Yuz parvarishi — qoidalari, maslahatlar, parvarishlash sirlari, uy sharoitidagi amallar

Kosmetologiya amaliyotida ko’pincha bir narsa uchraydi, ko’p ayollar yuz parvarishi uchun odatiy bo’lgan kundalik tartib-qoidalarda xatoliklarga yo’l qo’yishadi va e’tiborli jihati shundaki, ular bu muolajalar to’g’ri amalga oshirilmoqda degan fikrda.

Ammo yuz terisi bizga tabiat tomonidan berilgan ko’ylakka o’xshaydi. Hayot davomida yagona hisoblanadigan. Parvarishlanmagan terini tashlab yuborib yoki yangisiga almashtirib bo’lmaydi. Va faqat yuzni to’g’ri parvarishlash yordamida ko’p yillar davomida uning go’zalligini saqlab qolsa bo’ladi.

Ushbu maqolada uy sharoitida yuz parvarishining asosiy qoidalari va bosqichlari haqida so’z yuritiladi. Ushbu yuz terisi parvarishi qoidalari va mini-dasturi terining yoshi va turidan qat’i nazar har bir kishi uchun mos keladi. Individual tarzda faqat kosmetik mahsulotlar tanlanadi.

Yuzni to’g’ri parvarish qilish

2 asosiy qoidaga rioya qilish kerak:

1. Muntazamlik

Asosiy yuz terisi parvarishi har kuni ertalab va kechqurun o’tkazilishi kerak. Bu 3 daqiqadan ortiq davom etmaydi va tishlarni yuvish kabi odatlarga kirishi kerak.

2. Kosmetikani qo’llashning to’g’ri texnikasi

Barcha kosmetik vositalari faqat massaj chiziqlari bo’ylab qo’llanilishi kerak, bu chiziqlar terining eng kam cho’zilish nuqtalaridir. Aks holda, teringizni kundan-kunga cho’zib yuboraverasiz va erta ajinlar paydo bo’lishiga sababchi bo’lasiz.

  • Barcha kosmetika vositalari barmoq bolishchalari bilan surtilishi kerak — terini ustiga bosmasdan va terini cho’zmasdan.
  • Bilak bo’sh qo’yilishi kerak va barmoq bolishchalari terining yuzasi bo’ylab huddiki silliq sijigandek harakatlanishi kerak.
  • Agar krem ​​juda quyuq yoki teri juda nozik bo’lsa, masalan, ko’z atrofida, kremni yengil urib chiqish harakatlari bilan surtish mumkin. Buni nomsiz barmoq bilan bajarish tavsiya etiladi, chunki u eng zaif va terini kuchli bosish qiyinroq.

Yuzning asosiy massaj chiziqlarini eslab qolish qiyin emas — deyarli barchasi yuzning markazidan chetki tomonlari bo’ylab joylashgan. Faqat ko’zning ostidagi sohada aksincha — ko’zning tashqi burchagidan ichkariga qarata. Bo’yinning old yuzasida kosmetik mahsulotlar pastdan yuqoriga, yon tomonlarida tomondan esa yuqoridan pastga qarata qo’llaniladi.

Yuz parvarishi - yuzning massaj chiziqlari
Yuzning massaj chiziqlari

Bo’yin terisini huddi yuzni parvarish qilish kabi zarurdir, chunki bu sohada teri yanada nozikroq, u yomonroq oziqlanadi, demak yuzga nisbatan ertaroq qariydi va elastikligini yo’qotadi.

Ushbu ikkita qoida — muntazamlik va to’g’ri qo’llanilishi — kosmetikaning markasi va qiymatiga qaraganda ancha muhimroqdir.

Uy sharoitida yuz parvarishi dasturi

Endi esa yuzni parvarishlashni minimal kundalik dasturiga to’xtalib o’tamiz. U faqat uch bosqichni o’z ichiga oladi.

1. Terini tozalash

Terini ertalab va kechqurun tozalash kerak. Ertalab hujayralarning hayot faoliyati natijasida ajralib chiqqan va to’planib qolgan mahsulotlarini yuvib tashlash uchun. Aks holda bu zararli moddalar krem ​​bilan birgalikda teriga qayta shimilib ketadi.

Kechki vaqtda esa teri yuzasiga to’plangan chang va pardozni olib tashlash uchun.

