Qanday qilib erkakning jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish yo’llari shartli ravishda bir necha guruhga bo’linadi.
Birinchisi jinsiy aloqa texnikasi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqador bo’lganlari, ikkinchisi umumiy sog’liqqa tegishli tavsiyalar, uchinchisi esa turlicha qo’shimcha vositalarni qo’llash bilan bog’liq, masalan lubrikant.
Ushbu usullarning har birini batafsil ko’rib chiqishdan oldin, jinsiy aloqada bo’lish muddatiga bog’liq bo’lgan umumiy qoidalar bilan tanishib olish ortiqcha bo’lmaydi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, jinsiy aloqa qisqaligi sabablari tushuniladi.
Umuman olganda, tabiatning o’zi shunday tarzda uyushtirilganki, erkak ayoldan oldin orgazmga erishadi. Bu nima bilan bog’liqligini chuqur o’rganishda ma’no yo’q, bu haqiqatni shunchaki postulat sifatida qabul qilish kerak.
Shu sababli, ayolning qoniqishini ta’minlash uchun erkak o’z tabiatini yengishni o’rganishi va o’z-o’zini nazorat qilishni rivojlantirishi kerak.
Bu yerda bir narsani ta’kidlab o’tish lozuim, agar erkaklar muntazam jinsiy aloqa qilib turishsa, odatda jinsiy aloqa davomiyligi bilan bog’liq hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Odatiy jinsiy hayotda bunday buzilishlar nomuntazam va kamdan-kam jinsiy aloqa qilish sharoitida sodir bo’ladi.
Erkak jinsiy aloqani uzaytirish masalasiga kelganda, ayol orgazmi sodir bo’lishi haqida ham to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shundan kelib chiqqan holda jinsiy aloqa davomiyligi aniqlanadi.
Ayol orgazm sodir bo’lishi turlari
- Ayol asta-sekin ehtiroslanadi va orgazm asta-sekin keladi;
- Ayol asta-sekin ehtiroslanadi, orgazm tezda keladi;
- Ayol tezda ehtiroslanadi, lekin asta-sekin orgazmga yetadi;
- Ayol tezda ehtiroslanadi va tez orgazmga yetadi.
Nima uchun erkakning jinsiy aloqasi davomiyligi ayol orgazmiga bog’liq? Chunki yaxshi hamroh birinchi navbatda ayolni lazzatlantirish haqida o’ylaydi, shuning uchun u o’zining shaxsiy xudbin jinsiy manfaatlarini qurbon qiladi.
Erkak uning juftiga yaxshiligidan jinsiy tasalli olishi kerak, bu o’zaro jinsiy qulaylikni ta’minlaydi va tabiiy ravishda erkakning o’zini-o’zi nazorat qilish his-tuyg’ularini rivojlantiradi, natijada jinsiy aloqani uzaytirishga erishiladi.
Agar erkak faqat o’z jinsiy manfaatini o’ylasa, jinsiy aloqa doimo qisqa bo’ladi, shuning uchun jinsiy hamroh bilan o’zaro kelisha olish — muvaffaqiyatga erishishning asosiy kalitlaridan biridir.
Ayol orgazmi haqida batafsil→
Jinsiy aloqani uzaytirishning texnik guruh usullari
- Erkak orgazm kelgunga qadar ayolning klitorini ta’sirlantiradi va faqat shundan keyin olatni qin ichiga kiritadi.
- Klitorni yanada kuchliroq ehtiroslantirish va ehtirosni boshlanishidayoq tugashiga to’sqinlik qilish uchun jinsiy olat harakatini sekinlashtirish kerak.
- Eyakulyatsiya sodir bo’lgan bo’lsa ham, erkak kishi ayol orgazmi boshlanishigacha jinsiy harakatni davom ettirishni o’rganishi kerak. Ushbu usul prezervativlardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
- Jinsiy aloqani sun’iy uzoq qilish urug’ chiqarish vaqti yaqinlashayotganda erkak friktsiyani (ishqalanish) ma’lum bir muddatga to’xtatishi, jinsiy ehtiros biroz pasaygandan keyin esa uni davom ettirishi kerak.
Ushbu usul prolongatsiya deb ataladi va uning yordamida jinsiy qo’shilishni bir necha soatga uzaytirish mumkin. Bundan tashqari, har ikki tarafning orgazmi bir vaqtning o’zida sodir bo’lishi ehtimoli yuqori.
