Homiladorlik davrida jinsiy aloqa qilish mumkinmi: maslahatlar, foyda va qarshi ko’rsatmalari

Jinsiy aloqa qilmasdan farzandli bo’lish imkonsizdir. Ammo homiladorlik boshlanishi bilan bo’lajak ota-onalarda homiladorlik davrida jinsiy aloqa qilish mumkinligi to’g’risida ko’plab savollar paydo bo’ladi. Kimdir uni vaqtincha to’xtatish kerak deb hisoblaydi: qanaqa jinsiy aloqa, «u yerda» odam rivojlanayotgan bo’lsa axir? Va kimdir, aksincha, jinsiy yaqinliksiz sezilarli noqulayliklarni boshdan kechiradi. Maqolada homiladorlik paytida jinsiy aloqa bilan bog’liq eng tez-tez so’raladigan savollarga javob beriladi.

Homiladorlik davrida jinsiy aloqa qilish mumkinmi?

Homiladorlik paytida jinsiy aloqa qilish mumkinmi? Qachon bu qarshi ko’rsatiladi?

Agar homiladorlik yaxshi kechayotgan bo’lsa, uning uzilishi yoki boshqa asoratlarni keltirib chiqaruvchi xavflar bo’lmasa, juftliklar hatto to tug’ruqqacha jinsiy aloqada bo’lishlari mumkin. Agar oldingi homiladorlik sokin o’tmagan bo’lsa, tushib qolish yoki erta tug’ilish xavfi mavjud bo’lgan bo’lsa, unda muammo yuzaga kelgan muddatlarda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Bundan tashqari, homiladorlikning dastlabki uch oyida, oldingi hayz ko’rish kunlarida jinsiy aloqa qilishda ehtiyot bo’lish yoki undan vaqtincha saqlanib turish kerak. Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish taqiqlanadi, agarda:

  • Abort xavfi bo’lsa;
  • Istmiko-tservikal yetishmovchilik (bachadon bo’yni noloyiqligi, u erta ochilishi mumkin);
  • Ko’p homilali homiladorlik;
  • Homila pufagining yorilishi;
  • Amniotik suyuqlik oqishi yoki uning to’kilishi;
  • Platsentaning qisman yoki to’liq bachadonnning pastki segmentida joylashuvi;
  • Infektsion kasalliklar.

Hamma homilador ayollar ham jinsiy aloqa qilishni xohlaydilarmi?

Qancha odamlar bo’lsa, shuncha turli fikr va xohishlar, shuning uchun kimdir istaydi, kimdir yo’q. Ba’zi erkaklar sevimli juftining tanasi bilan sodir bo’lgan o’zgarishlarni juda ehtirosli deb hisoblaydi. Boshqalar o’z juftining ichida chaqaloq qanday o’sayotganini ko’rib, bir muddat jinsiy aloqa qilish istagini yo’qotadi. Va ularni ayblashga hojat yo’q: ular yaxshilikni ko’zlaydi va bolaga zarar yetkazishdan qo’rqadilar. Bu holatdan chiqish yo’li er bilan ochiqchasiga gaplashib, jinsiy aloqa chaqaloqqa zarar yetkazmasligini unga tushuntirishdir.

Ayollarning o’zlari ham tanadagi o’zgarishlarga turlicha munosabatda bo’lishadi: homiladorlikni osonlik bilan qarshi oladilar yoki ba’zi noqulayliklarga duch kelishadi. Bu jinsiy aloqaga bo’lgan munosabatga ham bog’liq bo’ladi: ba’zilari bunga tayyor, kimdir esa bu haqida hatto o’ylay ham olmaydi. Har ikkisi ham normal holatdir.

Jinsiy aloqa vaqtida erkak homilaga hech qanday ziyon yetkaza olmaydi, chunki bola yo’ldosh, amniotik suyuqlik va bachadon bilan ishonchli himoyalangan, qin tomonidan esa bachadon bo’yni shilliq tiqin bilan yopilgan.

Jinsiy yaqinlik erta (muddatidan oldin) tug’ishga olib kelishi mumkinmi?

