Gemorroy — kelib chiqish sabablari, belgilari va davolash usullari

Gemorroy (bavosil) — anal teshigi venalari kasalligi bo’lib, gemorroidal tugunlar kattalashishi, pastga siljishi yoki tashqariga chiqib qolishi bilan kechadi, shuningdek, tromboz hosil bo’lib, qon ketishi kuzatiladi. Gemorroy davosi mavjud kasallikdir, shuning uchun havotirga hojat yo’q.

Gemorroy kasalligi haqida ma'lumotlar - rasmda vanna qilayotgan bemor va kasallik alomatlari

Gemorroy kelib chiqishi sabablari

Kasallikka moyillik nasldan-naslga o’tishi mumkin, lekin bunday holatda ham keltirib chiqaruvchi omillar ta’sirisiz kasallik o’zini namoyon qilmaydi. Bavosilni keltirib chiqaruvchi va uning rivojlanishiga turtki bo’luvchi omillarga quyidagilar kiradi:

  • O’troq kasb turi;
  • Semizlik;
  • Irsiy moyillik;
  • Kamharakat turmush tarzi (gipodinamiya) yoki kamharakatlik bilan bog’liq ish;
  • Mushaklarning haddan ortiq kuchanishi bilan bog’liq faoliyat (katta jismoniy zo’riqishlar);
  • Stress;
  • Tez-tez ichak faoliyatining buzilishi (qabziyat);
  • Infektisya tushishi;
  • Ichak va jigarda yallig’lanish va onkologik jarayonlar;
  • Noto’g’ri ovqatlanish;
  • Chekish.

Gemorroy alomatlari va belgilari

Aksariyat hollarda mazkur kasallik bosqichma-bosqich rivojlanadi. Dastlab bemorda orqa chiqarish teshigi atrofida biroz noqulaylik, og’irlik va qichishish hissi seziladi, ba’zan og’riq va qabziyat qayd etilishi mumkin. Bu hissiyotlar achchiq taomlar, alkogolli ichimliklar iste’moli, ba’zan jismoniy zo’riqishdan keyin kuchayadi.

Kasallikka og’riq sindromi, gemorroidal qon ketish, gemorroidal tugunlarning chiqib qolishi hamrohlik qiladi. Odatiy hollarda qon ketish defakatsiya jarayoni vaqtida yoki undan keyin yuzaga keladi. Qonning rangi qizg’ish bo’ladi, biroq, ba’zi hollarda to’q rangli va quyqalar bilan bo’lishi ham mumkin. Tez-tez qon ketishlar natijasida kamqonlik rivojlanadi.

Gemorroyda tugunlar orqa chiqarish teshigi ichida (ichki — bemorga ko’rinmaydi) va tashqi bo’ladi. Ba’zi hollarda bemorda bir vaqtning o’zida ham tashqi, ham ichki gemorroy kuzatilishi mumkin.

Gemorroidal tugunlarning anal teshigidan chiqib qolishi ko’pincha bosqichma-bosqich rivojlanadi. Dastlab faqat defakatsiya vaqtida chiqsa, keyinchalik kuchanish, og’irliklar ko’tarish, yo’tal, aksa urish vaqtida ham bu hol kuzatila boshlaydi. Dastlabki bosqichlarda tugunlar osonlikcha joyiga qaytariladi, keyinchalik esa doimiy ravishda anal kanali tashqarisida joylashadi.

Gemorroyning har qanday bosqichida tugunlarning nekrozi va trombozi rivojlanishi mumkin, bu klinik tasvirning og’irlashishiga sabab bo’ladi.

Rivojlanish bosqichlari

  • 1-bosqichda orqa chiqarish teshigida gemorroy tugunlarini sezish mumkin, ular qonashi mumkin, ko’p hollarda og’rimaydi.
  • 2-bosqichda tugunlar hojat chiqarish vaqtida tashqariga chiqishi kuzatiladi, lekin biroz vaqtdan keyin o’z joyiga qaytadi.
  • 3-bosqichda bavosil tugunlari har qanday zo’riqishli jismoniy harakat vaqtida tushadi va tugunlar endi o’zi joyiga qaytmaydi, qo’llar yordamida joyiga tushiriladi.
  • 4-bosqichda bavosil tugunlari doimo orqa chiqarish teshigidan chiqib turadi va joyiga qaytmaydi, ko’pincha qon ketishi mumkin, tromboz rivojlanadi. Tugunlar shikastlanishi, og’riq, orqa chiqarish teshigida shish chaqirishi mumkin, bunday hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Tashxislash

Tashxis qo’yish uchun malakali shifokorga palpatsiya (qo’l yordamida tekshirish) qilish yetarli, lekin ba’zi hollarda UT tekshiruv, anaskopiya yoki rektoskopiya buyurilishi mumkin.

