Bizning zamonamizda «o’lchov ahamiyatga ega» umumiy iborasi nafaqat erkaklarga tegishli. Insoniyatning nozik yarmi uchun, bu nafaqat ko’krak yoki sonlarning hajmiga, balki lablarga ham taaluqlidir. Qadim zamonlardan beri hajmdor lab sohibalari ko’proq pushtli hisoblangan. Salobatli lablar sog’lom avlod yaratish uchun erkaklarni mayoq kabi jalb qilgan.
Bu fakt erkaklarning genetik xotirasida saqlanib qolgan. O’z-o’zidan yozilmagan go’zallik idealiga mos kelish va insoniyatning kuchli yarmida qiziqish uyg’otish sabab qizlar doimo lablarni katta qilish uchun harakat qilishgan.
Qadimgi Misrda bu maqsadda moylar va ilon zahari ma’lum miqdorda aralashtirilib, lablarga tatbiq etilgan. O’rta asrlarda lablarni kattaroq qilish uchun tatuaj sohasida birinchi muolajalarni qilishga harakat qilishgan.
Lablarni 3D-hajmini yaratish bo’yicha jarrohlik operatsiyalari kashf qilingach, ular juda keng tarqaldi. Biroq, bizning davrimizda invaziv estetik vositalar (gialuron kislta (filler), botoks, turli gellarga asoslangan inyektsiya) allaqachon skalpelga raqobatdosh bo’lib ulgurishgan.
Mavsumdan mavsumga qadar katta lablar urf to’lqinida bo’lmoqda, shuning uchun kosmetologlar va jarrohlar mijozlar yakunini ko’rishmayapti. Angelina Joliniki singari lablar sohibi bo’lishni xohlaydiganlar soni tobora ortib bormoqda
Bir tomondan, kichik «tabiat nuqsonini» tuzatish uchun mutaxassisga ishonish o’zini o’zi his qilish va psixologik holatni yaxshilash uchun foydalidir. Boshqa tomondan, siz bu tanlovga amin bo’lmasangiz, skalpeldan vabodan qo’rqqandek qo’rqsangiz, inyektsiyalar esa sizni vahimaga tushirsa, yaxshisi tabiatga to’sqinlik qilmasdan, qanday qilib uy sharoitida lablarni katta qilish mumkinligi to’g’risida mymedic.uz maslahatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Lablarni kattalashtirish uchun mashqlar
Qanchalik hayratlanarli eshitilmasin, lablarning ham mushaklari bor, ular lablarni qisqarishi va kengayishiga imkon beradi, suhbat paytida turlicha shakl oladi va suhbatdoshga emotsiyalarni uzatishda qatnashadi. Va bu mushaklarni tanamizdagi har qanday boshqa mushaklarni kabi rivojlantirib, hajmini oshirish mumkin, faqat qanday mashqlarni bajarish kerakligini bilsa bas. E’tibor bering, agar yaxshi natijalarga erishmoqchi bo’lsangiz, mashqlarni tashlab qo’ymang va muntazam ravishda bajarib turing. Bundan tashqari, bunday mashqlarni har yerda va har qachon bajarish mumkin.
1. Hushtak chaling
Sevimli musiqangizni 5 daqiqa hushtak qilib chaling. Har kuni yangi kompozitsiyalarni sinab ko’ring. Bu nafaqat sizning kayfiyatingizni ko’taradi, balki keyingi mashqlar uchun og’iz mushaklaringizni qizdirishga yordam beradi.
2. Tilni ko’rsating
Bolalikda bu oddiy ahmoqonalik edi, endi esa lablarni katta qilish uchun mashqlar dasturining bir qismiga aylandi. Og’zingizni oching va tilni butun uzunligicha chiqaring. Ushbu holatni 5-10 soniya davomida ushlang, 10 marta takrorlang.
3. Qoqio’t
Avval yonoqlarni shishirib oling, keyin uni damini chiqarishni boshlang, huddiki oldingizda qoqi (oduvanchik) bo’lgani kabi. Bunda lablar bo’sh qo’yilishi kerak. Mashqni 5 marta takrorlang.
4. Oltin baliq tabassumi
Birinchidan, lablarni naycha qilib yig’ing, keyin tabassum qiling. 15 marta takrorlang.
5. Bo’ri kabi uvillash
«Vuuuu, avuu» deb 5 daqida uvillab ko’ring. Faqat har bir xarfni asta-sekin, cho’zib talaffuz qiling.
6. Doira chizing
Lablarni zich qilib o’rtaga yig’ib, ularni soat millari yo’nalishi bo’ylab va teskari harakatlantirishga urinib ko’ring, huddiki siz havoda aylana chizayotganingiz kabi. Har tomonga besh martadan aylantiring.