BIr vaqtlar jinsiy aloqadan homiladorlikning butun davomida saqlanish kerak deb hisoblanardi, keyinchalik bu taqiq biroz kamaydi: homiladorlik davirda jinsiy aloqa qilish faqat tug’ruqqa 6 hafta qolguncha tavsiya etilardi. Bugungi kunda bunday cheklanishlar butunlay olib tashlandi: shifokorlar homiladorlik paytida jinsiy aloqa zararsiz deb hisoblashadi — agar homiladorlik «mustahkam» bo’lsa va xavf ostida qolmasa, albatta.

Homiladorlik davrida jinsiy aloqa noqulaylikka olib kelishi mumkinmi?

Mumkin, va bu normal holat. Noqulaylik odatda homiladorlik natijasida ayolning tanasida sodir bo’lgan o’zgarishlarga tufayli yuzaga keladi. Masalan, bolaning boshi kichik tos a’zolariga bosim o’tkazadi, bachadonning boylamlari tortiladi, bu hatto tinchlik holatida ham og’riqqa sabab bo’lishi mumkin, jinsiy aloqada esa yanada ehtimolliroq. Ko’krak ham juda sezgir bo’lib qoladi (homiladorlikning boshidan boshlab), va hatto yengil silash ham ayollarga yoqmasligi mumkin. Yana o’sayotgan bachadon ichak va qovuqqa bosim o’tkazadi — ayol tanasining to’qimalari har qanday ta’sirga nisbatan sezgir bo’lib qoladi — shuning uchun noqulaylik yuzaga keladi. Huddi shuni pozalar haqida ham aytish mumkin: agar ilgari er-xotin har qanday holatda jinsiy aloqa qila olishgan bo’lsa, endida bunga o’sayotgan qorin to’sqinlik qiladi. Shuning uchun, endi ayol erkakning emas, balki o’zining istaklarini tinglashi kerak. Va agar ayol jinsiy aloqa qilishni xohlasa, unda buni taqiqlash uchun hech qanday sabab yo’q. Va agar istamasa — bu mavzu bo’yicha hech qanday savol bo’lmasligi kerak.

Nima uchun bo’lajak onalarda ko’pincha jinsiy istaklar o’zgaradi?

Homiladorlik paytida ayolning jinsiy xohishini oldindan aytib bo’lmaydi. Gormonlardagi o’zgarishlarga bog’liq holda u pasayishi yoki ortishi mumkin. Albatta, homilador ayolning jinsiy xatti-harakatlari asosan jinsiy hayotning avvalgi faolligi, jinsiy hayotning xususiyatlari, jinsiy hamrohning xatti-harakatlari bilan belgilanadi. Xalqolna irimlarga ko’ra esa, agar ayol o’g’il farzand kutayotgan bo’lsa, uning jinsiy xohishi yuqori bo’ladi (ehtimol «erkak» gormonlari ko’pligi sababli) va agar u qiz farzand kutayotgan bo’lsa, past bo’ladi.
O’g’il farzand ko’rish to’g’risida batafsil→
Qiz farzand ko’rish to’g’risida batafsil→

Tibbiyot nuqtai nazaridan homiladorlik davrida ayol jinsiy gormonlari — estrogenlar odatdagidan ko’proq ishlab chiqariladi. Aynan shu gormonlar darajasining ortishi ayolni iliqlik, mehr-muhabbat, erkalashlarni izlashga undaydi, shuning uchun bo’lajak onalarning shahvoniy istagi tez-tez ko’tarilib, rang-barang erotik tushlarni ko’radi.

Homiladorlikning birinchi trimesterida toksikoz, ba’zi hidlarni yoqtirmaslik, ta’mga bo’lgan afzallik o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bundan tashqari, ko’pincha dastlabki haftalarda ayollar ko’proq hissiyotlarga ega bo’lib, ko’p hollarda kundalik turmush vaziyatlariga ham noodatiy javob beradilar. Ayni paytda bo’lajak onaning jinsiy istagi ko’pincha kamayadi.

Jinsiy aloqada orgazm haqiqiy to’lg’oqqa sabab bo’lishi mumkinmi?

Haqiqatan ham, ilgari orgazm bachadon qisqarishini rag’batlantirish va erta tug’ruqqa sabab bo’lishi mumkin deb hisoblanardi. Ammo endi bachadon, uning bo’yni va homila tug’ruqqa tayyor bo’lmagan bo’lsa, u holda orgazm paytida bachadon qisqarishlari hech qanday tarzda homiladorlik holatiga ta’sir qilmaydi. Orgazm erta to’lg’oq boshlanishiga olib kelmaydi.

