Sigareta chekish zararlari — tamakining organizmga ta’siri, kashandalik oqibatlari

Chekuvchilar hech bo’lmaganda bir marta chekish organizmga qay darajada zarar yetkazishi haqida o’ylab ko’rishganmikan? Chekish kishining nafaqat o’zi, balki atrofdagilariga ham ziyon keltiradi. Tamaki tutunini ichga tortib, u o’z salomatligi, immuniteti va nafas olish va yurak-tomir tizimiga shikast yetkazadi.

Sigareta chekish zararlari

Sigaretaning inson organizmiga zararlari

Bir tomchi nikotin otni o’ldirishini hatto bolalar ham biladi. Biroq, bu dalil chekuvchilarda alohida taassurot uyg’otmaydi: ular o’zlarini bir vaqtning o’zida buncha sigareta chekib bo’lmaydi degan gap bilan ovutishadi. Biroq, tamaki tutunining zarari nikotinning o’zigina bilan bog’liq emas, u faqat qaramlik chaqiradi, chekishning vayronkor ta’siri boshqa omillar bilan ham ifodalanadi.

Sigareta tutuni bilan birgalikda chekuvchi quyidagi moddalarni ham yutadi:

  • Margimush. Bu zahar yurak muammolariga sabab bo’ladi, saratonni keltirib chiqaradi va tanadan chiqib ketishi juda qiyin.
  • Formaldegid. Ushbu zaharli kimyoviy birikma birinchi navbatda, nafas olish tizimiga salbiy ta’sir qiladi.
  • Poloniy. Ushbu element radioaktiv xususiyatlarga ega. «Tajribali» chekuvchilarning 40 foizi muntazam ravishda poloniy zarrachalarini yutadi.
  • Benzol. Ushbu organik modda leykoz va boshqa onkologik kasalliklarning birinchi sababchisidir.
  • Smola. Sigareta tutunidagi smola o’pkada cho’kma sifatida qolib ketadi. Vaqt o’tishi bilan u tobora ko’payib, bronxlarni toraytiradi, o’pkaning hajmini kamaytiradi va oqibatda organizmga kislorod kirishini yomonlashtiradi.

Bu moddalar — tamaki tutunining bir qismi bo’lgan yagona zaharlar emas. Sigaretalarning standart kimyoviy tekshiruvi tasdiqlaganidek, har bir tortish ko’plab zaharli moddalardan iborat aralashmani yutish demakdir, ularning tarkibida jumladan:

  • Zaharli gazlar va bug’lar: metanol, ammiak, butan, metan, vodorod sulfidi, is gazi;
  • Organik birikmalar: sinil kislota, aseton, fenol, karbazol, indol;
  • Og’ir metallar: qo’rg’oshin, radiy, kadmiy, seziy, alyuminiy, surma.

Ushbu tarkibiy qismlardan hech biri xavfsiz emas — ularning har biri organizmga u yoki bu tarzda shikast yetkazadi, immunitetni zaiflashtiradi, o’pkalarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, qon oqimiga kirib, yurak, miya va boshqa organlar ishini buzadi, hujayra mutatsiyasiga olib keladi va onkologiya sabab bo’ladi.

Tibbiy statistika

Sigaret chekishning oqibatlari juda turlicha bo’lishi mumkin — tamaki tutuni deyarli barcha ichki organlarga ta’sir qiladi. Biroq, ushbu zararli odatning eng ko’p kuzatiladigan asoratlari quyidagilardir:

O’pka saratoni bilan og’rigan bemorlar 90 foizining anamnezida chekish holatlari mavjudligini statistika ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bronxit va emfizemadan o’lim hollarining 75 foizi u yoki bu tarzda bu zararli odat bilan bog’liq. Chekuvchilarning yurak xastaliklari ham 25% hollarda og’irroq kechadi va ko’proq o’limga olib keladi.

Hech qachon sigareta chekmagan shaxslar stenokardiyadan 13 marta, miokard infarktidan 12 marta, oshqozon yarasining xuruj olishidan 10 marta kamroq aziyat chekadi.

Sigareta tutunidan aziyat chekmaydigan a’zo yo’q: kashandalarning yuragi chekmaydiganlarnikiga qaraganda soatiga o’rtacha 650 taga ko’proq uradi, shu holda ham organizmni kislorod bilan yetarlicha ta’minlab turolmaydi. Birinchidan, havo o’pkaga juda kichik hajmda kiradi, ikkinchidan, sigareta tutunidagi is gazi gemoglobin bilan birlashib, organizmda kislorod almashinuvini buzadi. Natijada miya, jigar, buyraklar, ayirish va reproduktiv tizim shikastlanadi, shunga qarab kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari sezilarli darajada oshadi.

Ayollar uchun sigaret chekish zararlari

Ayol organizmi tamakiga erkaklarnikiga ko’ra ancha sezilarliroq reaktsiya qaytaradi. Asosiy kasalliklardan tashqari, nozik jins vakillari chekish natijasida go’zalliklari, yoshliklari va eng asosiysi — ona bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lishadi.

Doimiy chekuvchi ayollarda bepushtlik darajasi 42 foizni tashkil etadi. Chekish bilan tanish bo’lmaganlarda esa bu ko’rsatkich 4 foizdir.