7. Akula
Lablaringizni og’ritmasdan tishlang. Bunday mashqlar lab sohasida qon aylanishini yaxshilaydi. Buni 2 daqiqa davomida bajaring.
8. Lablarni torting
Bor kuchingiz bilan lablarni tortishga harakat qiling. Ularni 20 soniya davomida shu holatda ushlab turing, keyin tanaffus qiling va davom eting. 5 marta takrorlang.
Labni kattalashtirish uchun massaj
Lablar uchun massaj
Ertalab bajarilishi yaxshi bo’lgan kompleks mashqlar bilan bir qatorda kechqurun lablarini katta qilish uchun maxsus massaj qilishingiz mumkin. Bu uzoq davom etmaydi va natija bir oy ichida ko’rinadi.
Skrab bilan massaj qiling
Kichik abrazivli skrab oling. Uni do’kondan sotib olishingiz yoki o’zingiz tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun, bug’doy donalarini bir qoshiq asal bilan aralashtiring va skrab tayyor. Uni lablarga surting, barmoqlar bilan turli yo’nalishlarda massaj qiling. Bir muddatdan keyin keyin sizning lablaringiz hajmi orta boshlaydi.
Bundan tashqari, bu usul yordamida siz o’lik teri zarralarini yo’q qilasiz va pomada yoki blesk labga yaxshiroq yoyiladi.
Tish cho’tkasi bilan massaj
Ushbu muolajani bajarish uchun yumshoq tukli alohida cho’tka oling (bolalar uchun mo’ljallangani eng ideal bo’ladi). Uni namlab oling va massajni boshlang. Lab terisi juda nozik va osongina jarohat oladi, shuning uchun ehtiyot bo’ling va keskin harakatlarsiz amalga oshiring.
Muz kubiklari bilan massaj
Muz kubigini yupqa matoga o’rang va massajni boshlang. 2 daqiqa davomida uni lablar bo’yicha chap va o’nga harakatlantiring. Sovuq qon aylanishini va uning lablarga oqib kelishini juda yaxshi rag’batlantiradi, shuning uchun lablarning hajmi kam bo’lsada, ammo ortadi.
Mentolli kompresslar
Mentol efir moyini nam salfetkaga surting va lablaringizda taxminan 5-10 daqiqa davomida ushlang.
Muolajalardan so’ng namlantirish
Har qanday massajdan keyin lablarni namlantirish kerakligini yodda tuting. Buning uchun ko’z atrofiga mo’ljallangan maxsus namlantiruvchi krem yoki lab uchun balzamdan foydalanishingiz mumkin.
Lablarni kattaroq qilib ko’rsatish uchun pardoz
Agar siz lablarni tezda, bir necha daqiqa ichida kattalashtirishni xohlasangiz, professional vizajist hiylalaridan foydalaning. Dekorativ kosmetika bilan buni amalga oshirishdan osonroq narsa yo’q. Bu yerda bir necha muhim tafsilotlarni hisobga olish kerak.
Naqsh
Ajabtovur hajmni yaratish uchun lablar hududida qon aylanishini rag’batlantiruvchi moddalar (masalan, mentol, zanjabil yoki chili ekstraktini saqlagan blesk yoki pomadalar) yoki glitteri blesklar mos keladi. Pomadaga keladigan bo’lsak, o’zida kollagen yoki silikon saqlaganini oling, ular labni katta qilib ko’rsatish uchin eng maqbulidir.
Rang
Yorqin rangli va glyants effekti bo’lgan blesklarni tanlang. Ular lablarini optik ravishda katta qilib ko’rsatadi va tabiiy ko’rinishga egadir. Yorqin ranglarning yaltiroq bo’lmagan naqshlilariga e’tibor bering. Lekin ustidan, albatta shaffof blesk surtishingiz kerak.
Pardoz texnikasi
Kosmetika vositalarini qo’llashda lablarga hajm berish uchun bir nechta hiylalardan foydalaning.
- Pardozni boshlashdan oldin lablaringizni massaj qiling.
- Keyin labga namlantiruvchi krem surting, uning shimilishini kutib turing va ustidan asos sifatida tonal krem surting.
- Lablarni konturi bo’ylab pomada rangidan to’qroq bo’lgan qalam bilan chizib chiqing. Agar siz faqatgina blesk ishlatsangiz, unda lablar uchun qalam yorqin rangda bo’lishi kerak.
- Bitta spektrdagi ikki tusdagi pomadadan foydalaning. Yorqin ranglisini lablarni o’rtasiga, to’qroq ranglisini esa lab chetlariga yaqinroq sohaga surting.
- Yuqori va pastki lablar o’rtasiga bir tomchi shaffof blesk surting.