terapevtik ta’sirni olish uchun antigistaminlarni faqatgina kasallikning xuruji vaqtida emas, balki doimiy ravishda qabul qilish muhim. H1-antigistaminlarning maksimal dozasiga reaktsiya bermaydigan bemorlar H2-antigistaminlarni olishi mumkin. Biroq, uning barcha kombinatsiyalari ham foydali emas. Tadqiqotlar natijasida simetidin bilan gidroksizinning kombinatsiyalari eng yaxshi natija ko’rsatdi, ammo tetirizin va simetidinning kombinatsiyasi natijasi qoniqarsiz deb topildi.
Tizimli steroidlar
Oral (ya’ni og’iz orqali qabul qilinadigan) glyukortikoidlar surunkali eshakemi alomatlari bilan kurashishda samarali hisoblanadi, biroq ular keng ko’lamli nojo’ya ta’sirlarga ega, jumladan buyrak usti bezi funktsiyasining ingibitsiyasi, tana massasining ortishi, osteoporoz, giperglikemiya. Shu sababli, ularning qo’llanilishi bir necha hafta bilan cheklangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, tizimli glyukokortikoidlar antigistaminlar bilan birgalikda faqat antigistaminlardan foydalanish bilan solishtirganda simptomlarni kamroq yengillashtiradi.
Leykotrien retseptorlari antagonistlari
Leykotrienlar mastositlardan gistamin bilan birga chiqariladi. Montelukast (Singulyar, Montelar) va zafirlukast (Akolat) kabi preparatlar leykotrien retseptorlarini bloklaydi va terapiya uchun qo’shimcha sifatida yoki eshakemi bilan og’rigan bemorlarda alohida usul sifatida ishlatilishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, bu preparatlar nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar qabuli tomonidan chaqirilgan eshakemini davolashda boshqa vostialarga nisbatan foydaliroq bo’lishi mumkin.
Boshqa preparatlar
Surunkali eshakemining murakkab holatlarida boshqa davolash usullari yallig’lanishga qarshi preparatlar, omalizumab va immunsupressantlarni qo’llashni o’z ichiga oladi. Yallig’lanishga qarshi dorilar: dapson (Akzon, Allerga n), sulfasalazin (Azulfidin, Salazopirin, Sulazin) va gidroksixloroxin (Aksemal, Dolquine, Kvenzil, Plakvenil, Immard).
Assalomu alekum menga qandaydir qizil toshmalar toshdi buni sababi nimadan ekanligini bilmayapman allergiyami bowqa narsami unga qandaydir maz surdim nomi esimda yoq u towma ishik ishik bulip qoldi va ular qayti lekin qichishishni umuman qolmayapti buni sababi nimada maslahat bering
Qicishish — turfa xil tabiatli kasalliklarda kuzatiladigan alomat. Kasallikning tashxisini bilmagan holda dori vositasini tayinlab bo’lmaydi. Dermatolog shifokorga uchrashib, ko’rikdan o’tishingiz zarur