Urug’ (sperma) sifatini oshirish — mahsulotlar, dorilar, urug’ni ko’paytirish uchun tavsiyalar

Aksariyat erkaklar urug’lantirishni rejalashtirishni kontraseptsiyani to’liq rad etish sifatida tasavvur qilishadi. Biroq, bu unday emas. Agar farzand ko’rishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, kontraseptsiyadan bosh tortishdan oldin salomatlikni tartibga keltirish kerak. Bu faqatgina ayol tomonidan amalga oshirilmaydi. Erkak spermasi sifati homiladorlik boshlanishi ehtimoli va bo’lajak bolaning sog’lig’iga bevosita ta’sir qiladi. Erkak hatto o’zining erlik quvvatiga to’liq ishongan bo’lsa ham, urug’lantirishga tayyorgarlik vaqtida urug’ foizini (sifatini) tekshirishi va agar kerak bo’lsa, spermatozoidlarning harakatchanligini kuchaytirishi kerak, chunki potentsiya spermatozoidlarning sifati pastligi bilan bog’liq emas.

Erkak urug'ini oshirish haqida

Sperma sifatini yomonlashtiradigan omillar va urug’ foizini ko’tarish uchun nima qilish kerak

  • Moyaklarning harorati. Erkaklarning moyaklari tashqarida, yorg’oqda joylashishi bejizga emas. To’laqonli spermatozoidlarning yetilishi uchun moyak harorati normal tana haroratidan bir necha darajaga past bo’lishi kerak. Moyaklarning har qanday, hatto arzimagan darajada qizib ketishi, spermatozoidlarning harakatchanligini susaytiradi. Spermatozoidlarning harakatchanligi biroz vaqtga emas, balki yangi spermiylar yetilmagunigacha pasayadi. Bola urug’lantirishga tayyorgarlik ko’rayotganda, tabiiy matolardan tikilgan, bo’sh turadigan ichki kiyimlar kiyish, shuningdek moyaklarning qizib ketishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan omillarini kamaytirish tavsiya etiladi.
  • Zararli odatlar: chekish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik. Bunday holda urug’ foizini qanday yaxshilash mumkin? Urug’lantirish kutilishidan kamida uch oy oldin chekishdan, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan bosh tortish. Bu muddat sperma butunlay yangilanishi uchun etarli bo’ladi.
  • Noqulay ekologik vaziyat nafaqat salomatlik, balki spermaga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy moddalar (jumladan, maishiy kimyoviy moddalar) bilan doimiy aloqalar, mobil telefonlardan chiqadigan nurlanish (oz bo’lsada), ifloslangan havo, chiqindi gazlar — bu omillarning barchasi sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holda, urug’ foizini ko’paytirish va spermatozoidlarning harakatchanligi darajasini kuchaytirishga antioksidantlarni qo’llash orqali erishiladi. Antioksidantlar nafaqat atrof muhit omillarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi, ushbu moddalar shakllanayotgan spermatozoidlarni himoya ham qiladi, ularning oziqlanishini yaxshilaydi.
  • Stressli holatlar erkaklarning reproduktiv salomatligini yomonlashtiradi. Bu holatda ko’proq dam olish, vaziyatni tinchroq holatga o’zgartirish tavsiya etiladi.

Jinsiy aloqadan saqlanish muddati

Ko’pchilik agar bir necha kun «chidab» turilsa, urug’lantirish ehtimoli oshadi deb hisoblaydi. Albatta bu fikrda haqiqat mavjud, ammo me’yorni unutmaslik kerak.

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tavsiyalariga ko’ra, saqlanish muddati 2 kundan 4 kungacha bo’lishi kerak, agar kunlar kam bo’lsa, sperma miqdori yetarli bo’lmasligi mumkin. Ammo buning teskari tarafi ham mavjud: menstrual siklning urug’lantirish uchun eng qulay bo’lgan kunini o’tkazib yuborish.

Uzoq saqlanishdan keyin spermatozoidlar sifati o’zgaradi va u sog’lom bola urug’lantirish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin.

Sperma sifatini parhez orqali yaxshilash

Har bir insonning salomatligi uning ovqatlanish xususiyatlariga bevosita bog’liq. Urug’lantirishni rejalashtirish davrida kundalik taomnomaga urug’ foizini yaxshilaydigan mahsulotlarni kiritish lozim. Ammo sperma sifatini yaxshilash uchun faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetarli bo’lmasligi mumkin. Shu sababli, shifokor muvozanatli parhez bilan birgalikda bo’lajak otalar uchun maxsus preparatlar qabul qilishni buyurishi mumkin. Bunday komplekslar zarur vitaminlar, aminokislotalar va mikroelementlarni o’z ichiga oladi.