Bajarilish uslubi:

  1. Birinchi navbatda qo’llarni yuvish kerak va doimo yuzga faqat toza qo’llar bilan teginish kerak.
  2. Kechki payt, agar ko’z atrofida pardoz bo’lsa, birinchi bo’lib ko’z atrofidagi pardozni yechish uchun maxsus vosita yordamida uni artish to’g’ri bo’ladi. Shunchaki bu vositani paxtali diskka surting va pardozni yechish uchun kipriklar bo’ylab bir necha marta harakatlantiring. Shuningdek yuqori va pastki ko’z qovoqlar bo’ylab ham.
  3. Keyin yuzingizni suv bilan namlashingiz yoki barmoqlaringiz namlangan uchiga ozgina miqdorda tozalovchi vositani qo’llashingiz va uni yuz va bo’yinga aylana harakatlar bilan yengil massaj qilib tarqatishingiz mumkin. Bu jarayon 1 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak — ushbu vaqt davomida kosmetika, chang va hujayralar faoliyati mahsuloti erishga ulguradi. Keyin yuzni xona haroratidagi suv bilan yaxshilab yuvib tashlang va sochiq bilan terini quritib oling. Faqat quritib (suvni shimdirib) — yuzni qo’pol tarzda ishqalab va cho’zib artmang.

2. Teri tonusini tiklash

Teri tonusini tiklash tozalovchi vositalar ta’sirini bartaraf qiladi, yuvilganidan keyin terining pH qiymati me’yorlashadi va uni namlantiruvchi krem qo’llash uchun tayyorlaydi. Shuning uchun yuzni tozalagandan keyin ertalab va kechqurun yuzni tonik bilan artish kerak.

Bajarilish uslubi:

  1. Tonik bilan paxtani yaxshilab namlantirib oling va massaj chiziqlari bo’ylab yuzni muloyimlik bilan tozalang.
  2. Agar siz toniklarni sprey shaklidagini afzal ko’rsangiz — bu holda vositani yuz va bo’yinga yaxshilab sepib, barmoq uchlari bilan yengil urib chiqing va terini paxtali disk bilan arting.

3. Terini namlash

Terini ertalab va kechqurun namlantiring. Chunki namlikning yetishmasligi teri quruqligiga, elastiklik va tarangligining yo’qolishiga olib keladi va natijada — ajinlarning erta paydo bo’lishi.

Yuzga kremi to’g’ri qo’llash qoidalari

  1. Ko’p kosmetologlar ish davomida kremni avval kaftning orqasiga qo’yib olishadi, undan so’ng mijoz yuziga. Uy sharoitida ham ana shu tarzda qilish tavsiya etiladi — bu juda qulay va siz hozir nima uchunligini tushunasiz.
  2. Agar krem ​​naychali flakon yoki tyubikda bo’lsa, qo’lda no’xat hajmicha oz miqdorda kremni siqib chiqaring. Agar krem ​​idishda bo’lsa — kerakli miqdorni toza shpatel yordamida oling.
  3. Qo’llashdan oldin, kremni barmoq uchlari yordamida tana haroratigacha olib kelish uchun biroz qizdirib oling. Bu kremning faolligini yanada oshiradi.
  4. Keyin kremni yuzga va bo’yinga surting va massaj yo’nalishlari bo’ylab tarqating. Ko’z atrofiga faqatgina suyak qirrasi bo’ylab qo’llash mumkin. Suyak qirrasini paypaslab aniqlang va kremni ko’z orbitasi bo’ylab surting. Kremni kirpiklar va harakatchan ko’z qovog’iga surtmang. Xavotir olmang, krem ​​qovoqlar bo’ylab o’zi tarqaladi, chunki bizning ko’zlarimiz doimo harakatlanadi. Va yana ortiqchasiz va bir tekis tarqaladi, barmoqlar bilan esa qovoq kabi nozik sohada bunga erishish qiyin.
  5. Kremlarni tejashga yoki ortiqcha qo’llashga hojat yo’q. Kremning miqdori maqbul bo’lishi kerak — terini namlantirish yaxshi, lekin uning nafas olishiga to’sqinlik qiladigan darajada o’ta qalin surtish ham tavsiya etilmaydi. Shuning uchun agar 20-30 daqiqadan so’ng krem ​​teriga shimilib ketmasa, ortiqcha qismini salfetka bilan olib tashlash kerak.
  6. Va kremning oritb qolgan qismi kaftning orqa qismiga surtilishi mumkin.