Nima uchun «o’tib ketgan» homiladorlikda jinsiy aloqa tug’ruqning «tabiiy stimulyatori» sifatida tavsiya etilgan?

Agar bachadon va homila tug’ruqqa tayyor bo’lishsa va tug’ilish muddati kelib bo’lgan yoki o’tib ketgan bo’lsa, shifokorlar bo’lajak ota-onalarga bolani tug’ilishini rag’batlantirish uchun jinsiy aloqa qilishni maslahat berishadi. Va muhimi — prezervativsiz . Darhaqiqat, spermada bachadon bo’yni yetilishi uchun zarur bo’lgan maxsus moddalar — prostaglandinlar mavjud. Tug’ruqxonada bachadon bo’yni tug’ish uchun tayyor bo’lmagan ayollarga shifokorlar sun’iy ravishda gel shaklidagi prostaglandinlar kiritadi. Ammo tabiiy usul shunga o’xshash ta’sirni keltirib chiqaradi: bachadon bo’yni yumshaydi va biroz ochiladi. Ushbu usul faqat ikki holatda qarshi ko’rsatmaga ega: agar sherikning jinsiy infektsiyasi yo’qligiga ishonch bo’lmasa yoki homila pufagining yorilishi va suyuqlikning chiqishi sodir bo’lib bo’lgan bo’lsa.

Homiladorlik davrida jinsiy aloqada bo’lish uchun «taqiqlangan» pozalar bormi?

Agar ayol chaqancha yotgan bo’lsa, pastki kovak vena siqilishi sindromi rivojlanishi mumkin (chunki o’sayotgan bachadon shu tomirga bosim o’tkazadi): ona va bolada kislorod ochligi yuz beradi. Tizza-tirsak holati ham umurtqaga yuk tushishi sababli unchalik qulay emas.»Yuqoridan kelgan ayol» holati ba’zan bo’lajak onadan jiddiy jismoniy harakatlarni talab qiladi. Shuning uchun, jinsiy aloqada pozalar ayolga jismoniy yuk tushirmasligi, avaylovchi va qoringa bosim o’tkazmaydigan bo’lishi kerak. Optimal jinsiy aloqa turlari — yonboshcha holat (hamrohga yuz yoki orqa bilan), o’tirgan, ikki darajada (ayol yotoq chetida yotadi, hamrohi uning oldida tizzada o’tiradi).

Homiladorlikning ikkinchi trimesteri — jinsiy gullash davri hisoblanadi. Organizm, hatto onaning ongi ham yangi holatga o’rganib bo’lgan, toksikoz o’tib ketgan va qorin hali noqulaylik tug’dirmaydi. Ko’plab bo’lajak onalar ushbu davrni jinsiy munosabatlar nuqtai nazaridan eng yorqin deb hisoblashadi.

Homiladorlik paytida jinsiy aloqada bo’lishning psixologik foydalari bormi?

Sevimli kishi — bolaning otasi bilan yaqinlikda bo’lish, ayol uchun qulay gormonal fonni saqlab qolishga yordam beradi. Agar bo’lajak ona sevikli ekanligi tasdig’ini ko’rsa, bu unga ruhiy tasalli ham beradi. O’z navbatida ijobiy his-tuyg’ular homiladorlik paytida va tug’ruq jarayonidagi bezovtaliklarni yengishga yordam beradi. Umuman olganda, homilador ayollar uchun jinsiy aloqa yaxshi kayfiyat va farovonlik manbai hisoblanadi.

Jismoniy nuqtai nazardan jinsiy aloqa homiladorlik davrida foydalimi?

Homiladorlik davrida jinsiy hayot fiziologik o’zgarishlar tufayli (tosga qon oqimi oshadi, qin torayib boradi, klitor kattalashadi), ayollar «sifatli», yorqin orgazmga erishishi va ko’proq lazzat olish imkoniyatiga ega. Va qanchalik noodatiy eshitilmasin, jinsiy aloqa oraliqni tug’ruqqa tayyorlaydi. To’qimalar kerakli moslashuvchanlikni oladi va tug’ruq yoriqsiz yoki uzilishlarsiz o’tadi.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.