Bedana tuxumi — foydasi va zararlari, iste’mol qilish tartibi va me’yori

Xirosima va Nagasakida yadro hujumidan keyin aholining immuniteti zaiflashdi va nurlanish ta’siri orqaga qaytarilmas oqibatlarga olib keldi. Olimlar organizm kuchini oshiradigan mahsulotlarni izlashni boshlashdi va tarkibida bedana tuxumi bo’lgan qadimiy xitoy retseptlariga duch kelishdi. Yaponlar bunda tuxumlar bolalar aqliy qobiliyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatashini isbotladilar.

Bedana tuxumi foydasi va zararlari

Chernobil AES`idagi fojiadan so’ng esa sovet olimlari falokat oqibatida zarar ko’rgan bolalar uchun retseptlar tuzishga kirishdilar. Olimlar barcha bolalarning ratsioniga bedana tuxumi kiritishdi. Davolash natijasida bolalar nojo’ya ta’sirlarga duch kelmadi, aksincha, ularning faolligi oshdi, yurak funktsiyasi yaxshilandi va ishtahasi me’yorga qaytdi.

Bedana tuxumi tarkibi

Bitta tuxumning tarkibi bir hovuch dorilar va oziq-ovqat qo’shimchalarini o’rnini bosishi mumkin. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Vitaminlar: A, B1, B2, B9;
  • Interferon va selen;
  • Kaliy va temir;
  • Kaltsiy va natriy;
  • Magniy va glitsin;
  • Aminokislotalar: lizin, arginin, triptofan.

Bedana tuxumlari kamdan-kam hollarda salmonella bilan zararlanadi, chunki bedanalar yuqori tana harorati tufyali bakteriyalarga chidamliroq hisoblanadi, tuxum qobig’i esa tovuq tuxumidan ko’ra mustahkamroqdir.

Ushbu tuxumning kimyoviy tarkibi tovuqnikidan ancha boyroq.

Ko’rsatkichlar B1 B2 A Kaliy
Tovuq tuxumi 49 mkg 550 mkg 78 mkg 124 mkg
Bedana tuxumi 137 mkg 1100 mkg 1180 mkg 620 mkg

Bedana tuxumining foydalari

Qovurish va qaynatish vaqtida foydali moddalarning bir qismi parchalanib ketadi, shu sababli eng yuqori foyda xom tuxumlarga tegishli deya hisoblanadi.

Uning tarkibida bir guruh antioksidantlar mavjud bo’lib, u hujayralarni og’ir metall tuzlaridan himoya qiladi. Ular shish paydo bo’lishi xavfini ham kamaytiradi.

Immunitetni oshirishda

Agar hujayralarda erkin radikallar ta’siri ostida qaytarilmas jarayonlar boshlansa, bedananing tuxumi antigenlarni dastlabki bosqichda parchalab yuboradi.

Qon tomirlarini mustahkamlashda

Dietologlar tovuq tuxumida o’rtacha 570 mg xolesterin mavjudligi tufayli uning o’rniga bedana tuxumini afzal bilishadi. Bedana tuxumida ham xolesterin mavjud va u o’rtacha 600 mg`ni tashkil etadi, biroq u lesitin bilan neytrallashtiriligan bo’ladi.

Tovuq tuxumlarida esa lesitin yo’q. Xolesterin letsitin bilan birgalikda bo’lganda yurakka zarar yetkazmaydi, balki qon tomirlarini mustahkamlaydi.

To’qimalarning yangilanishiga yordam berishda

Interferon jarohatlarning bitishi va to’qimalarning tiklanishini tezlashtiradi, shuning uchun ushbu mahsulot oshqozon-ichak traktida yaralari bo’lgan bemorlarda zararlangan to’qimalarni tiklash uchun foydalidir.

Ayollar uchun

Mahsulot soch va teri uchun zarur bo’lgan A vitaminiga boy. Ular gormonal fonni muvozanatga keltiradi, shu sababli, mioma, mastopatiya va bachadon poliplarini oldini olish uchun vositalar ro’yxatidan joy egallaydi.

Ozish uchun parhezda uni faqat och qoringa iste’mol qilish kerak. Bu holda uning foydali tomoni — past kaloriya saqlagan holda oziq moddalariga boyligi. Bitta bedana tuxumining energetik qiymati o’rtacha 15 kkal`ni tashkil etadi.

Erkaklar uchun

Bedana tuxumlari «erkaklar uchun mahsulot» guruhiga kiradi. Mahsulot normal erektil funktsiya uchun zarur bo’lgan oqsil va aminokislotalarga boy.

Tuxumlar erkaklarning chidamliligini oshiradi. Lesitin xolesteringa qon tomirlarida tiqilib qolishga to’sqinlik qiladi, shuning uchun erkak jinsiy a’zolarida qon oqimi yaxshilanadi va jinsiy ehtiros tezroq uyg’onadi.

Bu mahsulotning erkaklar uchun foydasini birinchi bo’lib nemis olimlari sezishgan. Germaniyada erkaklar an’anaviy ravishda nonushta qilish uchun 3-4 ta tuxum iste’mol qilishadi. Nemislar impotentsiyadan kamroq aziyat chekadi va keksa yoshgacha jinsiy salomatlikni saqlab qolishadi.