Esda tutish kerak:

  1. Kunduzgi kremni tashqariga chiqishdan yarim soat oldin, qishda esa kamida bir soat oldin qo’llash kerak, bu kremning yuzga shimilishini ta’minlaydi.
  2. Kechki krem yotishdan bir soat oldin qo’llanilishi kerak. 2-3 soat oldin qo’llasa ham bo’ladi. Chunki sizning mushaklaringiz harakatda bo’lsa, krem ​​yaxshi shimiladi va o’z vazifasini bajaradi. Agar kremni surtib, darhol uyquga ketsangiz, mushaklar bo’shashadi, mikrosirkulyatsiya buziladi, krem turg’unlashib qoladi va ertalab bu holat yuz shishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa ko’z sohasida.

25 yoshgacha bo’lgan yosh qizlar uchun kechki krem kerak ham emas, ular shunchaki yuzlarini tozalashlari va terini tonik bilan artishlari kifoya. Bu yoshgacha teri o’zini juda yaxshi tiklaydi. Unga yordam berishga hojat yo’q, aks holda u dangasalik qila boshlaydi va muddatidan oldin qarib qolishga moyil bo’ladi.

Yuz parvarishi bo’yicha tez-tez so’raladigan savollar

Oddiy jumrak suvi bilan yuzni yuvish mumkinmi?

Albatta, agar yuzingizni toza, xlorlanmagan suv bilan yuvish imkoniga ega bo’lsangiz yoki hech bo’lmaganda filtrlangan suv bo’lsa ancha yaxshiroqdir. Agar bo’lmasa, hechqisi yo’q, suv yuz bilan atiga bir necha soniya aloqa qiladi, keyingi bosqich — tonik surtish esa qattiq suv ta’sirini bartaraf qiladi.

Yuzni juda sovuq yoki issiq suv bilan yuvish mumkinmi?

Bunday qilmagan ma’qul. Issiq suv yuz teshiklarni va kapillyarlarni kengaytiradi va yog’ ajralishi miqdorini oshishini ta’minlaydi. Juda sovuq esa tomirlarni toraytiradi, bu esa terining oziqlanishi yetishmasligiga olib keladi. Shuning uchun, eng yaxshishi xona haroratidagi suv bilan yuzni yuvish kerak, bu teri haroratiga nisbatan biroz sovuqroq bo’ladi, shu sababli teriga yoqimli yengillik hissini beradi va salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Umuman suv bilan yuvmasdan, faqat tozalovchi vositadan foydalansa bo’ladimi?

Bo’ladi. Lekin bu holda hech bo’lmaganda paxtali diskni toza suvda yoki tonikda namlab oling va yuzni yaxshilab arting, bu pardoz va tozalovchi vositalar izlari qolmasligi uchun kerak.

Eralab yuzni kechqurungi kabi sinchkovlik bilan tozalash kerakmi?

Yosh, ayniqsa, kombinativ va yog’li teri, ko’p yog’ ajratishi bilan ajralib turadi, shuning uchun bu turdagi terini ertalab va kechqurun bir xilda, sinchkovlik bilan tozalash tavsiya etiladi. Nomral va quruq, shuningdek, yetuk va sezgir teri sohiblari, ertalab faqat suv bilan yuvib tashlash va tonik qo’llash bosqichiga o’tish mumkin.

Minimal dastur

Ushbu maqolada yuzni parvarishlash usullarini ko’rib chiqdik, bu yuz parvarishi uchun minimal dastur edi, unga 16 yoshdan boshlab har kuni amal qilish kerak.

Ikki muhim qoida:

  1. Muntazamlik
  2. To’g’ri dastur texnikasi

Terini parvarish qilishning uchta bosqichi:

  1. Tozalash
  2. Tonusini tiklash
  3. Namlash

Yuzni parvarish qilishning keyingi muhim jihati — barcha kerakli kosmetik mahsulotlarni to’g’ri tanlay bilish qobiliyatidir. Buning uchun siz yosh va teri turini inobatga olishingiz va kosmetikani yaxshi tushunishingiz kerak.

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz 4 ta baho berilgan
Загрузка...
Matnda xatolik aniqladingizmi? Uni ajratib, Ctrl+Enter tugmasini bosing.
Загрузка...

Izoh qoldirish

E-mail manzilingiz oshkor etilmaydi. To'ldirish majburiy bo'lgan maydonlar * bilan belgilangan

yuklanmoqda...