Gemorroyni boshqa xavfli kasalliklar bilan adashtirmaslik kerak. Axlatda qon uchrashi masalan, nafaqat gemorroy alomati, balki ichak o’smalari (saraton), anal teshigi yorig’i, kolit, poliplar, kandilomalar alomati bo’lishi mumkin. Gemorroy kasalligi haqida tashxisni faqat shifokor qo’yishi mumkin.

To'gri ichakning ichki tuzilishi - gemorroy kasalligida anus yaqinidagi venalar kengayishi va bavosil tugunlari kattalashishi kuzatiladi

Gemorroyni davolash

Gemorroyni dastlabki bosqichlarida (birinchi va ikkinchi) konservativ davolashadi: defakatsiya (hojat chiqarish) tartibga solinadi, najasning zichlik darajasi normal bo’lishi ta’minlanadi, parhezga amal qilinadi, ko’proq lavlagi, sabzi, anjir, o’rik, o’tlar, zig’ir, bug’doy kepagi, agiolaks, fayberlaks kabilar buyuriladi. Bemorlar ko’proq meva va sabzavot sharbatlari, shu jumladan, suyuqliklar ichishi kerak.

Gemorroyni erta bosqichlarida gimnastika mashqlari, hammomlar, og’riq qoldiruvchi shamlar yordam beradi.

Kasallikni davolash asosini flebotrop preparatlar tashkil qiladi. Ular mahalliy venalarni tonusini oshirish va kavernoz organlarda qon oqimi va aylanishini normallashtirishga yordam beradi. Bemorga malhamlar, shamchalar shaklidagi preparatlar buyuriladi.

Keyingi bosqichlarida jarrohlik aralashuvi amalga oshiriladi. Bu bosqichlarda gemorroydan faqat jarrohlikdan keyingina to’liq qutulish imkoni bo’ladi. Jarrohlik aralashuvi kishi yuragiga vahima solsa ham, bu samarali usul hisoblanadi va kasallikning qaytalanish ehtimoli minimal bo’ladi.

Gemorroyni xalq tabobati yoramida davolash

Kasallikni bunday yo’l bilan davolashni yordamchi usul sifatida qo’llasa bo’ladi, lekin ular asosiy davolash o’rnini bosa olmaydi. Xalq tabobati vositalari bavosil belgilarini yengillashtirishi mumkin, lekin kasallikning sababi yo’qotilmaydi va ular tarkibidagi faol moddalar farmakologik preparatlarga qaraganda ancha kam bo’ladi.

Bunday vositalar juda erta bosqichlarida foyda berishi mumkin, lekin biroz vaqt o’tgach, kasallik yana qaytalanishi ehtimoli yuqori bo’ladi.

Gemorroyni uy sharoitida davolash uchun xalq tabobati

Dastavval bemor gemorroy borligiga ishonch hosil qilishi kerak. Shuning uchun birinchi navbatda proktologga murojaat qilishi talab etiladi.

Shamlar:

  1. Og’riq va yallig’lanishda xom kartoshkadan qilingan sham yordam beradi. Shamni o’tkir burchaklarsiz holda, barmoq hajmida qilish kerak. Lozim bo’lsa kungaboqar yog’i bilan yog’lanishi mumkin. Sham bilan kun davomida yurish mumkin, harakatga halaqit bermaydi va defakatsiya vaqtida o’zi chiqib ketadi. Bu avj olgan kasallik belgilarini susaytirishda yordam beradi, lekin jarayon 10 kun davomida amalga oshirilishi lozim. Zarur bo’lsa, 1-2 oydan keyin davolashni takrorlang.
  2. Muzdan shamlar ham gemorroyni alomatlarini oldini olishda yordam beradi. Tibbiy qo’lqopining barmoq qismiga suv to’ldiring va muzlatgichga qo’ying, so’ng shamdan erib ketguniga qadar foydalaning. Ikki oydan keyin og’riq va qonash bezovta qilishi to’xtatiladi.