Homiladorlar uchun

Homilador ayol injiqlik, hafachanlik va kutilmaganliklar bilan ajralib turadi. Bunday xatti-harakatlar vaziyatni suiiste’mol qilish emas, balki B guruhi vitaminlarining yetishmasligi natijasi hisoblanadi. Bedana tuxumi B vitaminiga boy bo’lib, muntazam ravishda iste’mol qilinganda ayolning hissiy holatini me’yorlashtiradi.

Foliy kislotasi embrionning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, rivojlanayotgan organizmda a’zolarning to’g’ri joylashishiga yordam beradi. Bu homila tushishi xavfini pasaytiradi va bachadon tonusini bartaraf etadi.

Anemiya homilador ayollarda yana bir keng tarqalgan holatdir. Bedana tuxumi gemoglobin miqdorini oshiradi va bu muammolarni oldini oladi, chunki u temirga boy hisoblanadi.

Bolalar uchun

Har bir yapon o’quvchining nonushtasida bedona tuxumi mavjud. Mahsulot bolalar asab tizimini mustahkamlaydi va aqliy qobiliyatini oshiradi.

Ta’sirchanlikni bartaraf qilish

Mahsulotning bolalar uchun foydasi — glitsin mavjudligida. Bola organizmida hayotiy jarayonlar tufayli fenollar hosil bo’ladi. Agar bu moddalar organizmdan chiqarilmasa, ular to’planib, bola injiq bo’lib qoladi. Aminosirka kislotasi — glitsinning uchun boshqa nomlanishi, fenollarni bog’laydi va ularni organizmdan chiqaradi. Glitsin orqa miya nerv oxirlari va bosh miyaning normal ishlashi uchun zarur.

Tarqoqlikdan xalos etadi

Tuxumning sarig’ida asab tizimini mustahkamlovchi aminokislota — tirozin mavjud. Tirozinsiz, bola darslarni o’zlashtirishda qiynaladi, uyquchan, tarqoq bo’lib qoladi, tez charchaydi.

Ko’z nurini yaxshilaydi

Vitamin A ko’rish o’tkirligini oshiradi, kaltsiy suyaklarni mustahkamlaydi. Hafta davomida bir nechta tuxum iste’mol qilib turish — immunitet zaifligi va tez-tez shamollashlarga qarshi yordam beradi.

Zararlari va qarshi ko’rsatmalar

Quyidagi muammolari bo’lgan shaxslar bu mahsulotni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak:

Tovuq tuxumlarida bo’lgani kabi, bedana tuxumida ham allergen hisoblanmish oqsil — ovomukoid mavjud. Agar bolada tovuq tuxumlariga allergiya bo’lsa, bu tuxum turi muqobil variant bo’lolmaydi.

Salmonellyoz bilan hech qachon zararlanmasligi tufayli, xom bedana tuxumidan zararlanish mumkin emas degan tushuncha mavjud. Bu qisman to’g’ri. Bedanalar tovuqlarga qaraganda infektsiyaga kamroq moyil bo’lishadi, lekin agar qushlar tor kataklarda yoki antisanitariya sharoitlarda saqlansa, ular infektsiyadan qochib qutula olishmaydi.

Shubhali kelib chiqishi shubhali bo’lgan tuxumlarni qaynatib iste’mol qilgan afzal.

Mahsulotdan eskirga bo’lsa ham ziyon yetkazishi mumkin. Tuxumning maksimal yaroqlik muddati — 10 °C da saqlansa, 60 kun. Ushbu talabni do’kon tomonidan amal qilinganmi — bilib olish qiyin, shu sababli ularni ishlab chiqarilgan kundan boshlab 7 kun ichida sotib olish yaxshiroq.

Erkak va ayollar uchun bedana tuxumining zarari haddan tashqari iste’mol qilinganda namoyon bo’ladi: mahsulotdagi yuqori oqsil miqdori buyraklarga yuk tushiradi. Ko’p miqdorda oqsil organizmda to’planib qoladi va hazm bo’lmaydi. Bu oqsilli parhezda bo’lgan va tuxumni zararsiz mahsulot deb hisoblaydigan shaxslar tomonidan hisobga olinishi kerak.

Kunlik iste’mol me’yori

Bir kunda ushbu mahsulotni qancha iste’mol qilish mumkinligi yosh, jins va kattalar va bolalarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq:

  • Ayollar — yoshlikni saqlash uchun 1-2 ta;
  • Erkaklar — jinsiy funktsiya buzilishining oldini olish uchun — 1 ta, davolanish uchun — 2-3 ta;
  • Homilador ayollar — 2-3 ta qaynatilgan holda;
  • Maktabgacha yoshdagi bolalar — 1 ta;
  • Maktab o’quvchilari — 2-3 ta.

Maksimal doza — kuniga 6 ta. Bunday miqdorda mahsulot har kuni ham emas va faqat kattalar tomonidan iste’mol qilinishi mumkin.

Qanday qilib tayyorlash kerak

Ideal holda, bedana tuxumlari xomligicha och qoringa iste’mol qilinadi, lekin kelib chiqishni shubhali bo’lsa, mahsulotga issiqlik bilan ishlov berish yaxshiroq.

Bunday tuxumlar 1-2 daqiqa qaynatilganda tayyor bo’ladi, yaxshilab pishishi uchun esa 5 daqiqa. Bundan ortiq vaqt davomida pishirish tavsiya etilmaydi, aks holda foydali moddalar va aminokislotalar o’z xususiyatlarini yo’qotadi.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.