Jinsiy aloqa usuli
Jinsiy aloqa uzaytirish uslubiga bevosita aloqador ketma-ket o’rganilishi kerak bo’lgan quyidagilarni ta’kidlab o’tish joiz:
- Qinga ichiga ketma-ket uchta sayoz va bitta chuqur pentratsiya (kiritilish). Har bir yondashuvda friktsiyalar soni 81 tani tashkil qiladi. Agar ehtiros kuchayotgan bo’lsa, jinsiy olatni qinidan chiqarish kerak, lekin oxirigacha emas, ikki-uch santimetri qolsin. Ehtiros so’ngach, friktsiyalar yana shu tartibda davom etadi.
- Ketma-ket beshta chuqur va bitta sayoz pentratsiyani amalga oshirish.
- Ketma-ket to’qqizta chuqur va bitta sayoz pentratsiyani amalga oshirish.
Jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish uchun oltin qoidalar
Ayol orgazmni boshdan kechirishi uchun, erkak jinsiy aloqani uzaytirishi kerak. Muntazam jinsiy aloqada bo’lgan, jinsiy tajribaga ega bo’lgan erkak odatda jinsiy aloqani uzoq davom ettirishi mumkin.
Jinsiy aloqa davomiyligi ularning orasidagi intervallarga bog’liq deb hisoblanadi: pauza qanchalik qisqa bo’lsa, jinsiy aloqa shuncha uzun bo’ladi va aksincha.
Tajribali erkak jinsiy munosabatlarni sezilarli darajada uzaytirishga imkon beruvchi bir necha qoidalarni biladi.
Jinsiy aloqani uzaytirish yo’llari
1. Olat faqatgina ayol yetarlicha stimullangan bo’lsagina kiritiladi, chunki bunda qinga kirish yo’li va uning devorlari ajralmalar bilan namlangan bo’ladi. Bunday holda, jinsiy olat boshining ta’sirlanish xususiyati juda kichik bo’ladi.
2. Urug’ chiqarish lahzasi yaqinlashayotganini sezgan erkak friktsiyalarni 1-2 daqiqaga to’xtatadi, nafasni rostlaydi va boshqa fikrlar bilan chalg’iydi.
3. Tanaffus paytida erkak ayolning ehtirosi so’nmasligi uchun tananing ritmik harakatlarini davom ettirishi, ayolning qov sohasiga bosim berishi va erogen zonalariga ta’sir qilishi mumkin. Birinchi kichik tanaffus olat qinga kiritilganidan so’ng amalga oshirilishi kerak.
4. Agar bu holatda ham erkak orgazmning yaqinlashayotganini his etsa, uni ham to’xtatib, faqat erkalashlarni davom ettirish kerak; ayol esa olatning boshini stimullamasligi kerak.
Erektsiyaning zaiflashishi tashvishga solmasligi lozim — bu hodisa vaqtinchalik va u tezda o’rniga qaytadi va kuchayadi.
5. Uzoq muddatli jinsiy aloqa qilish uchun (urug’ ajralishini kechiktirish) ba’zida anestetik malhamlar qo’llaniladi, ularning tarkibida sovkain yoki dikain mavjud. Jinsiy aloqadan 2-3 soat oldin olatning boshi yoki uzdechkasiga surtiladi.
Ayrim hollarda, erkaklarning jinsiy sezgilari prezervativni qo’llash orqali pasaytiriladi, bu esa orgazmning boshlanishini kechiktirish va jinsiy aloqani uzaytirish imkonini beradi.
6. Alkogolning kichik dozasi jinsiy aloqani uzaytirish sirlaridan biri. Shu bilan birga, bunday usul yordamida uzaytirilishi noto’g’ri sanaladi. Haddan tashqari uzaytirilish jinsiy a’zolarda turg’unlikka olib kelishi mumkin. Bu yerda «o’lchov» ning eng yaxshi ko’rsatkichi juftliklarning ahvoli hisoblanadi.
7. Qo’shilishni uzaytirishning o’ziga xos yana ikkita usuli:
— Eyakulyatsiyadan keyin vaginani darhol tark etmaslik (ehtiroslangan ayolga yoqimli hissiyotni hatto bo’shashgan olat ham beradi);
— Eyakulyatsiyadan keyin klitorni stimullash va yengil friktsiya va aylana harakatlarni davom ettirish.
Sog’lom turmush tarzi
Sog’lom turmush tarzi bilan bog’liq tavsiyalar guruhi quyidagi usullarni o’z ichiga oladi va ular tabiiy ravishda erkaklarda jinsiy aloqa vaqtini uzaytiradi:
- To’g’ri ovqatlaning, oqsillarni ko’proq iste’mol qiling, asal bilan yong’oq yoki smetana kabi tabiiy afrodiziaklarni ham.