Gemorroyga qarshi uy sharoitida malham tayyorlash

Og’riq qoldiruvchi malham:

  • Xom lavlagi yoki sabzi qirg’ichdan o’tkaziladi;
  • Chetan mevasi ezilib qo’shiladi;
  • 4 qism sariyog ‘yoki vazelin bilan aralashtiriladi;
  • Doka yordamida kerakli joyga qo’yiladi.

Yallig’lanishga qarshi malham:

  • 1 qism asal mumiga 4 qism kungaboqar yog’i va biroz ezilgan piyoz qo’shiladi;
  • Tashqi qo’llanilish uchun foydalaniladi.

Klizma tayyorlash

  • 4 osh qoshiq shuvoq o’simligini 1 litr suvda 6-7 daqiqa davomida qaynatiladi. Keyin 5-6 soat tindirishga qo’yilib, har kech shu yordamida lavlagi sharbati bilan galma-gal klizma qilinadi. Bu klizma shishni oldini olishda yaxshi samara beradi.
  • Xom kartoshka maydalab 1 osh qoshiq sharbati va 50 ml suvni aralashtirib ignasiz shprits yordamida klizma qilinadi. Klizma og’riq qoldiruvchi sifatida va yallig’lanishga qarshi samarali hisoblanadi.

Qabul qilish uchun vositalar

  • Har kuni 0,5 stakan hom karoshka sharbatini iste’mol qilish.
  • 4:2 nisbatda sabzi va ismaloq sharbatlari aralashmasi ovqatdan oldin 2-3 osh qoshiqdan ichish.
  • Qovun sharbati ham ich qotishga qarshi yaxshi samara beradi.
  • Xalq tabobati qon ketishini oldini olish uchun tuzlangan karamni me’yorida qabul qilishni tavsiya etadi.

Dunyo xalqlari tabobati

  • Sibir tabiblari har qanday gemorroyni zuluklar yordamida davolashgan. Zuluk qonga to’ygach o’zi tushib ketadi, gemorroy esa qurib yo’qoladi. Shifokor bilan maslahatlashgan holda qo’llash tavsiya etiladi.
  • Rus tabiblari piyoz po’stlogidan gemorroyga qarshi foydalanishgan. Tog’oraga piyoz po’stlog’i solinib ustidan qaynoq suv solinadi, biroz sovigach, bavosil vanna qilinadi va toki suv sovigancha o’tiriladi.
    Gemorroyni uy sharoitida davolash→

Yodda tuting! Tashxisni va davolash kursini proktolog shifokor buyurishi kerak, noto’g’ri tutilgan ish vaziyatni yomonlashtirishi mumkin.

Kasallikni oldini olish

Gemorroning rivojlanishi yoki xuruj olishini oldini olish osonroq. Buning uchun axlat yumshoq bo’lishi, bemorni qabziyat qiynamasligi kerak, shu sababli:

  • Ko’proq kletchatkaga boy mahsulotlar — meva, sabzavot va donli bo’tqalar iste’mol qilish;
  • Ko’proq suyuqlik iste’mol qilish;
  • Defakatsiya jarayonida haddan ortiq kuchanmaslik;
  • O’z vaqtida hojatxonaga borish;
  • Yengil jismoniy mashqlar bajarish;
  • Uzoq muddat harakatsizlikdan saqlanish kerak.

Reklama

Ushbu mazvuda 20 ta fikr qoldirilgan

  1. Salom. Menda ichki gemaroy 3 yilcha bo’ldi boshlanganiga, xozir 3- bosqich adashmasam xojatga borganimda qon ketyabdi shishlar chiqib qolyabdi birqancha xalq tabobatidan foydalanib ko’rdim nafi yo’q. Yaqinda krem [hidden] bilan tanishdim bu kremni foydasi bormi yoki faqat operatsiya qilish kerakmi iltimos yordamilarni ayamang.

    1. Har qanday krem yoki boshqa vositalarni mustaqil qo’llash tavsiya etilmaydi, avval shifokorga uchrashing, operatsiya o’tkazish masalasi ham ko’rikdan keyin ko’rib chiqiladi. Xalq tabobati davolanish davomida alomatlarni yengillashtirish va tuzalishni tezlashtirish uchun ishlatiladi, asosiy terapiya sifatida yaxshi samara bermaydi.