Chekishda tirnoq va sochlar kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi, xira va mo’rt bo’lib qoladi, deyarli o’sishdan to’xtaydi. Tamaki tutuni tufayli tishlar asta-sekin vayron bo’ladi, og’izdan keladigan noxush hidni hech bir saqich yashira olmaydi. Teri normal ko’rinishdan 10-15 yoshga qariroq ko’rinadi.

Umumiy qilib olganda, quyidagi faktlarni keltirish mumkin:

  • Homila tushishining 96 foizi u yoki bu tarzda sigareta bilan bog’liq.
  • Homiladorlik davrida chekadigan onalarda homilaning o’lik tug’ilishi xavfi 30% ga yuqori.
  • Muddatidan oldin tug’ilish chekuvchilarda 8 marta ko’proq qayd qilinadi.
  • Ona qornidaligidan tamaki tutuni bilan zaharlangan chaqaloqlarda yuz qismining nuqsonlari («quyon lab», «bo’ri tanglay» va boshqalar) 2 marta ko’proq uchraydi.
  • Onaning chekishi bolalarning giperaktivlik, asabiy qo’zg’alish xususiyati va aqliy zaiflashuviga bevosiya ta’sir o’tkazadi.

Chekuvchi onalardan dunyoga kelgan bolalarning immuniteti zaif, intelektual rivojlanishi esa boshqa tengdoshlaridan ortda qoladi.

O’smirlar uchun

Statistikaga ko’ra, o’smirlarning har uchtadan bittasi 15 yoshgacha sigareta bilan yaqindan tanishadi. Shu bilan birga, ularning yarimida bu zararli odatga aylanib, katta yoshgacha ham saqlanib qiladi.

Aksariyat chekuvchilar bu odatni o’smirlik davirda boshlashgan. Statistikaga murojaat qilinsa, doimiy chekuvchilarning atigi 10 foizi bu odatni 18 yoshdan keyin orttirgan. Tamakining o’smirlarga asosiy kasalliklardan tashqari yetkazadigan boshqa o’ziga xos ta’sirlari quyidagilar:

  • Miya. Chekuvchi o’smirlarda xotira zaiflashadi, chunki miyada kislorod yetishmasligi kuzatiladi.
  • Ko’rish. Chekish natijasida ko’rish buziladi, ranglar xiralashadi. Vaqt o’tishi bilan bu holat to’liq daltonizmga olib kelishi mumkin.
  • Reproduktiv tizim. Hatto 20-25 yoshga kelib bu odatni tashlagan bo’lishsa ham, bu toifa shaxslar ko’proq bepushtlikka duchor bo’ladi. Ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig’lanishi og’irroq kechadi, erkaklar esa 1,5 marta ko’proq impotentsiyadan aziyat chekadi.

Passiv chekish

Passiv chekish — havo bilan birga boshqalar tomonidan chiqarilgan tutunni yutish tushuniladi. Uning zarari odatiy chekishnikidan ko’ra kamroq emas. Passiv chekuvchilar ham zararli smola, zahar va kantserogenlar ta’siriga duchor bo’ladi, yagona farq — ular bu yo’lni ixtiyoriy tanlashmagan. Ular uchun chekadigan kishilar: ota-ona, do’stlar, hamkasblar, avtobus bekatida oddiygina yo’lovchilar qaror qabul qilib bo’lishgan.

Reklama

Ushbu mazvuda 2 ta fikr qoldirilgan

  1. Voy Bu Narsalarni O’qib Odam Qo’rqib Ketdi Ha men Xam 18 yoshimda boshlaganman Sigaret Chekishni xozr yoshim 22 da xo’sh men tashashga urundim lekin nimadir kam day tuyulaverdi huddi odam bir kunda 3 mahal ovqat yeydi tug’rimi sigaret ham shunday bulib qolgan agar chekmasam qandaydr boshqacha bo’lib qolaman xo’sh qanday qilib tashasa buladi Shundan xam maslaxat beringlar Oldindan Raxmat..!!!

    1. Eng birinchi navbatda chekishni tashlashga xohish bo’lish kerak. Qolganlari ikkinchi darajali, jumladan quyidagi choralar yordam berishi mumkin:

      • Sport — o’ziga bo’lgan ishonchni oshiradi, chekishga bo’lgan xumorni pasaytiradi
      • Shifokor yordamida — u kerakli tavsiyalar beradi, ba’zi holatlarga oydinlik kiritadi
      • Gipnoz — foyda berishi aniq tasdiqlanmagan, lekin amalda qo’llanilib kelinmoqda
      • Dori vositalari — yuqorida keltirilgani kabi, shifokorga tashrif buyurganda u plastir, ingalyator, saqichlar ko’rinishida oz miqdorda nikotin saqlovchi vositalarni buyuradi. Bu vositalar dastlabki muddatlarda chekishga bo’lgan intilishni zaiflashtirishga ko’maklashadi
      • Kuchli iroda — uning mavjudligida yuqoridagilarni hech biri kerak bo’lmaydi. Albatta oson kechmasligi mumkin, lekin ortiqcha ovoragarchiliksiz

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.