- Kun tartibiga rioya qiling, chunki bu umumiy sog’liqqa, shu jumladan jinsiy sog’liqqa ham ta’sir qiladi.
- O’z ruhingizni nazorat qilishni o’rganing, buning uchun yoga kabi turli ma’naviy amaliyotlardan foydalanishingiz mumkin.
- Dam olish va zavqlanishni o’rganing, stress birinchi navbatda libidoga ta’sir qiladi. Bu tavsiya jiddiy jismoniy ish bilan shug’ullanuvchi erkaklarga ham, aqliy mehnat qilayotgan erkaklarga ham tegishlidir.
- Hayotdan ko’proq ijobiy his-tuyg’ularni oling, yaxshi hamroh bu tushkun va xo’mraygan erkak emas, xushchaqchaq qiyofadagi donjuanlardir, ayollar esa buni juda yaxshi bilishadi.
Jinsiy aloqani uzaytirish uchun dorilar
Bunday dorilarning ta’siri yuqorida ta’kidlab o’tilgandek, olat sezgirligini kamaytirish, jinsiy quvvatni kuchaytirish va qon aylanishini me’yorlashtirishga qaratilgan. Ulardagi faol moddalar Dapoksetin, Verdanafil kabilar bo’ladi.
Jinsiy aloqaning davomiyligini oshirish bo’yicha eng yaxshi maslahatlar:
1. Agar siz urug’ chiqarish yaqinlashayotganini his qilsangiz, chuqur nafas oling va nafasingizni ushlab turing. Yurak urishi sekinlashadi va eyakulyatsiya sodir bo’lmaydi. To’g’ri nafas olish san’atini o’rganib, ehtirosni xohlagan darajada ushlab turishni davom ettirishingiz mumkin.
2. Agar hozir bo’shalishni his qilayotgan bo’lsangiz, olatni chiqarib, uning asosini bosh va o’rta barmog’i bilan ushlang, uni qising, chuqur nafas oling va bir muddat shu tarzda ushlang. Erektsiya zaiflashadi, olat yotadi, biroz vaqtdan so’ng u qo’yib yuborilgach yana oldingi holatiga keladi, jinsiy aloqani uzoq davom ettirish mumkin.
Buni bitta jinsiy aktda bir necha marta bajarish mumkin, orgazm kuchliroq va uzoqroq bo’ladi, chunki sperma shakllanishi bir necha marta bo’ladi, eyakulyatsiya esa bir marta.
3. «10gacha» mashq qiling
Yordam berish uchun kamida 3 oy bajarish kerak: haftada bir necha bor. Bu juda charchatadi, lekin shunga arziydi.
Bu hamroh (oson emas, chunki tushunadigan jinsiy hamroh topish qiyin) yoki qo’l bilan (oson va qulayroq) yordamida bajariishi mumkin.
Jinsiy aloqa hissini shkala bo’yicha tasasvvur qilish kerak, bunda:
- 1 — hech qanday ehtiros bo’lmasligi;
- 2 — yengil ehtiroslanish;
- 3 — ehtirosli holat;
- 4-7 yaqinlashayotgan orgazm (har ikki tomonga yaxshi bo’lishi uchun uzoqroq davom etishi kerak vaqt);
- 8-9 jarayonning qaytarilmasligi;
- 10 — orgazm.
Yetarlicha tez friktsiyalar bilan manipulyatsiyalarni bajarish va fikran hozirgi holat ballini hisoblash kerak.
Tuyg’u balli 7 ga yetganda, harakatni to’xtatib, tuyg’u so’nguncha kutib turish (masalan, o’lchov balli shkalada 4 gacha tushishi), so’ng yana davom etish kerak. Mashqni 30-60 daqiqa davomida bajaring.
4. Shuningdek to’xtash vaqtida olat asosini yoki boshini bir muddat qisib turish ham mumkin, bu ham yordam beradi.
Ushbu mashqning maqsadi: tanani uzoq vaqt jinsiy aloqa qilishga o’rgatish.
Jismoniy mashqlar bajarilishida tezda urug’ chiqarishga ruxsat bermaslik kerak, shuningdek davolanish davrida va keyinchalik tezda eyakulyatsiyali onanizm bilan shug’ullanmaslik tavsiya etiladi. Bularga amal qilib, jinsiy aloqani uzoq davom ettirish mumkin.