      1. Gemaroydan xalq tabobati usuli bilan butunlay qutilish mumkinmi

        1. Kasallikning darajasiga qarab. Yengil darajalarda shifokor tavsiyasiga ko’ra asosiy terapiyaga qo’shimcha sifatida bunday usullarni qo’llash samara berishi mumkin, og’ir (3-4) darajalarda jarrohlik eng samarali usul hisoblanadi, bu holda mahalliy terapiya kasallikni butunlay yo’q qilishga qodir emas.

    2. хайрулла хайруллаев:

      Aka gemaroyni faqat aperatsiya qilib yo’qotsa buladi hich qanaqa krem malham yordam bermaydi

  2. Salom. Mening orqa chiqarish teshigimda ba‘zi oq tugunlarini borligini sezdim, ular qonamaydi, ba‘zi hollarda qichishadi. Nima ular gemaroyning boshlanish sabablarimi? Agar shunday qanaqa doktor tekshiradi.

    1. Ehtimol gemorroy bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ideal variantda proktolog shifokorga murojaat qilish kerak, lekin barcha shifoxonalarda bu soha vakillari bo’lmasligi inobatga olinsa, terapevt yoki jarrohga uchrashish ham mumkin.

      1. Assalomu alaykum meni orqa chiqarish teshigimda ozgina qichishish va ozgina achishish kuzatilyapti. Keyin axlatim chiqqanida ozgina qonaydi bu gemorroydan darak emasmi judayam qo’rqib ketyapman. Ozish uchun 2 oy hech narsa yemay faqat Cola ichimliklar va shokoladlar yeb yurgandim xozir esa to’g’ri ovqatlanishga o’tdim balki shungadir iltimos nima qilsam bo’ladi

        1. Birinchidan, ozish hamda Kola va shirinliklar tushunchasi umuman bir-biriga yot narsalar. Ulardagi yuqori uglevod miqdori vazn tashlashga hech ham yordam bermaydi, aksincha salomatlikka ziyon yetkazadi. Shunga qaramay, gemorroyga faqatgina noto’g’ri ovqatlanishning o’zi olib kelmaydi, kasbingizga ko’ra uzoq muddat o’tirib ishlashga va kam harakatlanishga majbur bo’lsangiz, bu holda gemorroydan shubha qilish mumkin. Biroq sub’yektiv hissiyotlarni inobatga olib kasallikni tashxislab bo’lmasligi sabab, albatta shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

  3. Aperatsiya yomon og’ritmaydimi narkoz berib qisa buladimi

    1. Yo’q, operatsiya anesteziya ostida amalga oshiriladi va bemor umuman og’riq sezmaydi, garchi tortilish sifatida biroz noqulayliklar his etilishi mumkin. Operatsiyadan keyin 2 haftagacha bog’lamni almashtirish uchun kasalxonaga qatnab turish kerak bo’ladi. 3-4 haftaga borib ishga chiqish mumkin. Operatsiya joyi tezroq tuzalishi uchun malhamlar, shamchalar va vannalar talab etilishi mumkin. Shifokor operatsiyadan keyin barafsil ko’rsatma beradi.

  4. Anestiziya ostida debsiz u nima? Narkozmi yoki boshqa narsami? Operatsiya paytida odam uyg’oq buladimi ?

    1. Anesteziya — og’riqsizlantirish. Operatsiya umumiy narkoz ostida o’tkaziladi, ya’ni siz hech narsani sezmaysiz. Davomiyligi 30-40 daqiqagacha bo’ladi. Boshqa savollarni bevosita jarrohning o’zidan so’rab aniqlashtirishingiz mumkin.

  5. Operatsiya umuman qorqinchlimas, narkoz tarqagandan kn hamma narsa bowlanarkan.

  6. Hayrli kun!
    Najaz vaqti har doim suyuq och qizil qon keladi suvdek. Bazida haftalab najaz kelmaydi. Doimiy tugun paydo bulgan. Uzi yordamida tekshirsa buladimi sabini???

    1. Ogrimay qolgan paytlardaxam aperatsiya qilsa buladimi

  7. Salom faqat proktolgga uchrashish kerakmi yo xerurgga uchrashsa xam buladimi

    1. Salom, xirurg yordami doim ham kerak bo’lmasligi sababli dastlab proktologga uchrasish kerak, konservativ davolash usullari yordam bermagan hollarda xirurgik aralashuvi amalga oshiriladi, har holda proktolog xirurgga yo’llanma berishi mumkin.

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.