Spermatogenezni yaxshilaydigan mahsulotlar, qoida tariqasida, konservantlar va bo’yoq moddalarini o’z ichiga olmaydi, tabiiy tarkibga ega va qovurilmagan va ko’p miqdorda yog’da tayyorlanmagan bo’ladi. Bunday mahsulotlarga kam yog’li go’sht, dengiz baliqlari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar kiradi.

Spermani ko’paytirish uchun va uning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi mikroelement va vitaminlarga quyidagilar kiradi:

  • Kaltsiy;
  • C, D, E vitaminlari;
  • Beta-karotin — to’q-sariq va qizil rangli sabzavotlarda ko’p;
  • Rux — dukkaklilarda ko’p;
  • Omega 3 to’yinmagan yog’ kislotalari (bular urug’ foizi va sifatiga eng ko’p darajada ta’sir qiladi) — yog’li baliq turlarida ko’p.

Bo’lajak ota yog’li va og’ir ovqatdan butunlay voz kechishi kerak. Bundan tashqari, konservantlar, stabilizatorlar va xushbo’ylashtiruvchi moddalarni o’z ichiga olgan mahsulotlarni taomnomadan butunlay chiqarib qilish kerak. Bu qo’shimchalar sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, ta’mni yaxshilovchi qo’shimchalar ishtahani oshiradi, ko’p yeb yuborish va vazn orttirishga sabab bo’ladi, tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarda spermogramma tahlili (analizi) ancha yomonroq bo’ladi, potentsiya bilan bog’liq muoammolar ham tez-tez uchraydi. Qizig’i shundaki, yog’li oziq-ovqat mahsulotlar iste’molini cheklash natijasida normal yoki ozg’in erkaklarda urug’ sifati sezilarli darajada yomonlashadi.

Sperma sifatini dori preparatlari bilan oshirish

Allergik reaktsiyalarni davolash uchun dorilar, analgetiklar, antibiotiklar, steroidlar — bularning barchasi erkak urug’i holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hatto Viagra singari preparat ham spermatozoidlarning harakatchanligini kamaytiradi. Spermatozoidalarning harakatchanlik darajasini oshirish uchun shifokor gormonli maxsus dori-darmonlarni tavsiya qilishi mumkin. Biroq, bunday dori-darmonlarni tayinlash uchun spermogramma va boshqa sinovlarni o’tkazish kerak bo’ladi.

Spermogrammani qanday yaxshilash mumkin?

Agar juda uzoq muddat ichida (bir yildan ortiq) urug’lantirish imkoni bo’lmasa, har ikkala juft ham mutaxassislar huzurida to’liq tekshiruvdan o’tishlari, bo’lajak ota esa spermogramma uchun tahlil topshirishi kerak bo’ladi. Ushbu laboratoriya tahlili davomida muayyan miqdordagi spermada harakatchan spermatozoidlarning miqdori va ularning hayotiyligi hisoblanadi. Spermogramma tahlili bola urug’lantirishning haqiqiy imkonini aniqlaydi. Ushbu tahlil nafaqat patologiyalarni aniqlashga yordam beradi. Urug’lantira olmaslikning sababi bo’lgan eng ko’p uchraydigan patologiya — bu sperma miqdorining yetishmasligi yoki spermatozoidlarning kam harakatchanligidir. Ammo bu tashxis aslida kasallik emas, balki holatdir, ko’pincha u vaqtincha bo’ladi.

Dori-darmonlarni qabul qilmasdan reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan bir qator tavsiyalar mavjud:

  • Turmush tarzini o’zgartirish. Bu degani, homiladorlikni rejalashtirish paytida spirtli ichimliklar, nikotin, narkotik moddalardan butunlay voz kechish kerak. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar qilishni boshlash (ba’zi hollarda shifokor, aksincha, jismoniy faollikni kamaytirishni tavsiya qiladi) va tana vaznini me’yorga keltirish kerak.
  • Muvozanatli ovqatlanish — «spermatozoidlar sifatini qanday qilib oshirish mumkin» degan savolga yana bir javob.
  • Bundan tashqari, shifokor erkakka antioksidantlar qabul qilishni tavsiya qilishi mumkin. Antioksidantlar shakllanayotgan  spermatozoidlarni va ular olib yuruvchi genetik materialni erkin radikallarning vayronkor ta’siridan himoya qiladi.
  • Stressli vaziyatlardan qochish. Reproduktiv salomatlik holati erkakning his-tuyg’ulariga bevosita bog’liq. Ko’proq dam olish va ijobiy emotsiyalar — bu sog’lom farzand urug’lantirishning muvaffaqiyat kalitidir.
1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 3 ta baho berilgan
Загрузка...
yuklanmoqda...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *